• Markaziy Osiyo tarixida Xanafiya mazxabining o`rni Tayanch tushunchalar
  • 8.1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi
  • Dinshunoslik muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 373.08 Kb.
    bet1/4
    Sana02.04.2024
    Hajmi373.08 Kb.
    #185776
      1   2   3   4
    Bog'liq
    8-MAVZU NAZARIY-HSM-DINSHUNOSLIK-(21-бет)
    ЗАВУЧ ИШ РЕЖА ЙИЛЛИК 2019-2020, 10-sinf informatika fanidan test banki 2-chorak-fayllar.org, YORUG’LIKNING DIFRAKSIYASI VA INTERFERENSIYASI, 2-leksiya, Amaliyot-11, Фидокор mart рестри


    RELS14MBK

    DINSHUNOSLIK

    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    HISOB



    8-MAVZU

    Markaziy Osiyo
    tarixida Xanafiya
    mazxabining o`rni



    Tayanch tushunchalar: “ahli sunna val jamoa”, imomat , aqida,shialar, xorijiylar, mu’taziliylar, jabariylar, qadariylar, mushabbihalar, fiqh, mazhab, molikiylik, hanbaliylik, hanafiylik.


    8.1. Islomda yo‘nalishlarning vujudga kelishi
    632-yilda Payg’ambar (alayhis-salom) vafotidan so‘ng hokimiyat halifalikka saylanganlar tomonidan boshqarildi. Birinchi Abu Bakr, ikkinchi Umar ibn Xattob saylandi, so‘ng Usmon ibn Affon va Ali ibn Abi Tolib halifa bo‘ldi. Avvalgi ikki halifa davrida halifalikda ichki nizo va firqalanish bo‘lmadi. Usmon halifaligi davrining so‘nggi yillarida ichki nizolar paydo bo‘lib, halifaga qarshiliklar kuchaydi. Oxir-oqibat bir to‘da odamlar Hazrati Usmonning uyiga bostirib kiradilar va uni o‘ldiradilar. Uning o‘ldirilishi halifalikda urushni keltirib chiqardi va Ali ibn Abi Tolib halifaligi davrida bunday nizolar yanada kuchaydi. Shom voliysi Muoviya halifaga qarshi chiqib tezroq halifa Usmon qotillarini topib jazolash talabini qo‘yadi. Halifa bu paytda avval ichki nizolarni tugatish bilan ishni boshlagan bo‘ladi. Bu ixtilof qurolli to‘qnashuvga olib keladi. Bu to‘qnashuv 657-yili Iroqning Siffin degan joyida bo‘lib o‘tgani uchun jangning nomi Siffin deb atalgan. Shunda davlat tuzumi masalasida Payg’ambardan keyin halifalik kimga o‘tishi kerak degan masalada quyidagi uch toifaga bo‘linish yuz berdi:
    Birinchi – halifa Ali tarafdorlari bo‘lgan, halifalik faqat payg’ambar xonadonida meros sifatida o‘tishi kerak deb hisoblovchi guruh. Natijada ulardan shialik oqimi kelib chiqdi.
    Ikkinchi – halifa Alining sobiq tarafdorlaridan tashkil topgan, uni Siffin jangidan keyin tashlab ketgan xorijiylar (ajrab chiqqanlar) guruhi hisoblanadi.
    Uchinchi – “ahli sunna val jamoa” guruhi.
    Islomdagi ilk bid’at, firqachilik va adashish xorijiylar va shialar guruhlarining faoliyatida ko‘zga tashlanadi. Bunday firqalar asosiy ikki masalada yuzaga kelgan: imomat (davlatga rahbarlik) va aqidada.
    Shuning uchun islomda firqalarga bo‘linish asosan diniy-siyosiy nuqtai nazardan kelib chiqqan deb qaraladi. Birinchi xorijiylarning paydo bo‘lishiga ham halifa Ali siyosatiga qo‘shilmaslik, shialik esa, halifalik Ali va uning avlodlariga meros bo‘lib qolishi kerak deb hisoblovchilar sabab bo‘ldi. Shu o‘rinda yana bir narsani alohida ta’kidlab o‘tish zarurki, islomda firqalarga bo‘linish Muhammad (alayhis-salom) hadislarida aytib o‘tilgan. Muhammad payg’ambar (alayhis-salom) aytadilar: “Yahudiylar 71 firqaga bo‘lindi, nasroniylar 72 firqaga bo‘lindi, ummatim esa 73 firqaga bo‘linadi. Ulardan bittasi najot topadi, qolgani do‘zax ahlidir”, deganlarida, sahobalar: “Najot topadigan firqa qaysi?”, deb so‘raganlarida Payg’ambar (alayhis-salom): “Men bilan sahobalarim tutgan yo‘ldagisi”, deb javob beradilar (Imom Termiziy rivoyati). Hadisda aytilgan najot topuvchi firqa “ahli sunna val jamoa” hisoblanadi.
    “Ahli sunna val jamoa” sunniylik deb ham nomlanadi. Buning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan jihatlari barcha sahobalarni yaxshi ko‘rish, kishini katta gunoh qilgan bo‘lsa ham musulmon deb hisoblash, agar u vafot etsa, janoza o‘qish, odil va zolim podshohga qarshi chiqmaslik, Allohning sifatlarini inkor qilmaslik va hokazo. Biroq ilk davrlarda musulmon olimlari tomonidan yakdil fikrga ega bo‘lgan musulmonlarning aqidasi ishlab chiqilmagani bois, “to‘g’ri e’tiqod qilish” va “bid’at” to‘g’risidagi tasavvur shia va xorijiylarning paydo bo‘lganidan keyin tizimga solindi. Xorijiylar halifa Alining qo‘shinidan ajrab chiqqan va “ahli sunna val jamoa” e’tiqodiga to‘g’ri kelmaydigan ekstremistik qarashlarni ilgari surgan murosasiz guruh. Bunda ular halifa Alini kelishuvchilikda ayblab, undan ajralib ketganlar va halifaga ham, Muoviyaga ham qarshi urush ochganlar.
    Ular o‘zlarini haqiqiy musulmon hisoblagan va siyosiy hamda g’oyaviy raqiblarga nisbatan murosasiz bo‘lgan. Xorijiylarning ta’limotiga ko‘ra, halifa jamoa tomonidan saylanadi va jamoaga bo‘ysunadi; har qanday taqvodor musulmon (hatto qul yoki qora tanli bo‘lsa ham) halifalikka saylanishi mumkin; agar halifa jamoa manfaatlarini himoya qilmasa, vazifasidan bo‘shatiladi va hatto qatl etiladi. Xorijiylar gunohi kabira qilganlarni kofirlikda ayblab, ularni o‘ldirishgacha borib yetganlar. Hatto ba’zi sahobalarni ham kofir deyishgan. Bundan tashqari, “zolim” podshohga qo‘lida qurol bilan qarshi chiqishni diniy vazifa deydilar. Xorijiylik bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan yana bir oqim shialikdir. Shialik “shiatu Ali” (Ali guruhi) nomidan bo‘lib, aliparast oqim hisoblanadi. Bu yo‘nalish dastlab har qanday ixtilof va aqidaviy farqlardan xoli holda, faqat siyosiy harakat sifatida namoyon bo‘lgan. Keyinroq diniy ixtiloflar, aqidaviy farqlar vujudga kelgan. Ularning fikricha hokimiyat halifa Ali va uning avlodiga tegishli. Chunki imomat asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Ularning ta’limotiga ko‘ra, rahbar xalq tomonidan saylanmaydi, balki meros sifatida o‘tadi.
    Shuningdek, Payg’ambar (alayhis-salom) Alini halifa qilib tayinlaganlar. Halifalardan Abu Bakr, Umar va Usmon bu huquqni Alidan zo‘rlik bilan tortib olishgan hamda Alining halifaligini Alloh tomonidan berilgan ilohiy ko‘rsatma deb hisoblaydilar.
    Shialar ham Qur’onni ilohiy kalom deb e’tirof etadi (ayrim mutaassib ruhdagi oqimlari halifalar davrida uning ayrim qismlari tushirib qoldirilgan deb hisoblaydi). Ulamolari esa, Qur’on mazmunini majoziy talqin qilish yo‘li bilan o‘z ta’limotlarini asoslaydilar. Shuningdek, hadislardan faqat halifa Ali, uning avlodi va ba’zi sahobalar tomonidan keltirilgan rivoyatlarni tan oldilar va shunday rivoyat-hadislardan iborat mustaqil to‘plamlar tuzgan. Sunniylikda e’tirof etilgan diniy aqidalardan farqlanib, shialikda tavhid, adl, nubuvvat, imomat, qiyomatdan iborat beshta aqidaga e’tiqod qilinadi. Bulardan to‘rt aqida – tavhid (Allohning yagonaligini e’tirof etish), adl (adolat, Allohning odilligi, ya’ni taqdir aqidasi), nubuvvat(payg’ambarlik), qiyomat yoki ma’od (oxirat kunining kelishi va o‘lganlarning tirilishi), asosan, sunniylik ta’limotiga mos tushadi. Beshinchi aqida esa imomat (Ali va uning avlodlaridan iborat o‘n ikki imom hokimiyatini) esa, sunniylikka zid ekani bilan farq qiladi. Shialik ichida ixtiloflar yuz berishi natijasida ko‘p firqalar vujudga kelgan. Bulardan zaydiylar, ja’fariylar va boshqalar. Imomiylar va ismoiliylar shialikdagi ikki yirik oqim hisoblanadi.
    Mu’taziliylar oqimi aqida masalasi bo‘yicha ahli sunna val jamoa yo‘nalishidan ajralib chiqqan. Ular Qur’onni diniy haqiqatning manbai deb e’tirof etadilar, uni so‘zma-so‘z emas, majoziy talqin qilishga harakat qiladilar, rivoyatlarga ko‘r-ko‘rona ishonishga qarshi chiqadilar. Shuningdek, gunohi kabira, qabr azobi, avliyolar karomati kabi masalalar bo‘yicha o‘ziga xos qarashga ega. Jumladan, gunohi kabira qilgan kishi mo‘min ham, kofir ham bo‘lmaydi, balki ikkisi orasida bo‘ladi, deganlar. Mu’taziliylarning yana bir aqidasi bu Qur’onning yaratilgani to‘g’risida bo‘lib, sunniylar Qur’on Allohning kalomi desalar, mu’taziliylar Qur’on Allohning yaratgan narsasi, deb hisoblaganlar.
    Halifa Ma’mun (813-833) mu’taziliylar ta’limotini davlat dini sifatida qabul qildi. U qozilar, olimlar, amaldorlar e’tiqodini sinab ko‘rdi. Natijada kim mu’taziliylar aqidasini (xususan, Qur’onning yaratilganini) tan olmasa, ishdan bo‘shatdi, hatto o‘lim jazosini qo‘lladi. Halifa Mutavakkil (847-861) davrida ushbu ta’limot ta’qib ostiga olindi. Mu’taziliylar aql-idrokni aqidaning asosi deb e’tirof etgan, tasavvufni inkor etishga uringan, o‘zlarini tavhid va adolat(adl) tarafdorlari, deb bilgan adashgan firqadir. Keyinchalik XIII-XIY asrlarga kelib mu’taziliylar butunlay yo‘qolib ketgan. Qadariya ham mu’taziliylarga o‘xshab aqidaviy masalada adashgan hisoblanadi. Ularning asosiy da’volari Allohning xohishi, qazosi va qadarini inkor etib, “Alloh bandalarining ishidan ojizdir”, deydilar. Sunniylar esa, Alloh har bir narsani oldindan biladi, degan bo‘lsa, qadariylar uni inkor qildilar. Ular odillik xudoning asosiy sifatlaridan biri degan fikr asosida gunohni xudo oldindan belgilagan bo‘lishi mumkin emas. Xudodan faqat adolatli ishni kutish mumkin, gunoh ishlar esa inson faoliyati bilan bog’liq, demak, inson iroda va faoliyat erkinligiga ega, shuning uchun u gunoh qiladi, degan xulosaga kelib o‘zlarining adashgan firqa ekanini ko‘rsatdilar. Ularning ta’limotini keyinchalik mu’taziliylar davom ettirdi.
    Jabariylar esa, qadariylar e’tiqodining aksini qilib, islomda taqdir masalasida adashgan deb tan olingan firqalardan biridir. Ular ahli sunna val jamoada tan olingan taqdir masalasini inkor qiladi. Jabariylar inson taqdirini xudo mutlaq oldindan belgilab qo‘ygan, insonda hech qanday iroda va faoliyat erkinligi yo‘q, bular faqat xudoda mavjud, inson esa, ana shu faoliyatni o‘zlashtirib olish imkoniyatiga ega, degan aqidani ilgari surgan. Alloh bandalarga gunoh ishlarni taqdir qilgan va inson gunoh amallarni qilishga majburdir, deb insondagi juziy ixtiyorni rad etadilar, ya’ni qabih va yomon narsalarni Allohga nisbat beradilar hamda bandalarni gunoh ishlardan poklaydilar. Alloh insonga toqati yetmaydigan narsani yuklashi mumkin, deb Allohga majbur qiluvchilik sifatini berdilar. Iroda erkinligi tarafdori bo‘lgan qadariylarga jabariylar qarshi bo‘lgan.
    Mushabbihalar (o‘xshatuvchilar) e’tiqodi bo‘yicha Allohni inson suratiga o‘xshatib, uning inson a’zolariga o‘xshash jismi bor deydilar. Bu bilan “ahli sunna val jamoa” aqidasiga qarshi chiqqan. Chunonchi sunniylar Allohni hech narsaga o‘xshatmaydi va bunday o‘xshatish xato hisoblanadi.
    Umuman olganda, islom tarixida vujudga kelgan adashgan firqalarning o‘zlari ham bir necha guruhlarga bo‘linib ketganlar. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, XXI asrda paydo bo‘layotgan turli adashgan oqimlar o‘tmishdoshlarining aqidasini tutib, uni yangicha ko‘rinishda taqdim qilmoqda. Jumladan, xorijiylarning odam o‘ldirishi, hozirda IShID va boshqa jangari guruhlar tomonidan amalga oshirilgan ishlarga o‘xshaydi. Biror inson katta gunoh qilib qo‘ysa, uni kofirga chiqarish ham xorijiylarning ishi hisoblangan.



    Download 373.08 Kb.
      1   2   3   4




    Download 373.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dinshunoslik muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 373.08 Kb.