• Rossiyada
  • Sovet ittifoqi
  • Fanning asosiy mazmuni va masalalari




    Download 79.01 Kb.
    Sana26.03.2020
    Hajmi79.01 Kb.
    MA`RUZA № 1 FANNING ASOSIY MAZMUNI VA MASALALARI. Reja: Fanning muhandis-mashinasozlarni tayyorlashdagi o’rni va ahamiyati. Fanning tarixi va rivojlanish yo’llari. Mashinasozlik sohasidagi respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar natijalari, hududiy muammolar va ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlari. Mamlakatimiz iqtisodiyotida tub o’zgarishlar amalga oshirilishi, respublika iqtisodiyoti asosan xom ashyo yo’nalishidan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish yo’liga izchil o’tayotganligi, mamlakat eksport salohiyati kengayayotganligi ishlab chiqarishning har bir sohasi oldiga yangi vazifalarni qo’ydi.
    Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t.
    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.
    Jumladan, mashinasozlik sanoatini rivojlantirish, xalqimizni yuqori sifatli, mashinalar va buyumlar bilan ta’minlash mashinasozlik sanoati xodimlari oldida turgan muhim vazifalardandir. Albatta, bu vazifalarni bajarish uchun turli tuman mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmini oshirish, ularning sifatini yaxshilash, yangi yuksak samarali texnikaga ega bo’lgan robotlashtirilgan, avtomatlashtirilgan kichik va katta robot texnologik komplekslarni, komp’yuter bilan jihozriluvchi korxonalarni yaratish kerak bo’ladi. Hozirgi paytda Vatanimiz mashinasozlik korxonalari fan-texnikaning oxirgi yutuqlari asosida ishlab chiqarilgan jihozlar bilan to’ldirilmoqda. Mashina va uskunalarni xilma-xil moslamalar, mexanik qo’l, sanoat robotlari bilan jihozlash orqali texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish ishlari davom etmoqda. Mashinasozlik ishlab chiqarishning tayyorlov va yig’uv sexlari ishlarini mexanizatsiyalashtiradigan va avtomatlashtiradigan dastgoh, mexanizmlar, ko’tarish, tushirish va tashish qurilmalari kompleksi tatbiq etilmoqda. Ko’p mashinasozlik korxonalarda: Toshkent TTZ, Navoyi mashinasozlik zavodi (NMZ), UzDEU avtomobil zavodi, Samarqand mashinasozlik va sovutkichlar chiqarish korxonalarida yangi zamonaviy yuqori unimdor dastgoh va mexanizmlarni joriy qilish asosida, unumdor va ilg’or texnologik jarayonlar yaratilishi davom etmoqda.
    Samarqand - Samarqand viloyatidagi shahar. Viloyatning maʼmuriy, iqtisodiy va madaniy markazi (1938 yildan). 1925-30 yillarda Respublika poytaxti. Oʻzbekistonning jan.gʻarbida, Zarafshon vodiysining oʻrta qismida (Dargʻom va Siyob kanallari orasida) joylashgan.
    Darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining “Zamonaviy o’quv, uslubiy kompleks” yaratish talablariga mos ravishda barcha boblari va mavzularning maqsadi, vazifalari, ilmiy muammolari, xulosalari, kichik va katta guruhlar uchun ish topshiriqlari, test va bilimlarni mustahkamlash savollvri, mustaqil ish topshiriqlari va tayanch iboralar hisobga olingan holda yaratildi.
    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
    Fanning maqsadi: Talabalarda mashinasozlik buyumlarini (mahsulotlarni) ishlab chiqarishda ishlab chiqarish va texnologik jaryonlarning vazifalari, turlari, ishlov berish va yig’ish aniqligiga erishish, bazalash, qo’shimlarni aniqlash haqida nazariy bilimlarni, texnologik jarayonlarni tuzish, amallarni loyihalashda jihoz, asbob, uskunalardan foydalanish va sozlsh, texnologik parametrlarini aniqlash, buyum birikmalarini yig’ish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishdan iborat. Fanning ilmiy muammolari: Hozirgi kunda texnologik jarayonlarni kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishga oid quyidagi ishlar olib borilmoqda va tadqiqotlar o’tkazilmoqda: detal, qism, buyumlarni tayyorlash va yig’ish texnologik jarayonlarida sodir bo’luvchi qonuniyatlarni yanada chuqur o’rganib, ularni yangi progressiv texnologik jarayonlar yaratishda qo’llash; buyumlarni yaratishda ilg’or yuqori unumdorlikka ega bo’lgan, rentabelli texnologik jarayonlarini tuzish bo’yicha tadqiqotlar olib borish; yakka va mayda seriyali ishlab chiqarishlarga yangi universal va RDB dastgohlarni hamda guruhli texnologik jarayonlarni joriy etish; seriyali ishlab chiqarishga universal va RDBlar bilan bir qatorda ishlov beruvchi markazlar (IBM) va ko’p maqsadli dastgohlar (KMD), agregatli ko’pholatli dastgohlar va moslashuvchan tizimlarni hamda guruhli va modulli texnologik jarayonlarni joriy etish; yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarga maxsus yarimavtomat va avtomatik liniyalarni, robotlashtirilgan liniya va texnologik komplekslarni (RTK), MAL, MAU, MATS va MAIChlarni joriy etish. Darslikni yozishda rus va xorijiy tillarda nashr etilgan adabiyotlar hamda shu soha bo’yicha internet tizimidan olingan ma’lumotlar va materiallardan foydalanildi.
    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
    hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takomillashtirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo’lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi, nazariy bilimlarni chuqur egallagan hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi. Chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoitning boshlang’ich bosqichda o’zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bo’lishni orzu qilgan talabalar, yangi sharoitda o’z orzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jihatdan chuqur egallagan bo’lishlari kerak. Etukli, mustaqil o’z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga ega bo’lishlari kerak. Keng profilli mutaxassislarni nazariy va professional tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga asoslanib, fanning eng yangi yutuq va ilg’or tajribalarini yana ham to’laroq aks ettiruvchi o’quv reja va dasturlarni doimo takomillashtirib borish kerak. Bakalavr – mexanikni texnologik jixatdan tayyorlashda fundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texnologiya’ning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli bo’limlariga bog’lab bayon etiladi. Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi birinchi va ikkinchi kurslarda o’rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlar uchinchi va to’rtinchi kurslarda o’rganiladi. Mashinasozlik texnologiyasining ob’ekti texnologik jarayon hisoblanadi, predmeti bo’lib esa-texnologik jarayonning qonuniyatlarini tashqi va ichki bog’lanishlarini o’rnatish va tadqiqodlash hisoblanadi. Texnologiyaning rivojlanish tarixiga kelsak, bu juda ham qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson paydo bo’libdiki u o’z extiyojini qoniqtirishga harakat qiladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib, uning shakli, o’lchamlari va sifatini o’zgartirib, o’z extiyoji va talabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon tinimsiz takrorlanib turli tuman insonni talabiga javob beruvchi buyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlari cheksizdir. U, doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratgan buyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydo bo’lishi bilan texnologiya degan atama paydo bo’lgan desak xech ham adashmagan bo’lamiz. Bundan ming yil oldin dunyoga mashxur bobolprimizdan A.R. Beruniy ilmiy izlanishlarida bunyod etilgan uskunalar, mashxur tabib Ibn Sinoning tibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo’g’ullar ixtilosini daf qilishda urishlar taktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temur Ko’ragoniy qural aslahalari, ularning koinot ilmida tengi yo’q va koinotni o’rganish uchun Abservatoriya qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgan nabiralari Mirzo ulug’bek va jihoz ko’p allomalarimizning ilmiy kashfiyotlari texnologiyaga bog’liq bo’lgan. Uzoq oldingi zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda (primetiv) bo’lgan. Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo’lgan oddiygina toshlar bilan charxlangan; boshida keskich asbob ishchi holatida qo’l bilan ushlab turilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlar paylari bilan bog’lab qo’yilar edi. O’sha zamonning yutug’laridan biri aylanuvchi toshni qo’llash bo’ldi – charxlash dastgohining timsoli kabi. Keyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyorlash uchun qo’llashdi, undan keyin esa – yog’ochdan, hayvonlar suyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlar tayyorlash uchun qo’llanilaboshlandi.
    Metallar (yun. metalleuo - qaziyman, yerdan qazib olaman) - oddiy sharoitda yuqori elektr oʻtkazuvchanligi, issiq oʻtkazuvchanligi, elektr oʻtkazuvchanligi, elektr magnit toʻlqinlarini yaxshi qaytarishi, plastikligi kabi oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan oddiy moddalar. M.
    Shuning bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga keltiruvchi moslama qo’llandi. O’sha vaqtlarda tokarlik dastgohini eslatuvchi buyumga komon yoyi (ipi) bilan aylanma harakat berib, kremniyli keskichni qo’l bilan ushlab turib ishlov berilar edi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlik dastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo’lda ushlab turildi. Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o’rganilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli tuman qurollar, uy ro’zg’or predmetlari va sh.o’. tayyorlash texnikasiga ega bo’lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yoki ishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo’l uzatmali parmalash va tokarlik qurilmalarini qo’llashgan. XIV-XVI asrlarda qurol tayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlik va parmalash dastgohlaridan foydalanishgan. XVI asrda Tula shaxrining atrofidagi Oka daryosi yonidagi Pavlov qishlog’ida maxalliy temir rudasini ishlatishga asoslangan metallishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo’lsa ham keskich asbob qo’lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchi sanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlanaboshladi, ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilma va moslamalar bilan jihozlantirildi. Bu davrga kelib (1680-1756 yy.) yashagan rus mexanigi va ixtirochisi A.K. Nartov (1718-1725) dunyoda birinchi bo’lib tokarlik dastgohi uchun tanavor bo’ylab tishli g’ildirak va reyka yordamida harakatlanuvchi mexanik support yaratdi. Biroq, u bundan tashkari qator original dastgohlar yaratdi (vintqirquvchi, tishqirquvchi, arralovchi va boshq.). Jumladan u, qurol, tanga va h.k. tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlar ishlab chiqdi. 1714 yilda M.V. Sidorov Tula qurolsozlik zavodida “cuv ta’sir etuvchi mashinalar” yaratdi. Shu paytda soldat Yakov Vatishev 24 qurol stvolini birvaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan va tozalaydigan tegirmonni yurituvchi uztmasi qo’llanilgan dastgohlar yaratdi. Ularning ishlarini XVIII asr va XIX asr boshlarida usta-mexaniklar: A. Surin, Ya. Leont’ev, L. Sobakin, P. Zaxov va jihozlar davom etdirishdi. Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lomonosov (1711-1765) lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi. Bug’ mashinasini ixtirochisi I.I. Polzunov (1728-1764) bug’ qozonini ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsus tsilindir yo’nuvchi va jihoz dastgohlarni yaratdi. I.P. Polzunov suv sirti o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan suzg’ich (poplovok) ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashga birinchi qadamni qo’yishga sababchi bo’ldi. Rus mexanigi I.P. Kulibin (1735-1818) soat mexanizmini tishli g’ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi. O’sha vaqtda xarbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab chiqarishning namunasi bo’ldi; u ishlab chiqarish texnologiyasiga o’zaroalmashinuvchanlik prinsipini kiritilishiga asos bo’ldi. Ma’lumki o’zaroalmashinkvchanlik tamoili bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish instruktsiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va Tula zavodiga yuborildi, Bu deyarli 25 yil avval fransuz muxandisi Leblandan va deyarli 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar s’yezdigacha, ya’ni Djozef Vitvord o’zaroalmashinuvchanlikning asosiy vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.
    Ángliya (ingl. England) - Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Qoʻshma Qirolligining eng katta qismi. Angliya Buyuk Britaniya katta orolining janubi-gʻarbini egallagan.
    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
    XIX asr oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda detillarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo’yimlari (dopusklari) ko’rsatilaboshlandi. Texnologik jarayonlarning o’rganilaboshlanishi, ya’ni tanavorlarga ishlov berish uslublari, buning natijasida o’lchamiga, shakliga, sifatiga va uning ishiga qo’yiluvchi talablarga mos keluvchi tayyor buyum olinishi, o’tgan asrning birinchi yillariga to’g’ri keladi.
    Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
    Tabiat predmetlarini sifatini o’zgartirib, o’z ehtiyojini qondira oladigan buyumlar yaratish jarayoniga texnologik jarayon deyiladi. Texnologiya so’zi yunoncha so’zlar birikmasidan tashkil topgan bo’lib, texne - san’at, mahorat, ustalik yoki uddalash usulini ifodalasa, logos - o’qitish, fan so’zini ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda texnologiya - mahorat yoki uddalash usuli (ish bajarish tartibi-majmui yoki rejasi). 1804 y. akad. V.M. Saverin texnologiya to’g’risidagi birinchi qoidani ifodaladi va ”texnologiya - hunarmandchiliklar va zavodlar to’g’risidagi ilim” deb aniqlik kiritdi. Texnologiyaning rivojiga russ bilimdonlari A. Andrey Choxov, M.V. Sidorov, Ya. Batish’ev, A.K. Nartov va jihozlar o’z hissalarini qo’shdilar. Mashinasozlik texnologiyasida to’planib qolgan tajribolarni birinchilardan bo’lib tasvirlab berganlardan biri Moskva Universitetining proffessori I. Dvigubskiiy bo’ldi. 1807 y. u “Nachal’nie osnovaniya texnologii ili kratkoe opisanie rabot na zavodax i fabrikax proizvodimix” nomli kitobini yozdi. 1885 y. proffesor I.I. Timening (1838–1920) « Osnovi mashinostroeniya, organizatsiya mashinostroitel’nix fabrik v texnicheskom i ekonomicheskom otnoshenii i proizvodstva rabot » nomli ishi chiqdi. U birinchi bo’lib “Kesish nazariyasining asosiy qonunlarini ifodasini berdi. 1890-1900 yy. prof. A.P. Gavrilenkoning (1861–1914 yy.) “Tkxnologiya metallov” nomli kitobi chop etildi. Unda metallarga ishlov berish texnologiyasi tajribasining rivojlanishi umumlashtirilgan. Bu darslik rus muxandislarining bir necha avlodilari ta’lim olishlari uchun qo’llanma vazifasini bajardi. 1917 y. Sovet ittifoqi barpo etilgandan keyin dastgohsozlik sanoati yuqori unumdorlikka ega bo’lgan va yuqori aniqlik beruvchi turli texnologik maqsadlar uchun turli dastgohlarni va takomillashgan keskich asboblarni yaratdi.
    Sovet sotsialistik respublikalari ittifoqi, SSSR, Sovet Ittifoqi - sobiq Rossiya imperiyasi hududining katta qismida 1922-91 yillarda mavjud boʻlgan musta bid davlat. SSSR ni tashkil etish toʻgʻrisida deb atalgan Shartnoma (1922)ga muvofiq, uning tarkibiga xalqlarning xohishirodasiga zid ravishda Rossiya (RSFSR), Ukraina (USSR), Belorussiya (BSSR), Zakavkazye respublikalari [ZSFSR; 1936 yildan ittifokdosh respublikalar - Ozarbayjon (Ozarbayjon SSR), Armaniston (Armaniston SSR), Gurjiston (Gurjiston CCP)J, keyinchalik - 1925 y. Oʻzbekiston (Oʻzbekiston SSR), Turkmaniston (Turkmaniston SSR), 1929 y. Tojikiston (Tojikiston SSR), 1936 y. Qozogʻiston (Qozogʻiston SSR), Qirgʻiziston (Qirgʻiziston SSR), 1940 y. Moldaviya (Moldaviya SSR), Latviya (Latviya SSR), Litva (Litva SSR) va Estoniya (Estoniya SSR) kiritilgan.
    Bularning hammasi, ittifoq muxandislari va olimlari tamonidan mexanik ishlov berish texnologik jarayonlarining qonuniyatlarini ilmiy asoslarini yaratish imkonini berdi. XX asrning boshlarida texnikaning tez suratlar bilan rivojlanishi natijasida to’planib qolgan turli detallarga ishlov berish, ularni yig’ish texnologik jarayonlari to’g’risidagi tajribalarni umumlashtirib ba’yon etishning zarurati paydo bo’ldi. Bundan tashqari Oliy o’quv yurtlarining o’quv dasturlariga mashinasozlik texnologiyasi, moslamalarni, sexlar va zavodlarni loyihalash (masalan, “Texnologiya avtomobilestroeniya”, ”Texnologiya traktorostroeniya”, “Texnologiya stankostroeniya” va boshq.) kabi fanlar kiritildi. Mashinasozlik texnologiyasi bo’yicha birinchi mexnat natijasini chop etgan A.P. Sokolovskiy bo’ldi. Uning 1930...1935 yy.da besh tomlik kitoblari chop etildi va 1938 y.da “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli mexnati chop etildi. 1933 y.da A.I. Kashirinning “Osnovi proektirovaniya texnologicheskix protsessov” va 1935 yili V.M. Kovanning «Texnologiya avtotraktorostroeniya » nomli hamda 1944 y. “Texnologiya mashinostroeniya” nomli 1959 y. “Osnovi texnologii mashinostroeniya ” va xuddi shungi o’xshash nomlik 1967 y.da MVTU ning V,M. Kovan boshchiligidagi kollektiv avtorlar nomi bilan V.S. Korsakov muxarrirligida darsliklar chop etilgan. O’lchamlar zanjir nazarisini va bazalash qoidalarini yaratgan va texnologik ilmiy izlanishlarning echimini topish bilan ko’p shug’ullangan B.S. Balakshin 1944 yilda “Texnologiya stankostroeniya”, 1959,1966,1969 yillarda “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsliklarini yaratdi. 1985 y. A.A. Matalinning “Texnologiya mashinostoeniya” nomli ; 1986 y. A.A. Gusev, E.R. Koval’chuk, I.M. Kolesov va boshq. “Texnologiya mashinostoeniya” (maxsus qism) MOSSTANKIN darsliklari chop etildi. !997 va !999 yy.da I.M. Kolesovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli darsligi bunyod etildi. 1965 va 1973 yy.da B.L. Bespalov, L.A. Gleyzer, I.M. kolesov va boshq. ning “Texnologiya stankostroeniya” (maxsus qism) darsligi chop etilgan. 1998 y. MVTU-MGTU avtorlar jamoasi A.M. Dalskiy muxarrirligida 1-tom V.M. Burtsev i dr. “Osnovi texnologii mashinostroeniya” va 1999 y. G.N. Melnikov muxarrirligida 2-tom V.M. Burtsev i dr. “Texnologiya stankostroeniya” darsiklari chop etildi. 2002 y. A.G. Suslav va A.M. Dal’skining “Nauchnie osnovi texnologii mashinostroeniya” nomli ilmiy monografiyasi chiqdi va 2004 y.da A.G. Suslovning “Texnologiya mashinostroeniya” nomli darsligi chiqdi. 2005 va 2007 yy.da B.M. Bazrovning “Osnovi texnologii mashinostroeniya” darsligi chop etildi. Mashinasozlik texnologiyasi zavodlar, ilmiy-tekshirish institutlari, oliy o’quv yurtlari jamoatlari ilm va sanoat ishchilarining katta mehnati natijalarini umumlashtirilishi asosida ilm sohasi kabi shakillanaboshladi. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari, asosan ittifoq olimlari: B.S. Balakshin, N.A. Boradachev, K.V. Votinov, V.I. Dement’ev, F.S. Demenyuk, M.E. Egorov, A.A. Zikov, A.I. Kashirin, V.M. Kovan, V.S. Korsakov, A.A. Matalin, S.P. Mitrofanov, M.P. Novikov, A.V. Podzey, E.V. Rijov, E.A. Satel, I.A. Time, A.P. Sokolovskiy, D.V. Charnko, A.B. Yaxin, P,I. Yasheritsin va ko’p jihozlar tomonidan yaratilgan. Agar ilm ilmiy bilimlar tizimi bo’lsa, unda bilim olish jarayoni ilmiy bilish (bilim olish) hisoblanadi. Mashinasozlik texnologiyasi miqyosida ilmiy bilishning shakllanish jarayonini uch bosqichga ajratish mumkin: 1) texnologik jarayonlar to’g’risida empirik izlanish va empirik bilimlarning boshlang’ich yig’ilishi tug’ilishi va rivojlanish; 2) texnologik jarayonlarni bajarishda o’ringa ega bo’lgan xodisalar majmuining birinchi ilmiy suratlarining tug’ilishi; 3) nazariyalarni qurish. Texnologik jarayonni tatbiq etishda asosan ikki masala echiladi: 1. Ehtiyojga qarab mahsulot tayyorlash talabini qoniqtirish; 2. Kam mehnat sarflab, qisqa vaqt ichida sifatli va arzon mahsulot-buyum tayyorlash. Mashinalarni loyihalash va tayyorlash bitta jarayonning ikkita bosqichidan iboratdir. Bu bosqichlar o’zaro uzluksiz bog’lanishdadir. Loyihalash jarayonini koncnruktsiyaning texnologiyabopligini hisobga olmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Texnologiyabopgina koncnruktsiya mehnat harajatlarini tejash, aniqlikni oshirish, yuqori unumli jihozlar, moslama va asboblarni qo’llash, energiya’ni va vaqtni tejash imkonini beradi. Koncnruktsiya qancha texnologiyabop bo’lsa, uni ishlab chiqarish shuncha takomillashgan va arzon bo’ladi. Mashinani tayyorlash bosqichida asosiy diqqat e’tibor uning sifatiga beriladi va uning eng muhim ko’rsatkichi – aniqlikka. O’tgan yuz yillik ichida detallarni tayyorlash aniqligi deyarli 2000 marta oshdi. Bunaqa ortish hech bir mashinaninig xizmat qilish tavsifida kuzatilgan emas. Ba’zi bir ishlab chiqarishlarda bu, ya’ni detallarni mikrometr va mikrometrning qismi aniqligida tayyorlash norma tusini olgan. “Aniqlik” tushunchasi nafaqat o’lchamga tegishli, balki shaklga, sirtlarning o’zaro joylashishiga, detallarning fizik-mexanikaviy tavsiflariga va ularni tayyorlash muhitiga ham tegishlidir. Ishlab chiqarish sharoitida berilgan sifatda mashinalarni yaratish, mashinasozlik texnologiyasining ilmiy asoslariga tayanadi. Mashinalarni sifatli tayyorlash jarayoni (tanavorlarni tanlash, ularga ishlov berish va detallarni yig’ish) mashinasozlik texnologiyasining qonuniyatlarini qo’llash bilan amalga oshirilishi kuzatiladi. Mashinasozlik texnologiyasi fanining rivojlanishi bir necha bosqichlardan o’tgan. Bu bosqichlar quyidagilar: birinchi bosqich ishlab chiqarish sanoati tashkil topgandan boshlab, uni oyoqqa turg’azib tubdan yangilangunga qadar bo’lgan vaqtni o’z ichiga oladi (1930 y. gacha). Ikkinchi bosqich 1930–1941 yillarni o’z ichiga oladi. Ishlab chiqarishda, amaliyotda buyum tayyorlashni, yig’ishni tashkil qilish jarayonlarni umumlashtirish va texnologik jarayonlarni ilmiy ishlab chiqish. Shu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fan sifatida shakllandi. Shu bosqichda bazalash asoslarining ilmiy nazariyasi, bikirlik, qo’shimlarni aniqlash va tayinlash, ilk bor paydo bo’ladigan sohada ilmiy ishlar chop etildi, texnologik jarayonlarni tipizatsiyalash va noaniqliklarni tahlil qilish va ehtimollik nazariyasi yaratildi. Uchinchi bosqich urushdan keyingi to 1970 yillargacha bo’lgan bosqich. Bu bosqichda mashinasozlik texnologiyasi fani juda tez suratlar bilan rivojlangan. Yangi texnologik fikrlar paydo bo’lgan va fanning ilmiy asoslari yaratilgan, ishlov berish aniqligini nazariyasi, ya’ni ishlov berishdagi xatoliklarni analitik hisoblash usullari yaratilgan, chuqur ishlov beriladigan yuzalarning sifati o’rganilgan. Texnologik tizimni bikirligi ilmiy darajada chuqur tahlil qilingan, analitik hisoblash yo’li bilan qo’shimlarni (pripusk) aniqlash usuli yaratilgan. Texnologik jarayonlarni avtomatik loyihalash tizimlari barpo etildi. Dasturli ko’pamalli dastgohlar va moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari yaratilib, ilg’or texnologiyalr yaratishda katta burulish yasadi. Bu fanning hamma sohalarida chuqur ilmiy tekshirish va tadqiqot ishlari o’tkazilgan. To’rtinchi bosqich yanada rivojlanish bosqichi va mustaqillik hozirgi zamon davrini o’z ichiga oladi. Bu bosqichda jihoz davlatlar olimlari bilan bir qatorda fanning ko’p sohalarida O’zbekiston Respublikasi olimlari ham ilmiy tekshirish ishlari olib borib, fanga va mashinasozlikning rivojlanishiga o’z hissalarini qo’shgan. Avtomatlashtirilgan tehnologik jihozlarni takomillashtirish va ularning bikirligini oshirishga prof. G.N. Molchanov, G.B. Fiks-Margolin, va L.V. Peregudovlar; yuzalarga mexanik ishlov berishda issiqlikning energetik balanslarini ilmiy nazariyasini yaratishda prof. F.Ya. Yaqubov; tekstil mashinasozligini rivojiga prof. R.G. Maxkamov; pahta terish mashinalarini yaratishda prof. H.H. Usmonhodjaev, T.R. Rashidov, M.T O’rozboev, prof. A. Karimovlar; avtomobillarni takomillashtirishda O.U. Salimov; tishli g’ildiraklarga ishlov berishda va ularning parametrlarini o’lchashning ilmiy asoslarini yaratishda prof. D.E.Alikulov; metallarni ishqalb kesishni asoslagan prof. M.T. Balabekov; payvandlash texnologiyasining rivojiga prof. M.A. Abrolov; materialshunoslikni rivojlanishiga prof. A.A. Muxamedov; metallarga mehanik ishlov berishning kibernetik muammolarini aniqlashga prof. N.M. Mo’minov va jihozlar, mashinasozlik tehnologiyasi faniga salmoqli hissa qo’shdilar. Yangi XX1 asr boshlanishini beshinchi bosqichning boshlanishi deb aytsak to’g’ri bo’ladi. Bu bosqich mashinasozlikka informatsion va yangi pedagogik texnologiyalarining kirib kelishi va mashinasozlik fanini o’qitishda yangi o’qitish usullari: nazariy va amaliy elektron darsliklar, o’quv qo’llanmalar, virtual laboratoriyalar yaratish va o’quv jarayonini yangi bosqichga ko’tarish davri keldi desak to’g’ri bo’ladi. O’zbekistonga kerakli bo’lgan mashinalarni ishlab chiqarish turi, hajmi konkretlashtirilmoqda va shu sohalarda ilmiy izlanish va tekshirish ishlari izchil olib borilmoqda. Mashinasozlik texnologiyasining gurkirab rivojlanish jarayoni davom etmoqda.

    Download 79.01 Kb.




    Download 79.01 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fanning asosiy mazmuni va masalalari

    Download 79.01 Kb.