«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasidа 2016 yil 1-choragida аmаlgа оshirilgаn ishlаr to’g’risidа




Download 11.03 Kb.
Sana22.06.2020
Hajmi11.03 Kb.


«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasidа

2016 yil 1-choragida аmаlgа оshirilgаn  ishlаr  to’g’risidа

mа’lumоt

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishi:

Umumiy tovar aylanmasi 2016 yilning 1-choragida 204,9 mlrd. so’mdan (o’tgan yilning shu davriga nisbatan o’sish 128,6 foiz) iborat bo’lib, ulgurji savdo 141,6 mlrd. so’mni (o’sish 130,6 foiz), chakana savdo 63,3 mlrd. so’mni (o’sish 124,4 foiz) tashkil etdi.

2. Hajmiy ko’rsatkichlarning bajarilishi:

Farmatsevtika mahsulotlarining importi 20,5 mln. AQSh dollaridan iborat bo’ldi (o’tgan yilning shu davriga nisbatan 93,5 foiz).

229,6 ming AQSh dollari miqdoridagi eksport xizmatlari ko’rsatildi.

Kooperatsiya birjasi doirasida mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar bo’yicha 16,6 mlrd. so’mlik (rejaga nisbatan 100,01 foiz), boshqa mahalliy korxonalardan 2,5 mlrd. so’mlik dori vositalari va tibbiy buyumlar xarid qilindi.

3. Kompaniya va uning bo’linmalari tomonidan qator tashkilot va muassasalarga homiylik erdamlari ko’rsatildi. Jumladan:

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 11 martdagi 06-03/1-754-sonli yiғilishi baennomasiga asosan, Navro’z umumxalq bayrami arafasida ijtimoiy muhofazaga muhtoj va kam taminlangan oilalarga moddiy erdam ko’rsatish uchun 80,0 mln.so’m;

- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 25 apreldagi 2/101-sonli (01-07/1-110) yiғilishi baennomasiga asosan, O’zbekiston dzyudo federatsiyasiga 15,0 mln.so’m va O’zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasiga 13,8 mln.so’m;

– “Sog’lom avlod uchun” xayriya jamoat fondi tomonidan tashkil qilingan “Salomatlik poezdi”ga 9,0 mln. so’m;

- “Bolalar sportini rivojlantirish” jamғarmasiga 45,0 mln.so’m;

- “Baynal-Minal” nogironlar futbol klubiga 25,0 mln.so’m;

- “Ibn Sino” jamoat fondiga 7,0 mln.so’m;

- soғliqni saqlash va ijtimoiy muassasalariga 14,2 mln.so’m;

- “Mehribonlik” uylari va nogironlar jamiyatlariga 5,2 mln.so’m.

4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yilda respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2016 yilgi iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga baғishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi maruzasi asosida «Dori-darmon» aktsiyadorlik kompaniyasining chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan. Bu rejaga asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

- aholi va davolash-profilaktika muassasalariga dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish hajmi 128,6 foizga oshdi; Soғliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalariga realizatsiya qilingan dori vositalari va tibbiy buyumlarning hajmi 10,94 mlrd. so’mni, boshqa davolash-profilaktika muassasalariga – 1,94 mlrd. so’mni, imtiezli bemorlarga – 915,8 mln. so’mni tashkil qildi;

- Samarqand shahridagi “INTEGRA DD” MChJ tomonidan 1 mlrd. 512,5 mln.so’mlik 925 ming upakovka ampulali dori preparatlari ishlab chiqarildi;

- 2016 yilni o’tgan davrida kompaniya va uning hududiy bo’linmalari tomonidan jami 36 ta yangi ish o’rinlari yaratildi;

- kompaniyaning hududiy bo’linmalari tomonidan joriy yilning 1-choragida qishloq vrachlik punktlarida 6 ta dorixona shaxobchasi tashkil qilindi;

- qishloq joylardagi aholini sifatli va arzon narxdagi dori vositalari bilan taminlash ishlarini yanada yaxshilash maqsadida “DAMAS”rusumli avtomobillarda qo’shimcha ravishda 50 ta ko’chma dorixona shaxobchalari tashkil qilindi;

- iqtisodietning real sektoriga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo’yicha tayerlanaetgan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasiga kompaniya tomonidan jami 1,7 mlrd. so’mlik 5 ta loyihani amalga oshirish taklifi berildi;

- kompaniyaning “Ishonch telefoni”ga IVR tizimi o’rnatili, barcha qo’nғiroqlarni ezib olish va baholash imkoniyati yaratildi;



- kompaniya va uning bo’linmalaridagi 18 nafar mutaxassislar axborot xavfsizligi bo’yicha o’z malakalarini oshirdi.

Download 11.03 Kb.




Download 11.03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«Dоri-Dаrmоn» аksiyadоrlik kоmpаniyasidа 2016 yil 1-choragida аmаlgа оshirilgаn ishlаr to’g’risidа

Download 11.03 Kb.