Elektron o’quv qo’llanmalarga qo’yilgan talablar asosida o’qitishni tashkil etish shukurova Zilola Shuhrat qizi




Download 21.35 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2023
Hajmi21.35 Kb.
#55682
  1   2
Bog'liq
Shukurova Z
Zamonaviy O‘zbekiston rangtasvir san’atining avangart yo‘nalishi, Miron va Poliklet. Haykaltaroshlikdagi komil inson obrazi, Касб таълими практикуми (Либос дизайни) тайёр, 1 курс Ўқув амалиёти Дастури охирги, 1.Matritsalar, Мустакил Таълим Узбекча Multimediya tizimlari 2 kurs, ECTS-ImplementationRecommendation, Dissertasiya Rahimov A, autoref realizatsiya didakticheskikh funktsii pedagogicheskikh izmerenii, Pinnacle Studio dasturiy ta, 1.Ariza, 1 variant, 1350-Artikkelin teksti-3549-1-10-20090204, asosiy ishlab chiqarish, Grafik ma’lumotlarni kiritish manipulyatorlari va ishlash tamoyillari. RT-DT

ELEKTRON O’QUV QO’LLANMALARGA QO’YILGAN TALABLAR ASOSIDA O’QITISHNI TASHKIL ETISH


Shukurova Zilola Shuhrat qizi-Nizami TDPU,
Faculty of Vocational Education, 4th year student of
Computer Graphics and Design
Abstract: Mazkur maqolada elektron o‘quv resursi – o‘quv fan (modul)lari bo‘yicha tizimlilik elektron o‘quv resursining tarkibiy asosini belgilovchi tarkibiy elementlar mohiyati, elektron o‘quv resursini yaratishga qo‘yiladigan pedagogik talablar, elektron o‘quv resursini yaratishga qo‘yiladigan o‘quv-uslubiy talablar haqida so’z boradi.
Keywords: Multmediya, ijodkorlik, axborot, texnologiya, videofilmlar, elektron taqdimotlar, metodika, resurs.
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari keng ko‘lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta’lim jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini kiritish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog‘idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi.
Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo‘lishi va keng tarqalishi axborot texnologiyalarni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi. Axborot texnologiyalarining shaxsiyat rivoji, kasbiy o‘zbelgilash va "oyoqqa turish"dagi ahamiyati yaqqol sezilib turibdi.
Axborot texnologiyalarni qo‘llashda shaxsning barcha qobiliyatlarini – qiziquvchanlik, odob-ahloq, ijodkorlik, muloqot va estetik qobiliyatlarni ro‘yobga chiqarishga harakat qilish kerak. Bu qobiliyatlar keraklicha yuqori darajada ro’yobga chiqishi uchun pedagogning axborot texnoloiyalari sohasidagi bilimdonligi zarur. Pedagoglarda bu bilimdonlikni rivojlantirishni oliy o’quv yurtlaridagi o‘qish davomida boshlash kerak. Axborot texnologiyalari sohasidagi bilimdonlikni quyidagilar bilan ifodalasa bo’ladi: zamonaviy axborot muhitida tajribani baholash va faoliyatda qo‘llash qobiliyati shaxsiy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishga harakat qilish umumiy kommunikativ madaniyatning, axborot almashishni tashkillashtirishda tajriba va nazariy bilimlarning mavjudligi : axborotni olish, tanlash, saqlash, qayta ishlash, o‘zgartirish, taqdim etish, uzatish va qo‘llash madaniyatini o‘zlashtirish.
Elektron o‘quv resursi – o‘quv fan (modul)lari bo‘yicha tizimlilik, izchillik, o‘zaro muvofiqlik va yaxlitlik asosida shakllantirilib, o‘quv materiallarini to‘liq yoki qisman qamrab olgan holda kompyuter texnologiyasi yoki Internet axborot tarmog‘ida (alohida) joylashtirilgan elektron nashrlar majmuidir .
Quyida elektron o‘quv resursining tarkibiy asosini belgilovchi tarkibiy elementlar mohiyati xususida so‘z yuritiladi.

  1. O‘quv modulining ishchi o‘quv dasturi – Davlat talablari asosida tegishli ta’lim yo‘nalishi yoki mutaxassislik bo‘yicha tinglovchilarni faoliyat yo‘nalishida kompetentlik darajasini oshirish xususiyatlarini inobatga olgan holda o‘quv materialini o‘zlashtirishga xizmat qiladigan dastur.

  2. O‘quv modulini o‘rganishga oid metodik ko‘rsatmalar – tinglovchilarga tegishli o‘quv modulini samarali o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish imkoniyatini beradigan tavsiya va ko‘rsatmalar yig‘idisi.

  3. O‘quv va o‘quv-metodik materiallar – o‘quv moduli bo‘yicha nazariy hamda amaliy bilimlarni samarali o‘zlashtirish imkoniyatini yaratadigan materiallar. Bu turdagi materiallar sirasiga quyidagilar kiradi: ma’ruzalar matni, elektron taqdimotlar, elektron o’quv resurslar, elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron o‘quv-metodik (yoki) metodik) qo‘llanmalar, mashq (yoki masala)lar to‘plami, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning rejalari, laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishga oid ko‘rsatmalar.

  4. Lug‘aviy ma’lumotlarni beruvchi manbalar – ensiklopediyalar, ma’lumotnomalar, lug‘atlar, davlat qonunchiligi hujjatlari, normativ-metodik hamda normativ-texnik hujjatlar, DAVLAT TALABLARI, Nizomlar, kompyuter dasturlari uchun Help, foydalanuvchilar uchun EATRdan foydalanishga doir yo‘riqnomalar va b.

  5. O‘quv ko‘rsatmali materiallar – elektron albomlar, elektron atlaslar, plakatlar to‘plami, videofilmlar, elektron taqdimotlarning slaydlari, tasviriy materiallarni yorituvchi web-hujjatlar, ovozli fayllar jamlanmasi va h.k.

  6. Atamalar lug‘ati yoki glossariy – o‘quv moduliga oid maxsus atamalar, tayanch tushunchalarning izohlarini qamrab olgan o‘quv manbalari.

  7. Joriy, oraliq va yakuniy nazorat – o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mavzular yoki yaxlit o‘quv moduli bo‘yicha nazorat savollari, yozma ishlar yoki test topshiriqlarining to‘plami, tinglovchilarning bilimlarni tekshirish imkonini beradigan elektron testni tashkil etishga oid kompyuter dasturlari.

  8. Pedagogik amaliyot hujjatlari – pedagogik amaliyotning umumiy mohiyatini yorituvchi o‘quv va metodik manbalar, pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazish jadvali, pedagogik amaliyotning yo‘naltiruvchi va yakuniy konferensiyalari tashkil etiladigan muddat, tinglovchilar uchun pedagogik amaliyotni tashkil etishga doir mateodik ko‘rsatmalar, pedagogik amaliyot jarayonida tinglovchilar tomonidan yuritiladigan hujjatlar, ularni rasmiylashtirish tartibi va qoidalari, tinglovchilarning pedagogik amaliyotni tashkil etish bo‘yicha faoliyatlarini nazorat qilish va baholash mezonlari, ko‘rsatkichlari.

  9. O‘quv-bibliografik materiallar – o‘quv-bibliografik xarakterdagi ma’lumotnomalar, o‘quv moduli asoslarini samarali o‘zlashtirishga imkon beradigan ilmiy, o‘quv va metodik adabiyotlar ro‘yxati, davlat qonunchiligi asoslari va normativhuquqiy hujjatlar, shuningdek, kompyuter dasturiy vositalarining ro‘yxati.


Download 21.35 Kb.
  1   2




Download 21.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron o’quv qo’llanmalarga qo’yilgan talablar asosida o’qitishni tashkil etish shukurova Zilola Shuhrat qizi

Download 21.35 Kb.