Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani




Download 91.68 Kb.
Sana23.12.2019
Hajmi91.68 Kb.

Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

o‘rta ta’lim muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fanini o‘rganish bosqichlari


Ta’lim bosqichi

Bitiruvchilar

Standart darajasi

Daraja nomlanishi

o‘rta ta’lim

Umumta’lim maktablarining
8-sinf bitiruvchilari

A1

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning boshlang‘ich darajasi

Umumta’lim maktablarining
9-sinf bitiruvchilari

A2

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning tayanch darajasi

Davlat va huquq asoslari fani chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari

A2+

Davlat va huquq asoslari fanini o‘rganishning kuchaytirilgan tayanch darajasi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari bitiruvchilari

В1

Huquqshunoslik fanini o‘rganishning darajasi



Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning maqsad va vazifalari

Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning maqsadi:

davlat va huquq asoslari fani o‘quvchilarga huquqiy bilimlar berish orqali ularda huquqiy ong va huquqiy tafakkurni shakllantirish;

o‘quvchilarda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularda tayanch va fanga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat

o‘quvchilarda tayanch huquqshunoslik faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir



Davlat va huquq asoslari va huquqshunoslik fanlarini o‘qitishning asosiy vazifasi:

o‘quvchilarda konstitutsiyaviy burch, majburiyatlarni bilish va ularga rioya qilish ko‘nikmasini hosil qilish;

o‘quvchilarda o‘z xatti-harakatlarini belgilangan me’yorlar doirasida tartibga solish va boshqara olishni tarbiyalashdan iborat.

o‘rta ta’limi muassasalarida davlat va huquq asoslari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida huquqshunoslik fani bo‘yicha ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari

1. Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi

A1

Konstitutsiya, davlat, huquq, burch, majburiyat, fuqaro, inson, qonun, axloq, odob kabi huquqiy tushunchalarning mazmunini bila oladi;

huquq va huquqqa zidlik haqida ma’lumot bera oladi;

axloq va huquq qoidalarini biladi;

bola huquqlari, voyaga yetmaganlik, mehnat huquqi, oila huquqi, fuqarolik huquqi kabi tushunchalarning mazmunini bila oladi.

A2

Jamiyat, davlat va huquqning paydo bo‘lishi, huquqbuzarlik va ularning belgilari haqida ma’lumot bera oladi;

inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va burchlarini biladi;

hokimiyat va uning bo‘linish prinsiplari, belgilari, fuqarolik jamiyati, huquqiy davlat va uning asoslarini tushuntira oladi;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik, mehnat, ma’muriy va jinoyat qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarga oid huquqlarni va cheklovlarni biladi;

O‘zbekiston Respublikasining protsessual qonunchiligida belgilangan voyaga yetmaganlarning huquqlarini biladi;

huquq sohalari haqida ma’lumotga ega bo‘ladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib bera oladi;

kundalik faoliyatida vujudga keladigan turli vaziyatlarni huquqiy jihatdan to‘g‘ri baholab, maqbul qaror qabul qila oladi.

A2+

huquq manbalarini biladi;

voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarning huquqiy asoslarini tushuntira oladi;

huquqiy voqea va hodisalarni idrok qiladi, tushunadi, tushuntirib beradi.



B1

jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;

xalqaro umume’tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma’lumot bera oladi;

o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.



2. Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

A1

axloq va huquq qoidalariga amal qiladi;

fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida belgilangan huquqlarini hurmat qiladi;

huquqiy ko‘nikma hosil qiladi;

huquqiy masalalar yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda kichik maishiy bitimlarni tuza oladi.

A2

voyaga yetmaganlarga oid qonunchilikda belgilangan me’yorlarga rioya etadi;

o‘quvchilarning ongi va tafakkurida inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq, burch va majburiyatlariga rioya qilish refleksi shakllanadi (kundalik faoliyatiga aylanadi);

o‘z xatti-harakatlarini huquq talablariga moslashtiradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qila oladi;

korrupsiyaga qarshi toqatsizlikni namoyon eta oladi.



A2+

huquqiy qoidalarni bajaradi, huquqiy munosabatlarda ishtirok etadi;

huquqiy voqea va hodisalarga munosabat bildirishda huquqiy madaniyatini namoyon eta oladi.

B1

fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;

huquq manbalaridan foydalana oladi;

o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;

huquqiy voqea va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.



O‘RTA TA’LIMNING

10-11-SINFLARI UChUN

O‘QUV DASTURI

68 soat
Uqtirish xati
10-11-sinf Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, umumta’lim fanlarini o‘qitishning uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, zamonaviy metodologiyasini yaratish, davlat ta’lim standartlarini kompetensiyaviy yondashuv asosida o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Shu bilan birga mazkur dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi “Umumiy o‘rta va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 187-sonli qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining umumta’lim fanlari bo‘yicha malaka talablari asosida tayyorlangan.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

Globallashuv sharoitida inson ongi uchun kurash tobora kuchayib borayotgan davrda, jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish, diniy ekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish bo‘yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish masalalari kun tartibidagi eng dolzarb masalalardan biri bo‘lib qoldi Shu ma’noda mustaqillikning dastlabki yillarida boshlangan ishlarning matniqiy davomi sifatida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va huquqiy ongini oshirish masalalari ham alohida tamoiyl sifatida 2017—2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida o‘z aksini topdi.

Huquqshunoshlik o‘quv fanini o‘qitishning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi o‘quvchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Konstitutsiyaviy burch va majburiyatlarni bilishga hamda ularga rioya qilishga o‘rgatishdan iborat mazkur masalani amalga oshirishda ta’lim-tarbiya jarayonida davlat va huquq asoslari fani mazmuniga oid huquqiy ong hamda huquqiy mananiyatga ega bo‘lish kompetensiyalarni shakllantirish orqali amalga oshiriladi.

Fanga oid kompetensiyalar orqali o‘quvchilarda kommunikativlik, axborot bilan ishlash, o‘zini-o‘zi rivojlantirish, ijtimoiy faol fuqarolik, milliy va umummadaniy, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyalari shakllantiriladi.

Davlat va huquq asoslari fani 10-11-sinf: “Huquqshunoslik” fani (34 soat)ni o‘z ichiga oladi. Uzviylik va uzluksizlik tamoyiliga asosan o‘quvchilarning quyi sinflarda olgan bilimlari asosida huquq sohalariga oid bilimlar beriladi.


10-SINF

(B1 34 soat)
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:

Kommunikativ kompetensiya — ijtimoiy vaziyatlarda ona tilida hamda birorta xorijiy tilda o‘zaro muloqotga kirisha olishni, muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san'at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.

Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi — aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy, kasbiy va iqtisodiy rejalarni tuza olish, kundalik faoliyatda turli diagramma, chizma va modellarni o‘qiy olish, inson mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan, qulay shart-sharoitga olib keladigan fan va texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Mazkur kompetensiyalar umumta'lim fanlari orqali o‘quvchilarda shakllantiriladi.

I BO‘LIM. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING

XALQARO HUQUQ SUB'EKTI
1-mavzu. Kirish. Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. (B1 1 soat)

Huquq – shaxs va davlat munosabatlarining mustahkam asosi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining asosi sifatida. Shaxsning huquqiy madaniyati.


2-mavzu. Qonunning ustuvorligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatning asosiy qonuni. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasida xalqaro huquqning umume'tirof etgan prinsiplari.


3-mavzu. Xalqaro huquq (B1 1 soat)

Xalqaro huquqiy munosabatlar va ularning prinsiplari. Xalqaro huquq manbalari. Chet el fuqarolarining huquqiy maqomi. Jahonning huquqiy xaritasi.


4-mavzu. Birlashgan millatlar tashkilotnining maqsad va vazifasi (B1 1 soat)

Birlashgan Millatlar tashkilotining tashkil topishi, maqsad va vazifalari. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Bola huquqlari himoya qilishda BMTning faoliyati


5-mavzu. Inson huquq va erkinliklarning himoya qilish mexanizmi. (B1 1 soat)

Inson huquqlarini himoya qilishga oid xalqaro huquqiy hujjatlar. Milliy qonunchiligimizda inson va fuqarolar huquq va erkinliklarining himoya qilinishi. Apatritlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqlari.


Amaliy mashg‘ulot (B1 1 soat)
II BO‘LIM. KONSTITUTSIYAVIY HUQUQ – HUQUQNING BOSH SOHASI
6-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzum asoslari. (B1 1 soat)

Konstitutsiyaviy tuzumning tarkibi. Konstitutsiyaviy tuzum va konstitutsiyaviy tamoyillar. Konstitutsiyaviy tuzum va huquq tartibot.


7-mavzu. O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy tuzumining asosi sifatida insonparvarlik tamoyili. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklarining belgilanishi. Xalq hokimiyatchiligi. Shaxsiy huquq va erkinliklar. Fuqarolarning konstitutsiyaviy burch va majburiyatlari.


III BO‘LIM. MA’MURIY HUQUQ
8-mavzu. Ma'muriy huquq sohasining Konstitutsiyaviy asoslari. (B1 1 soat)

Ma'muriy huquq sohasining konstitutsiyaviy asosi. Ma'muriy huquq tizimi va manbalari. Ma'muriy huquqning sub'ektlari. Davlat xizmati tushunchasi va o‘ziga xosxususiyatlari.


9-mavzu. Ma’muriy huquqbuzarlik va ma'muriy javobgarlik. (B1 1 soat)

Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari. Ma'muriy huquqbuzarlik. O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi. Ma'muriyjavobgarlikvauningxususiyatlari.


10-mavzu. Ma’muriy jazo va uning turlari. (B1 1 soat)

Ma'muriy jazo belgilashning huquqiy asoslari. Jarima, musodara qilish, berilgan maxsus huquqdan mahrum etish tartiblari.


Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
IV BO‘LIM. FUQAROLIK HUQUQI
11-mavzu. Fuqarolik huquqi manbalari. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolik huquqining asosi. Fuqarolik huquqiy munosabatlar ishtirokchilari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi. Fuqarolik huquqining obyekti.


12-mavzu. O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi. (B1 1 soat)

O‘zbekiston Respublikasi Fuqaroligiga ega bo‘lish va uni yo‘qotishning huquqiy asoslari. Fuqarolik qonun hujjatlari. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik to‘g‘risidagi Qonuni.


13-mavzu. Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar. (B1 1 soat)

Mulk huquqining Konstitutsiyaviy asoslari. O‘zbekiston Respublikasida mulk shaklari. Mulk huquqining subyektlari va obyektlari. Mulk huquqining amalga oshirish shartlari.


14-mavzu. Bitimlar va vakillik. (B1 1 soat)

Bitimlar tushunchasi, turlari va shakllari. Bitimning haqiqiy emasligi. Vakillik va ishonchnoma tushunchasi. Ishonchnomaning shakli, muddati, bekor bo‘lishi. Ishonchnomani qaytarish majburiyati.


15-mavzu. Shartnoma tushunchasi va shartlari. (B1 1 soat)

Shartnomalarning asosiy shartlari. Shartnoma tuzish erkinligi. Shartnomaning amal qilishi. Shartnomaning namunaviy shartlari. Sharnoma tuzish haqidagi asosiy qoidalar.


16-mavzu. Iste’molchilar huquqlari va majburiyatlari. (B1 1 soat)

Iste'molchi. Tovar haqida ma’lumot olish va sertifikatini so‘rash huquqi. Sotib olingan tovarni qaytarish yoki almashtirish huquqi. Iste’molchilarning majburiyatlari. O‘zbekiston Respublikasining iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘risidagi qonuni.


17-mavzu. Ishlab chiqaruvchi tomonidan tovar sifatini kafolati. (B1 1 soat)

Tovarning kafolat, yaroqlilik muddati. Sotib oluvchining tovarni qabul qilish majburiyati. Tovarning bahosi. Tovarni sug‘urtalash.


18-mavzu. Intelektual mulk huquqi. (B1 1 soat)

Intelektual mulk ob'ektlari. mualliflik huquqi.mualliflik huquqi ob'ektlarining turlari. Mualliflik huqquqining amal qilish muddati. mualliflik huquqi manbalari. mualliflik huquqini buzganlik uchun javobgarlik.


19-mavzu. Fuqarolik ishlarini sudda ko‘rish bosqichlari. (B1 1 soat)

Fuqarolik sudida ko‘riladigan ishlar. Fuqarolik ishini sudda ko‘rish tartibi. Sud protsessi ishtirokchilari. Sudning hal qiluv qarori. Sud qarorlari ustidan shikoyat berish tartibi.


Amaliy mashg‘ulot. (B1 1 soat)
V BO‘LIM. MEHNAT HUQUQI
20-mavzu. Mehnatga oid munosabatlar. (B1 1 soat)

Mehnatga oid munosabatlarning Konstitutsiyaviy asoslari. Mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari. Mehnat huquqining sub'ektlari. Mehnatni muhofaza qilish.


21- mavzu. Ishga qabul qilish va mehnat shartnomasi. (B1 1 soat)

Ishga joylashish huquqi. Ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish. Ishsiz deb e'tirof etish. Ishsizlik nafasini to‘lash. mehnat shartnomasi tushunchasi va talablari. Mehnat shartnomasining shakli. Mehnat shartnomasining muddati.


22-mavzu. Mehnat shartnomasini tuzish. (B1 1 soat)

Ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladigan yosh. Mehnat daftarchasi. Dastlabki sinov muddati. Mehnat shartnomasini o‘zgartirish va bekor qilish tartibi.


23-mavzu. Ish vaqti va dam olish vaqti. (B1 1 soat)

Ish vaqti tushunchasi. Ish vaqtining normal va qisqartirilgan muddati. to‘liqsiz ish vaqti. Ish vaqtini jamlab hisoblash. Tanafusslar, dam olish va bayram kunlari. Ta'tillar.


24-mavzu. Mehnatga haq to‘lash. Mehnat intizomi. (B1 1 soat)

Mehnat haqi miqdorini belgilash. Ish vaqtidan tashqari ishlar hamda dam olish kunlari va bayram kunlaridagi, tungi vaqtdagi ishlar uchun haq to‘lash. Mehnatga haq to‘lash muddatlari. Ish haqidan ushlab qolish. Mehnat intizomi. Mehnat uchun rag‘batlantirish. Intizomiy jazolar va ularning amal qilish tartibi.


25-mavzu. Mehnatni muhofaza qilish. Qo‘shimcha imtiyoz va kafolatlar. (B1 1 soat)

Mehnatni muhofaza qilish talablari. Ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan ko‘shimcha kafolat va imtiyozlar. Yoshlar uchun qo‘shimcha kafolatlar.


26-mavzu. Mehnat nizolari. (B1 1 soat)

Yakka mehnat nizolarining taraflari va mazmuni. Mehnat nizolarini ko‘rib chiqish tartibi. Mehnat nizolarini ko‘rib chiquvchi organlar va komissiyalari va ularning qarorlari.


Amaliy mashg‘ulot (B1soat)
Takrorlash (B1soat)
Nazoratishi (B1soat)
Jami mavzular 26 soat

Amaliy mashg‘ulot 4 soat

Takrorlash 3 soat

Nazorat ishi 1 soat
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:

Huquqiy ongga ega bo‘lish kompetensiyasi:

B1

jamiyat, davlat, huquq, huquq sohalari, normativ-huquqiy hujjatlar mohiyati va belgilarini tushuntira oladi;



xalqaro umume'tirof etilgan konvensiyalarning mazmun-mohiyatini tushuntirib bera oladi;

davlat organlari va muassasalariga murojaat qilish tartibi va qoidalarini biladi;

tanlagan kasbining huquqiy asoslari haqida ma'lumot bera oladi;

o‘z kasbiga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlashni biladi.


Huquqiy madaniyatli bo‘lish kompetensiyasi

B1

fuqarolik burchlari va majburiyatlarini anglaydi, ularga rioya qiladi;



huquq manbalaridan foydalana oladi;

o‘z huquq va manfaatlarini qonuniy himoya qila oladi;

huquqiy voqya va hodisalarga oid to‘g‘ri xulosa chiqara oladi;

korrupsiyaning jamiyat hayotida salbiy oqibat ekanligi to‘g‘risidagi tushunchalarni biladi, unga qarshi kurashishga oid huquqiy normalar asosida korrupsiyaga qarshi kurashishni his qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘ladi;

jamiyat va davlat hayotidagi siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etadi;

huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini amalga oshirishda to‘g‘ri qaror qabul qila oladi.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Rahbariy adabiyotlar

  1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O‘zbekiston, 1996. – 364 b.

  2. Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 380 b.

  3. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 366 b.

  4. Karimov I.A. Bunyodkorlik yo‘lidan. T. 4. – Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 394 b.

  5. Karimov I.A. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – Toshkent: O‘zbekiston, 1997. – 384 b.

  6. Karimov I.A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo‘lida. T. 6. – Toshkent: O‘zbekiston, 1998. – 429 b.

  7. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan quramiz. T. 7. – Toshkent: O‘zbekiston, 1999. – 413 b.

  8. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz. T. 8. – Toshkent: O‘zbekiston, 2000. – 525 b.

  9. Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz masulmiz. T. 9. – Toshkent: O‘zbekiston, 2001. – 439 b.

  10. Karimov I.A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. – Toshkent: O‘zbekiston, 2002. – 432 b.

  11. Karimov I.A. Biz tanlagan yo‘l – demokratik taraqqiyot va ma'rifiy dunyo bilan hamkorlik yo‘li. T. 11. – Toshkent: O‘zbekiston, 2003. – 320 b.

  12. Karimov I.A. Tinchlik va xavfsizligimiz o‘z kuch-qudratimizga, hamjihatligimiz va qat'iy irodamizga bog‘liq. T. 12. – Toshkent: O‘zbekiston, 2004. – 400 b.

  13. Karimov I.A. O‘zbek xalqi hyech qachon, hyech kimga qaram bo‘lmaydi. T. 13. – Toshkent: O‘zbekiston, 2005. – 448 b.

  14. Karimov I.A. Inson, uning huquq va erkinliklari – oliy qadriyat. T. 14. – Toshkent: O‘zbekiston, 2006. –280 b.

  15. Karimov I.A. Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish – barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T.15. – Toshkent: O‘zbekiston, 2007. –320 b.

  16. Karimov I.A. Mamlakatni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish yo‘lida. T.16. – Toshkent: O‘zbekiston, 2008. –368 b.

  17. Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch. – Toshkent: “Ma'naviyat”, 2008. –174 b.

  18. Karimov I.A. “Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish – mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy mezonidir”. 19-tom, T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011

  19. Mirzieyov, Shavkat. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.– Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. –488 b.

  20. Mirziyoev Shavkat Miromonovich. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marsosimdagi ma'ruza. 2016 yil 7 dekabr. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –48 b.

  21. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016. –56 b.


Qonun va qonun osti hujjatlar

  1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2015 – 40 b.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - 2014 yil. “O‘zbekiston”

  3. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining axborotnomasi. – 1992. – № 2. – B. 42–43.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 13 iyundagi “Yoshlarning huquqiy ta'limini takomillashtirishning Kompleks dasturi to‘g‘risida”gi Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari to‘plami. 1994. –№6. –B.204-205

  5. O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida” gi Qonuni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 1997. –№. –225-modda.

  6. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturi // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8. B. 23-33.

  7. O‘zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi".// O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№8.

  8. O‘zbekiston Respublikasi Kodekslari. to‘plam T.: “Adolat” 2014. - 1056 bet.

  9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 iyundagi “Huquqiy tarbiyani yaxshilash, aholining huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishini yaxshilash haqida” gi Farmoni // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. 1997. –№7. –179-modda.

  10. Davlat va huquq asoslaridan umumiy o‘rta ta'lim o‘quv dasturi. Ta'lim taraqqiyoti. 1999 y, 2-son, 264-301 betlar.

  11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 4 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganishni tashkil etish to‘g‘risida”gi Farmoyishi // “Xalq so‘zi” gazetasi. 2001. –5 yanvar.

  12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 23 iyundagi “O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivoj­lantirishga ko‘maklashish borasidagi chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi 107 sonli Qarori // O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi. 2005. –№6

  13. O‘z DSt 1157:2008 Hujjatlarni unifikatsiyalashtirish tizimi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlar tizimi. Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar.

  14. Oliy va O‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2013 yil 4 iyun 28/qq, Xalq ta'lim vazirligi 2013 yil 04. № 27, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'lim markazlarining 2013 yil 04. № 30/qq.

  15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi 187-qarori.

3. Maxsus adabiyotlar

3.1. AbdullaAvloniy. TurkiyGulistonyoxudaxloq. – T.: O‘qituvchi, 1992. – B. 33.

3.3. Абзалов Э. М. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУЗ, 1996. – 24 с.

3.4. Аграновская е. В. Правовая култура и обеспечение прав личности. – М.: Наука, 1988. – 142 с.

3.5. Azizxo‘jaev A.A. Davlatchilik va ma'naviyat. - T.: Sharq, 1997. - 112b.

3.10. Белский К. Т. Формирование и развитие правового сознания в

гражданском обществе. – М.: Изд-во МГУ, 1992. – С. 30–31.

3.23. Jo‘raev S. Fuqarolikjamiyati: nazariyavaamaliyot. – T.: TDShI, 2003.–  364 b.

3.26. Зокиров Х. Правовая култура и правовые правосудия. – Т., 1998. – 28 с.

3.27. Зокиров Э. Правовое воспитание и формирование правовой културы молодёжи. – Т.: Академия МВД РУз, 2002. – С. 67.

3.29. Исломов З. Механизм существления государственной власти. – Т.: Адолат, 1997. – 56 с.

3.30. Islomov Z. M. Fuqarolik jamiyati: kecha, bugun, ertaga. – T., 2002. – 84 b.

3.31. Islomov Z. M. Davlat va huquqning umumnazariy muammolari: huquqni tushunish, huquqiy ong va huquq ijodkorligi. – T., 2005. – 188 b.

3.45. Матузов Н. Н. Правовая система и личност. – Саратов, 1997. – 222 с.

3.46. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – T.: O‘zbekiston, 2000. – 77 b.

3.47. Milliy g‘oya va mafkura tushunchalarining o‘ziga xos xususiyatlari. – T.: O‘zLiDep, 2006. – 88 b.

3.48. Odilqoriev X. Konstitutsiya va fuqarolik jamiyati. – T.: Sharq, 2002. – 320 b.

3.57. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi. T. 1. – T., 1998. – 316 b.

3.58. Tadjixanov U., Saidov A. Huquqiy madaniyat nazariyasi.T. 2. – T., 1998. – 448 b.

3.61. Turdiboeva R. Talaba yoshlar huquqiy madaniyatini shakllantirishning nazariy va amaliy masalalari. – T.: Adolat, 2002. – 164 b.

3.71. O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy huquqi/Prof. A. Saidovning umumiy tahririda. – T.: Adolat, 2005. – 479 b.

3.73. Qirg‘izboev M. Fuqarolik jamiyati: siyosiy partiyalar, madaniyatlar va mafkuralar. – T.: Sharq, 1997. – 160 b.

3.74. Husanov O.T. O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari. -T.: Adolat, 1996.-181b.

3.75. Tuychieva H.N. Huquqni o‘qitish metodikasi. –T.: Toshkent islom universiteti, 2008. – 78 b.

3.76. Nasiriddinova O.T. Huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyatini shakllantirishda muhim omil (yoshlar misolida): Yurid. fan. nomz. ... dis. avtoref. – T.: TDYuI, 2009, -22 b.

3.77. A. Saidov. U.Tojixonov “Huquqiy madaniyat nazariyasi”.Darslik IIV Akademiyasi-1998 yil.

3.78. Zokirov I. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik huquqi. darslik. T.: “Adolat” 1996. 296 b.

3.79. Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Umumiy qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. T.: “Ilm ziyo” 2005 -480 b.

3.80. Rustamboev M.H. Jinoyat huquqi (Maxsus qism) Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik.T.: “Iqtisodiyot va huquq dunyosi” nashriyot uyi, 2000.- 528 b.
Davlat va huquq asoslari fanidan o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ijodiy guruhi



Ism, sharf

Ish joyi

1

Ismatova Nargiza Qamaritdinovna

RTM bo‘lim boshlig‘i

2

Xidirov Sadriddin

Toshkent shahar sud Departamenti, yurist

3

Ahmedova Muhayyo Yulchievna

Toshkent shahar Sergeli tumani 303- umumta’lim maktabning huquq fani o‘qituvchisi

4

To‘ychieva Hamida Nabievna

TDPU kafedra mudiri

5

Usmonov Muxammadi Baxriddinov

A.Avloniy nomli XTXMOQTM Huquq kafedrasi o‘qituvchisi

6

Abdullaeva O‘lmasoy Asadovna

Toshkent shahar Sergeli tumani 267- umumta’lim maktabning huquq fani o‘qituvchisi

7

Begimova Robiya Safarovna

JIDU qoshidagi Shayxontohur akademik litseyi huquq fani o‘qituvchisi

8

Muhammedov Sardor

Toshkent pedagogika kolleji huquq fani o‘qituvchisi

9

Tojiboev Husniddin Abdumalipovich

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 144- umumta’lim maktabning huquq fani o‘qituvchisi

10

Shermuhamedova Saodat Badriddinovna

Toshkent shahar PKQTMOMI Ijtimoiy fanlar

Kafedrasi huquq fani o‘qituvchisi



11

Ochilov Samariddin Kamoliddinovich

O‘rta Maxsus Kasb hunar ta’lim o‘quv metodika markazi metodisti

12

Amirov Zafar Akmalovich

Davlat boshqaruvi akademiyasi katta ilmiy xodimi


Download 91.68 Kb.




Download 91.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Davlat va huquq asoslari (Huquqshunoslik) fani

Download 91.68 Kb.