Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya




Download 5.86 Mb.
bet8/35
Sana26.12.2019
Hajmi5.86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35

10 - Ma’ruza.

Asosiy adabiyotlar:



  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php


MAVZU 10. Yuqori molekulali birikmalar eritmalari. Kolloid eritmalar. Himoyalangan va yarimkolloidlar texnologiyasi.

Ma’ruza maqsadi: yuqori molekulali birikmalarni o’ziga xos tomonlari haqida bilimga ega bo’lish va ularni fizik- kimyoviy xossalarini o’rganish. Shuningdek nazariy bilimlari asosida talabalar yuqori molekulali birikmalarni tayyorlashni o’rganish va sifat tahlil qilish
Reja:

  1. Yuqori molekulyar birikmalar ta’rifi.

  2. Yuqori molekulyar birikmalarning tasnifi.

  3. Yuqori molekulyar birikmalar eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari.

  4. Chekli bo‘kuvchi YUMB eritmalarini tayyorlash.

  5. Cheksiz bo‘kuvchi YUMB eritmalarini tayyorlash.

  6. Ekstraktlar eritmalarini tayyorlash.

  7. Kolloid eritmalarini tayyorlashning o‘ziga xos tomonlari.

  8. Mitsellalarni tarkibiga qarab ularni tayyorlanishi.

  9. Sifatiga baho berish


Tayanch atama va iboralar: chekli bo‘kuvchi YUMB , cheksiz bo‘kuvchi YUMB, kolloid eritmalarini 582 buyruq.
Molekula og‘irliklari bir necha ming, million va undan ortiq bo‘lgan birikmalar yuqori molekulali birikmalar (YUMB) deb yuritiladi. Bunday birikmalarning molekula og‘irligi nixoyatda katta bo‘lib, yuzlab va minglab atomlar birikmasidan tashqil topgan. Atomlar asosiy valentlik boglari bilan boglangandir. Tomonlari bir-biri bilan ma’lum diametrik simmetriyali oddiy molekulalardan farqlanib, bu jixatdan yuqori molekulali birikmalar nixoyatda keskin nomutanosiblikka ega. YUMB molekulalarining tuzilishi o‘zun ipsimon tuzilishda bo‘ladi. Masalan, sellyuloza molekulasining o‘zunligi 400-500 mkm bo‘lsa, uning eni 0,3-0,5 mkm dir. Molekula eni yupka 1 mkm dan kam bo‘lishi ularni erituvchi bilan qo‘shilganda chin eritmalar hosil kilishini bildiradi. Molekula o‘lchami kattaligi YUMB eritmalarining diffuziyalanishini kiyinlashtiradi. SHu sababli bunday molekulalar yarim o‘tkazuvchi membranalardan o‘tmaydi. YUMB eritmalari kolloid eritmalarga o‘xshaydi, ammo bu o‘xshashlik bilan ikkala eritma xususiyati bir xil deb bo‘lmaydi.

Molekulalarining ulkanligi YUMB xossalarining o‘ziga xos xususiyatlarini belgilaydi. YUMB erituvchida chin eritma tartibida tarqaladi, ular molekulalarining ulkan bo‘lishidan qat’i nazar, ipsimon ko‘rinishdaligi ultramikroskop ostida ham ko‘rinmaydi. Bunday eritmalarni yoruglik nurini bukish xususiyati borligi esa, eritma tusini loyqalashtirib ko‘rinishi yoki opalessensiya xodisasini namoyon etishiga sabab bo‘ladi.

YUMB eritmalari Vant-Goff koidasiga bo‘ysunmaydi. Ularning osmotik bosimi molekula og‘irligiga nisbatan juda kam ko‘rinsa-da, lekin molekula soniga nisbatan ancha yuqori osmotik bosimga ega. Bunday eritmalar etarli darajadagi qovushqoqlik va tiksotropiya holatlarini aks ettiradi. SHuning uchun ham YUMB struktur birikmalar sistemasiga kiradi. Bunday birikmalar erishdan oldin bo‘kadi. Oddiy molekulali moddalar erish jarayonida esa bunday holat kuzatilmaydi. Erish jarayonida o‘zi ham bir necha bosqichda o‘tadi. Avvalo YUMB erituvchi bilan birlashganda erituvchi molekulalari YUMB molekula og‘irligini to‘ldirib joylashadi va molekulalarini bir-biridan ajratadi. SHundan so‘ng erituvchi molekulalari kapillyar diffuziya kuchi orqali YUMB molekulasiga so‘riladi, natijada makromolekulalardagi gidrofil (erituvchi suv bo‘lganda) funksional guruh gidratlanishi natijasida suv molekulalarining YUMB molekulasida so‘rilishi kuchayib uni to‘yintiradi.

Gidratlanishning yana bir moxiyati shundan iboratki, YUMB molekulalariga boglanish kuchi yo‘qoladi, yumshatiladi. Molekulalararo hosil bo‘lgan bo‘shliklarni to‘ldiradi. YUMB molekulalari bir-biridan ajratilib, ma’lum oralikda ajralgandan keyin, erkin harakat kuchiga ega bo‘lgandan so‘ng, ular eritmada tarqalib, bo‘kish jarayonida erishga o‘tadi.

Bo‘kish jarayoni ham ikki bosqichda o‘tadigan bo‘lib, birinchisi — xo‘llanish jarayoni (solvatsiya) — bunda YUMB erituvchi bilan xo‘llanadi va uning umumiy hajmi kamayadi, xo‘llanish jarayoni issiqlik ajralish bilan boradigan jarayonida bo‘lib, unda eritma harorati ko‘tariladi. Bo‘kishning keyingi bosqichida suyuqlik molekulalari YUMB molekulalariga so‘riladi. Bu diffuzion jarayonda bo‘lib, bunda YUMB molekulalari ko‘p miqdorda suvni shimadi va shuning uchun ular hajm jixatidan, og‘irlik jixatidan ham 10-15 marta kattalashadi. Bo‘kish jarayonida YUMB ni har doim ham erib eritmaga o‘tib ketishi bilan yakunlanmaydi. Bo‘kish jarayoni o‘zlukli va o‘zluksiz bo‘lishi mumkin. Bu albatta YUMB xususiyatlari bilan bog‘liq masala bo‘lib, ana shu xossa YUMB eritmalarining ikki xil bo‘lishini ko‘rsatadi. bo‘lardan biri o‘zluksiz bo‘kish xususiyatiga ega YUMB bo‘lib, ular erituvchini shunday chankoklik bilan yutadiki, nixoyasida molekulalar chin eritmalar kabi eritmada tarqaladi. o‘zlukli bo‘kadigan YUMB larda esa erituvchi yutilishi o‘zlukli bo‘ladi, ya’ni ma’lum hajmda erituvchining YUMB molekulasiga o‘tishi natijasida molekula ma’lum bir holatga etishi bilan bo‘kish jarayoni to‘xtaydi va bunday molekula erituvchida qancha turishidan qat’i nazar, u eritmaga o‘tmaydi. Gel yoki bo‘kkan holida qoladi. YUMB har qanday suyuqlikda ham bo‘kavermaydi. Buning uchun shu YUMB molekulalariga mos erituvchi bo‘lishi kerak.

Misol: YUMB molekulalariga mos tarkibida qutbli guruhlar ko‘p bo‘lsa, u albatta qutbli erituvchilarda (shu jixatdan suvda), uglevodoroddan tashqil topgan guruhlarga ega YUMB esa qutbsiz eruvchilarda bo‘kish xossasiga ega. Dorixonada bunday eritmalar juda ko‘p uchraydi. bo‘lar o‘simlik va xayvon oksillari, kraxmal, pektin kamed, o‘simlik shilimshiqlari va boshqalardir. Bu birikmalar har xil nisbatda ekstrakt, galen preparatlari va mikstura tarkibida uchraydi.

YUqori molekulali birikma (YUMB) lar eritmasi dori texnologiyasida dori vositasi yoki yordamchi modda sifatida ishlatiladi. Ularga molekulyar og‘irligi 10 000 dan katta bo‘lgan moddalar kiradi. YUMB chin eritmalar hosil qiladi, molekulalar o‘lchami 1—100 nm gacha. YUMB eritmalarining texnologiyasi ular molekulasining tuzilishiga bog‘liq. YUMB lar molekulasi shakliga kura 2 turga bo‘linadi: sferik tuzilishli (oksillar), chizikli strukturali (kraxmal, sellyuloza hosilalari).

Sferik shaklli YUMB ning erish jarayoni past molekulali moddalarning erishidan kam farq qiladi. bo‘lar oson gidratlanib, eritmaga utadi. Bunday YUMB larni cheksiz bukuvchi YUMB deyiladi.

CHizikli tuzilishga ega bo‘lgan YUMB ning erishi ikki bosqichda boradi: 1— bukish, 2— erish.

Karboksil guruhi 4 ta, gidroksil guruhi 3 ta, keto, algid guruhi 2 ta suv molekulasini ushlab gidratlanish xossasiga ega.

YUMB bukib, hajmi 10—15 marta ko‘payadi. Lekin oxirigacha erib ketmaydi. Haroratning kutarilishi erish jarayonini oxiriga etkazadi (masalan, jelatinda).

Uzluksiz (cheksiz) bo‘kish xususiyati bo‘lgan yuqori molekulali birikmalarning eritmalari

CHeksiz bukuvchi YUMB larga pepsin, chuchukmiya ekstrakti, belladonna ekstrakti va boshqalar kiradi. Pepsin proteolitik ferment bo‘lib, chuchka oshkozonining shillik qavatidan olinadigan preparatdir. Uning 2, 3, 4% li eritmalari xlorid kislotasi bilan birgalikda ishlatiladi.

Pepsin fermenti molekulyar og‘irligi 35,000 bo‘lgan oksil mahsuloti hisoblanadi. Bu juda oson xo‘llanadigan preparat hisoblanib, uni eritish masalasi biron-bir kiyinchilik yaratmaydi. Ammo uni ko‘pincha xlorid kislota eritmasi tarkibida yozilishini va oksil xususiyati hisobga olingan holda yozilgan komponentlarni aralashtirish navbatini to‘g‘ri tanlash zarur. quyidagi retseptni ko‘rib chikaylik.

 Rp.: Pepsini 4,0

Acidi hydrochloridi diluti 3 ml

Aquae purificatae — 200 ml

M. D. S. 1 osh qoshiqdan ovkat vaqtida.

Pasporti: Pepsin 4,0

Xlorid kislotasi (1:10) 30 ml

Tozalangan suv 170 ml

200-30=170

Vum =204 ml

Texnologiyasi: pepsin kuchsiz kislotali sharoitda yaxshi eriydi, yordamchi idishga 170 ml suvga 30ml 0,83%li xlorid kislotasi qo‘shiladi keyin ustiga 4 gr pepsin qo‘shiladi, so‘ngra bemorga beriladigan idishga paxta tamponi eki 1,2 sonli shisha filtr yordamida o‘tkaziladi. Jixozlab bemorga beriladi.

 Dorixat tayyorlashda avvalo suvga xlorid kislota solish bilan, xlorid kislotani kerakli miqdorga keltirib suyultirib olinadi. Buning uchun dorixonalarda oldindan (1:10) nisbatda tayyorlab qo‘yiladigan konsentrat-eritmadan foydalanish ham mumkin. U holda 170 ml suv olinib, ustiga 30 ml ana shu tayyor konsentrat solinadi, unga 4,0 pepsin qo‘shib eritiladi. Pepsin solingandagi suyuqlik hajmi o‘zgarishi yo‘l quyilishi mumkin bo‘lgan xatoliklar chegarasida bo‘lgani uchun hisobga olinmaydi. Dorixona amaliyotida qo‘llaniladigan usul — fermentni, dorini kasalga berishdan oldin eritish oqilona usul hisoblanib, u pepsinni kislota bilan mulokotda bo‘lish vaqtini kamaytirib, uning faollik darajasini saqlashni o‘zaytiradi.

Pepsin tarkibli ichiladigan dorilarda opalessensiya va mayda fermentning erimaydigan qismlaridan iborat osilmalar ko‘rinishi mumkin, lekin bunday bo‘lakchalarning xech bir ziyoni yo‘qligi sababli suzish ham shart emas.

 Kamed eritmalari (elimlar)

Kamed eritmalari (gummiarabika, tragakant, olcha elimi) — suyuq shakli bo‘lib, shilimshiqlar (Mucilaqines) deb umumiy nom bilan atalgan, bunday eritmalar yopishkokligi jixatidan hamda dori moddalarni o‘rab olish xossasi jixatidan YUMBga o‘xshashliklari ko‘p.

Arab elimi eritmasi Mucilagines Gummi Arabicae — 1:30 nisbatda tayyorlanadi (IX DF). Elim — mayda parchalar ko‘rinishida dorixonaga keltiriladi. Uni yigib olinadigan erdagi sharoiti, vaqti va usuliga qarab tozalik darajasi turli xil bo‘lishi mumkin. Eritma tayyorlanganda uning tarkibidagi iflosliklar eritmaga o‘tmasligi uchun bu eritmani alohida usul bilan tayyorlash tavsiya etiladi. Tortib olingan kamed doka xaltachaga solinib, uni suv to‘ldirilgan idishga kamed suvga bo‘kadigan qilib osiltirib qo‘yiladi.

Kamed erish jarayonida og‘irligi bilan banka tubiga bor cho‘kadi va o‘rniga yangi qism erituvchi kirib, kamed eritma holda suvga o‘tadi. Bunda suzish (tozalash) jarayoni ham oldindan bajariladi.

Uy sharoitida bu miksturada bijgish va achish xodisalari ro‘y berishi mumkin, shuning uchun qorongi va salqin joyda saqlanadi.

Tragakant shilimshig‘i (Mucilago tragacanti) 1:100 nisbatda tayyorlanadi. Eritma turg‘unligini oshirish maqsadida uning tarkibidagi tragakantni 20% miqdorida arab elimi bilan aralashtiriladi. Uni makromolekulalari tragakant makromolekulalaridan kichik bo‘lgani tufayli tragakantdan oldin bo‘kadi va eriydi, tragakant molekulalari orasiga joylashib uning ulkan molekulasini soddalashtiradi.

 Rp.: Mucilaginis Tragacanthae 100,0

D. S. Ichish uchun.

Pasporti: Tragakant 0,8

Arab elimi 0,2

Toza suv 100ml

Vum =100 ml

0,8 tragakant va 0,2 arab elimi yaxshilab maydalanadi, bir xil kukun hosil bo‘lguncha, keyin taxminan 100 ml suv bir xil massa hosil bo‘lguncha, keyin oz-ozdan qolgan suv bilan suyultiriladi.


Ekstraktlar bilan miksturalar tayyorlash

Suyuq dori tarkibiga kiruvchi quruq ekstraktni dastlab hovonchada maydalab olinadi, so‘ng erituvchi bilan yordamchi idishga yuvib solinadi.

quyuq ekstrakt filtr kogozida ulchab olinadi, so‘ngra hovoncha dastasining boshchasiga epishtiriladi. Filtr qogozga bir necha tomchi suv tomizilib ekstraktdan ajratib olinadi. Ekstrakt hovonchada ozrok suv bilan eritiladi, keyin qolgan suvni qo‘shib tulik erib ketguncha aralashtiriladi. Tayyor eritma shisha idishga solinadi.

Suyuq ekstraktlar esa tayyor miksturaga oxirida qo‘shiladi.

Rp.: Extracti Belladonnae 0,2

Natrii salicylatis 0,6

Glycerini 20,0

Aquae Menthae 180 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.

Agar dorixonada belladonnaning quruq ekstrakti bo‘lsa, undan 0,4 g olib hovonchada eziladi va 90 ml yalpiz suvida eritiladi. qolgan 90 ml xushbuy suvda natriy salitsilat eritilib, 20 g glitserin ulchab olingan idishga suziladi. Ustiga ekstrakt eritmasi qo‘shib chayqatiladi. Tayyor miksturaga tegishli yorliq epishtiriladi.


CHeklangan bukuvchi YUMB lar eritmasini tayerlash

Dori texnologiyasida eng ko‘p ishlatiladigan cheklangan bukuvchi YUMB larga jelatin, kraxmal, metilsellyuloza, natriy karboksimetilsellyuloza, polivinol va xokazolar kiradi.

Bu eritmalar texnologiyasi o‘ziga xos bo‘lib, har biri qo‘shimcha jarayonlarni talab qiladi.

Rp.: Chlorali hydrati 5,0

Mucilaginis Amyli 200,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan yotishdan oldin.

Pasporti: Kraxmal 4,0

Sovuq suv 16 ml

qaynoq suv 180 ml

Xloralgidrat 5,0

M um =200,0

Kraxmal eritmasi VII DF ning 304-maqolasi buyicha 1:50 nisbatda og‘irlik usulida tayyorlanadi. CHinni kosachada 4 g bugdoy kraxmali 16 ml sovuq suv bilan aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan suspenziya 180 ml kaynok suv ustiga solinib, qaynaguncha qizdiriladi. Agar eritma kartoshka kraxmalidan tayyorlansa, 1—2 daqiqa qaynatiladi. Undan ko‘p qaynatilsa kraxmal gidrolizga uchrashi mumkin. Eritma sovutilib og‘irligi 200 g ga (tozalangan suv bilan) etkaziladi va eritmada 5 g xloralgidrat eritilib doka orqali kungir idishga suziladi, kerakli erlik epishtiriladi.

Xloralgidrat issiq suvda parchalanadi, qizdirilganda esa uchib ketadi. SHuni esda tutish lozim.
Jelatin eritmasini tayyorlash

Jelatina eritmalarining ancha yuqori konsentratsiyada ishlatilishi ular eritmalarining ishlatilishi bilan bog‘liq. Jelatina eritmalari asosan me’da, o‘pka, ichaklar yallig‘lanishi va kon aralash suyuqliklar chikqanda konni to‘xtatish maqsadida qo‘llaniladi. Jelatina oksil tabiatli YUMB bo‘lib, uning tarkibida kalsiy tuzi bo‘lishi uni kon to‘xtatish xususiyati bilan bog‘liq deb tushuniladi.

Jelatina bo‘kish jarayonida ma’lum hajmgacha kattalashib bo‘kish jarayonida to‘xtaydi. Jelatina molekulalararo "ko‘priksimon" boglanishda bo‘lishi uning molekulalarini o‘zaro ulab bu molekulalarni alohida bo‘lib eritmaga o‘tishiga to‘skinlik qiladi va bu molekulalar orasi erituvchi bilan to‘lgandan keyin ham ularni bir-biridan ajralishi kiyinlashib, ular shu holda ma’lum sirt tarangligida (studen) qoladi.

Harorat ta’sirida molekulalararo boglanish kuchining susayishi, ularning suyuqlikka va erituvchi bilan yaxshi aralashishiga sabab bo‘ladi, lekin bunday eritma sovishi natijasida yana ma’lum darajada quyuqlashadi.

Jelatin oshkozon, ichak, upkadan qon oqishida va gemofiliyada qon tuxtatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. Uning kon tuxtatish xususiyati tarkibida kalsiy tuzlari borligi bilan bog‘liq deb izoxlaniladi. U teri, suyak va paylarda bo‘ladigan kollagen va osseinni gidrolizlab olinadi. Jelatin fibrillyar va tolali oksillarga kirib, makromolekulalari ipsimon tuzilishga ega. Bu makromolekulalar o‘zaro vodorod bogi orqali ko‘priksimon boglanishga ega. Jelatinni xona sharoitida suvda buktirilganda uning hajmi 14 barobar oshadi. Harorat kutarilganda molekulalararo boglar o‘zilib, jelatin eritmaga aylanadi. Jelatinni bo‘ktirish vaqti eritma konsentratsiyasiga bog‘liq17.

 Rp.: Gelatinae medicinalis 10,0

Aquae purificatae 180 ml

M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 1-2 soatda.

Tibbiyotda ishlatiladigan jelatinadan olib, uni mayda bo‘laklarga maydalanadi. CHinni kosachaga solib unga 1-5 barobar miqdorda suv solib, 1-2 soat bo‘kishga qo‘yiladi. SHundan so‘ng qolgan miqdordagi suv solinib, 40-50°S da suv hammomida aralashtiriladi. Aralashtirilganda jelatina asosan eritmaga o‘tadi.

Rp.: Sol. Gelatinae medicinalis 5% — 100 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan har ikki soatda ichilsin.
5 g jelatin 4—10 barobar ko‘p suvda buktiriladi. 30—40 daqiqadan so‘ng qolgan suv solinib 60—70°S da suv hammomida erib ketguncha qizdiriladi. So‘ngra shisha idishga suziladi. Zarur bo‘lsa suv qo‘shib hajmi 100 ml gacha etkaziladi. Eritma sovigach quyuqlashadi.
Metilsellyuloza eritmasini tayyorlash

Metilsellyuloza sellyulozaning metil efiri bo‘lib, ok sargish tolasimon modda, faqat sovuq suvda eriydi. Erishini tezlashtirish uchun metilsellyulozaning umumiy hajmini 0,2—0,5 qismida issiq suv bilan xullanadi, so‘ng kerakli hajmgacha sovuq suv qo‘shiladi, erib ketguncha aralashtirib turiladi (10—12 soatga sovitgichga kuysa ham bo‘ladi).

Metilsellyuloza eritmasini 50°S dan yuqori haroratda qizdirilsa, eritma koagulyasiyaga uchraydi, sovutilsa metilsellyuloza yana eritmaga aylanadi.

Na-KMS — natriy karboksimetilsellyuloza eritmasini tayyorlash. Na-KMS kulrang amorf poroshok bo‘lib, hidsiz, mazasiz. Na-KMS issiq va sovuq suvda yaxshi eriydi. Na-KMS poroshogini yarim qism tozalanagan suv bilan yaxshilab yordamchi idishda aralashtiriladi, qolgan suv 30 60 minutdan so‘ng, 50 70 ° S gacha qizdirilib qo‘shiladi va to‘liq eriguncha aralashtiriladi.

Polivinil spirti ( PVS) – polivinilatsetatning spirtli eritmasining ishqoriy eki kislotali gidrolizi mahsuloti bo‘lib, prolongator, stabilizator va plenkahosil qilvchi sifatiida ishlatiladi.

Polivinilpirrolidon (PVP) vinilpirrolidonning polimerizatsichsi yo‘li bilan olinadi. Preparat suvda, xloroformda, siklogeksanda va dixloretanda eriydi.

CHeklangan bo‘kadi prolongator, stabilizator va solyubilizator sifatida qo‘llaniladi.



Spenlar lipofil birikmalar bo‘lib, spirt va moylarda yaxshi eriydi, sovuq va issiq suvda erimaydi.

Tvinlar spenlarning polioksil hosilalari bo‘lib, suvda yaxshi eriydi.

Kolloid eritmalar — solutiones colloidalae

Kolloid so‘zi grekcha so‘z bo‘lib, uning asosida kley, elim, o‘xshash bo‘lib, “eidos” yotadi.

Xar bir kolloid zarracha nixoyatda kichik muallak ultrageterogen (1 nm dan — 100 nmgacha (0,1 mkm) kattalikdagi zarrachadan iborat. Kolloid eritma kuritilib, yana suv solinsa kolloid eritma hosil bo‘lmaydi. Zarracha ultramikroskopda ko‘rinadi. YOruglik nuri zarrachadan egiladi, shuning uchun nurga karatilgan eritma opalessensiya xodisasini aks ettiradi. Oddiy filtrda (4–120 mkm) filtrlash mumkin, ammo chin eritmalarga nisbatan osmotik bosimi juda kam.

Kolloid eritmalar turg‘un emas (tez eskiradi), shuning uchun ular farmatsevtika amaliyotida ko‘p qo‘llanilmaydi. Farmatsevtika amaliyotida xozircha muxofazalangan kolloidlar qo‘llaniladi (zaщiщennыe kolloidы). Muxofaza masalasi amalda kolloid zarracha, maydalangan gidrofil moddalarni shu xossadagi YUMB bilan o‘ralib, muxofazalash natijasida olinadigan zarrachalar tushuniladi. bo‘lar asosan sirt-faol moddalar (SFM) bilan muxofazalanib, zarrachaning sirt faolligini susaytirish bilan birga uni eritishdagi agregativ turg‘unligini ta’minlaydi.

 Rp.: Solitionis Protargoli 1% — 200 ml

D. S. burun bo‘shligini yuvish uchun.

 Pasport: Protorgol 2,0

Tozalangan suv 200ml

V umumiy=200ml

Ogzi kengrok idishga 200,0 ml suv solinadi hamda uning ustiga yupka qavat qilib 2,0 protargol sepiladi. 15-20 min to‘la erib, eritmaga o‘tguncha tinch qo‘yiladi. Xojati bo‘lmasa filtrlanmaydi, filtrlash zarur bo‘lsa, kulsiz filtr kogozlaridan foydalaniladi. Oddiy filtr kogozi ishlatilganda uni tarkibida og‘ir metall tuzlari yoki ishqoriy er metallari tuzlari qoldig‘i bo‘lishi va ular ta’sirida protargol koagulyasiyaga uchrashi mumkin. Filtrlashda birinchi yoki ikkinchi sonli shisha filtrlardan foydalanish yoki paxta orqali suzish ham mumkin. Tayyor eritma rangli shisha idishga solinib jihozlanadi.

Rp.: Solutionis Collargoli 2%-200 ml.

D. S. 1-2 tomchidan 3 marta quloq tomchisi.

Pasport: Kolorgol 4,0

Tozalangan suv 196 ml

V umumiy=200ml

Kollargol tarkibida 70% kumush bor. 30% oksil bilan muxofazalangan kolloid preparat bo‘lib muxofazalovchi oksil sifatida lizalbin, izalbin va protalbin kislotalarining natriyli tuzi ishlatiladi18.

Bemorga beriladigan idishga filtrlangan 196 ml suvda 4,0 chayqatib eritiladi. Eritishni osonlashtirish uchun uni hovonchada tayyorlash mumkin. Kollargol hovonchaga solinib, uni 10–15 tomchi suv bilan eziladi, so‘ng qolgan suvni solib aralashtiriladi. Kollargol preparati eski bo‘lsa, uni erishi kiyin bo‘ladi. CHunki uni kurishi va xavo ta’sirida oksillarning eriydigan natriyli tuzlari erimaydigan kislotalarga aylanib kolishi mumkin. Bunda kollargolni eritish natijasida uning qoldiq bo‘lakchalari erimay qoladi. Bunday hollarda 1 tomchi 0,1n natriy ishqori tomizilsa, qoldiq erib ketadi. Eritmani paxta chimdimi orqali suzib tozalash mumkin. qadoqlash uchun rangli shisha idish ishlatgan ma’kul.

 

Ixtiol eritmasiSolitionis Ichthyolum.

 Ixtiol sulfid, sulfat va sulfonatlar aralashmasi.

Bitumni qayta ishlash asosida olinadi. quyuq, qovushqoq, ko‘ngir rangli, o‘ziga xos hidga ega. Suvda yaxshi eriydi, spirtda kam eriydi. Suvda eruvchanligi oson bo‘lgani uchun eritmalarni tayyorlashda biron bir usul qo‘llash shart emas. Tayyor eritmani suzib tozalash mumkin.

Rp: Sol. Ichthyoli 5% - 200 ml

D.S. Kompress uchun



Pasporti: Ixtiol 10,0

Tozalagan suv 190 ml

V umumiy=200ml

Chinni kosachaga 10 g ixtiol solib va uni ozgina suv bilan aralashtiriladi. So‘ngra oz-ozdan qolgan suv qo‘shiladi. Tayyor eritma paxta tampon orqali suziladi.



Ekstraktli miksturalar

quyuq va quruq ekstraktlar tarkibida ozmi-ko‘pmi yopishkok modda — shilimshiq saqlanadi. Kraxmal va kamedlar ham ekstrakt tarkibida ko‘p uchraydi.

Rp.: Ammonii chloridi

Extracti Glycerrhizae spissi aa 4,0

Aquae purificatae 180 ml

M. D. S. Kuniga 1 osh qoshiqdan 3 marta

Bu dorixatni tayyorlash uchun avvalo xlorid ammoniyni 1/2 qism suvda eritiladi. Ikkinchi qism suvda chuchukmiya quyuq ekstrakti eritiladi. Buning uchun esa quyuq ekstrakt kerakli miqdorda filtr kogoz ustiga tortib olib, uni hovoncha dastasiga yopishtiriladi va filtr qogozga 2-3 tomchi suv yoki 20% li spirt tomizib filtr qog‘oz ajratiladi, so‘ng hovoncha dastasidagi ekstrakt ozgina issiq suv bilan hovonchada ezib, aralashtiriladi va undan so‘ng unga oz-ozdan qolgan miqdordagi suv solinib suyultiriladi va beriladigan idishga o‘tkaziladi. Ammoniy xlorid eritmasi ham bemorga beriladigan idishga o‘tkazilgach, chayqatib aralashtiriladi.

Belladonnaning quruq ekstrakti olinadigan bo‘lsa, undan ikki barobar ko‘p (1:2), ya’ni 0,3 olib hovonchada ezib 1/2-hajm suvda eritiladi. Ekstrakt eritmasi (Solutio Extracti Belladonnae) qo‘llaniladigan bo‘lganda ham uni oldin 1/2 hajm suvda chayqatib eritib olinishi kerak. Eritma ham ikki barobar ko‘p miqdorda olinadi. Belladonna ekstrakti eritmasidan 20,0 tayyorlash lozim bo‘lganda, uni quyidagi tarkibda tayyorlanadi:

Extracti Belladonnae spissi 10,0

Aquae purificatae 6,0

Glycerini 3,0

Spiritus aethylici 1,0

 Kerakli hajmdagi komponentlar o‘lchab olingandan so‘ng, ularni yaxshilab aralashtiriladi va belladonna ekstrakti eritmasi sifatida ishlatiladi.

 YUMB va kolloid eritmalarning sifatini baholash

Tayyorlangan YUMB va kolloid eritmalar sifatini baholash qolgan dori shakllaridagi kabi, ya’ni xujjatlar (pasport, retsept) tekshiriladi. YOrliqlarning rangi, eritma hidi, mexaniq zarrachalarning bor-yukligi, hajmiy chetlanishi tekshiriladi. Eritmalarda loyqalanish kuzatilishi mumkin.

Asosiy adabiyotlar:



  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php

11 - Ma’ruza.

MAVZU 11. Suspenziya dori shakli sifatida. Suspenziya turg‘unliligiga ta’sir etuvchi omillar.

Ma’ruza maqsadi: Suspenziya ta’rifi, xosil bo’lish yo’llari va umumiy texnologiyasi. Suspenziya turg’unligiga ta’sir etuvchi omillar (flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho’kish tezligi, zarrachalar o’lchamining kattalashuvi)
Reja:

1. Suspenziyalar dori turi sifatida.

2.Suspenziyalar ta’rifi, hosil bo’lish yo’llari.

3.Stabilizatorlar, suspenziyalarni stabillash sharoitlari.

4.Gidrofil va gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.

5.Suspenziyalar turg’unligiga ta’sir etuvchi sabablar.

6.Suspenziyalar sifatini aniqlash.
Tayanch atama va iboralar: flokulyasiya, sedimentasiya, zarrachalarning cho’kish tezligi, zarrachalar o’lchamining kattalashuvi.

Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo’lib, qattiq dispers faza va suyuq dispers muxitdan iborat. qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan — 1 mkm gacha, ko’pol dispers suspenziyalarda 1 mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko’pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo’lib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan preparatlardan tashqil topadi. Suspenziya hosil bo’lishidagi asosiy omil eruvchanlik bo’lib, shu xususda moddalar eruvchanligini o’zgartirishi mumkin bo’lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo’ladi.

Suspenziya lotincha dispergere tarqalmoq so’zidan olingan bo’lib, qattiq faza zarrachalari dispers muxitda osilma holida tarqalgan bo’ladi.


  1. Dispers faza dispers muhitda erimasa

  2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo’lsa.

  3. Ikki xil tabiatli erituvchining qo’shilishidan moddaning eruvchanligi yomonlashsa.(Zarracha yiriklashi kuzatilada)

  4. Eritmada erigan moddalarning kimyoviy reaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.

Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo’ljallangan dori moddalar bo’lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko’p uchraydi va ularni amaliyotda mikstura deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada disperslangan (maydalangan) bo’lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezrok so’riladi va samarali davolash xususiyati bo’ladi.

 Suspenziyalarning xossalari va stabillash sharoitlari



Mikstura — suspenziyalar etarli darajada turg’un bo’lishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sekin-asta cho’kishi miksturalarni ichish davrida etarli darajada to’gri dozalarga bo’lish imkoniyatini yaratadi. SHunday bo’lishiga karamay, mikstura-suspenziyalar tarkibida Zaharli va kuchli ta’sir ko’rsatadigan moddalar berilmaydi. Mikstura-suspenziyalar shubxasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura-suspenziyalar magistral yozmalar bo’yicha ex temporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va qinetik energiyasi, zarrachalarni betartib harakatlanishi bilan bog’liq. SHuning uchun suspenziya turg’unligi fazani harakati, uni dispers darajasiga, muxitni qovushqoqligi kabi omillarga bog’liq bo’ladi (cho’kadi). Umuman fazani cho’kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mumkin. Turg’unlik kiymat hisoblanib o’lchov birligi sifatida sedimentatsiya tezligiga teskari bo’lgani uchun Stoks formulasi quyidagicha ifodalanadi:

B=


2rІ*(dr-dc)*g



 Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg’unligi zarrachalar diametrini kvadratiga, dispers faza va dispers muxitni solishtirma og’irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, dispersion muxitning qovushqoqligiga to’gri proporsionaldir. Formulani to’gri talkin qilib, amaliyotda qo’llanilsa ularning ba’zi bir ko’rsatkichlari suspenziyalar turg’unligini oshirishda amaliyotda qo’llanilsa bo’ladi. Buning uchun shunday kilmok zarurki, d — kiymatini iloji boricha kamaytirish va h — kiymatini mumkin kadar ko’tarish, muxit qovushqoqligini oshirish lozim. Ayniqsa d — kiymatini o’zgartirsa kuchli ta’sir qiladi. Masalan, dc=1 (suv) va dr=2,7 va h=0,015 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo’lsa, 1 sm ga cho’kish vaqti 31 sek, zarracha radiusi 1 mkm — 52 min. 0,1 mkm radiusida bo’lsa 86 soatda cho’kmaga tushadi. Dori moddalar zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yakin bo’lsa, misolda keltirilishiga, ularga o’xshash tezlikda cho’kmaga cho’kishini ko’z oldimizga keltirishimiz kiyin emas. Bundan xulosa qilib, suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kerak (dorixonadagi suspenziyalar ko’p dispersli sistemadir). SHunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho’kmaga cho’ktirmay, dozalarga bo’lishda xatolikka yo’l ko’ymasdan, o’lchab olish uchun etarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo’llanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan, zarrachalari kat’iy yumaloq shaklda, butunlay qattiq va tekis bo’lishi ko’zda tutilgan. Ammo ko’p miqdordagi mikstura, suspenziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo’lishi mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har tomonlama baholanishini ko’rsatsa ham, undagi bir omil, ya’ni erimaydigan moddalar suv bilan oson xo’llanuvchi gidrofil, qiyin xo’llanadigan — gidrofob xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan fazalari chegarasida sodir bo’lgan xodisalarni ko’rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo’lgan kukunlar, MgCO3, CaCO3, ZnO suvda loyqalantirish bilan etarli darajada turg’un suspenziyalar hosil qiladi. SHuning uchun ularning ustida taranglik parda hosil bo’lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo’shilishiga qarshilik ko’rsatadi. Gidrofob xususiyatiga ega bo’lgan zarrachalar o’z-o’zidan stabillangan suvli pardani hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o’z-o’zidan yuz beradigan (molekulani tortish kuchi ta’sirida) yopishkok massa, oxirgi davrda esa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tezda cho’kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulyasiya xodisasi natijasida hosil bo’lgan zarracha birikmalari suv bilan yomon xo’llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday xodisaning nomi flokulyasiya deb ataladi. qattiq faza sirtining yomon xo’llanishi natijasida, xavo pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. SHuning uchun suspenziyalarni xavo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulyasiya xodisasi kuchayadi. Birok gidrofob liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o’zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tadbiki suspenziyalarning agregat turg’unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dispersion muxitda, shuningdek, kutbli organiq suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi ma’lum ishorali dzeta-potensial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella magizining zaryadlanishi (ionlarning eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi katlamni gidrolizlanishi) kabi suspenziyalarda dzeta-potensialni vujudga kelishini shunday izoxlasa bo’ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo’shilgan ma’lum konsentratsiyadagi elektrolitlar ular turg’unligini oshiradi. Elektrolitlarning konsentratsiyasini oshirish natijasida turg’unligini oshir­masdan koagulyasiya yuzaga keladi. Suspenziyalarni eng kuchli ximoya qiladigan — yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalarni eritmalari nafaqat o’zlari katta turg’unlikka ega bo’libgina kolmay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.

Ko’rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspenziyalarda shundan iboratki, suspenziya zarrachalari sirtida gidratli ximoya katlamini hosil qiladi hamda bu zarralarni o’zun marjonsimon makromolekula bilan o’rab oladi.

SHunga e’tibor berish kerakki, suspenziya va kolloid eritmalarning orasida yakinlik bor. Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o’tadi. Liofobli zollarni koagulyasiya o’tish bosqichida suspenziyalarni ko’rish mumkin. CHunki, koagulyasiya tugallanish vaqti zarrachalarni katta-kichiklikda yopishkok massani hosil kilishi suspenziyalarga xoslikni ko’rsatadi.

Suspenziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.

1. qattiq dori moddalarni dispersion muxitda yuqori dispersli (o’zini tabiatiga qarab) loyqalash yo’li bilan.

2. Dispergirlash (mexaniqa) usuli.

3. Kondensatsiya yo’li bilan.

Dispergirlash shundan iboratki, ko’pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga etkazish uchun ularni dispersion muxitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa qonun-qoida yotadi:

-zarrachalarni yiriklashishi va ko’z bilan ko’rinali holatda bo’ladi. Ba’zan holatlarda cho’kmaga tushishi mumkin.

– molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikroq agregatlar bo’lib, katta-kichikligi xakikiy suspenziyalarga xos (kolloid zarrachalaridan o’tish davri)19.



Loyqalash yo’li bilan suspenziyalarni tayyorlash

Amaliyotda uchraydigan dori moddalari katta-kichikligi bilan kolloid zarrachalarga yaqin. Ularning ko’pchiligi gidrofil (suv bilan namlanadigan)dir. Bunday moddalardan mikstura — suspenziyalar "qiynash" usuli bilan tayyorlanadi.

 Rp.: Magnii oxydi 20,0

Aguae purificatae 200 ml

M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 10 min.

Ichishdan oldin chayqatilsin.

(kislotalar bilan zaxarlanganda).

Magniy oksid zarrachasining diametri 0,2—0,8 mkm, undan tashkari ular gidrofil modda. Suv bilan yaxshi ezilgandan keyin agregativ turg’un mikstura olinadi, faqat 2—3 soatdan keyin sezilarli sedimentatsiyalanishini ko’ramiz. Miksturani ichishdan oldin chayqatilsa, dispersligi oldingi holiga oson qaytariladi. Miksturalarni muxokama kilayotgan turlari agregat turg’unligi liofobli zolni dzeta-potensialiga o’xshash ustki gidrotatsiyalangan, osilgan faza va sirt potensialining hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.

Dispersion usul bilan suspenziyalarni tayyorlash. CHayqatiladigan miksturalar

Ko’pol dispersli moddalarning suspenziya holatigacha maydalanishi quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Mexaniq dispergirlash. 2. Elektr yordamida dispergirlash — Volt yoyida metalni arralash bilan. 3. Ultratovush yordami bilan dispergirlash. 4. Kimyoviy yo’l — peptizatsiya bilan dispergirlash.

Dorixonalarda suspenziyalar mexaniq dispergirlash usuli bilan tayyorlanadi. qolgan usul zavodlarda qo’llanadi. Mikstura osilmalarda dispers darajasini oshirishda — eng oddiy usul, mexaniq dispergirlash usuli bo’lib, hovonchada suyuq xo’llanuvchi muxitda moddalarni maydalashdir. Kukunlarni quruq hovonchada ezilganda 50±5 mkm dan kam bo’lgan zarrachalar olish mumkin emas. Dispergirlash davrida suyuqlik qo’shilganda zarrachalarni katta-kichikligini 5—0,1 mkm gacha etkazish mumkin. Bu quyidagicha tushuntiriladi: maydalanadigan moddalar qattiqligini kamaytirish va undan keyin suyuqliklarni bo’laklarga bo’lish xossasiga asoslanib, suyuqlik moddalarni mayda teshiklarga kirib olib, ularni kengaytiradi va yana ham maydalanishiga olib keladi.

Shunday qilib, moddalar parchalanishini osonlashtiradi va yaxshi natijalar beradigan kuchdir. B. V. Deryagin aniqlashicha 1 g qattiq moddaga 0,4—0,6 ml suyuqlik (40—60%) qo’shilganda suyuq muxitda yuqori darajada dispergirlash vujudga keladi. Dispersion usul bilan mikstura-suspenziyalar juda ko’p tayyorlanadi — ularni chayqatiladigan miksturalar (Muxturae agitandae) deb ataladi. Bunday miksturalarning barchasiga "Ichishdan oldin chayqatilsin", degan yorliq yopishtiriladi.

Kondensatsion usulda suspenziyalar tayyorlash

Kondensatsion yo’l bilan suspenziya tayyorlash 2 xil usulda bo’ladi:

a) erituvchining o’zgarishi hisobiga eruvchanlikni kamayishi natijasida;

b) kimyoviy reaksiya natijasida.



Erituvchini almashtirish usuli

Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o’tishi bir necha bosqichdan iborat bo’lib, ko’pdan-ko’p ko’pol dispers darajali sistemalarni tashqil qiladi. Oxirida ko’p dispersli sistema bo’lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni yangi dispers muxitga o’tkazishda gidrofob xossasi bo’lgan flokulyasiya xodisasini hosil kilmaslik uchun stabilizator kiritilishi kerak. Kaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor kilsa, shunga o’xshash dispersion muxitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi. Erituvchini almashtirish usuli bilan mexaniq dispergirlashga karaganda turg’unroq suspenziya hosil bo’ladi.

Ko’rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha). SHunga ko’ra bu guruhdagi miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) nomi bilan ataladi. Suvli eritmalarga nastoykalarni, suyuq ekstraktlarni va boshqa galen preparatlarini qo’shsak, xira miksturalar hosil bo’ladi.

Nastoykalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash.

Keng tarqalgan yozmalarni ko’ramiz.

 Rp.: Sol. Natrii bromidi 6,0:200 ml

Tincturae Convalariae

Tincturae Valerianae ana8 ml

M. D. S. 1 osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.

 Agar suzilgan natriy bromid eritmasi ustiga tindirmalarni qo’shsak, undagi tiniq rangsiz eritmada xira, ochroq, qo’ngir suyuqlik hosil bo’ladi. Nastoykalar tarkibidagi erigan moddalar, (70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o’sha erigan moddalar) mayda gidrofil zarrachalari cho’kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (dorixatda keltirilishicha, bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o’tgan engil, parcha-parcha cho’kmalar paydo bo’lib), eks­trafaol moddalarning cho’kishini ko’ramiz.

Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga qaraganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan miksturalar xiraroq bo’ladi. Nastoykalarga ko’ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan bo’lib, o’zida ko’p miqdorda ekstrafaol moddalar saqlaydi. SHuni aytish kerakki, miksturalardagi tuzli eritmani suzilgandan keyin galen preparatlarini quyish lozim.



Suyuq ekstrakt, tindirma va efir moyi saqlovchi preparatlar bilan miksturalar tayyorlash

Rp.: Sol Natrii bromidi ex 6,0:200 ml

Tincturae Convallariae

Tincturae Valerianae aa 8 ml

M. D. S. Ichish uchun.

Natriy brom eritmasiga tindirmalar qo’shilganda tinik eritma xiralashib, och-jigar rang tusli mikstura hosil bo’ladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Tindirmalar 70% li etanolda tayyorlanadi. Demak, ularning tarkibiga kiruvchi moddalar shu erituvchida erigan holda bo’ladi. Mikstura tayyorlanganda erituvchining konsentratsiyasi keskin pasayadi. Natijada erigan moddalarning eruvchanligi kamayadi va ular mayda gidrofob zarrachalar holida miksturada tarqaladi, bu esa miksturaning xiralashishiga olib keladi.

Rp.: Codeini phosphatis 0,15

Natrii benzoatis 3,0

Liq. Ammonii anisati 2 ml

Sirupi Althaeae 30 ml

Aq. purif. 180 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal

Miksturaning umumiy hajmi 212 ml. Belgilangan idishga 135 ml tozalangan suv, 15 ml kodein fosfat eritmasi (1:100), 30 ml natriy benzoat (1:10) eritmasi solib aralashtiriladi (kodein fosfat dozasi tekshirilib olinadi). Stakanga 30 ml gulxayri sharbati; 2 ml novshadil arpabodiyon tomchisi solib aralashtiriladi va belgilangan idishga solinadi. Tegishli yorliq epishtiriladi.

Kimyoviy disperslash usuli

Mayin suspenziyalar kimyoviy reaksiya bilan olinib bularni asosida almashinish, parchalanish reaksiyasi yotadi. Maqsad yaxshi suspenziya tayyorlash bo’lsa, unda olinadigan moddalar juda mayda, disperslangan holatda bo’lishi kerak.

Quyida keltirilgan namuna ham kimyoviy dispergirlash asosida tayyorlanib, xuqna qilish uchun qo’llaniladi.

 Rp.: Zinci sulfatis

Plumbi acetatis 0,25

Aquae purificatae 180,0

M.D.S. Xukna uchun

Ishlatishdan oldin chayqatilsin.



Almashib birikish reaksiyasi natijasida:

 ZnSO4+Pb(CH3COO)2 =↓PbSO4+Zn(CH3COO)2

 Rux sulfat eritmada, ko’rgoshin sulfat cho’kmaga tushadi. Hosil bo’ladigan kristallarning oldini olish va ko’rgoshin sulfatni dispers darajasini oshirish uchun ikkala moddani suv bilan hovonchada eziladi. Bunda o’tkir kirrali kristallar maydalanadi va siydik yo’llaridagi shillik qavatni tirnamaydi.
Rp.: Sol. Calcii shloridi 5% - 200 ml

Natrii hydrocarbonatis 4,0

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 2 mahal

Pasport: Kalsiy xlorid eritmasi (1:2)-20 ml

10*2=20 ml

Natriy karbonat eritmasi (1:20) -80 ml

4*20=80 ml

Tozalangan suv-100ml

200-(20q80) =100

Vumumiy =200 ml


SHisha idishga 100 ml tozalangan suv, 20 ml kalsiy xlorid eritmasi (1:2) va 80 ml natriy gidrokarbonat eritmasi (1:20) solinadi. Bunda reaksiya natijasida kalsiy karbonatli suspenziya hosil bo’ladi.

Suspenziyalarning sifatini baholash.

1. Resuspendirligini aniqlash: 24 soat saqlangandan keyin 15-20 sek. davomida suspenziyalarni chayqatilib, zarrachalar keng tarqalishi kuzatiladi, 3 sutkadan keyin 40-60 sek.

2. Quruq qoldiq: Ma’lum hajmni o’lchanib, quritiladi va quruq qoldiq massasi tortib aniqlanadi.

3. Qatlamlarga bo’linish vaqti – qanchalik qatlam kam bo’lsa, suspenziyaning barqarorligi shunchalik yaxshi.

4. Dispers faza zarrachalarini bir xilligini aniqlash uchun mikroskopda ko’riladi, ularning kattaligi 50 mkm dan oshmasligi kerak.

5.Mikrobiologik tozaligini aniqlash. YUqorida keltirilgan talablar bilan bir qatorda suspenziyalar mikrobtologik tozalikka xam javob berishi kerak. Mikrobiologik tozalikka javob berishi uchun suspenziyalar tarkibiga konservant qushish maqsadga muvofiq bo’ladi. Buning uchun ko’pincha parabenlar ishlatiladi. 0025-0,20% metilparaben, 0,01-0,02 % propilparaben suspenziya tarkiba qo’shish tavsiya etiladi. Bu ikkala preparat qaynab turgan suvda yaxshi eriydi va antibakterial xususiyati bo’yicha yaxshi ximoya qiladi. Lekin bu moddalarni kiritishdan avval shifokor bilan maslaxatlashish kerak.20


Asosiy adabiyotlar:

  1. Maxmudjonova K.S., Shodmonova SH.N., Shoraximova M.M., Rizaeva N.M. Farmatsevtik texnologiya.-“Tafakkur nashriyoti”.-Toshkent.-2013.

  2. Miralimov M.M., Mamatmusaeva Z.YA., Abdullaeva X.K., Azimova N. “Farmatsevtik texnologiya asoslari” fanidan amaliy mashg‘ulot uchun uslubiy qo‘llanma. Ibn Sino.- 2004,- 171 bet.

  3. Yunusxo‘jaev A.N. O‘zbekiston Respublikasida farmatsevtika faoliyati.- 1 (287 b.), 2 (334 b.), 3 (433 b.) tomlar.- Toshkent.- 2001, 2001, 2003.

Qo‘shimcha adabiyotlar:



  1. Jones David. Pharmaceutics Dosage Form and Design.- Pharmaceutical Press.- London.-2008.-286 p.

  2. Ллойд В. Аллен, Гаврилов А.С. Фармацевтическая технология изготовления лекарственных препаратов.-«ГЭОТАР-Медиа».- Mосква.-2014.

  3. Тихонов А.И., Ярных Т.Г. Технология лекарств.- Xарьков.- 2002.-704 с.

  4. Mirziyoev SH.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent, “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 29 b.

  5. Mirziyoev SH.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “O'zbekiston” NMIU, 2017.– 47 b.

  6. Mirziyoev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O'zbekiston” NMIU, 2017. – 485 b.

  7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

  8. Краснюк И.И., Михайлова Г.И., Мурадова М.И. Фармацевтическая технология.- Москва.-2011.- 559 с.

  9. Синев Д.Н., Марченко Л.Г.. Синева Д.Т. Справочное пособие по аптечной технологи лекарств.- Санкт-Петербург. - 2001. – 315 с.

  10. Государственная фармакопея X изд.. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1968.-1079 с.

  11. Государственная фармакопея XI изд. – Москва. – Изд. «Медицина».- 1987 (333 с.), 1989 (397 с.).

Internet saytlari:



  1. www.ziyonet.uz

  2. www.nuph.edu.ua

  3. www.samsmu.ru/university/chairs/pharmtechnology

  4. www.rzgmu.ru

  5. www.fesmu.ru/kaf/k56/j56f082.shtml

  6. www.bsu.edu.ru/pharm/about/struct.php

12 - Ma’ruza.

MAVZU 12. Stabilizatorlar. Suspenziyalarning xususiy texnologiyasi, sifatini baholash.

Ma’ruza maqsadi: suspenziyalar va ularning tarkibi dori modasi va yordamchi moddalarni fizik- kimyoviy xossalari haqida nazariy bilimlarni o’rganish. Shuningdek nazariy bilimlari asosida talabalar dispersion, kondensatsion usul suspenziyalarni tayyorlash va sifatini tahlil qilishni o’rganish.
Reja:

1. Gidrofil moddalardan suspenziyalar tayyorlash.

2. Gidrofob moddalardan suspenziyalar tayyorlash.

3. Suspenziyalar sifatini aniqlash.


Tayanch atama va iboralar: gidrofil xususiyatli moddalar, gidrofob xususiyatli moddalar, kuchli gidrofob xususiyatli moddalar, kuchsiz gidrofob xususiyatli moddalar, stabilisator.

Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar

Agar dorixatda ko’rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi xo’llansa-yu, lekin zarrachalari yirik bo’lsa, suvda ezib etarli darajada turg’un mikstura-suspenziyalar olish mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbik qilingan omillarni, agregat turg’unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbik kilsa bo’ladi.

 Rp.: Bismuthi subnitratis 4,0

Aguae Foeniculi 200,0 ml

M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.

 Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa olingandan keyin dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo’shiladi, so’ng hovonchani qolgan ukropli suv bilan chayib beriladigan idishga quyiladi.

S. F. SHubin o’zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya qilgan. Buning zarurati yo’k. YUqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya bo’lib, sekinlik bilan cho’kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi. Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo’lib, vismut nitrat asosi zarrachalarining elektrolitik parchalanishi natijasida hosil bo’ladi. Agar retsept tarkibiga dispersion muxit qovushqoqligini oshiradigan modda qo’shilsa,bu modda yuza faol modda bo’lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura-suspenziyalar turg’unligi ancha yuqori bo’ladi. Masalan: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo’shish tavsiya etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan ezilib, hosil bo’lgan massani qolgan sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.

SHarbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning osilmadagi zarrachalarining cho’kmaga tushish tezligi kamayadi va to’gri dozalarga bo’linadi.



Download 5.86 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   35




Download 5.86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dori turlari texnologiyasi kafedrasi farmatsevtik texnologiya

Download 5.86 Mb.