Web-страница с dhtml




Download 119.5 Kb.
bet3/4
Sana15.03.2017
Hajmi119.5 Kb.
#131
1   2   3   4
JavaScript dasturlash tilining imkoniyatlari. Uning yordamida HTML –dokumentlarning ko’rinishi va tuzilishini dinamik ravishda boshqarish mumkin. Ekranda tasvirlanayotgan dokumentga brauzer tomonidan yuklangan dokumentning sintaktik tahlil qilish jarayonida istalgan HTML-kodlarni joylashtirish mumkin. “Dokument” ob’ekti yordamida foydalanuvchining oldingi bajargan amallari yoki boshqa bir faktorlarga kura yangi dokumentlarni avtomatik hosil qilish mumkin.

JavaScript yordamida brauzer ishini boshqarish mumkin. Masalan, Window ob’ekti suzib yuruvchi oynalarni ekranga chiqarish, brauzerning yangi oynalarini yaratish, ochish va yopish, oynalarning yugurdagi va o’lchamlarining rejimlarini o’rnatish va hokazolarni imkoniyatini beruvchi metodlarga ega.

JavaScript dokumentdagi ma’lumotlar bilan bog’lanish imkoniyatini beradi. Document ob’ekti va undagi mavjud ob’ektlar dasturlarga HTML-dokumentlarning qismlarini o’qish va bazida ular bilan bog’lanish imkoniyatini beradi. Matnning o’zini o’qish mumkin emas, lekin masalan berilgan dokumentdagi gipermatnli o’tishlar ro’yhatini olish mumkin. Hozirgi vaqtda Form ob’ekti va undagi mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan ob’ektlar: Button, Checkbox, Hidden, Password, Radio, Reset, Select, Submit, Text va Textarealar dokumentdagi ma’lumotlar bilan bo’g’lanish uchun keng imkoniyatlar beradi.

JavaScript foydalanuvchi bilan aloqa qilishga imkon beradi. Bu tilning eng muhim hususiyati unda amalga oshirilgan hodisalarni qayta ishlashni aniqlsh imkoniyati – ma’lum bir hodisaning (odatda foydalanuvchi tomonidan bajarilgan amal) ro’y berish vaqtida bajariladigan dastur kodining ihtiyoriy qismi hisoblanadi. JavaScript hodisalarni qayta ishlovchi sifatida ihtiyoriy yangi oldindan berilgan funktsiyalardan foydalanish imkoniyatini beradi. Masalan, foydalanuvchi sichqoncha ko’rsatkichini gipermatnli o’tishlar ustiga keltirsa, holatlar satrida mahsus habarni chiqaruvchi yoki ma’lum bir amalni bajarishni tasdiqlashni so’rovchi dialogli oynani ekranga chiqaruvchi yoki foydalanuvchi tomonidan kiritilgan qiymatlarni tekshiruvchi va hatolik yuz bergan holda kerakli kursatmalarni berib, tug’ri qiymatni kiritishni so’rovchi dasturlarni yaratish mumkin.

JavaScript ihtiyoriy matematik hisoblashlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari bu tilda vaqt va sanalarning qiymatlari bilan ishlovchi yuqori darajada rivojlangan vositalar mavjud. JavaScript CGI-dasturlarga va Perl dasturlash tiliga va to’diruvchi sifatida ayrim hollarda Java tiliga muqobil til sifatida yaratilgan.

Har bir boshlovchi dasturchining asosiy savoli: “Dasturlar qanday tuziladi va bajariladi? ”. Bu savolga iloji boricha soddaroq, lekin JavaScript-kodlarini qo’llanilishining barcha usullarini unutmagan holda javob berishga harakat qilamiz.

Birinchidan, JavaScript-kodlari brauzer tomonidan bajariladi. Unda mahsus JavaScript interpritatori mavjud. Unga kura programmaning bajarilishi interpretator tomonidan boshqaruvni qachon va qay tarzda olishiga bog’liq bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida kodning funktsiyaviy qo’llanilishiga bo’g’liq bo’ladi. Umuman olganda JavaScript ning funktsional qo’llanishining 4 hil usulini ajratib ko’rsatish mumkin:


  1. gipermatnli o’tish (URL sxemasi);

  2. hodisalarni qayta ishlash (handler);

  3. o’rniga qo'yish(entity)

  4. qo’yish (SCRIPT konteyneri).


JavaScript bo’yicha o’quv qo’llanmalarida JavaScript ni qo’llashning bayoni odatda SCRIPT konteyneridan boshlanadi. Lekin dasturlash nuqtai nazaridan bu unchalik ham to’g’ri emas, chunki bunday tartib asosiy savol: “JavaScript-kodi boshqaruvni qanday oladi?” ga javob bermaydi. Ya’ni JavaScript da yozilgan va HTML-dokumentning ichiga joylashtirilgan dastur qanday tarzda chaqiriladi va bajariladi.

HTML-sahifa muallifining kasbi va uning dasturlash asoslaridan habardarligining darajasiga qarab JavaScript ni o’zlashtirishga kirishishni bir necha hil variantlari mavjud. Agar siz klassik tillar (C, Fortran, Pascal va h.) bo’yicha dasturlovchi bo’lsangiz, u holda dokument matni ichida dasturlashdan boshlagan ma’qul, agar siz Windows sistemasida dasturlashga o’rgangan bo’lsangiz, u holda hodisalarni qayta ishlashni dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul, agar siz faqat HTML bo’yichagina tajribaga ega bo’lsangiz yoki anchadan beri dasturlash bilan shug’ullanmayotgan bo’lsangiz, u holda gipermatnli o’tishlarni dasturlashdan boshlaganingiz ma’qul.





Download 119.5 Kb.
1   2   3   4




Download 119.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Web-страница с dhtml

Download 119.5 Kb.