• Amaliy dasturiy ta’minot. DAsturlashning instrumental vositalari {izmat ko’rsatuvchi servisli dasturiy ta’minlanish.
  • Dasturiy ta’minot tushunchasi. Dasturiy maxsulotlarni tasniflanishi




    Download 24.04 Kb.
    bet1/6
    Sana14.03.2023
    Hajmi24.04 Kb.
    #45409
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari
    4, Workshop 7-20ARX, 5, 02,06,2019, Русский 11 ona tili, 8, 14-mavzu Panji, 1-MAVZU, Suxrob 1-AMALIY ISH, sulaymon2222, Документ Microsoft Word, Malumotlar tuzilmasi 4Jumanazaarova.G, MATSAPAYEV-DILMUROD-BAHODIR O‘G‘LI 08.05.2023, O\'zbek tilining tarixiy grammatikasi. Fonetika, morfologiya, sintaksis (G\'.Abdurahmonov, Sh.Shukurov, Q.Mahmudov) (2), 2 5249308200242512702



    Dasturiy ta’minot va uning rivojlanib borish tendentsiyalari
    Reja:



    1. Dasturiy ta’minot tushunchasi.

    2. Dasturiy maxsulotlarni tasniflanishi.

    3. Tizimli dasturiy ta’minot.

    4. Amaliy dasturiy ta’minot.

    5. DAsturlashning instrumental vositalari

    6. {izmat ko’rsatuvchi servisli dasturiy ta’minlanish.



    Dasturiy ta’minot tushunchasi.
    Dasturiy ta’minot deganda, hisoblash texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
    Dasturiy ta’minot tomonidan bajariladigan funktsiyalarga bog‘liq holda, uni ikki guruh -tizimli dasturiy ta’minot va amaliy dasturiy ta’minotga bo‘lish mumkin.
    Tizimli DT kompyuterda axborotni qayta ishlash jarayonini tashkil etadi va amaliy dasturlar uchun me’yordagi ish muhitini ta’minlaydi. Tizimli DT apparat vositalari bilan shu qadar yaqin aloqadaki, uni ba’zida kompyuterning bir qismi deb ham hisoblashadi.
    Amaliy DT foydalanuvchining aniq vazifalarini hal etish va umuman axborot tizimining hisoblash jarayonini tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
    Tizimli DT tarkibiga quyidagilar kiradi:
    Operatsion tizimlar (OT) xabarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va apparat vositalari bilan foydalanuvchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani ta’minlaydi. OTning asosiy vazifalaridan biri axborotning kirish - chiqish jarayonini avtomatlashtirish, foydalanuvchi hal etadigan amaliy vazifalarning bajarilishini boshqaradi. OT kerakli axborotni EHM xotirasiga kiritadi va uning bajarilishini kuzatadi; to‘g‘ri hisoblashga halal beruvchi vaziyatlarni tahlil etadi, qiyinchiliklar paydo bo‘lganda nima qilish zarurligi haqida ko‘rsatma beradi. Bajaradigan vazifalaridan kelib chiqib, OTni uch guruhga bo‘lish mumkin -
    -bir vazifali (bir kishi foydalanuvchi);
    -ko‘p vazifali (ko‘p kishi foydalanuvchi);
    -tarmoqli.
    Bir vazifali OT bir foydalanuvchining har bir aniq paytda aniq vazifani bajarish uchun mo‘ljallangan. Bunday operatsion tizimlarning tipik vakili MS DOS dir (uni Microsoft firmasi ishlab chiqqan).
    Ko‘p vazifali OT vaqtni multidastur rejimida taqsimlashda EHMdan jamoa bo‘lib foydalanishni ta’minlaydi (EHM xotirasida bir necha dastur vazifalar bo‘ladi va protsessor kompyuter resurslarini vazifalar o‘rtasida taqsimlaydi). Bunday sinfdagi OTning tipik vakillari -IBM korporatsiyasining UNIX, OS2, Microsoft Windows 95, Microsoft Windows NT va boshqalardir.
    Tarmoqli operatsion tizimlar lokal va global tarmoqlarni paydo bo‘lishi bilan bog‘liq va foydalanuvchining hisoblash tarmoqlari barcha resurslariga kirishini ta’minlash uchun mo‘jallangan. Tarmoqli OT larning tipik vakillari -Novell NetWare, Banyan Vines, IBM LAN, Sun firmasi mahsuloti Solaris dir.
    OT ning sozlovchisi bo‘lgan qobiqlar operatsion qobiqlar deb ataladi.
    Utilitalar va avtonom dasturlar tor ixtisoslashgan bo‘lib har biri o‘z vazifasni bajaradi. Biroq utilitalar avtonom dasturlardan farqli ravishda tegishli qobiqlar muhitida bajariladi. Bunda ular o‘z vazifasini bajarishda OT dasturli va boshqa utilitalar bilan raqobatga kirishadi. Shu bois servis vositalar tavsifi o‘z vazifalari va tashkil etish usullariga ko‘ra ancha shartlidir.

    Download 24.04 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 24.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dasturiy ta’minot tushunchasi. Dasturiy maxsulotlarni tasniflanishi

    Download 24.04 Kb.