Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv turlari va sabablari




Download 374 Kb.
bet1/3
Sana20.12.2022
Hajmi374 Kb.
#36266
  1   2   3
Bog'liq
Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv turlari va sabablari
Quyosh nega nur sochadi, Типовой расчет Дискретная математика, chokkanda birinchi yordam korsatish , 1. Title (Titul) (6), Qishloq xo`jalik mashinalari (kr), kundalik (6) tabiiy, Abdumannonova Guloyim, FALSAFA, 28-32 Ravshanov O, 107503, Mustaqil ish nemis tili, Doc1, Namuna referat, Kukun kompozitsion materiallar reja (1)

Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv turlari va sabablari
Elektr ta’minoti sistemasida va elektr qurilmalarning normal ishlashini buzilishida ayniqsa qisqa tutashuvga bog’liq. Qisqa tutashuv- bu normal ishlash sharoitlarida fazalar o’rtasida ko’zda tutilmagan holat, neytral (yoki to’rt simli) zaminlash sistemasida esa- nol simda yoki bir yoki bir nechta fazalarni yerga tutashuvi. Tadbiq etilayotgan elektr uskunalar qisqa tutashuv tokiga bardoshligi bo’lishi kerak va bu toklarning miqdoriga qarab tanlash kerak bo’ladi. Zamonaviy elektr sistemasida toklar katta miqdorga yetishi mumkin. Yirik avariya toklari elektr qurilmalar uchun xavf tug’diradi, mumkin bo’lgan haroratda hammasi quyib ketishi mumkin va katta mexanik ta’sirlarga duchor bo’lishi mumkin. Uch fazali sistemalarda to’rt ko’rinishda qisqa tutashuv bo’lishi mumkin: uch fazali (uch faza o’zaro birlashtiriladi), ikkifazali (erga ulamasdan o’zaro ikki faza orasidagi tutashuv), bir fazali (fazalardan biri yerga yoki nol simga), ikki faza yerga (ikki fazaning yerga tutashuvi).
Kon elektroqurilmalarida qo’llaniladigan tarmoq izolyatsiyalangan neytralga ega va shuning uchun ularga uch fazali va ikki fazali qisqa tutashuvlar uchun o’ziga xosdir. Bu tarmoqlarda bir fazali tutashuv qisqa bo’lmaydi. Uch fazali q.t.simmetrik bo’lib, chunki ular uch fazani tutashuvida bir xil sharoitda bo’larkan va toklar simmetriyasi va kuchlanishi buzilmaydi. Q.t. barcha boshqa ko’rinishlari nosimmetriyalidir. Ko’pincha bir fazali q.t (65 ; gacha) va kam uch fazali (5 % ga yaqin) kelib chiqadi. O’ta xavflisi odatda uch fazali q.t. hisoblanadi. Umumiy holatlarda q.t.ni qaysi xili eng og’ir ko’rinishda ekanligini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun mo’ljallanish hisobi simmetrik va nosimmetrik q.t.sifatida aniqlanadi.
Bunday hollarda q.t. qanday ko’rinishdagisi o’ta og’ir ekanini tasavvur qilish qiyin. SHuning uchun tayinlanishi mo’ljalidan uning simmetrik yoki nosimmetrik q.t.ekanligini aniqlanadi. Tarmoqda qisqa tutashuv bo’lishining asosiy sababi: elektr uskunalari izolyatsiyasidagi nosozlik, tarmoq, nimstantsiya va stantsiyadagi xizmat qiluvchi xodimning noto’g’ri harakati, yalang’och tok o’tkazuvchi qismlarni to’sish . Elektr usunalarining ishonchligini oshirish elektrli ulash sxemasini ratsional tuzish bilan avariya holatlaridan himoyalash maxsus vositasi va q.t. tok harakatiga qarshi barqarorlik, elektr uskunalarni qo’llagan holda ta’minlanadi.
CHeklangan va cheklanmagan quvvatlar sistemalarida qisqa tutashuv
Qisqa tutashuv cheklangan quvvat manbasidan va cheklanmagan quvvat manbasidan quvvat oluvchi elektr zanjirida hosil bo’ladi.
Elektr sistemasida yoki cheklangan quvvatdagi stantsiyalarda (Ss=¥) shinalardagi kuchlanish zanjirning har qanday nuqtasida qisqa tutashuvlarda amalda o’zgarmas bo’ladi.Bunday sistemadagi qarshilik xs=0. Bu mumkin qadar ana shunday quvvatli energosistemalardan ya’ni Navoiy GRES o’xshash kon nimstantsiyalarni quvvatlash uchun zarur bo’ladi, (Ss¹¥) xs¹0 q.t. olib tashlanmagan kuchlanishga ega bo’lgan, cheklangan quvvatdagi sistemada barcha qisqa berk zanjir qarshiligi yig’inidisi bilan tavsiflanadi.
Induktiv va aktiv qarshilikka ega bo’lgan qisqa tutashuvli zanjir. Uch fazalik qisqa tutashuv simmetriyaligi toklarini o’zgarishini ko’rib chiqish imkonini beradi va kuchlanish faqat birta fazada bo’ladi, mo’ljal bo’yicha esa q.t. zanjiri fazasidagi elementlar qarshiligi muhimligini va bir chiziqli almashish sxemasidan foydalanish imkonini beradi.
Qisqa tutashuvning kelib chiqishida zanjirda qarshilik kamayadi, tok bo’lsa oshadi. Induktivlik mavjudligi oqibatida q.t. kelib chiqishi momentida qisqa tutashgan zanjirda o’tkinchi jarayon oqib o’tadi. Bu jarayon ikki tashkil etuvchidan iborat bo’lgan tokning mavjudligi- davriy (tebratuvchi) va nodavriy.
Rasmda cheklanmagan quvvatdagi sistemada q.t. tokni egri o’zgartirish keltirilgan. Ana shu egri qabul qilingan navbatdagi tok ino- q.t. monmentida yuklama lahzalik tok ahamiyati; In.m., in- eng ko’p va lahzalik q.t. tashqil etuvchi davriy tok lahzalik ahamiyati; I”- boshlang’ich o’tao’tkinchi amaldagi tok ahamiyati; i - nodavriy tashkil etuvchi lahzalik ahamiyati; ik- q.t. to’liq tokning lahzalik ahamiyati ; I  - muayyan tokning amaldagi ahamyati.
in- davri tok tarmoqdagi kuchlanish ta’siri ostida oqib o’tadi va bu rasmdan ham ko’rinib turibdi. Garmoniy egri sinxron chastota bo’yicha o’zgaradi.
Kuchlanish manbasi o’zgarmasdir, davriy tok amplitudasi butun jarayon davomida o’zgarmas va tengdir. Davriy tokdagi o’zgarish egri in-da ko’rsatilgan.
Nodavriy tok ia- magnit maydonida zanjirdagi o’zgarishda yo’lga solib yuboriladigan q.. zanjiri EYuKning o’zini induktsiyasi hisobiga kelib chiqadi. Magnit maydonining inertsiyalanishi tufayli, ia0 nodavriy tok boshlang’ich ahamiyati shundaki, vaqt momentida t=0 zanjirdagi tok o’zgarmaydi va yuklama toki lahzalik ahamiyati teng in0- bo’lib qoladi, zanjirda nodavriy tokning so’nish vaqti 1kV kuchlanishdan yuqori, aktiv qarshilik faoliyati uncha katta bo’lmaydi, u 0,15-0,3 s.ni tashkil qiladi. Past kuchlanishli qurilmalarida nodavriy tashkiliy etuvchi deyarli sezilmasdir. SHuni alohida qayd qilish kerakki, fazalarda nodavriy tashkil etuvchi tok turlichadir. SHu sababli uch fazali q.t. aniqlash xuddi davriy tashkil etuvchi faza toklariga muvofiq ravishda simmetrik haqqoniydir.
Stantsiyadan cheklangan quvvatda quvvat olayotgan zanjirdagi q.t.da qachon q.t. nuqtasi olib tashlanmagan bo’lsa, davriy tok in muayyangacha uncha katta bo’lmagan ahamiyatidan amplitudalar vaqt bo’yicha so’nayotgan egri garmonik bo’yicha o’zgaradi., ya’ni bu holatda.
in tok amplitudasining kamayishi yakor reaktsiyasi ta’sirida doimiy magnitsizlantirish oqibatida generatorning e.yu.kuchi qisqa tutashuv jarayonida kamayishi hisobiga chaqiriladi. Beqaror rejimda q.t.da q.t.ning ikkinchisi tashkil etuvchi tok xuddi tizimdagi kabi ia nodavriy tok hisoblanadi va u zanjirda o’zgarmas tok vaqt qancha kam bo’lsa u shunchalik tez so’nadi Ta q.t. o’tish jarayonining davomiyligi davriy tok o’zgarishi uzunligi bilan aniqlanadi.
Elektr stantsiyalardagi zamonaviy generatorlar qo’zg’atishni avtomatik rostlash (QAR –ARV) ga ega. ARVning mavjudligi q.t. toki o’zgarishi tavsifida aks etadi. Generatorlarda kuchlanishni kamayishi oqibatida stantsiyada avtomatik rostlovchi taxminan q.t. boshlanishidan 0.2 s.dan keyin harakatga kirishadi, qo’zg’atish tokini oshishiga chaqiradi.

Davriy tok amplitudasi natijasida demak q.t.toki muayyan miqdori oshadi. Bu holatda o’tish jarayoni davomiyligi generatorning cho’zg’atish cho’lg’ami induktivligi bilan aniqlanadi va ARV qurilmasi tavsifi 3.5 s.ni tashkil qiladi.


Generator (stantsiya) qisqichlarida q.t. olib tashlanganida tarmoqlarda kuchlanish deyarli o’zgarmaydi. ARV ta’sirga kirimaydi. Davriy tok qisqa tutashuv momentidan boshlab o’zgarishsiz qoladi. Eksponentsional egri tenglama bilan aniqlanadigan nodavriy tokda q.t. uzgaradi.
- davriy tokning so’nishining doimiy vaqti zanjirning aktiv qarshilikdagi q.t va induktivlikka bog’liq bo’ladi.

Download 374 Kb.
  1   2   3




Download 374 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr ta’minoti tizimida qisqa tutashuv turlari va sabablari

Download 374 Kb.