|
Fan tarixchilari Alan Tyuringni informatika faniga asos solgan olimlardan biri deb e'tirof etishadi
|
Sana | 05.03.2024 | Hajmi | 1.04 Mb. | | #167624 |
Bog'liq Ba\'zi javoblar JqmQsOSF2fTMw5DGLPxYt rdlFTefUfx, Axborot taqsimlash nazariyasi, 102-22(o\') YURSP-Fuqarolik huquq 1, 102-22(o\') YURSP-Inson huquqlari, 103-22(o\') YURSP-O‘zbek (rus) tilida ish yuritish, g3iW0QiSKsIbabo5HHj D4hhsdnnKZvS, algoritmlar va ularning murakkabligi
Fan tarixchilari Alan Tyuringni informatika faniga asos solgan olimlardan biri deb e'tirof etishadi. U 1936-yilda e'lon qilingan o‘zining "Yechim mavjudligini aniqlash masalalariga tadbiq qilinadigan hisoblab chiqariladigan sonlar haqida" deb nomlangan mashhur ilmiy maqolasida, yechish yo‘lini algoritm tarzida ifodalasa bo‘ladigan istalgan matematik masalani "Tyuring mashinalari" orqali yechish mumkinligini isbotlab bergan edi. Elektron hisoblash mashinalarining mantiqiy imkoniyatlari chegarasini tushunishda "Tyuring mashinalari" olimlarga yaqindan yordam beradi.
Alan Tyuring shuningdek "Tyuring testi" nomli sinov-tajriba amaliyoti muallifi hamdir. Ushbu test "sun'iy intellekt" masalalariga taalluqli bo‘lib, u "mashina fikrlay oladimi?" - qabilidagi savollarga javob izlashni ko‘zda tutadi. Tyuringning o‘zi, mashina oxir-oqibatda, bir kun kelib albatta testdan o‘tadi va natijada odam va mashina o‘rtasidagi dialog shu darajaga yetib keladiki, odamlar o‘shanda, mashina bilan gaplashayotganini farqlay olmay qolishadi deb ishongan. Ya'ni, mashina, o‘ziga yuklangan algoritmlar asosida, odam bilan muloqotni shunday darajada tabiiy olib bora olar emish...
1939-yilda Alan Tyuring nemislarning "Enigma" shifrlash mashinasi tomonidan generatsiyalanadigan xabarlar shifrini yechishga kirishgan. Uning chuqur matematik iste'dodi va mantiqiy fikrlash qobiliyati urush yillarida Britaniyaliklarga fashistlarning shifrlangan xabarlariga kalit topish va xabarlar mazmunini shifrdan yechish imkonini bergan. Natijada, Qirollik armiyasi qo‘mondonligi nemislarning har bir xatti-harakati haqida oldindan boxabar bo‘lib turgan. Bu esa Britaniyaga Shimoliy Atlantikada dengizdagi to‘liq hukmronlikni taqdim qilgan. Tyuringning "Enigma" shifrini yechishga qaratilgan elektromexanik mashinasining nomi "Bomba" bo‘lgan. "Bomba" - nemislarning har kuni o‘zgarib turadigan shifr kalit so‘zlarini aniq hisoblab chiqarib berib turgan.
|
| |