|
Dilnavoz Abdurahimova Farg‘ona davlat universiteti talabasi Anafora hodisasining Enaxon Siddiqova ijodidagi o‘rni Annotatsiya
|
Sana | 19.08.2023 | Hajmi | 35 Kb. | | #78984 |
Bog'liq Anafora hodisasi Yorug‘lik diodlari va yarimo‘tkazgichli lazerlar, 6-sinf hujayra va to`qima, TARIX-QANQA, Tarixiy o’lkashunoslik, Og’ir betonlar umumiy ma’Iumotlar, 4-kurs sirtqi Oraliq maxsulot., 9.metaforalarning-semantik-tahlili, sinonim maqola, pythonda mavzulashtirilgan masala va misollar to\'plami, YUSUPOV DIYORBEK ELYORJON OGLI OQISH JOYIDAN MALUMOTNOMA, diyorbek yusupov komp tarmoq 24, Ko’p o’zgaruvchili funksiya differensiali Tayanch so’z va iboral-fayllar.org, ot lar xavsizligi, Mustaqil ish 1 mavzu Seans sathi umumiy risklari-fayllar.org
Dilnavoz Abdurahimova
Farg‘ona davlat universiteti talabasi
Anafora hodisasining Enaxon Siddiqova ijodidagi o‘rni
Annotatsiya
Ushbu maqolada anafora hodisasi haqida fikr yuritiladi.Uning poetik sintaksis hodisasi ekanligiga urg‘u beriladi.Enaxon Siddiqova ijodidagi qo‘llanish o‘rni,stilistik xususiyatlari tahlil qilindi.
Kalit so‘zlar: poetika,komponent,leksik-morfologik anafora,sintaktik anafora.
Annotation
This article discusses the phenomenon of anaphora. It is emphasized that it is a phenomenon of poetic syntax. The place of its use in the work of Enakhon Siddikova and its stylistic features are analyzed.
Key words: poetics, component, lexical-morphological anaphora, syntactic anaphora.
Aннотация
В данной статье рассматривается явление анафоры, подчеркивается, что это явление поэтического синтаксиса, анализируется место его употребления в творчестве Энахон Сиддиковой и его стилистические особенности.
Ключевые слова: поэтика, компонент, лексико-морфологическая анафора, синтаксическая анафора.
Anafora yuqoriga kotarilish degan ma'noni bildiradi. Bunda har bir misra, abzas va gap boshida bir xil takrorlanuvchi konstruksiyalar ishlatiladi. Bular soz, soz birikmasi, gap shaklida bolishi mumkin. Anaforalar qollanish doirasi jihatidan koproq poetik asarlar tilida uchrashi tufayli, ularni tradatsiyaga kora, kopincha, poetik sintaksis masalalaridan biri sifatida tahlil qilinadi. 1
Anafora sintaktik konstruksiyani tashkil etuvchi komponentlar (sodda gaplar) ning bir xil grammatik forma bilan boshlanish usulidir. Aynan bir tushunchaning manosini yoki fikrning mazmunini kengroq yoritish, unga urgu berish, borttirish, tinglovchining diqqatini ana shu tushunchaga yoki fikrga alohida jalb qilish lozim bolsa, anaforalardan foydalaniladi.
Anaforik boglanish bu fikr qaratilgan obyektni turli nutq birliklari yordamida takroran eslatish 2usulidir.
Anafora his-hayajon, kotarinki ruh bilan aytiladigan nutq korinishlari uchun xarakterlidir. Anafora oquvchida yoki tinglovchida turli emotsiyalarni uygotuvchi ifoda shaklidir3.
Anaforalarni uning struktural korinishlariga asoslangan holda, ikkiga bolish mumkin:
Leksik- morfologik anaforalar.
Sintaktik anaforalar.
. Leksik-morfologik anaforalar rus tilida nashr etilgan bazi adabiyotlarda leksik anaforalar deb izohlanadi.4 Leksik-morfologik anaforalar sintaktik konstruksiyani tashkil etuvchi komponentlarning bir xil soz yoki soz formalari bilan boshlanishi demakdir. Yani bunday konstruksiyalarda bir xil leksik-morfologik forma har bir komponentning boshlanish qismida aynan takrorlanadi.
Leksik-morfologik anaforalar qoshma gapda, ayniqsa, boglovchisiz hamda boglangan qoshma gaplarning sodda va murakkab korinishlarida, nutqning murakkab birligi superfrazali sintaktik butunliklarda asosiy sintaktik-stilistik vosita hisoblanadi:
Masalan,
Birga tugilmoq bor, birga turmoq yoq.
Sizni qargamoqqa yetmaydi kuchim,
Sizni ayblamoqqa yoq menda asos.
Sizni telbalarday sevgani uchun,
Endi bu yurakdan olaman qasos.
(Enaxon Siddiqova Alam)
Bir quyoshki, munavvardir nazmi kok,
Bir sharafki, shariflar ichra ozbek,
Bir ummonki, ozani ezgulik, erk,
Ozodlikning mayogidir Navoiy
(Enaxon Siddiqova Navoiy tugilgan kunda)
Uzun yigi kelar qati qatingdan,
Uzun yigilardan qurigan kozim.
Bugdoyzorlaringni toptaganlarga
Bugdoy nonlar tutgan o bugdoy sozim!
(Enaxon Siddiqova Ona tilim)
Leksik-morfologik anaforalar, deyarli, hamma mustaqil soz turkumi orqali ifodalanishi mumkin. Anaforalarning gapda malum bir funksiyani bajarishi anaforali konstruksiyalarni oson tasnif qilish imkoniyatini tugdiradi. 5
Sintaktik konstruksiya tarkibidagi anaforaning mavjud bolishi ana shu konstruksiyaning tipini hamda strukturasini belgilovchi omil bolib hisoblanadi.
2. Sintaktik anaforalar. Birdan ortiq sozlarning semantik hamda grammatik mosligi natijasida yuzaga kelgan anaforalar sintaktik anaforalar deyiladi. Sintaktik anaforalar ozbek tilshunosligida, umuman organilmagan.
Anaforalarning bu turini sintaktik hodisalar tabiatidan kelib chiqib, ikkiga bolib organish mumkin: soz birikmasi holidagi anaforaga yoki anaforik soz birikmasi va predikativ birlik xarakteridagi anafora yoki anaforik predikativ birlik.
Foydalanilgan adabiyotlar
А. Мамажонов У. Махмудов. Услубий воситалар. “Фарғона” - 1996
А. Мамажонов Қўшма гап стилистикаси. “Фан”нашриёти,1990 й.
Абдураҳмонов Ғ. Қўшма гап синтаксиси асослари. –T., 1958.
Бердиалиев А. Ўзбек тили эргаш гапли қўшма гапларида синтактик алоқа ва синтактик муносабатлар. –Т.: “Университет” нашриёти, 1995.
5. Enaxon Siddiqova Sizni dedim. Toshkent “ADABIYOT”, 2021
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Dilnavoz Abdurahimova Farg‘ona davlat universiteti talabasi Anafora hodisasining Enaxon Siddiqova ijodidagi o‘rni Annotatsiya
|