• Tadqiqot metodlari.
  • Tadqiqot obyekti va predmeti




    Download 193.31 Kb.
    bet6/17
    Sana15.03.2017
    Hajmi193.31 Kb.
    #143
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot ishining obyektini ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmiga oid ijtimoiy munosabatlar tashkil etadi.

    Tadqiqot ishining predmetini davlatning ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini olib borish, uning mexanizmini shakl va usullarini takomillashtirishning nazariy-huquqiy muammolari tashkil etadi.



    Tadqiqot metodlari. Bitiruv malakaviy ishida ilmiy bilishning umume’tirof etilgan metodlaridan, jumladan, analiz va sintez, mantiqiylik, tarixiylik va tizimlashtirish, qiyosiy-huquqiy tahlil, rasmiy – yuridik uslublar, ilmiy bashoratlash va germenevtik tahlil kabi usul va uslublardan foydalanilgan.

    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning davlat organlari, ayniqsa, ijro hokimiyati organlari faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi to’g’risidagi fikrlar va qarashlari dissertasiya tadqiqotining metodologik asosini tashkil etdi. O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va amaldagi qonunchiligi, xususan, fuqarolik jamiyati institutlariga oid qonun hujjatlari ishning normativ-huquqiy asosini tashkil etgan.

    Mamlakatimiz va xorij olimlarining jamoatchilik nazorati haqidagi g’oyalari, qarashlari ishning ilmiy-nazariy asosini tashkil etgan.

    Fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlardan muhimi – fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanganligi, ularning davlat faoliyati ustidan nazorat olib bora bilishidadir. Hozirgi jamiyatni demokratlashtirish va mamlakatni modernizasiyalash sharoitida amaldagi davlat organlari faoliyati ustidan olib boriladigan davlat nazorati bilan bir qatorda, jamoatchilik nazorati obyektiv zarurat bo’lib, uni ilmiy tadqiq etishning dolzarbligi asoslandi;

    Jamoatchilik nazoratining mohiyatini chuqur anglash maqsadida ijtimoiy nazorat, uning genezisi, evolyusiyasi va buguni kundagi ahamiyati masalasi nafaqat yuridik, balki sosiologik va aksiologik nuqtai-nazardan tadqiq etildi;

    Jamoatchilik nazorati institutining mazmun va mohiyatini to’liqroq aniqlash uchun, uni davlat nazorati va uning turlari bilan nisbatlab o’rganish asosida jamoatchilik nazoratining ijtimoiy ahamiyati ochib berildi, “ijtimoiy nazorat”, “jamoatchilik nazorati”, “nazorat”, “davlat nazorati”, “ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati” kabi tushunchalarga zamonaviy yondashuv asosida mualliflik ta’riflari shakllantirildi;

    Jamoatchilik nazorati ijro hokimiyati organlari ichida, ayniqsa, qonunda belgilangan tartib va asoslarda shaxs huquqini cheklashga vakolatli bo’lgan organlar faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini o’rnatish zarurligi – bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois, aynan shu toifa organlar faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish zarurati asoslandi;

    Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining mazmun - mohiyati ijro hokimiyatining hokimiyat tarmog’i sifatidagi xususiyatlari bilan belgilanishini e’tiborga olgan holda, mazkur hokimiyat tarmog’ining o’ziga xos jihatlari tadqiq etilib, bunda ijro hokimiyati faoliyati qonunlarning ijrosini ta’minlash bilan bog’liq ekanligi bilan bir qatorda, mazkur hokimiyat tarmog’i davlat xizmatchilarining va davlat organlarining katta qismini o’z ichiga olishi, muhimi, o’z qo’lida kata ma’muriy va moliyaviy mablag’larni o’zida jamlaganligi bois, uning faoliyati yuzasidan davlat nazorati bilan bir qatorda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarurligi asoslantirildi;

    Ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining maqsadi, subyektlari, obyektlari va uni amalga oshirish mexanizmi nazariy-huquqiy jihatdan tadqiq etilib, shu asnoda uni takomillashtirishga qaratilgan taklif va xulosalar shakllantirildi; Jamoatchilik nazorati institutini shakllantirish va uni amalga oshirishning shakl va usullarini takomillashtirish yo’llarini aniqlash maqsadida xorijiy tajribani qiyosiy-huquqiy tahlil etish orqali, bunday tajribaning ijobiy jihatlari aniqlanib, mamlakatimiz amaliyotida qo’llash mumkin bo’lgan jihatlar ko’rsatildi;

    Jamoatchilik nazorati institutining huquqiy va institusiyaviy asoslarini tadqiq etish orqali uni takomillashtirish maqsadida, jamoatchilik nazoratining huquqiy va institusiyaviy asoslarini mustahkamlash zarurligi asoslanib, tegishli taklif va xulosalar ilgari surildi, xususan, “Jamoatchilik nazorati asoslari” to’g’risida qonun loyihasi ishlab chiqildi;

    Jamoatchilik nazoratining institusiyaviy asoslarini mustahkamlash, jumladan, mamlakatimizda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish yuzasidan faoliyatni muvofiqlashtiruvchi tuzilma sifatida yirik ijtimoiy tuzilmalar vakillaridan iborat Jamoatchilik Kengashi tuzish zarurligi asoslandi;

    Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi shunda ifodalanadiki, milliy yuridik fanda birinchi marta ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining nazariy-huquqiy masalalari monografik tarzda tadqiq etilganligida hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish muammolarini milliy va xorijiy amaliyot hamda tegishli qonunchilik va uning normalarini qo’llash amaliyoti tahlili asosida amalga oshirilgan kompleks tadqiqot ekanligida ifodalanadi.

    Bitiruv malakaviy ishida ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazorati tushunchasi shakllantirilgan va ilgari surilgan. Ijtimoiy nazoratning bir turi bo’lgan jamoatchilik nazoratining obyekti, predmeti, prinsiplari, sohalari, shartlari aniqlashtirilgan, mazkur nazorat turining genezisi, tadrijiy rivoji, maqsadi, vazifalari, elementlari, prinsiplari, vazifa va funksiyalari tahlili asosida bu hodisa kompleks tadqiq etilgan, mamlakatimizda bunday nazoratining mexanizmi o’rganilgan

    hamda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratini takomillashtirish, samaradorligini oshirish masalalari tadqiq etilgan. Tadqiqotda ijro hokimiyati faoliyati yuzasidan jamoatchilik nazoratining huquqiy asoslarini kuchaytirish va takomillashtirish yuzasidan qonun va huquq ijodkorlik jarayoni hamda huquq qo’llash amaliyotini takomillashtirishda foydalanish mumkin bo’lgan qator tavsiya va takliflar shakllantirilgan va asoslantirilgan.





    Download 193.31 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 193.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqot obyekti va predmeti

    Download 193.31 Kb.