• Laboratoriya ishi nomi: “............................................................................” Bajardi
  • Elektr ta’minoti” kafedrasi " Avtomatik boshqaruv nazariyasi" fanidan




    Download 119.38 Kb.
    bet1/2
    Sana08.12.2022
    Hajmi119.38 Kb.
    #33693
      1   2
    Bog'liq
    ABN
    Golibjon, obyekt mus.ish 2, AXP amaliy 1, ЛЕКЦИИ(1-9) ЧИСЛЕННЫЕ МЕТОДЫ (1), Futbol o’yinida xaraklanish texnikasini o’rgatish., 2-mavzu , Kalendar 1-kurs sirtqi, zamonaviy-elektr-o-lchov-asboblari-va-ularning-ishlash-prinsiplari, 18.06.2023 Dtm natijalari, Kompyuter injiniring” fakulteti iv-bosqich 11-19 guruh talabasin-www.hozir.org, Mustaqil ish mavzu To‘plamlarda guruhlashlar, ular sonini aniql, 1-mustaqil ishi, mustaqil ishi-1 Elektronika va sxemalar 1, 6-10 dedline

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TRANSPORT VAZIRLIGI


    TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

    Elektr ta’minoti”


    kafedrasi
    " Avtomatik boshqaruv nazariyasi" fanidan


    2-LABORATORIYA ISHI


    Laboratoriya ishi nomi: “............................................................................”


    Bajardi: EE-____ guruh talabasi
    _______________________

    Qabul qildi: Xalikov S.S.




    Toshkent -2022 y.
    2- laboratoriya ishi


    Ostsillografni o’rganish

    1. Ish maqsadi: S1-83 turidagi ostsillograf ishlash printsipi bilan tanishish va unda o’lchash ko’nikmalarini olish.


    Nazariy qism


    «Avtomatika asoslari va mikroprotsessor qurilmalari» fanidan laboratoriya ishlarini bajarishda S1-83 (elektron nurli ELO) turidagi zamonaviy universal ostsillograf asosiy asbob bo’lib xizmat qiladi.


    Temir yo’l va metropoliten elektr ta`minotining turli tizimlarida qo’llaniladigan avtomatika va mikroprotsessor qurilmalari elektron tizimini sozlash, tashhizlash, nazorat qilish, ta`mirlash va ekspluatatsiya qilishda ELO dan keng foydalaniladi.
    ELO S1-83 haqida ma`lumotlar:
    chastotalar diapazoni - (0 ... 5) MGts;
    tik og’ishli kanallar (o’lchanayotgan signallar) soni – ikkita (1, 2 kanallar);
    o’lchaydigan kuchlanishlari diapazoni – 400 mkV ... 200 V.
    Asosiy boshqaruv organlari ELO old paneliga chiqarilgan:
    - tugmachali ulagichlar;

    dastak tasvir yorqinligini rostlaydi;
    d astak tasvir aniqligini (fokusini) rostlaydi;
    d astak astigmatizmni rostlaydi;
    E LT elektron nurli trubkasini ekranda shkala liniyasini yoritishni rostlaydi.
    «V/DEL» ulagichi 1 va 2 kanallar og’ishining kalibrlangan koeffitsiyentini o’rnatadi;
    - "▼" potentsiometri kanallar og’ishi koeffitsiyentini rostlaydi;
    - "⊲" potentsiometri «V/DEL» ulagichining xar bir xolati uchun eng kamida 2,5 marta yopgan xolda 1 va 2 kanallar og’ish koeffitsiyentini silliq rostlanishini ta`minlaydi;
    - "↕" potentsiometri 1 va 2 kanallar nurlarini tikligini rostlaydi;
    - o’lchanayotgan signalni uzatish uchun gnezdo;
    - "" - o’lchanayotgan signal kirish kanaliga bo’lish kanali orqali kelib tushadi (kirish yopiq).
    Diqqat! Signalning doimiy tashkil etuvchisi o’lchanmaydi.
    - "≂" - kirish kanaliga signal doimiy tashkil etuvchisi bilan kelib tushadi (kirish ochiq);
    - "" - kanal kirishi korpusga ulangan;
    - "1" -ELT ekranida 1 kanal signali kuzatiladi;
    - "2", "X-U" - ELT ekranida 2 kanal signali kuzatiladi;
    - "1q/-2" - ELT ekranida 1 va 2 kanallar signali algebraik yig’indisi kuzatiladi;
    - "..." - ELT ekranida ikkala kanal signali kuzatiladi, ularning qayta ulanishi 100 kGts chastota bilan amalga oshiriladi;
    - "↔" - ELT ekranida ikkala kanal signali kuzatiladi, ularning qayta ulanishi ???;
    - - 2 kanalda faza signali o’zgarmaydi;
    - - 2 kanalda faza signali 180 S ga o’zgaradi;
    - quyidagi holatlarda "↕" dastagi bilan birgalikda kanallar kuchayishini 10 marta o’zgartirish qayta ulagichi:
    - "x1" - kanal og’ish koeffitsiyenti attenyuator xolatiga mos keladi;
    - "x10" - kanal og’ish koeffitsiyenti 10 ga ko’paytirilgan attenyuator xolatiga mos keladi;
    "uroven" potentsiometri tekshirilayotgan siganl razvertkasi ishga tushiriladigan darajani tanlaydi.
    quyidagi holatlarda sinxronlash manbasini qayta ulagich:
    "Vnutr.1" - birinchi kanal signali bilan razvertka sinxronlanadi;
    "Vnutr.1,2" - ikkala (yoki bir) kanal signali bilan razvertka sinxronlanadi;
    "0,5 – 5 Vnesh." - 0,5 – 5 V amplutudali tashqi signal bilan razvertka sinxronlanadi;
    "5 – 50 Vnesh." - 5 – 50 V amplutudali tashqi signal bilan razvertka sinxronlanadi;
    "X-U " - X kuchaytirgich kirishi razvertka generatoridan o’chiriladi va U kuchaytirgichi 1 kanaliga ulanadi, razvertka generatori ishi to’xtaydi;
    "" - sinxronlash yopiq kirishi;
    "≂" - sinxronlash ochiq kirishi;
    "≂NCH" - sinxronlash ochiq kirishi, past chastota kirishiga ulanadi;
    "q" - razvertka berilayotgan signalning musbat tushishi bilan sinxronlanadi;
    "-" - razvertka berilayotgan signalning manfiy tushishi bilan sinxronlanadi;
    - tashqi sinxronlash signalini uzatish uchun gnezdo;
    "VREMYA/DEL" qayta ulagichi razvertka kalibrlash koeffitsiyentini o’rnatiladi. Silliq rostlash dastagi "⊲" ning eng chetki o’ng xolatiga o’rnatilgan!
    "Plavno" dastagi "V/DEL" ulagichining xar bir xolati uchun eng kamida 2,5 marta yopgan xolda razvertka koeffitsiyentini silliq rostlanishini ta`minlaydi;
    "↔" potentsiometri nurning gorizontal almashishini ta`minlaydi;
    "x1, x0,2" qayta ulagichi "*0,2" holatida razvertka tezligini 5 marta oshiradi;
    - "AVT" ushbu rejimda ELO ichida berilayotgan signalga bog’liq bo’lmagan xolda changsimon kuchlanish ishlab chiqariladi;
    - "jduh" - razvertkani ishga tushirish faqat tashqi sinxronlash siganli mavjudligida amalga oshiriladi;
    - "Pitaniye" - ELO ni ishga tushirish va o’chirish;
    gnezdosi – birinchi kanal chiqishi;
    - - kalibrator chiqishi gnezdosi;
    - qayta ulagichi- kalibrator chiqishini o’zgarmasdan «Meandr» turidagi o’zgaruvchan kuchlanishga ulaydi;
    gnezdosi – changsimon kuchlanish chiqishi;
    - "▼ x 1" - razvertka tezligini kalibrlash;
    - "▼ x 0,2" - razvertka tezligini cho’zishda kalibrlash;
    Orqa devorida quyidagilar joylashgan:
    "Tarmoq" raz`emi, 2 A, 1 A saqlagichlar, " 220 V, 50 Hz, 400 Hz; 115 V, 115 V, 400 Hz" tumblerlari, "q" tumbleri;
    gnezdosi nurni yorqinlik bo’yicha (Z kirish) modullovchi signalni uzatish uchun;
    - asbob korpusi;
    - asbob korpusini Yerlash uchun klemma.

    3. ELO ni ishga tayyorlash.


    "Ta`minot" tumblerini ulang, asbob qizishi uchun 2 ... 3 minut kuting.
    dastagi yordamida kuzatish uchun qulay tasvir yorqinligini o’rnating.
    qayta ulagich yordamida kuchaytirgich ishlashini "1" xolatga o’rnating.
    1 kanalning "↕" dastagi yordamida razvertka liniyasini ekran markaziga joylashtiring.
    d astagi yordamida nurning xamma liniyalari bo’ylab bir xil aniqlikdagi tasvirni o’rnating.
    1 kanalning "V/DEL" qayta ulagichini "▼V/DEL" xolatiga, "⊲" dastagini esa "▼" xolatiga o’rnating. Impulslar tasviri qiymati 6 ga bo’linishi kerak.
    1 kanal "⊲" dastagini chapga oxirigacha buring. Tasvir qiymati kamida 2,5 marta kichrayishi lozim. "⊲" dastagini "▼" xolatiga qaytaring.
    qayta ulagich yordamida kuchaytirgich ishlashini "2" xolatiga o’rnating va ushbu amallarni qaytaring.
    «UROVEN» dastagini burish yo’li bilan ELT ekranidagi turg’un tasvirni sinxronlash qayta ulagichi "q", "-≂", "q≂" xolatlarida o’rnating.
    Kuchaytirgich ish turini qayta ulagichni "1" xolatga o’rnating.
    Sinxronlash turini qayta ulagichni «...» xolatiga o’rnating.
    Bunda ELT ekranida ikkala kanal signali tasviri kuzatilishi lozim.
    K uchaytirgich ish turini qayta ulagichni xolatiga o’rnating.
    ELT ekranida ikkala kanal signallari tasviri kuzatilishi lozim.
    "⊲" dastagi yordamida ikkala signal tasviri qiymatini 4 bo’linishga, kuchaytirgich ish turini qayta ulagichni "1 q 2" xolatiga o’rnating. ELT ekranida signal 8 ga bo’linib kuzatilishi lozim.
    2 kanal signalini invertirlash qayta ulagichini xolatiga o’rnating. ELT ekranida to’g’ri chiziq kuzatilishi lozim.
    "↔" dastagini boshidan oxirigacha burang. Tasvir gorizontalga ko’ra ko’chishi lozim.
    1 kanal "V/DEL" qayta ulagichini "20 mV" xolatiga, "x1, x10" qayta ulagichini – "x10" xolatiga, "≂" kirish qayta ulagichini "≂" xolatiga, ish turini qayta ulagichni "1" xolatiga o’rnating.
    1 kanal kirishini kabel yordamida kalibrator chiqishi bilan ulang.
    Impulslar tasviri qiymati ELT shkalasi 5 qismini tashkil qilishi lozim.
    K uchaytirgich ish turini qayta ulagichni "2", "X-U" xolatiga o’tkazing. 2 kanal kirishini kabel yordamida kalibrator chiqishiga ulang.
    Impulslar tasviri qiymati ELT shkalasi 5 qismini tashkil qilishi lozim.
    Razvertka qayta ulagichini “1 mS” xolatiga, “x1, x0,2” qayta ulagichini – “x1” xolatiga o’rnating. "↔" dastagini burish yo’li bilan signal davri boshlanishini ELT ekrani birinchi vertikal chizig’i bilan joylashtiring.
    Ekranning to’liq uzunligida (10 bo’linish) 10 davr joylashishi kerak.
    Keyin esa “x1, x0,2” qayta ulagichini “x 0,2” xolatiga o’rnating.

    Ekranning barcha uzunligiga 2 davr joylashishi lozim.
    b elgisi dastakning bosilgan, belgisi esa ko’tarilgan xolatiga mos keladi.
    1 va 2 kanallar “V/DEL” qayta ulagichini “ 6DEL” xolatiga o’rnating. ...??
    K o’chma kuchlanish bo’lgich 1:10 ni tekshirishni amalga oshiring, buning uchun “V/DEL” qayta ulagichini – "20 mV", “x1, x10” qayta ulagichini esa “x1” xolatiga, keyin esa “V/DEL” qayta ulagichini – 2 mV, “x1, x10” qayta ulagichini “x10” xolatiga o’rnatiladi. Bo’lgich shupini gnezdosi bilan ulang. Impulslar tasviri qiymati ELT shkalasi 5 qismini tashkil qilishi lozim.

    4. O’lchashni amalga oshirish


    K anallarning birining gnezdosiga signal bering. Kuchaytirgich ish rejimi qayta ulagichini talab qilinayotgan kanalga o’rnating. ”??? ” va ”x1, x10” qayta ulagichlarini shunday xolatga o’rnatingki tasvir amplutudasi shkalaning yarmidan ko’prog’ini tashkil etishi lozim.


    " ≂" qayta ulagichini "" xolatiga, qayta ulagichini "-" xolatiga qo’ying. O’zgarmas tok yoki tarkibida o’zgarmas tashkil etuvchilari mavjud kichik chastotali signallar uchun "≂" xolatidan foydalanish lozim.
    «UROVEN» dastagi bilan turgun xolatga o’rnating. «VREMYA/DEL» qayta ulagichini o’rganilayotgan elektr signali bir necha davri kuzatiladigan xolatga o’rnating.
    Vertikal ko’chish dastagi "↕" ni shunday o’rnatish lozimki signalning minimal darajasi pastki liniyalarning biri bilan tushishi, maksimal liniya esa ELT ekranida ko’rinib turishi kerak. Gorizontal ko’chish dastagi "↔" bilan tasvirni shunday ko’chirish lozimki, bunda vertikal cho’qqilardan biri shkalaning vertikal o’rta liniyasida bo’lishi kerak.
    Shkala bo’linishidan amplituda pastki va yuqori nuqtalari orasidagi masofani o’lchang.
    Diqqat! "⊲" dastagi eng o’ng xolatga o’rnatilgan bo’lishi kerak.
    Ushbu usuldan yana signalning ixtiyoriy ikki nuqtasi orasidagi kuchlanish qiymatini aniqlash uchun xam foydalaniladi.
    Yuqorida o’lchangan masofani "V/DEL", "x1, x10" qayta ulagichi ko’rsatgichlariga ko’paytiring.
    Namuna. Vertikal og’ish ko’lami 7,6 bo’linish, "V/DEL" qayta ulagichi "5mV" xolatiga, "x1, x10" qayta ulagichi "x10" xolatiga o’rnatilgan.
    Kuchlanish quyidagilardan tashkil topgan:
    7,6 bo’linish*5mV*10 q 380 mV
    ("⊲" dastagi eng o’ng xolatida!)
    "≂" qayta ulagichini "" xolatiga keltiring, vertikalga ko’ra bo’linishlar sonini o’lchang. Bo’linishlar soni farqi "V/DEL", "x1, x10", qayta ulagichlar xolatini xisobga olgan xolda doimiy tashkil etuvchi qiymatini beradi. Doimiy tashkil etuvchi belgisi qayta ulagich "≂" va "" xolatlarida ostsillogrammalar pastga yoki yuqoriga ko’chishi bilan baxolanadi.
    Signal uzunligini uning ikki nuqtasi orasida (masalan, bir davrda) o’lchash uchun quyidagi amallarni bajaring:
    o ’rganilayotgan signalni gnezdosiga bering;
    "V/DEL" qayta ulagichini shunday xolatga qo’yingki shunday xolatga qo’yingki, ekrandagi tasvir 5 ... 7 bo’linishga joylashsin;
    "VREMYA/DEL" qayta ulagichini shunday xolatga o’rnatingki, o’lchanayotgan nuqtalar orasidagi masofa (masalan, bir davr) 10 bo’linishdan sal kichikroq bo’lsin;
    «UROVEN» dastagi orqali ELT ekranida turg’un xolat o’rnating;
    "↕" dastagi bilan tasvirni shunday joylashtirish lozimki, orasidagi vaqt (masalan, davr) o’lchanayotgan nuqtalar gorizantal markaziy liniyada bo’lishi kerak;
    o’lchanayotgan nuqtalar orasidagi gorizontal masofa bo’lishda o’lchang;
    yuqorida o’lchangan masofani razvertka koeffitsiyentiga va "x1, x0,2" qayta ulagich xolatiga ko’paytiring.
    Namuna. O’lchanayotgan nuqtalar orasidagi masofa (davr) 8 bo’lishni tashkil qiladi, "VREMYA/DEL" qayta ulagichi "0,2 ms" xolatiga, "0x1, x0,2" qayta ulagichi esa "x1" xolatiga o’rnatilgan. Signal davomiyligi (davri) 8*0,2 msx 1 q 1,6 ms.
    Davriy signal chastotasini o’lchash uchun yuqorida ko’rsatilgandek signalning bir davrining T vaqti davomiyligi o’lchab olinadi. Chastotani quyidagi formuladan aniqlanadi, Gts:

    Davr davomiyligi soniyada olinadi.
    Namuna. Davr davomiyligi 0,5 ms bo’lgan chastota signali quyidagiga teng, kGts:
    Ikkita aloxida signal orasidagi vaqt siljishini o’lchash.

    "≂" qayta ulagichini talab qilinayotgan xolatga, kuchaytirgich ish rejimi qayta ulagichini esa “...” yoki "↔" xolatiga o’rnating. “...” rejimi kichik chastotali signallarni o’rganish uchun nisbatan yaroqlidir.


    Sinxronlash qayta ulagichini “Vnutr. 1,2” xolatiga o’rnating.
    Tayanch signalni 1 kanal kirishiga, o’rganilayotgan signalni esa 2 kanal kirishiga bering. Tayanch signal o’rganilayotgan signaldan oldin yurishi kerak. Signallarni kirishlarga koaksial kabel bilan bir xil vaqt kechikishida bering.

    D iqqat! Agar signallar qarama qarshi qutbli bo’lsa 2 kanal signalini tumbleri yordamida invertirlang.



    ”V/Del” qayta ulagichi yordamida signal tasvirini 5 ... 8 bo’lishga, ”UROVEN” dastagi yordamida esa tasvir turg’unligini o’rnating.
    ”VREMYA/DEL” qayta ulagichi yordamida shunday razvertka tezligini o’rnatingki, ikki impuls orasida 4 va undan ortiq bo’linish bo’lsin.
    "↕" dastagi yordamida ikkala impulsni (yoki orasida o’lchov amalga oshiriladigan tasvir nuqtasini) markaziy gorizontal liniyaga nisbatan ekran markaziga joylashtiring.
    "↔" dastagi yordamida nazorat signalini to’rning vertikal liniyasi bilan birlashtiring, 1 va 2 kanal impulslari orasidagi masofani gorizontalga ko’ra o’lchang. Olingan farqni "VREMYA/DEL" qayta ulagichi xolatidan aniqlanadigan qiymatga ko’paytiring. cho’zish qo’llangan bo’lsa natijani 0,2 ga ko’paytiring.
    Namuna. «VREMYA/DEL» qayta ulagichi " " holatiga o’rnatilgan, impulslar orasidagi gorizontalga ko’ra masofa farqi 4,5 bo’linish va bunda cho’zish ishlatilgan. Vaqt siljishi: mks.

    Bir chastotali ikki signal orasidagi fazalarni solishtirish.


    Ostsillografning ikki kanalli ish rejimidan foydaniladi. "≂" qayta ulagichi xolatini berilayotgan signal turiga bog’liq r avishda, bo’lgich ish rejimi qayta ulagichini "..." yoki xolatiga o’rnating. "..." rejimidan kichik chastotali signallarda foydalaniladi.


    Sinxronlash qayta ulagichini "VNUTR. 1" xolatiga o’rnating. Tayanch signalni 1 kanal kirishiga, solishtirilayotganini 2 kanal kirishiga bering. Tayanch signal solishtirilayotganidan vaqt bo’yicha oldinda bo’lishi kerak. Signallarni ulashda vaqt kechikishi bir xil bo’lgan kabeldan foydalaning.
    A gar signallar qarama qarshi qutblilik bo’lsa ikkinchi kanal qutblilik qayta ulagichi bilan signalni invertirlang.
    "V/DEL" qayta ulagichi va «» dastagi yordamida ikkala kanalda amplutudaga ko’ra 6 ... 7 bo’linishli bir xil tasvirni o’rnating.
    «UROVEN» dastagi yordamida turg’un tasvirni o’rnating.
    «VREMYA/DEL» qayta ulagichi yordamida ELT ekranida bir tsikl (davr) signalini ta`minlovchi razvertka tezligini o’rnating.
    "↕" dastagi yordamida signallar egri chizig’ini markazdagi gradirlash liniyasiga joylashtiring.
    Shkala bo’linishida tayanch signal davri T1 ni o’lchang.
    Gorizontalga ko’ra T2 signalining mos keluvchi nuqtalari orasidagi farqni (shkala bo’linishida) o’lchang.
    quyidagi formuladan fazali siljishni xisoblang:

    bu yerda: T2 - gorizontal faza farqi;
    T1 - tayanch signal davri.
    Namuna. bo’linish, bo’linish.
    Faza siljishi quyidagiga teng:




    Download 119.38 Kb.
      1   2




    Download 119.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektr ta’minoti” kafedrasi " Avtomatik boshqaruv nazariyasi" fanidan

    Download 119.38 Kb.