Css darsliklari




Download 78.94 Kb.
bet1/5
Sana23.05.2023
Hajmi78.94 Kb.
#63728
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-MA’RUZA. CSS ga kirish. HTMLga ulanish usullari. Selektorlar turlari.
yugjnfkmdl, 11.SHAXSIY HUJJAT TURLARI, Reja mtmda tabiat burchagini tashkil etishning o‘ziga xosligi T, 9-mavzu Jilvirlash stanoklari (Circular grinding machine) Reja (1), Kiberxavfsizlik haqiqiy hammasi, 7-mustaqil ish, android 4-lab (2), Fonetika maxsus, Algebra fanining vujudga kelishi va rivojlanishi, Kòp tarmoqli maktabgacha ta\'lim muassasalarida tarbiyachilarning pedogogik muloqot maxorati, 1698777484, 2d62efe0-e11c-4abd-ad07-1fa5b5a56fd1, umarjon, 1701419686

4-MA’RUZA. CSS ga kirish. HTMLga ulanish usullari. Selektorlar turlari.


Reja:

  1. CSS ga kirish.

  1. CSS sintaksisi.

  2. CSS bilan HTML hujjatni bog’lash.

  3. Selektorlar turlari (oddiy, kombinatsiyalashgan, psevdo-element, psevdo-sinf, atribut selektorlar).

  4. O’lchov birliklari


Kalit so’zlar: CSS, XHTML
CSS asosiy tushunchalari
CSS (Cascading Style Sheets — kaskadli stillar jadvallari) — veb hujjatning tashqi ko’rinishini shakllantiruvchi formal til.
Asosan HTML i XHTML razmetkalash tilida hosil qilingan veb sahifalarning tashqi ko’rinishini shakllantirish uchun foydalaniladi.
CSS veb-sahifa yaratuvchilari tomonidan shrift turlari, ranglarni, alohida bloklarni joylashuvini va boshqa tashqi ko’rinish aspektlarini aniqlash uchun foydalaniladi.
Bundan tashqari, CSS bitta hujjatning (masalan ekranga chiqarish yoki qog’ozga chop etish kabi) turli xildagi chiqarish stil va usullarini aniqlash imkoniyatini beradi.
Stil - ob’ektning tashqi ko’rinishini aniqlaydigan parametrlar to’plami. Masalan, sahifadagi barcha (

) birinchi darajali sarlavhalarning barchasi qizil rangda, 24 o’lchovli va kursiv bilan yozilgan bo’lishini, boshqa sahifada 12 o’lchovli, ko’k rangda bo’lishini xoxlaymiz. Bu erda sarlavha – ob’ekt , rang, o’lchov, va shrift ko’riishi parametrlar.
Agar bitta element uchun bir nechta stillar yozilgan bo’lsa, qaysi birini ishlatish uchun kaskadlash qo’llaniladi.
CSS - bu stillar bilan ishlay oladigan kaskadli stillar majmuasidir. Web saxifalarga xar xil stillar berish uchun ishlatiladi. HTML xujjat ichida teglar bilan birga foydalaniladi. CSS kodlarini kompilyasiya qilish uchun qandaydir kompillyatorlar, qandaydir dasturlar, va bu kod tushuna oladigan qandaydir redaktorlar kerak bo’lmaydi. Bu kodlarni HTML singari Web brauzerning o’zi kompilyasiya qiladi va natijani chiqarib beradi.Bu stillar jadvali(CSS) to’liq xolatda 1997 yilda tashkil topib, "WWW Consorcium" ida qo’llab kuvvatlangan va foydalanishga takdim etilgan. O’sha paytlarda HTML ning 3 versiyasi ommabop edi. CSS ni dastlab Netscape Navigator 4.0 va Internet Explorer 4.0 brauzerlarida ko’rish mumkin bo’lgan. Xozirda barcha brauzerlar CSS da yozilgan kodlarni tushuna oladi. Bu stillarga oid dasturlash tilini o’rganish sodda bo’lib, yangi stillar qo’shilishi natijasida kengayib bormokda.
CSS - Cascading Style Sheet, HTML veb saxifa yaratish dasturiga ancha qulaylik va veb saxifalarnin matnini mukammal tarzda tuzish uchun qo’shimcha tarzda yaratilgan dasturdir, HTML dan keyin kelib chiqqan. CSSni HTML bilan bog’lashning uch xil yo’li bo’lib, ikkita yo’li biror HTML dokumentni ichida ishlatilsa, uchunchi yo’li HTML dan mustaqil tarzda "dokument_nomi.css" qilib aloxida tuziladi va saqlanadi. HTML dokumenti ichida ishlatiladigan CSS qoidalar o’sha bitta dokumentga tegishli bo’ladi va oddatda kichik qoidalar bo’ladi, mustaqil CSS dokument esa juda ko’p ma’lumotlarni o’zida saqlaydi va odatda bitta vebsayt ning bir nechta veb page lari uchun qo’llaniladi. CSSni HTML da qo’llash usullarining xammsini xam o’z ishlatilish o’rni, maqsadlari va qulayliklari bor, shuning uchun birini biridan afzal ko’rish yoki solishtirishning ilojisi yo’q yaxshi veb master uchala uslubda xam o’z o’rnini topa bilib ishlatishi lozim bo’ladi. Ushbu uchta yo’lni biz 2-DARSda atroflich o’rganamiz.


Download 78.94 Kb.
  1   2   3   4   5




Download 78.94 Kb.