• Asosiy matn
  • Oziq – ovqatlarning ta’siri (parxezlar).
  • Dori vositalarini biologik samaradorligiga inson yoshi va jinsining ta’siri Reja




    Download 39 Kb.
    bet1/3
    Sana30.08.2022
    Hajmi39 Kb.
    #25490
      1   2   3
    Bog'liq
    9 mavzu
    марке, ochiq dars, 26 Days Chellange, Aminokislotalar, 516-G, Ingliz tili, clamoc-156-25mg-5ml-100ml-ananas-tamli-suspenziya-tayorlash-uchun-kukun-medication-guide

    Dori vositalarini biologik samaradorligiga inson yoshi va jinsining ta’siri



    Reja:
    1. Inson yoshini DV biologik samaradorlikka ko‘rsatgan ta’siri
    2. Oziq – ovqatlarning ta’siri (parxezlar)
    3. Dorilarni rektal yo‘l bilan yuborish
    4. Dori preparatlarini ingalyasion usulda organizmga yuborish
    5. Tana harorati va atrof muhitning ta’siri

    Asosiy matn



    Yosh bolalarga dorini sut bilan ichirilganda, dorining dozirovkasi aniqligini buzilishiga
    olib keladi. OIT shilliq yuzasini qitiqlaydigan, o‘zining faolligini sutning rN(6,4) muhitida
    o‘zgartirmaydigan, sutdagi oqsil va kalsiy bilan birikmaydigan (butadion, indometatsin,
    prednizolon, rezerpin, trixopol, kaliy tuzlari, nitrafuran, vibramitsin, etoksid,yod preparatlari va
    boshqalar) dori preparatlarini sut bilan ichish tavsiya etiladi. Ayrim bemorlar dorilarni qabul
    qilishda hech qanday suyuqlik ichmaydilar, bunday holat tavsiya etilmaydi, chunki kapsulalar,
    tabletkalar, drajelar, qizil o‘ngach va OIT ichki yuzasiga yopishib qolib so‘rilishi kerak bo‘lgan
    erga etmay parchalanib ketadilar. Bundan tashqari bu dorilar yopishgan erlarini qitiqlaydilar va
    suyuqlik miqdorini kamligi esa ularni so‘rilishini susaytiradi.
    Oziq – ovqatlarning ta’siri (parxezlar). Ko‘p xolatlarda dori-larni tavsiya etilganda,
    lozim bo‘lgan parhez ham belgilanishi kerak, aks holda ovqat komponentlari dori preparatining
    biologik samaradorligini o‘zgartirib, nojo‘ya ta’sir chaqirishi mumkin. Kasallik davomida noto‘g‘ri ovqatlanish butun davolash jarayoniga ta’sir etib, ayrim a’zolarning kasallanishiga olib kelishi va retsedivlarni chaqirishi mumkin. Masalan: ovqatda natriy xloridning me’yorini ko‘pligi arterial bosimni oshishiga, hayvon yog‘larini ko‘pligi esa atereskleroz rivojlanishiga va ovqat hazm qilish a’zolarining kasallanishiga olib keladi. Ratsianal bo‘lmagan parhezlar preparatlarni faolligini yo‘qotishi mumkmin, qiyin o‘zlashtiriluvchi komplekslar hosil bo‘lishga olib kelishi mumkin. Masalan, kalsiy ionlarini (tvorog, kefir, sut) tetratsiklinlar bilan birlashish holatlari. SHu bilan bir qatorda meva va sabzavotlarni qabul qilish ichak faoliyatini boshqarishi mumkin, immun sistemasiga ta’sir ko‘rsatuvchi makro- va mikroelementlarni, fitonsidlarni, efir moylari va aromatik moddalar tanqisligini to‘ldirishi va ovqat hazm qilish bezlarini sekretsiyasini boshqarishi mumkin.
    Organizmda kaliy kamchiligini bargak, mayiz, qizil lavlagi, olma, qovoq, quritilgan
    mevalarni iste’mol qilish bilan to‘ldirish mumkin. Anemiyaga qarshi dori vositalarining samarasini oshirish uchun temir moddasiga boy bo‘lgan mevalarni (qulupnay, o‘rik, olma, qizil lavlagi, anor...) askarbin kislotasi bilan birga iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir. Buyrak va peshob haydovchi yo‘llarni yalig‘lanishini davolaganda tarvuz iste’mol qilish tavsiya etiladi.
    Kam kalloriyalik sabzavotlarni (karam, sabzi, sholg‘om, bodring, pomidor, baqlajon va
    boshqalar) iste’mol qilinganda ratsion kalloriyasi kamayadi va natijada xolesterolning
    so‘rilishiga to‘sqinlik qiladi uning organizmdan chiqishi jadallashadi. Demak, davolash jarayonida parhezni to‘g‘ri tanlash dori vositasini biologic samaradorligini keskin oshirishga, ularni dozasini kamaytirib, kerakli samaradorligini saqlagan holda, nojo‘ya ta’sirini yo‘qotishga olibkeladi.

    Download 39 Kb.
      1   2   3




    Download 39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dori vositalarini biologik samaradorligiga inson yoshi va jinsining ta’siri Reja

    Download 39 Kb.