• Tayanch atama va iboralar
  • 15-rasm. Ibn Sino Tavsiya etgan o’simliklar asosidagi dori shakllari
  • 16-rasm. Fitopreparatlar tasnifi.
  • 16-rasm. Fitoterapiyaning principi
  • Suvli ajratmalar sifatini takomillashtirish.
  • Damlama va qaynatmalardagi nomutanosiblik
  • Suvli ajratmalarni saqlash va sifatiga baho berish
  • Damlama va qaynatmalarni sifatiga baho berish
  • Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




    Download 5.86 Mb.
    bet14/35
    Sana26.12.2019
    Hajmi5.86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35

    18 - Ma’ruza.

    MAVZU 18. Fitoterapiyaning asosiy qoidalari. Fitoterapiyaning tasnifi va xususiy texnologiyasi

    Ma’ruza maqsadi: Murakkab fitoichimliklarni tayyorlashni va uni tarkibidagi dorivor o’simlik xom ashyosini hisoblash. Dorivor o’simlik xom ashyolarini suv shimish koeffitsеnti bo’yicha hisob olib borish. Fitoichimlikni umumiy hajmini hisoblash. SSVning 2002 yil 29-dеkabr 582- sonli buyrug’i asosida suvli ajratmalar tayyorlash.
    Reja:

    1. Shifobaxsh o’simliklarning afzalliklari .

    2. Fitoprеparatning asosiy qoidalari.

    3. Fitoprеparatlar tasnifi.

    4. Oddiy fito ichimliklarga misollar.

    5. Murakkab va mualliflik fito ichimliklar.

    6. Fitoichimliklar tеxnologiyasi.


    Tayanch atama va iboralar: suvli ajratmalarning, maydalik darajasi, xom-ashyo suv shimish koeffitsienti, maxsulot nisbati, konsentratsiyalar farqi, xarorat tasiri, molekulyar diffuziya, konvent diffuziya.
     Bugungi kunda Dunyo buyicha ilmiy tabobat hamda xalk tabobati amalietida , jumladan o’zbekiston xududida evvoyi holda usadigan va madaniylashtirilgan o’simliklar sonini, hamda o’zining shifobaxsh o’simliklarni aytib o’tish lozim.

    Odamzod ilk bor paydo bo’lgandaek o’simliklar olami ogushida yashagan va har xil kasalliklardan shifo topish uchun o’simliklar olamidan najot izlagan.Natija shuni ko’rsatganki, odamzod o’z xastaliklariga shifobaxsh giexlardan barham topgan. Bugungi kunda dunyo buyicha ilmiy tabobat, xalk tabobati amalietida jami bo’lib 120000 dan ortiq o’simlik namunalari ishlatiladi. Jumladan o’zbekistonda evvoyi holda usadigan va madaniylashtirilgan o’simliklarning soni 4000 dan ko’pdir, shulardan 500 dan ortigi shifobaxshligi bilan tanilgan.

    Ma’lumki o’simlik maxsulatlari tarkibida turli xil xaetbaxsh dori darmon,vitaminlar , oksil moddalar karbon suvlar efir moylari shuningdek organizmning xaet faoliyati uchun juda zarur bo’lgan kalsiy, fosfor, temir kabi tuzlar va boshqa muxim bilologik faol moddalar bor tabiat ne’matlaridan dori darmonlar kimyoviy va suniy usulda olinadigan dorilarga nisbatan beasoratligi va afzalligi bilan ajralib turadi .

    Sababi o’simliklar olamidan hosil bo’lgan dori darmonlar kimeviy usul bilan olinidigan vositalardan farqli ularok , inson organizmiga begona bo’lmay , latif tasir ko’rsatadi .

    Fitoterapiyaning zamonaviy tibbietdagi ahamiyati fitoterapiyaga oid normativ – texnik xujjatlar bilan (XI DF o’z RSSV ning buyruqlari malumotnomalar bilan tanishish. o’zR sanitariya qoida va qo’llanmalar meerlari bilan SanPiN № 0152-04) bilan tanishib chiqish.

    Xar bir narsaning o’lchovi bo’lgani kabi dorivor o’simliklardan foydalanishning ham me’yori bo’ladi.




    15-rasm. Ibn Sino Tavsiya etgan o’simliklar asosidagi dori shakllari

    Shu sababli bemor o’simlik mahsulotidan foydalanishdan oldin, albatta shifokor ko’rigidan o’tishi va ular bilan maslahatlashishi kerak, chunki shifokor xasta kishining axvolidan xabar olib turishi shart, lozim topganda davolashni boshqa o’simlik bilan almashtirish mumkin.

    Meditsina amaliyotida ishlatiladigan quyidagi o’simliklarning suvli shifobaxsh ichimliklari tayyorlanadi.

    a) Nafas olish organlari kasalligida

    b) Yurak – qon tomir kasalligida

    v) Oshqozon – ichak kasalligida

    g) Jigar – o’t kasalligida

    d) qand – diabet kasalligida

    e) Buyrak kasalligida

    yo) Teri kasalligida



    j) Darmonsizlanish kabi kasalliklarida



    16-rasm. Fitopreparatlar tasnifi.

    Shifobaxsh o’simliklarning, asosan ildizi, ildiz poyasi, po’stlog’i, urug’i, mevasi, o’ti, guli va boshqa foydali qismlardan tadbirkorlik bilan foydalaniladi.





    16-rasm. Fitoterapiyaning principi

    Shifobaxsh ichimliklar “oddiy” va “murakkab” bo’ladi. Oddiy shifobaxsh ichimlik deb, 1 ta shifobaxsh o’simlikdan tarkib topgan yozmaga aytiladi.

    Murakkab shifobaxsh ichimlik deb, 2 ta va undan ortiq bo’lgan shifobaxsh o’simlikdan tarkib topgan yozuvga aytiladi.

    Oddiy shifobaxsh ichimliklarga misol:

    Tarkib 1:

    Na’matak mevasi 20,0

    Tozalangan suv 400 mlgacha
    Na’matak mevasidan fitoichimlik tayyorlashda Har’kov olimlari A.I.Tixonov, T.G.Yarnix tomonidan ikkita yo’lni taklif qilingan39.

    Birinchi usul: 1:20 nisbatda tyyorlanadi. Maydalanmagan na’matak mevasini ustiga qaynab turgan suv solib 10 daqiqa qaynatiladi va 22-24 soat qoldiriladi. So’ng suziladi.

    Ikkinchi usul: Maydalangan na’matak mevasi ustiga qaynab turgan suv solib 10 daqiqa qaynatiladi va 2-3 soatga qoldiriladi, so’ng suziladi.

    Biz darsda ikkinchi usuldan foydalanamiz. Buning uchun 20,0 maydalangan na’matak mevasi ustiga 400 ml qaynab turgan suv solinadi va 10 daqiqa qaynatiladi, so’ng 2-3 soatga qoldiriladi va suziladi. Tayyor damlama hajmi kerak bo’lsa 400 ml gacha etkaziladi. Jihozlab bemorga beriladi.

    Tarkib 2:

    Yalpiz bargi 1,5

    Uzum sharbati 30 ml

    Tozalangan suv 100 mlgacha

    Yalpiz bargidan damlama 1:10 nisbatda tayyorlanadi. SSHK = 2,4 teng. Tozalangan suvdan 15 q (1,5 X 2,4) = 18,6 ml olib uni yalpiz bargi ustiga quyiladi va 15 daqiqa qaynatiladi, 45 daqiqa sovutiladi. YAlpiz bargi efir moyi saqlagani uchun infundirkani qopqog’ini ochmasdan tayyorlanadi. Damlama suziladi va 30 ml o’zum sharbati qo’shiladi, so’ng hajmi 100 mlgacha etkaziladi. Bemorga berish suv jihozlanadi.

    Tarkib 3:

    Dorivor mavrak 4,0

    Uzum sharbati 60 ml

    Tozalangan suv 200 ml

    Dorivor mavrak o’tining suv shimish koeffitsientini (SSHK = 3,3) hisobga olgan holda 53,2 ml tozalangan suv. Infundir apparatida qaynoq suvda 15 daqiqa damalanadi va 45 daqiqa sovitiladi. Damlama suziladi ikki qavat doka orqali va hajmi 200 mlgacha etkaziladi, so’ng 60,0 ml o’zum sharbati qo’shiladi, jihozlanadi. Fitoichimlikning umumiy hajmi 260 ml.

    Tarkib 4:

    Chayon o’ti 2,0

    Shakar sharbati 10 ml nazariy

    Tozalangan suv 100 ml gacha

    Agar shifokor ko’rsatmasi 1:10 nisbatda tayyorlanadi. Bizda 2,0 berilgan. CHayon o’ti o’tining SSHK = 1,8 teng. Tozalangan suvdan 20 q (2,0 X 1,8) = 23,6 ml olib uni xom ashyo ustiga solib 15 daqiqa infundir apparatida qaynatiladi va 45 daqiqa sovutiladi. Damlama suziladi ikki qavat doka orqali, ajratmani ustiga 10 ml shakar sharbati qo’shiladi va damlama hajmi 100 mlgacha etkaziladi, jihozlanadi.

    Tarkib 5:

    Dalachoy o’ti 5,0

    Uzum sharbati 60 ml “Sito!”

    Tozalangan suv 200 mlgacha

    Agar shifokor ko’rsatmasi bo’lmasa 1:10 nisbatda tayyorlanadi.Bizda 5,0 berilgan. Dalachoy o’tining SShK = 1,6 teng. Tozalangan suvdan 50 q (5 X 1,6) = 58 ml olib uni xom ashyo ustiga solib “Sito!” ko’rsatmasi bo’lganligi uchun 25 daqiqa infundir apparatida qaynatiladi va sun’iy yo’l bilan sovutiladi. Damalama ikki qavat doka orqali suziladi, ajratmani ustiga 60 ml o’zum sharbati qo’shiladi yaxshilab chayqatiladi va damlama hajmi 200 mlgacha etkaziladi va jihozlanadi.

    Na’matak mevasi Plodы shipovnika Fructus Rosae

    YAlpiz bargi Listya myatы Folium Menthae piperitae

    Dorivor mavrak bargi Listya shalfeya Folium Salviae

    Chayon o’t bargi Listya krapivы Folium Urticae

    Dalachoy o’ti Trava zveroboya Herba Hypericae
    Suvli ajratmalar sifatini takomillashtirish.


    1. Antimikrob xususiyatini oshirish, tozalangan suv o’rniga kumush bilan ishlov berilgan suvni kiritish, tayyorlangan suvli ajratmalar saqlanish muddatini uzaytirish uchun sterilizatsiya turlarini ishlab chiqish, konservant turi va miqdorini qo’shishni rejalashttrish. Konservant sifatida (10% etanol, 0,1 % natriy benzoat, 0,05 -0,1% sorbin kislota, 0,1% nipagin, nipazol va sh.u.)

    2. Tarkibi va maxsulot turi bo’yicha xar xil bo’lgan ajratmlar uchun ekstraksiya vaqti va rejimini to’g’ri tanlash.

    3. Suvli ajratmlar nomenklaturasini kengaytirish.

    4. YAngi, zamonaviy ekstraksiya apparatlarini ishlab chiqish.

    5. Ekstrakt konsetratlar yangi turlarini ishlab chiqish.

    6. Analiz turlarini takomillashtirish. 40


    Damlama va qaynatmalardagi nomutanosiblik

     Bunday miksturalar murakkab dispers sistemalari bo’lib, chin eritmalar, zollar, emulgirlangan fazalar bilan birga keladi.

    Bularni tayyorlashda dori moddalarini o’simlik damlamalariga qo’shilishini hisobga olish kerak.

    Rp.: Infuzi radicibus Valerianae 10,0—200 ml

    Calcii chloridi 10,0

    Codeini 0,2

    M.D.S.

     Bu tarkibda elektrolit bo’lgan kalsiy xlorid ta’sirida valeriana ildizi tarkibidagi moddalar koagulyasiyaga uchraydi.



     Rp.: Decocti foliorum Uvae ursi 10,0—100 ml

    Ext. Belladonnae 0,15

    Hexamethylentetramini 2,0:100 ml

    Coffeini natrii benzoatis 1,5

    M.D.S.

     Oshlovchi moddalar bilan ishqoriy moddalar birikib cho’kma hosil qiladi.



    Miksturada ko’ngir rangli cho’kma hosil bo’ladi, uning tarkibida tannat geksametilentetramin, kodein va tropan alkaloidlari bor.

     Rp.: Infuzi herbae Adonidis vernalis 80—200

    Ext. Crataegi 25,0

    Tincturae Conallariae 6,0

    Kalli bromidi 5,0

    M.D.S.


     Do’lana ekstrakti tarkibidagi oshlovchi moddalar, yurak glikozidlari bilan birikib Zaharli amorf cho’kma hosil qiladi.

    Rp.: Infuzi radicis Althaeae 200 ml

    Apomorphini hydrochloridi 0,05

    Morphini hydrochloridi 0,03

    Elexiris pectoralis 5,0

    M.D.S.


     

    Ko’krak eliksiri hisobiga hosil bo’lgan ishqoriy muxitda apomorfin gidroxlorid parchalanadi va ajralib cho’kmaga tushgan apomorfin asos xavodagi kislorod bilan oksidlanib, uning mahsulotlari miksturani yashil rangga bo’yaydi.

     Rp.: Chloralhydrati

    Barbitali natrii 2,0

    Infusi radicis Althaeae 60 ml

    Aquae Menthae 60 ml

    M.D.S.

     Bu erda suvli ajratmani buzilishi, uni rangini o’zgarishi bilan belgilanadi. Loyqa, parda hosil bo’lishi, cho’kma tushishi va nordon maza berishi miksturaning sifatsizligidan darak beradi.



    Bu buzilish mikroorganizmlar hisobiga bo’lib, chuqur fizik-kimyoviy o’zgarishga olib keladi, ta’sir etuvchi moddalar parchalanadi.

     Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 3,0—100 ml

    Natrii hydrocarbonatis

    Liquoris ammonii anisatis 2,0

    M.D.S.

     Natriy gidrokarbonat va novshadil anis tomchisi hosil qilgan ishqoriy muxit natijasida ayikquloq tarkibidagi arbutin glikozidi parchalanadi, cho’kma hosil bo’ladi.



     Rp.: Infusi rhizomatis cum radicibus Valerianae 6,0—200 ml

    Natri bromidi 4,0

    Sol Iodi 3 ml

    M.D.S.


     Valeriana damlamasi kraxmal bo’lganligi uchun, yod ishtirokida miksturani ko’k rangga bo’yaydi. Shu sababli bu dorixat berilmaydi.

     Rp.: Infusi herbae Adonidis vernalis 6,0—180 ml

    Ephedrini hydrochloridi

    Papaverini hydrochloridi 0,25

    Aethylmorphini hydrochloridi 0,15

    Euphyllini 0,4

    M.D.S.

     Eufillin ishqoriy muxitni hosil qilganligi sababli, etilmorfin va papaverin asoslari ajraladi. Bu erda eufillin alohida berilsa, dorixatni tayyorlash mumkin.



     Rp.: Infusi herbae Termopsidis 0,2—100 ml

    Natrii benzoatis 2,0

    Acidi ascorbinici 1,5

    Sirupi sacchari 10,0

    M.D.S.

     Tarkib nomutanosib. Benzoat kislotasi cho’kmaga tushadi. Bu erda askorbin kislotasini alohida elaki dori sifatida berilishi kerak.



    Miksturani quyidagicha tayyorlanadi. 0,2 termopsis quruq ekstraktini 80 ml suvda eritiladi, beriladigan idishga suziladi va byuretkadan 20 ml benzoat natriyni 10% eritmasidan va 10 ml qand sharbati qo’shib, tayyorlab beriladi.

     Rp.: Infusi foliorum Uvae ursi 20,0—200 ml

    Hexamethylentetramini

    Themysali 3,0

    Coffeini natrii benzoatis 2,0

    M.D.S.


    Temisal ta’sirida ayikquloq bargi qaynatmasidan oshlovchi moddalar oksidlanadi va cho’kmaga tushadi.

    Cho’kma oshlovchi moddalar bilan geksametilentetraminni murakkab birikmasini saqlaydi. Oshlovchi moddalar kofein bilan ham birikadi.

    Cho’kmada tannat, kofein kora yopishqoq massa holida bo’lib, idish tagi va devorlariga yopishib qoladi. Dori berilmaydi.

     Rp.: Infusi radicibus Valerianae 15,0—200 ml

    Ammonii bromidi

    Kalii bromidi 4,0

    Barbitali natrii 2,0

    Amidopyrini 3,0

    M.D.S.

     Barbital natriy va amidopirin hosil qilgan ishqoriy muxitda ammoniy bromid parchalanib ammiak ajratadi.



    Bu dorini shifokor bilan kelishib, ammoniy bromid o’rniga boshqa brom preparatlari bilan (bromid natriy) tayyorlash mumkin. 70 ml tozalangan suvda 2 g barbital natriy eritiladi, beriladigan idishga filtr­lanadi. Byuretkadan 60 ml 5% amidopirin, ammoniy bromid o’rniga 20% natriy brom eritmasidan 20 ml, 20% bromid kaliydan 20 ml valerianani suyuq ekstraktidan 30 ml (1:2) o’lchab qo’shiladi.

     Rp.: Infusi Radicibus Valerianae 10,0—200 ml

    Aethylmorphini hydrochloridi 0,2

    Kalii iodidi 3,0

    Natrii nitritis 1,0

    M.D.S.


     Kaliy yodid va natriy nitrit birikishi natijasida yod ajralib chiqadi. Dori berilmaydi.

     Rp.: Infusi radicibus Valerianae 6,0—200 ml

    Codeini 0,12

    Natrii bromidi 4,0

    Barbitali natrii 2,0

    Calsii chloridi 10,0

    Asidi ascorbinici 1,5

    M.D.S.


    Bu erda barbital cho’kmaga tushadi.

    SHifokor bilan kelishib barbital natriyni elaki dori shaklida alohida beriladi. Mikstura quyidagicha tayyorlanadi.

    Beriladigan idishga 80 ml suv quyib, 20 ml 20% nat­riy brom va 20 ml 50% kalsiy xlor eritmalari qo’shiladi.

    56 ml suvda 165 askorbin kislotasi eritilib unga pipetka yordamida 12 ml 1% kodein eritmasi qo’shiladi.

    Ikkala eritmani qo’shib, unga 12 ml valeriana suyuq konsentratidan (1:2) qo’shiladi.

    Suvli ajratmalarni saqlash va sifatiga baho berish

     

    Farmakopeya talabi bo’yicha damlama va qaynatmalar yangi tayyorlangan bo’lishi va “Salqin joyda saqlansin” degan yorliqlar bilan chiqarilishi kerak. Ajratmalarda qand, kraxmal, shilimshiq miqdori ko’p bo’lganligi mikroorganizmlar rivojlanishi uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.



    Damlama va qaynatmalar zaruriyat tugilgandagina “ex tempore” tayyorlanadi. Saqlash muddati 2 - 3 kun. Jihozlanishi quyidagicha: “Sirtga”, “Ichishga”, “Salqin joyda saqlansin”, “Ishlatishdan oldin chayqatilsin”.

    Damlama va qaynatmalarni sifatiga baho berish:

    1. Retseptni talab darajasida yozilishi.

    2. Retseptda yozilgan dori moddalarni miqdorini to’g’riligi.

    3. Damlama va qaynatma tayyorlashda dorivor o’simlik mahsulotini to’g’ri hisoblanishi.

    4. Damlama va qaynatma tarkibidagi suvni hisoblashda suv shimish koeffitsientini to’g’ri hisoblanishi.

    5. Damlama va qaynatmani DF buyicha to’g’ri tayyorlanishi.



    Download 5.86 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




    Download 5.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

    Download 5.86 Mb.