“O’zbekistonda jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish muammolari”




Download 341.5 Kb.
bet15/17
Sana15.03.2017
Hajmi341.5 Kb.
#143
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
O’zbekistonda jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish muammolarideb nomlanib, u “Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati: xalqaro tajriba (qiyosiy tahlil)” va “Jamiyatni demokratlashtirish sharoitida jamoatchilik nazoratining huquqiy-institusional asoslarini takomillashtirish masalalari” kabilardan iborat.

Jamoatchilik nazoratini rivojlantirish, uning huquqiy va institusiyaviy asoslarini mustahkamlashda xorijiy tajribani o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “yuksak darajada taraqqiy topgan demokratik davlatlarning o’zini har tomonlama oqlagan tajribasini tanqidiy tahlildan o’tkazib, o’zimizga qabul qilish va joriy etish, shu asosda hayotimizni qurish”21 zarurligi haqidagi fikrlari jamoatchilik nazoratiga ham to’liq oiddir. Ayni paytda, har bir davlat siyosiy, ijtimoiy rivojlanish bosqichlariga mos holda, o’z milliy tajribasi va jahon tajribasini uyg’unlashtirgan holda demokratik institutlarni rivojlantiradi. Bu jarayonning sifat va sur’ati jamiyat rivojiga hamohang holda kechadi va shunga bog’liq holda bu masalada tadrijiylik maqbul variant ekanligi tadqiqotchi tomonidan ta’kidlanadi.

Bitiruv malakaviy ishida xorijiy davlatlar ilmiy manbalarida nazorat funksiyasining nazariy asoslariga e’tibor qaratilgan. Jumladan, meksikalik olim Diyego Valades nazorat qilish faoliyatining hokimiy mazmunga ega ekanligi, nazorat qiluvchi hokimiyatning davlat hokimiyati ustidan olib boradigan nazoratning siyosiy mohiyati haqida fikr yuritib, shu asosda “davlat ustidan siyosiy nazorat - ayni paytda hokimiyat ustidan hokimiyatdir, deb xulosa qiladi. Biroq bu hokimiyat davlat hokimiyatini amalga oshirishning zaruriy elementidir, binobarin hokimiyat ustidan nazorat muammosi –hozirgi zamon hayotining o’zagidir” deb ta’kidlaydi22.

Bunday fikrni MDH ilmiy manbalarida ham kuzatish mumkin. Masalan, rossiyalik professor V.Ye.Chirkin davlat hokimiyatining nazorat qiluvchi tarmog’i shakllanmoqda, degan fikrni ilgari suradi, uning fikricha, “bugungi kunda jahonda yangi hokimiyat tarmog’i kontrol etuvchi tarmoqning ajralib chiqish jarayoni kechmoqda. Biroq, bu jarayon hali tugaganicha yo’q:

ko’pgina davlatlarda kontrol etuvchi hokimiyatning ajralib chiqish tendensiyasi ”izlanish” tusiga ega”23. Bunday g’oyani ilgari suruvchilar o’z fikrlarini asoslash uchun “ichki nazorat kutilgan samarani bermasligini” bir idora tizimidagi nazorat obyektiv va xolis bo’la olmasligini, faqat mustaqil, xolis nazorat organlari tizimigina bu vazifani ado etishlari mumkinligini24 ko’rsatishadi.

Mazkur ishda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslari va institusiyaviy shakllarini takomillashtirish masalasi tadqiq etilib, bunda dastlab xalqaro tajriba milliy qonunchilik va amaliyot bilan qiyosiy tarzda tahlil etiladi. Ayni paytda jamiyatning davlat faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati rivojlangan davlatlar, xususan AQSh tajribasi tahlil etiladi. Bunda mazkur institutning rivojlanishi chinakam erkin matbuotning rivojlanishi bilan hamohang kechganligiga e’tibor qaratiladi.

Xulosa qilib, aytish mumkinki, xorijda, MDH davlatlarida jamoatchilik nazorati va uning institusiyaviy va huquqiy asoslari ushbu jamiyatlardagi demokratik taraqqiyot darajasi, aholining huquqiy madaniyati va siyosiy faollligi, hokimiyat tuzilmalarining siyosiy irodasi, qonuniylikning ta’minlanganlik darajasi, sudning nufuzi kabi qator omillarga bog’liq holda shakllangan.

MDH davlatlari, xususan, RF da tadqiqot obyektiga doir huquqiy asos va institusional shakllar tahlil etilib, shu asnoda, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratinng huquqiy asoslarini inventarizasiya qilish orqali uni bir tizimga solish zarurati asoslanadi. Shu maqsadda amaldagi qonunchilik tahlil etilib, unda normalar “sochma” holda ekanligi, ayrim qonun hujjatlarda mustahkamlangan nazorat olib borish tartibi nazoratni o’tkazish mexanizmi haqida yetarli tasavvur bermasligini ta’kidlash asosida, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini va uning mexanizmini ishlab chiqish zarurligi haqida hulosa asoslantirilgan.

Ayni vaqtda shuni unutmasligimiz kerakki, mazkur islohotlarning muvaffaqiyati, avvalambor, mamlakatimizni yanada demokratlashtirish va liberallashtirish yo’lidagi sa’y-harakatlarimiz sur’atiga, fuqarolarimizning ijtimoiy-siyosiy faolligiga, ularning siyosiy va huquqiy madaniyatining yuksakligiga va o’z-o’zidan ayonki, birinchi navbatda siyosiy partiyalarning yetuklik darajasiga, ularning O’zbekistonimiz taqdiri va kelajagiga daxldor bunday ulkan mas’uliyatli vakolatlarni o’z zimmasiga olishga qay darajada tayyor ekaniga bevosita bog’liqdir25.

Jahon amaliyoti va mamlakatimizdagi mavjud holatga tayangan holda, “Jamoatchilik nazorati to’g’risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. Tavsiya etilayotgan qonun loyihada jamoatchilik nazoratining huquqiy tavsifi, qonunning maqsadi, jamoatchilik nazoratining subyektlari, obyektlari, uni amalga oshirish doirasi, jamoatchilik nazoratini olib borish shartlari, jamoatchilik nazorati shakllari, jamoatchilik nazorati subyektlari bilan davlat organlari o’rtasidagi munosabat, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirilishning huquqiy kafolatlari, jamoatchilik nazoratini olib borishning prinsiplari, jamoatchilik nazorati asosi va predmeti, jamoatchilik nazorati subyektlari tomonidan jamoatchilik tekshiruvi o’tkazishning chegarasi, jamoatchilik nazorati subyekti yoki uning vakili tomonidan jamoatchilik tekshiruvini o’tkazish yo’nalishlari, jamoatchilik nazorati faoliyatini muvofiqlashtirish, jamoatchilik nazoratini o’tkazishga sarflanadigan xarajatlarni moliyalashtirish, jamoatchilik nazorati to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik kabi masalalar o’zining ifodasini topgan.




Download 341.5 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Download 341.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“O’zbekistonda jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusional asoslarini takomillashtirish muammolari”

Download 341.5 Kb.