• X.Sh., “Elektronika va Avtomatika” fakulteti tyutorlari Qo‘ziyev Z.J. va Buriyev U. va talabalari. So‘zga chiqdilar
  • Elektronika va avtomatika fakulteti dekan o’rinbosari X.Sh.Jabborov Elektronika va avtomatika fakulteti tyutori S.H.Raxmatov
  • Elektronika va Avtomatika” fakulteti “siz o‘zbekistonning boltiqbo‘yi davlatlari bilan do‘stlik aloqalarini bilasizmi?




    Download 3.28 Mb.
    Sana26.11.2022
    Hajmi3.28 Mb.
    #31921
    Bog'liq
    20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma
    Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, MIBICHT

    Elektronika va Avtomatika” fakulteti
    SIZ O‘ZBEKISTONNING BOLTIQBO‘YI DAVLATLARI BILAN DO‘STLIK ALOQALARINI BILASIZMI?mavzusida viktorina
    BAYONNOMASI
    Toshkent sh. 20.12.2021
    Ishtirok etdilar: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Rektori Turabdjanov S.M. O’quv ishlari bo’yicha prorektor Zaripov O.O., Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Atamuratov M.U., Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Valeriy N.T., Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi – Reynis Troksha, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi maslahatchisi – Zafar Аxmedov,  “O‘zbekiston-АQSh” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari, professor – Gulchexra N.А., Toshkent davlat texnika universiteti, Texnika fanlari doktori, professor – Kamolxon Karimov, Toshkent davlat transport universiteti kasaba uyushmasi raisi “O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyati direktori – Ilyos Xolboev va O‘zbekiston Milliy universiteti, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulchexra Begmatovalar ishtirok etishdi. Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o’rinbosari Jabborov X.Sh., “Elektronika va Avtomatika” fakulteti tyutorlari Qo‘ziyev Z.J. va Buriyev U. va talabalari.
    So‘zga chiqdilar: Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Rektori Turabdjanov S.M. O’quv ishlari bo’yicha prorektor Zaripov O.O., Yoshlar masalalari va ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor Atamuratov M.U., Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari – Valeriy N.T., Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi – Reynis Troksha.

    O‘tgan davr mobaynida “O‘zbekiston-Latviya”, “O‘zbekiston-Litva” do‘stlik jamiyatlari bilan hamkorlikda ijtimoiy-siyosiy, madaniy sohalarda turli tadbirlar o‘tkazildi. Shu o‘rinda aytish o‘rinliki, Boltiqbo‘yi mamlakatlari bilan do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishda yuqorida keltirib o‘tilgan do‘stlik jamiyatlarining ham munosib o‘rni bor. Davlatlar 1998-yildan buyon o‘z faoliyatini xalq diplomatiyasi asosida yuritib kelmoqda. Jamiyatlarning faoliyati, avvalambor, chet elda zamonaviy O‘zbekiston haqida xolisona tasavvurni, uning moddiy va maʼnaviy salohiyatini, tarixiy, madaniy va maʼnaviy-axloqiy merosini namoyish etish, O‘zbekistonning dunyodagi madaniy nufuzini saqlab qolish va kengaytirishga qaratilgan. Jamiyatlar bu ishni chet ellardagi vakolatxonalar, shuningdek respublikamizdagi dunyo xalqlarining madaniy markazlarining faol va maqsadli faoliyatini tashkil etish orqali amalga oshiradi. “O‘zbekiston-Latviya” do‘stlik jamiyati va Latviyada istiqomat qilayotgan vatandoshlar o‘rtasida ham aloqalar tahsinga loyiq. Boltiqbo‘yidagi vatandoshlarning “So‘g‘diyona”, “Litvadagi O‘zbek madaniy markazi” kabi nodavlat tashkilotlari hozirgi kunda jadal faoliyat olib bormoqda. Ular bilan hamkorlikda shu kunga qadar 100 dan ortiq turli konferensiyalar, davra suhbatlari, do‘stlik va madaniyat kechalari o‘tkazilib kelinmoqda.


    Joriy yilning 20-dekabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Siz O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi (Latviya, Litva, Estoniya) davlatlari bilan do‘stlik aloqalarini bilasizmi?” mavzusidagi viktorina ham yuqoridagi amaliy ishlarning davomidir. Bundan ko‘zlangan maqsad, O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi mamlakatlari o‘rtasidagi ko‘p qirrali do‘stlik aloqolarini yanada mustahkamlash, mamlakatlar o‘rtasidagi tashqi siyosat borasida yoshlarni to‘g‘ri bilim va tafakkurni boyitishdan iborat.

    Tadbirni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori, professor S.M.Turabdjanov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda shuningdek, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo ‘mitasi raisi o‘rinbosari – Valeriy Nikolaevich Tyan, Latviya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi – Reynis Troksha, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi maslahatchisi – Zafar Аxmedov, “O‘zbekiston-АQSh” do‘stlik jamiyati raisi o‘rinbosari, professor – Gulchexra Nazarovna Аxunova, Toshkent davlat texnika universiteti, Texnika fanlari doktori, professor – Kamolxon Karimov, Toshkent davlat transport universiteti kasaba uyushmasi raisi “O‘zbekiston-Eron” do‘stlik jamiyati direktori – Ilyos Xolboev va O‘zbekiston Milliy universiteti, Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulchexra.

    Shu o‘rinda maʼlumot, ushbu viktorina, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, “O‘zbekiston-Latviya”, “O‘zbekiston-Litva” do‘stlik jamiyatlari, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan tashkil etildi.



    Mazkur tadbirda yuqoridagi oliy taʼlim muassasalarrining 50 ga yaqin talaba yoshlari ishtirok etdi. Tanlovda Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Toshkent davlat transport universitetlarining 6 kishidan iborat jamoalari (har bir universitetda bitta jamoa) o‘zaro 3 ta shart bo‘yicha bellashdilar. Unda jamoalar O‘zbekiston va Boltiqbo‘yi mamlakatlar Latviya, Litva va Estoniya bilan aloqalarga oid taqdimotlar, Boltiqbo‘yi davlatlarning anʼanalari, urf odatlariga asoslangan holda talabalar tomonidan badiiy chiqishlar qilishdi. So‘ngra, hakamlar hay’ati tomonidan tuzilgan savollarga javob berishdi.

    Elektronika va avtomatika fakulteti
    dekan o’rinbosari X.Sh.Jabborov
    Elektronika va avtomatika fakulteti
    tyutori S.H.Raxmatov
    Download 3.28 Mb.




    Download 3.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronika va Avtomatika” fakulteti “siz o‘zbekistonning boltiqbo‘yi davlatlari bilan do‘stlik aloqalarini bilasizmi?

    Download 3.28 Mb.