«davlat huquqi» kafedrasi




Download 341.5 Kb.
bet2/17
Sana15.03.2017
Hajmi341.5 Kb.
#143
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, mazkur institutlar faoliyatini yanada faollashtirish, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalasi dolzarb hisoblanadi. Binobarin, “Bugungi kunda jamoatchilik va fuqarolik nazorati instituti jamiyatning davlat bilan o’zaro samarali aloqasini ta’minlash, odamlarning kayfiyatini, mamlakatda kechayotgan o’zgarishlarga munosabatini aniqlashning muhim vositalaridan biriga aylanmoqda”1. Shu bois, davlat va jamiyat o’rtasidagi munosabat, jumladan, davlat organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati masalasi doimo ijtimoiy fanlar, xususan, yuridik fanning muhim masalalaridan biri hisoblanadi.

Ayni paytda, davlat organlari tizimida ijro etuvchi hokimiyat o’ziga xos o’rin tutadi. Zotan, davlat boshqaruvi organlarining kundalik faoliyati qonunlarning ijrosini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash bilan bog’liq holda kechadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “bugungi kunda eng muhim masalalardan biri – bu boshqaruv va ijro hokimiyati ustidan jamoatchilik nazoratining samarali tizimini o’rnatishdan iborat”2. Shu bois, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasi, uning turlari, subyektlari va amalga oshirish sohalari hamda shakllarini davlat va huquq nazariyasi nuqtai-nazaridan ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish – nafaqat ilmiy-nazariy, balki amaliy ahamiyatga ham ega. Binobarin, ko’rib chiqilayotgan muammolarga doir ilmiy adabiyotlar tahlili mamlakatimiz yuridik adabiyotida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratiga oid majmuaviy monografik nazariy tadqiqotlar deyarli amalga oshirilmaganligini ko’rsatadi. Ushbu holat tadqiqotda hal etiladigan ilmiy vazifaning mohiyatini belgilab beradi. Shunga ko’ra, ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy asoslarini tadqiq etish va shu asnoda uning samaradorligini oshirish yo’llarini kompleks o’rganishga qaratilgan mazkur tadqiqot dolzarb ahamiyatga ega bo’lishi bilan birga, ayni paytda, u mamlakatimiz yuridik adabiyotida amalga oshirilayotgan dastlabki nazariy tadqiqot hamdir.

Bundan tashqari, bugungi kunda jamoatchilik nazoratining muayyan huquqiy asoslari mavjudligi barobarida, ularning bir tizimga solinmaganligini, jumladan, ko’plab qonun hujjatlarida “jamoatchilik nazorati” iborasi ishlatilgan, ayrimlarida esa, bunday nazoratni amalga oshirishning qisqacha mexanizmi ham ko’rsatilgan bo’lishiga qaramay, amaldagi qonunchilikda jamoatchilik nazoratining huquqiy tushunchasi va tavsifi, uni amalga oshirish mexanizmi, shakl va usullari, qaysi sohalarda va qanday darajada amalga oshirilishi kabi masalalar yetarlicha mustahkamlanmagan. Shu bois, jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini tadqiq etish va uni takomillashtirish bo’yicha tegishli takliflarni ishlab chiqish zarurati mavjud. Ushbu holat ham mavzuning dolzarbligini, uning amaliy ahamiyatini ko’rsatadi.

Mamlakatimiz davlat va fuqarolik jamiyatining kuchli institutlari o’rtasida hamkorlikka asoslanish yo’li orqali chinakam fuqarolik jamiyatini shakllantirish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash va muhofaza etish yo’lidan ketmoqdaki, bu yo’lni davlat va jamiyatning asrimizdagi rivojining bosh yo’li, bosh g’oyasi deb e’tirof etish mumkin. Dissertasiya konsepsiyasi ham shunga bog’liq holda shakllangan.





Download 341.5 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 341.5 Kb.