• YO’L O’TGAN XUDUDNING TABIIY IQLIM SHAROITI Jizzax
  • Fakulteti




    Download 1.1 Mb.
    bet2/40
    Sana24.03.2017
    Hajmi1.1 Mb.
    #1649
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
    Bajardi: 406-09 gr Raxmatov R.M

    Raxbar: katta o’qt. Maxmudova D.

    Maslaxatchi: katta o‘q. Qosimxodjaev B. Q.

    Tekshiruvchi: dots. O’roqov A.X

    Toshkent - 2013



    "Jizzax viloyatidan o’tadigan Ib- texnik toifali M-39 "Almata-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo’lining 1297-1301 km bo’lagini mukammal ta'mirlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va uni tashkil etish"

    Mundarija:

    1. Kirish

    2. Yo’l o’tgan xududning tabiy iqlim sharoiti.

    3. Yo’lning asosiy ko’rsatkichlari

    4. Qurilish muddatini asoslash va ish ko’lamini aniqlash.

    5 Avtomobil yo’llarini kapital ta'mirlashda bajariladigan texnonogik jarayonlar.

    6 Ish xajmi va asosiy qurilish materiallariga bo’lgan talabni aniqlash.

    7. Mashina mexanizmlar tanlash va ularning ish unumdorligini aniqlash.

    9. Bosh mexanizm tanlash va uning ish unumdorligiga asosan ish ko’lami uzunligini aniqlash.

    10. Ish ko’lami uzunligi uchun ish xajmi va asosiy qurilish materiallariga bo’lgan talabni aniqlash.

    11. Mashina mexanizmlarga bo’lgan talabani aniqlshash.

    12. M-39 "Almata-Bishkek-Toshkent- Shahrisabz -Termiz" avtomobil yo’lining 1297-1301 km bo’lagini mukammal ta'mirlash texnologik xaritasini tuzish

    13. M-39 "Almata-Bishkek-Toshkent- Shahrisabz -Termiz" avtomobil yo’lining1297-1301 km bo’lagini mukammal ta'mirlash chiziqli kalendar grafigi.

    14. Ish sifatini tekshirish

    15. Mexnat va atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari.

    16. Xulosa

    Kirish

    Bugungi kunda Respublikamiz avtomobil yo’llar tarmog’i jami 184 ming km uzunlikda bo’lib, undan 42654 kilometri – umumiy foydalanishdagi yo’llardir. Bundagi 2755 km dan iborat avtomobil yo’llari O’zbek milliy avtomagistrali, deya alohida alohida tasnifga kiritilgan. Demak, o’z-o’zidan kurinib turibdiki, umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llarining O’zbek milliy avtomgistrali tarkibiga kiruvchi qismlardagi qurish va rekanstruksiya qilish ishlari yuqorida ko’rsatib o’tilgan dasturlar asosida davom etmoqda.

    Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, istiqlolning turli davrlarida Respublika Prezidenti va hukumati tomonidan mamlakatdagi avtomobil yo’llari qurilishi masalasiga alohida e’tibor berib kelingan va soha istiqboli yo’lida muntazam ravishda qarorlar qabul qilingan. Investitsiya dasturiga muvofiq 2015 yilga qadar O’zbek Milliy avtomagistrali tarkibidagi 1487 km avtomobil yo’llari qurilishi va rekanstruksiya qilinishi hamda to’rt tasmali yo’lga aylantirilishi, umumiy fodalanuvdagi avtomobil yo’llarini saqlash va joriy tamirlash ishlari uchun 444 dona mashina – mexanizm texnikalari va uskunalar xarid qilinishi, 24 ta yo’l qurilish va ta’mirlash korxonalarining ishlab chiqarish va sanoat bazalarini modernizatsiya qilish nazarda tutilgan. Bundan tashqari O’zbek milliy avtomgistrali bo’ylab yo’l infratuzilmasi va servis xizmatlarini rivojlantirish tadbirlari ham ko’zda tutilgan. Jumladan, 19 joyda kemping, 18 joyda motel, 36 joyda AYOQSH, 49 joyda avtomobillarni gaz bilan to’ldiruvchi kompressorli stansiyalar, 78 joyda tez-tibbiy yordam xizmati punktlari, 31 joyda sanitar-gigeynik sharoitlardagi avtomobil to’xtash maydonchlari, 9 joyda esa barcha shart-sharoitlarga ega bo’lgan sayyohlik obektlari, jami 240 ta yangi qurilishlar amalga oshiriladi. Bularning barchasi mamlakat iqtisodiy salohiyati, yurt farovonligi xududlari obodligiga hissa qo’shish barobarida yuzlab yoshlarimizni yangi, muhim ish o’rinlari bilan taminlashga xizmat qiladi. Umumiy foydalanuvdagi avtomobil yo’llarining qolgan qismlarida joriy ta’mirlash va saqlash, ya’ni avtomobil yo’llarining soz holatda bo’lishini, ulardan transport vositalari muttasil va xavfsiz o’tishini ta’minlash kabi ishlar ham davom ettiriladi. Jumladan 2013 yildan 2400 km yo’lni joriy ta’mirlash kuzda tutilmoqda.

    Mamlakat Prezidentining 2012 yil 21 noyabrda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining 2013 yildagi Investitsiya dasturi to’g’risida”gi Qarorida jumladan, joriy yilda Respublikada quriladigan va qayta ta’mirlanadigan avtomobil yo’llarining ro’yxati hamda ularga ajratiladigan mablag’larning miqdori belgilab berildi. Mazkur dastur hamda 2010 yil 21 dekabrdagi “2011-2015 yillarda infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishini rivojlantirishni jadallashtirish to’g’risida”gi Prezident Qarori ijrosi yuzasidan joriy yilda Respublakamiz xududidagi 526 km avtomobil yo’llarini yangidan qurish va rekanstruksiya qilish ko’zda tutilmoqda. Joriy yilda mamlakatimizda umumiy hisobda – yo’l va yo’l inshoaatlaridan iborat bo’lgan 184 ta ob’ekt kapital ta’mirlash dasturiga kiritilishi ko’rsatib o’tilgan. Ular orasida salmoqlilarini sanaydigan bo’lsak, Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida -170 km dan ortiq avtomobil yo’li hamda Amudaryo ustidan o’tuvchi ko’pri, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlari hududlarida – 115 km, mamlakatimiz markaziy mintaqalarini Farg’ona vodiysi bilan bog’laydigan Qamchiq dovonida – 71 km dan hamda boshqa ko’plab qurilishlardir. Men bitiruv oldi amaliyotida yurtimizda avtomobil yo’llarida bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim. O’zim qiziqqan savollarga javob oldim va Bitiruv ishimni bajarish uchun ma'lumotlar to’pladim. To’plagan ma'lumotlarim asosida men xozirgi kunda muxim xisoblangan "Jizzax viloyatidan o’tadigan Ib- texnik toifali M-39 "Almata-Bishkek-Toshkent- Shahrisabz-Termiz" avtomobil yo’lining 1297-1301 km bo’lagini mukammal ta'mirlash texnologik jarayonlarini ishlab chiqish va uni tashkil etish" mavzusida Bitiruv malakaviy ishimni bajarmoqchiman. Men bu ishismda o’zim M-39 " Almata-Bishkek-Toshkent-Shahrisabz -Termiz " avtomobil yo’lining 1297-1301 km bo’lagini mukammal ta'mirlash jarayonini amalga oshirishda ya'ni qurish jarayonida bajarildaigan ishlarni yoritib beraman. Ya'ni olingan uchastkani ta'mirlash uchun zarur bo’lgan materallarni aniqlayman, hamda mukammal ta'mirlash jarayonini amalga oshiradigan mashina mexanizmlarni tanlab ularni ish unumdorligiga asosan ularga bo’lgan talabni aniqlayman. Aniqlangan natijalar asosida chizma ishlarini bajaraman. Bular yo’l to’shamasini kapital ta'mirlash texnologik xaritasi, chiziqli kalendar gravik va boshqa chtzma ishlari. Buning uchun men institutda o’qish davrida olgan bilim va ko’nikmalarni ko’limdan kelgancha sarflaymay.



    YO’L O’TGAN XUDUDNING TABIIY IQLIM SHAROITI

    Jizzax- Jizzax viloyatidagi shahar. Viloyatning ma’muriy iqtisodiy va madaniy markazi. Sangzor daryosi bo’yida 460 m balandlikda joylashgan. Toshkent –Samarqand va Katta O’zbekiston trakti yoqasida. Maydoni 0.7 ming km2 . Aholasi 138 ming kishi. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning o’rtacha harorati 1.50, minimum harorat-350, iyulning o’rtacha harorati 28.50, maksimum harorat-460. Tekisliklarda bo’z tuproq, tog’ oldilarida (500-600 m balandlikkacha)-tipik bo’z tuproq, tog’larning quyi yon bag’irlarida (1200 m balandlikkacha) to’g’ bo’z tuproq, undan yuqorida chimli-qo’ng’ir, o’tloqli-dasht tuproqlar tarqalgan. Daryo terassalarining quyi qismida, shungdek yer osti suvlari yer yuzasiga yaqin joylarda, daryo vodiylarida alyuvial tuproqlar bor. Tekislik qismi xaydalib ekin ekiladi. Sirdaryo soxillarida tug’ayzorlar bor. Tog’larda 1200-1400 m balandlikkacha tog’ dashtlari, undan yuqorida archazorlar, 2o’m dan yuqorida subalqp va alp o’tloqlari uchraydi.



    Download 1.1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




    Download 1.1 Mb.