Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri Reja: Texnika taraqqiyotida energetikaning o’rni




Download 186.5 Kb.
bet1/3
Sana06.12.2023
Hajmi186.5 Kb.
#112123
  1   2   3
Bog'liq
Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri Reja Texnika taraqqi (1)
Yarim Statik malumotlar, 1. Axborot tizimi, tizim komponentlari va maqsadi nimadan iborat, TATU SF akademik litseyi, Mavzu Tarixni o’rganishda virtual muzeylarning o’rni, [E ECE ]TRADE WP.6 2000 12-RU, tKe3jMBqU3OiPgeJZQP6ENtc5uFR2Dqt, Doc2, 1-3 Lab-ya, 2.docx Lab-ya, 15, ABDUSATTOR VHGFFYJY, English Time 2 Students Book www.frenglish.ru, Tarix, Islom karimov nomidagi toshkent davlat-www.hozir.org, Farg‘ona politexnika instituti “kompyuterlashtirilgan loyihalash

Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri


Reja:


1.Texnika taraqqiyotida energetikaning o’rni.
2.Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri.
3.Energiya tizimining boshqa tizimlar bilan bog’liqligi.
1. Texnika taraqqiyotida energetikaning o’rni
Insoniyat jamiyatini rivojlanish, uning sivilizatsiya va taraqqiyot yo’lidagi yutuqlari bevosita mehnat unumdorligining yuksalishi va odamlar hayotidagi moddiy boyliklarni yaxshilanishi bilan uzviy bog’liq. Ilmiy-texnika va ijtimoiy taraqqiyot iste’mol qilinayotgan energiyani o’sishi va yangilarini, yanada ham foydalilarini o’zlashtirish bilan kuzatiladi.
Zamonaviy mashinalar iste’mol qilayotgan energiya qiymati juda ham katta. Bu to’g’rida quyidagi taqqoslash o’rinlidir: dunyoni barcha aholisi kuniga 8 soatdan ishlab, bir yilda hozirgi paytda olinayotgan energiyani yuzdan bir ulushini ham ishlab chiqaraolmas edilar.
Koinotimizda energiya iste’moli jarayoni juda notekis.
Masalan, Norvegiyaning aholi jon boshiga elektr energiyasi iste’moli 1983 yilda 21350 kVt soatni, Burundida esa 11 kVt soatni tashkil etadi.
Texnikaning hozirgi zamondagi rivojlanishi energiyani ko’p miqdorda iste’moli bilan tavsiflanadi va shu sababli ilmiy-texnika inqilobi davri bo’lib, oldingi rivojlanishlardan sifat darajasi bilan farq qiladi. Sifat darajasi birinchi navbatda ishlab-chiqarish kuchlarining yirik inqilobiy siljishlarida keng miqiyosda yuqori samarador avtomatika bilan jihozlangan mehnat qurollarida namoyon bo’ladi.
Texnikaviy taraqqiyot va sivilizatsiyaning rivojlanishi qadimgi tarixiy davrlardan bevosita foydalanilgan energiya qiymati bilan bog’liq.
Agarda insoniyat rivojlanishining birinchi bosqichlarida o’z mushaklarining va hayvon mushaklarining energiyasiga ega bo’lgan bo’lsa, keyinchalik ishni katta qismini mashinalar yordamida bajariladigan bo’ldi.
T abiat sirlariga kira borib, odamlar ularni o’z ehtiyojlari uchun ishlatishga harakat qilganlar.
Energiyaning ko’p ishlatilishi insoniyatni atrof-muhit to’g’risidagi bilimlarini ortib borishi bilan ham bog’liq.
Energiyaga ehtiyoj uzluksiz orta borgan. Energiya manbalarini va energiyani bir turdan ikkinchi turga aylantirish yangi usullarini izlashga ehtiyoj sezilgan.
Bugungi kunga kelib quyosh energiyasi, organik yoqilg’i energiyasi, kimyo energiyasi, daryo, dengiz va okeanlardagi suvni energiyasi, shamol energiyasi va yadro energiyasidan foydalanilmoqda.
Kelajakda engil elementlar sintezidan hosil bo’ladigan termoyadro energiyasidan foydalanish muammosi ustidan ishlar olib borilmoqda. Bu muammo hal etilsa, energiya zahiralarning tugab borayotganligiga qaramasdan insoniyat energiyaga bo’lgan kelajakdagi ehtiyoji to’la qondirilishi mumkin.

Download 186.5 Kb.
  1   2   3




Download 186.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Energetikani texnika taraqqiyotiga ta’siri Reja: Texnika taraqqiyotida energetikaning o’rni

Download 186.5 Kb.