Emotsional zo’riqishlarini korreksiyalashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari




Download 229.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana14.12.2022
Hajmi229.26 Kb.
#34642
  1   2
Bog'liq
3057-Article Text-6189-1-10-20220427
KТ-БМИ-MD Бажарилиши


Emotsional zo’riqishlarini korreksiyalashning ijtimoiy-
psixologik xususiyatlari 
Dilafruz Tuymuratovna Ismatova 
Buxoro davlat universiteti 
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada emotsional zo’riqish hamda emotsional 
zo’riqishlarni korreksiyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari haqida so’z boradi 
Kalit so’zlar: Gipodinamiya, irsiy moyillik, giyohvandlik, emotsional 
zo‘riqishlar, texnogen, 
Stress 
 
Socio-psychological characteristics of correction of emotional 
tension 
Dilafruz Tuymuratovna Ismatova 
Bukhara State University 
 
Abstract: in this article we will talk about the socio-psychological features of 
Correction of emotional tension as well as emotional tension 
Keywords: Hypodynamia, hereditary predisposition, drug addiction, emotional 
stress, technoogen, stress 
Hozirgi zamonda “salomatlik” tushunchasi Butunjahon sog‘likni saqlash 
tashkilotining tushunchasiga asosan, “organizmning to‘liq jismoniy, ruhiy, jismoniy 
salomatligi bo‘lib, nafaqat kasalliklarning bo‘lmasligi, balki jismoniy nuqsonlarning 
ham bo‘lmasligidir”. Kasallik- inson hayot faoliyatining buzilishi bilan 
harakterlanadigan holat bo‘lib, organizmning vaqtincha yoki doimiy ish faoliyatining 
pasayishiga olib keladi. Albatta kasallikning kelib chiqishida organizm holati, yoshi, 
yo‘ldosh 
kasalliklarning 
bor-yo‘qligi, 
organizmga 
kasallik 
chaqiruvchi 
mikroorganizmlarning qancha miqdorda tushishi, irsiy moyillikning bo‘lishi, 
organizmning reaktivligi muhim ahamiyatga ega. Albatta uzoq-umr ko‘rishning bir 
qancha shartlari bor, agarda odamzot shu shartlarga rioya qilsa, o‘z oldiga qo‘ygan oliy 
maqsad-uzoq umr ko‘rishga zamin yaratadi. Ular quyidagilardan iborat: Noto‘g‘ri 
ovqatlanish. Salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi omillardan biri noto‘g‘ri, 
muvofiqlashmagan va tartibsiz ovqatlanish hisoblanib, organizm normal faoliyatining 
buzilishiga va turli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi Gipodinamiya- 
(yunoncha-gipo-kam, past va dinamic-kuch) mushaklarining yetarli ishlamasligi
qisqarish kuchining kamayib ketishi bo‘lib, odatda, doimo o‘tirib ishlash, piyoda 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
850


yurishni yig‘ishtirib, transportda ketish, kamharakatlik, umuman, mushaklarga 
tushadigan og‘irlikning kamayib qolishi tufayli kelib chiqadigan gipokineziya, ya’ni 
odam harakat faolligining kamayib ketishi bilan birga davom etadi. 
Harakat va salomatlik. Sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va kasalliklarning 
oldini olishning asosiy yo‘li to‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy faollikdir. Harakat 
natijasida odamning turli a’zo va tizilmalarining faoliyati me’yorlashadi, buzilgan 
faoliyatlari esa tiklanadi, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lgan faolligi oshadi. Zararli 
odatlar: alkogolizm - ashaddiy ichkilikbozlik, ayrim kishilarning o‘z salomatligi va 
mehnat qobiliyatiga shuningdek, jamiyat farovonligiga zarar yetkazadigan darajada, 
muntazam ravishda me’yoridan ortiqcha spirtli ichimliklar ichishi hisoblanadi. Tamaki 
chekish - kishi sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazadigan eng zararli odatlardan biridir. 
Nikotin markaziy va periferik nerv sistemasiga vaqtincha qo‘zg‘atuvchi ta’sir 
ko‘rsatadi, arterial qon bosimini oshiradi, mayda tomirlarni toraytiradi; nafasni 
tezlashtiradi, ovqat hazm qilish sistemasining shirasini ko‘paytiradi. Nikotin bilan 
birga tamaki tutunidagi yonish mahsulotlari ham organizmni zaharlaydi. Shuning 
uchun chekmaydigan kishilarning chekilgan xonada bo‘lishi ham zararlidir. Tarkibida 
yonish mahsuloti bo‘lgan tutun nafasga olinganda arterial qondagi kislorodni 
kamaytirib yuboradi. U bronxlarning shilliq pardasiga ta’sir ko‘rsatib surunkali bronxit 
va o‘pka emfizemasiga sabab bo‘ladi. Narkomaniya-(yunoncha-narke - karaxtlik va 
mania - telbalik, jahl, shod-xurramlik), bangilik, giyohvandlik-narkotik va narkotik 
ta’sirga ega moddalarni suiste’mol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallikdir. Ushbu 
xastalik bilan og‘rigan kishining jismoniy va ruhiy holati xumorini bosadigan narkotik 
modda iste’mol qilishiga bog‘liq. Quyidagi ikki holatda narkotik moddalarga o‘rganib 
qolish mumkin: Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar - hozirgi davrda kishilar salomatligiga 
salbiy ta’sir etuvchi asosiy omillar hisoblanadi. Odam organizmining normal faoliyati, 
uning ruhiyati qay darajadaligiga bog‘liq. Ruhiyat va kayfiyatdagi har qanday 
o‘zgarishlar a’zo va sistemalarning faoliyatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Odamning 
ruhan ezilishi, ko‘ngliga og‘ir botadigan kechinmalar va hayotdagi turli salbiy voqealar 
zo‘riqishlarga olib keladi. Ruhiy-emotsional zo‘riqishlar natijasida odamlarda 
gipertoniya, stenokardiya va miokard infarkti, qolaversa, ruhiy kasalliklar, zararli 
odatlarga ruju qo‘yish kelib chiqadi. Ayollarda esa ruhiy-emotsional zo‘riqishlar 
ayniqsa, homiladorlik davrida, uning dastlabki 3-oyida o‘ta xavfli asoratlarga sabab 
bo‘lishi mumkin. Aholi turmushining yaxshilanishi, ijtimoiy sharoitning 
barqarorlashishi 
ruhiy-emotsional 
zo‘riqishlarning oldini olishning asosiy 
shartlaridandir. Turmush tarzi - bu insonning aniq jamiyatda, muhitda ifodalangan 
hayot, mehnat, dam olish va hokazolarini o‘z ichiga olgan tushunchadir. Uning tarkibiy 
qismlariga faqat ijtimoiy-siyosiy va ishlab chiqarish faoliyatigina emas, balki ishlab 
chiqarishdan tashqari vaqtdagi faolligi, ijtimoiy-madaniy faoliyati ham kiradi. Tibbiy 
faollik ham uning bir turidir. Turmushda odam turli xil salbiy taassurotlar, nojo‘ya 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
851


holatlar va sharoitlarga tushib qolishi mumkin. Bular esa, o‘z navbatida, salomatlik va 
turmish tarzini sog‘lomlashtirish haqida to‘la bilimga ega bo‘lishga majbur qiladi
aholining o‘z salomatligiga bo‘lgan munosabatlarini tarbiyalash va tibbiy bilimlarni 
targ‘ib qilishni taqozo etadi. Xulosa qilib aytganda, yuqorida sanab o‘tilgan 
salomatlikka qarshi omillar haqida tushunchaga ega bo‘lish, ularni bartaraf etish, har 
bir kishining bevosita o‘ziga bog‘liq. Buning uchun esa sog‘lom turmush, uning 
tarkibiy qismlari nimalardan iboratliligi haqida aholi orasida tushuntirish ishlari olib 
borish lozim. Albatta pedagogik tarbiyaning asosiy maqsadi-nafaqat yoshlarga tarbiya 
berish, balki ta’lim ham berishdan ham iboratdir. Turmush tarzining nosog‘lom 
bo‘lishi ishsizlik, kam ta’minlanganlik,etimlilik va boshqalar) yoshlar orasida 
kasalliklarning tez va keng tarqalishiga sabab bo‘ladi. Yoshlar orasida surunkali 
kasalliklar ko‘rsatkichlarining ko‘payishi ular orasida tibbiy yordam ko‘rsatishning 
keng tarmog‘li olib borish kerakligini ko‘rsatib turibdi: har bir talaba o‘z-o‘ziga 
yordam, birinchi tibbiy yordamni tashkil etish, ekstremal holatlarda, favqulodda 
vaziyatlarda yordam ko‘rsatishni bilishi kerak. Tabiiy, texnogen, ekologik tusdagi 
favqulodda vaziyatlar yoshlar, qolaversa aholi orasida turli darajadagi shikastlanish, 
jarohatlar, zaharlanish, yuqumli kasalliklarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi. Bu holatda 
har bir kishidan tezlik bilan o‘z-o‘ziga va o‘zaro yordam berish kerakligini talab etadi. 
Faqatgina aholining salomat va ma’lumotli bo‘lishigina mamlakatning rivojlanishiga 
va mudofaasiga salmog‘li hissa qo‘shadi. 
“Stress” inglizcha so‘z bo‘lib tanglik, zo‘riqish, bosim degan ma’nolarni 
anglatadi. Oddiy tilda tushkunlikka tushish, deyiladi. Bu ba’zida oz fursat, ba’zida 
uzoq vaqt kechishi mumkin. Ikkala holatda ham insonga zarar yetkazadi. Ya’ni, aqliy 
faoliyatning susayishi, yurak urishi tezlashishi, qon tomirlari kengayishi, ichki 
kasalliklar - oshqozonda yallig‘lanishlar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Stressning 
salbiy tomonlaridan yana biri miyani tormozlab, ma’nosiz fikrlaydigan darajaga 
tushirib qo‘yishi mumkin. Agar odam tez-tez tushkunlikni boshidan kechirsa, 
atrofdagilar bilan gaplasha olmaydigan holatga tushadi. Stress natijasida inson o‘ziga 
past baho bera boshlaydi. Oqibatda o‘zini yolg‘izdek, yaqinlariga keraksizdek his 
qiladi. Sekin-asta ruhiy tetiklik yo‘qola boshlaydi. 
Stressning ilk belgilari qanday namoyon bo‘ladi? 
Uning fiziologik va psixologik turlari mavjud. Bir narsadan qattiq qo‘rqib ketish, 
kutilmaganda avtohalokat yoki tabiiy ofatga uchrash, tanasidagi birorta kasallik 
oqibatini bilib qolish, to‘satdan yaqin kishisini yo‘qotish fiziologik stressni keltirib 
chiqaradi. Psixologik stress - insonning emotsional holati bilan bog‘liq. Bu ko‘proq 
qaynona-kelin, er-xotin yoki ona va bola o‘rtasidagi mojarolar tufayli kelib chiqadi. 
Uzoq vaqt birga bo‘lgan sevgilisidan ajralish yoki to‘satdan ishdan bo‘shatilish 
holatlari ham psixologik stressni keltirib chiqaradi. Har ikki holat insonni ham tashqi 
qiyofasiga, ham ichki dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi va albatta, asoratlari bo‘ladi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
852



Download 229.26 Kb.
  1   2




Download 229.26 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Emotsional zo’riqishlarini korreksiyalashning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari

Download 229.26 Kb.
Pdf ko'rish