• Ionli reaksiyalar. Eruvchanlik ko‘paytmaasi. Tayanch iboralar
  • Elektrolitlarning eritmalari. 1.
  • kationlar
  • Elektrolitlarning eritmalari. Elektrolitik dissocilanish nazariyasi. Boskichli dissocilanish




    Download 72.84 Kb.
    bet1/8
    Sana25.03.2017
    Hajmi72.84 Kb.
    #2197
      1   2   3   4   5   6   7   8

    Elektrolitlar.

    REJA:

    1. Elektrolitlarning eritmalari.

    2. Elektrolitik dissocilanish nazariyasi.

    3. Boskichli dissocilanish.

    4. Kuchsiz elektrolitning dissosilanish konstantasi

    5. Kuchli elektrolitlarning eritmadagi holati.

    6. Ionli reaksiyalar.

    7. Eruvchanlik ko‘paytmaasi.

    Tayanch iboralar: Kation, anion, Vant-Goff, Raul qonunlari, tuzatma koeffitsient, osmotik bosim, gidratlar nazariyasi, bosqichli dissotsilanish, kuchli va kuchsiz elektrolitlar, ionli reaksiyalar, erituvchining ko‘paytmasi.

      1. Elektrolitlarning eritmalari.

    1. Eritmalari yoki suyuqlanmalari elektr tokini o‘tkazadigan moddalari elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga hamma kislota, asos va tuzlar misol bo‘la oladi. Bu moddalar eritmalarda yoki suyuqlanmalarda ionlarga parchalanadi. Masalan:

    KOH↔K++OH-

    KCl↔ K++Cl-

    Musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlangan ionlar esa anionlar .

    Elektrolit molekulalari ionlarga parchalangani uchun eritmada zarrachalar soni ortadi. Shuning uchun suyultirilgan noelektrolit erit-malar uchun aniqlangan Vant-Goff va Raul qonunlarining matematik ifodasini elektrolitlarga kullashda tuzatma koeffitsent (bu koeffitsent Vant-Goffning izotonik koeffitsienti deb ataladi) ni (i) kiritish kerak. U vaqtda Vant-Goffning qonunining tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: P=CRTi. Raul qonunining tenglamasi Δt=KCi shaklida yoziladi. Izotonik koeffitsent tajribada topilgan osmotik bosim, elektrolit eritmasining bug‘ bosimini hamda eritmaning muzlash temperaturasining kutarilishini xuddi shu parametrlarini nazariy xisoblab topilgan qiymatlaridan necha marta kattaligini ko‘rsatadi, ya’ni :

    P' ∆P' ∆t'qaynash ∆t'MUZ

    I = —— = —— = ———— = ————

    P ∆P ∆tqaynash ∆tMUZ

    Bu yerda : P', ∆P', ∆t'qaynash, ∆t'MUZ-tajribada topilgan, P, ∆P, ∆tqaynash, ∆tMUZ- nazariy hisoblab topilgan qiymatlar.

    Shunday qilib, noelektrolit eritmalar uchun izotonik koef-ficient birga teng, elektrolit eritmalar uchun hamma vaqt birdan katta.





    Download 72.84 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 72.84 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektrolitlarning eritmalari. Elektrolitik dissocilanish nazariyasi. Boskichli dissocilanish

    Download 72.84 Kb.