Duradgorlik asboblari




Download 58.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.11.2022
Hajmi58.37 Kb.
#31914
Bog'liq
Duradgorlik asboblari - Vikipediya
“Muhabbatnoma” asari va uning til xususiyatlari.


Duradgorlik
asboblari
Duradgorlik asboblari — yogʻochni qayta ishlash uchun moʻljallangan dastaki
yoki mexanik asboblar. D. a., asosan, randalash, arralash, parmalashoʻyish,
oʻlchash-belgilash va yordamchi asboblarga boʻlinadi. Yogʻoch randalashda
randaning quyidagi xillari ishlatiladi. Sherxebel — yogʻochni boʻylama va
koʻndalang yoʻnalishda dastlabki dagʻal randalash uchun ishlatiladigan, poʻlat
keskichi yarim aylana shaklli ensiz randa. Oddiy randa, arralangan va sherxebel
bilan randalangan yogʻoch ustidan ishlov berishda qoʻllaniladi. Poʻlat
keskichining tigʻi toʻgʻri va enli boʻladi. Keskich randaning tagi (kafti) bilan 45—
50° burchak tashkil etadi. Payraha sindirgichli randa, yogʻoch sirtini uzil-kesil
silliqdash uchun qoʻllaniladi. Poʻlat keskichiga oʻtmas uchli "tilcha"
mahkamlanadi. "Tilcha" payrahalarni sindirib turadi. Japs randa (fuganka), katta
yuza va uzun qirralarni uzil-kesil randalashda qoʻllaniladi 4). Shliftik — ikki
keskichli kalta randa. Oldingi randalashdan qolgan no-tekisliklarni yoʻqotish
uchun ishlatiladi. Sinubel, ishlov berilgan yuzalarda mayda gʻoʻdirliklar hosil
qilish uchun ishlatiladi. Poʻlat keskichi mayda tishli qilib yasaladi, 5). Metall
asosli randa— randalarning takomillashgan xili. Poʻlat keskichi bolgʻa bilan
urmasdan mahkamlanadi. Randaning quyidagi xillari profilli (naqshdor)
yuzalarni randalashda ishlatiladi. Bukri randa (gorbach), yogʻoch asosining kafti
boʻylama yoʻnalishda botiq yoki qabariq boʻlib, egri yuzalarni randalashda
ishlatiladi. Konish randa (zenzubel) — asosi baland va ensiz, keskichi kurakcha
shaklli randa. Detal chekkalaridan chorak va tirnok, (fals)lar ochish hamda
tozalashda qoʻllaniladi. Falsgobel — taxtada tirnoq va choraklar ochish uchun


ishlatiladigan randa. Keskichi bitta boʻladi. Gratobel — falsgobelning bir turi. U
bilan koʻnadalang kesimi uchbur-chak shaklli tirnoq ochiladi. Shpuntubel
(paznik), taxta yonlari yoki yuzasida toʻgʻri burchakli oʻyiq (shpunt) ochish uchun
ishlatiladigan randa. Unda bir-biriga vint bilan birlashtirilgan ikkita asos bor.
Qoʻshquloq randa (gruntubel), asosiga ikkita dasta oʻrnatilgan, keskichi bir tigʻli;
ilmoq shaklli, trapetsiya shaklida ochilgan oʻyiklarni tekislash va tozalash uchun
ishlatiladi. Nov randa (kalevka), taxta chetlarida turli naqshli profillar ochish
uchun ishlatiladi, 12). Yogochlarni arralashda sarjin arra, burch arra, dastarra
hamda kalta arradan foydalaniladi. Yogʻochda uya, oʻyiq va teshik oʻyish uchun
peroli markazlovchi parma, qoʻl parma, chuqur parmalaydigan burgʻi va iskana
dan foydalaniladi.
Duradgorlar yogʻochni yoʻnish, tekislashda tesha, poytesha va b.dan
foydalanishadi. Mexanik qirqish asboblari ga turli elektr arralar, mas, zanjirli
elektr arra; diskli elektr arra, elektr randa va freza, silliklash stanoklari hamda
kombinatsiyalangan (arralaydigan, frezalaydigan va parmalaydigan) stanoklar
kiradi.
Oʻlchash - belgilash asboblariga ruletka, metr, burchaklik — goʻniya, kronsirkul,,
reysmus, vaterpas, shovin, shtangensirkul, mikrometr va b. kiradi. Yordamchi
asboblar egov, bolgʻa, ombur, qirqqich (kusachka), yassi ombur, gayka kalitlari
va otvyortka, shuningdek, yogʻoch bolgʻalardan iborat.
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Gurvich A. O., Duradgorlik ishlari, T., 1966.
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Duradgorlik_asboblari&action=edit)
 
Vikipediyaga
 yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
 
Bu maqolada 
boshqa til boʻlimlariga ishorat
 yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz mumkin.
Adabiyot


 
Soʻnggi tahrir 3 oy avval
 
MalikxanBot
 tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/ind
ex.php?
title=Duradgorlik_asboblari&old
id=2837997
" dan olindi 

Download 58.37 Kb.




Download 58.37 Kb.
Pdf ko'rish