• Ilmiy tadqiqot ishi Ilmiy raxbar: T.F.d. dot I.T.Karimov Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
  • Muammoning organilganlik darajasi
  • Tadqiqotning maqsadi
  • Barabanli chang tozalovchi qurilmalar
  • Xulosa Men ilmiy tadqiqot ishimni bajarish davomida ushbu ishning dolzarbligi xaqida oʻzimga kerakli malumotlarni yigʻish davomida koʻp malumotlarga ega boʻldim.
  • Farg‘ona politexnika instituti




    Download 0.83 Mb.
    Sana21.09.2022
    Hajmi0.83 Mb.
    #26199
    Bog'liq
    xamdamov iti prezintatsiya new


    FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI.
    5A320305 - Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda apparatlari mutaxassisligi bo‘yicha
    M8-20 guruh magistranti
    Xamdamov O‘tkirbek Tursunali o‘g‘li
    "Barabanli chang tozalovchi qurilmaning qarshilik koeffitsentini aniqlash"
    Ilmiy tadqiqot ishi
    Ilmiy raxbar: T.F.d. dot I.T.Karimov
    Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati.
    Dunyo miqyosida atmosferani changli havo, ishlab chiqarish gazlari va turli chiqindilar bilan ifloslanishiga qarshi texnologik jarayon hamda mashina apparatlar ishlab chiqarish jarayonlariga joriy qilingan. Shu bilan birga oziq-ovqat, kimyo,metallurgiya sanoatlarida havo bilan chiqayotgan mayda zarrali chiqindilarni ushlash va ularni ishlab chiqarishga qaytarish hamda changli havoni tozalab ekologik muammolarni hal qilish muhim axamiyatga ega.Bugungi kunda jahonda oziq-ovqat va kimyo sanoati aralashmalari
    tarkibidagi qattiq, suyuq, gazsimon zarrachalarni ajratish, havo ifloslanishini kamaytirish, qimmatboho mahsulotlarni ajratib olish, texnologiyaga va mashinalarga ta'sir etuvchi zararli moddalarni ushlab qolish, texnologik jarayonni intensivlash, natijada eklologik muammolarni hal qilish kabi ustivor yo'nalishlarda ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
    Mamlakatimizda oxirigi yillarda oziq-ovqat, kimyo sanoati changli havosini, ishlab chiqarish gazlarini, turli mayda zarrachali chiqindilar va oqova ikkilamchi suvlarni tozalashning texnologik jarayoni va qurilmalarini yaratishga, shu bilan birga ekologik muammolarni hal qilishda muayan natijalarga erishilmoqda. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruv tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi, xususan «sanoatni yuqori texnologiyali tozalash inshoatlari bilan ta'minlash»ga qaratilgan vazifalar belgilab berilgan. Bu borada oziq-ovqat va kimyo sanoati chiqindilarini tozalashning yangi samarali usul va qurilmalarga o'tkazish orqali yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish yo'nalishida ilmiy-tadqiqotlar olib borish dolzarbdir.
    Muammoning o'rganilganlik darajasi. Changli havoni tozalovchi qurilmalarni yaratish va qo'llash, ularning ish rejimlarini o'rganish bo'yicha K.T.Semrau, N.F.Nielsen, Hyderabad J.H.Walther, H.C.Lu, C.J.Tsai, K.Morris,C.Cursley,E.Rothwell, Yu.G.Nechaev, A.F.Sorokopud, D.V.Xoxlov, I.M.Kavashnin, E.S.Nechaeva, K.S.Polotnikov, Ya.M.Braynes, B.Ya.Kruglyak, V.V.Varvarov, V.A.Mamontovskiy, V.V.Kolotushkin, V.F.Babkin, Z.S.Salimov, A.M.Xurmamatov, N.X.Yuldashev, I.T.Maksudov va boshqalar
    ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar.Ular tomonidan oziq-ovqat, kimyo sanoati texnologik chang-havo, oqova suv chiqindilari tozalash borasida filitrlar,yangi usullar, kimyoviy moddalar, texnologik jarayon va mashina-apparatlar ishlab chiqilgan.Shu bilan birga oziq-ovqat, kimyo, paxtani qayta ishlash va tekstil sanoatiga mo'ljallangan, ixcham, arzon va eksportga mo'ljallangan havoni chiqindilardan tozalash texnologiyalari va mashinalarini yaratish bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
    Tadqiqotning maqsadi: Xoʻl usulda chang tozalovchi barabanli qurilmaning gidrodinamik jarayonlarini oʻrganish
    Tadqiqotning vazifalari:
    *Xoʻl usulda chang tozalovchi qurilmalar konstruksiyalarini taxlili.
    *Xoʻl usulda chang tozalovchi barabanli qurilmani yangi konstruksiyasini ishlab chiqish.
    *qurilmani. yuzalari qarshilik koeffitsentlarini aniqlash.
    *Qarshilik koeffitsentlariga bogʻliq xolda qurilmadagi gidrodinamik bosimlarini aniqlash
    Barabanli chang tozalovchi qurilmalar
    1. Tana
    2.setkali baraban
    3.suv quvuri
    4.shtuser
    5.suv idishi
    6.val
    7.yetaklanuvchi shkiv
    8.tasma(remen)
    9.yetaklovchi shkiv
    10.elektr dvigatel
    11.tayanch
    12.shlam tushuvchi quvur
    13.chang xavoni uzatish quvuri.
    Xulosa
    Men ilmiy tadqiqot ishimni bajarish davomida ushbu ishning dolzarbligi xaqida oʻzimga kerakli ma'lumotlarni yigʻish davomida koʻp ma'lumotlarga ega boʻldim.
    Barabanli chang tozalash qurilmalarini boshqa chang tozalash qurilmalari bilan solishtirib koʻrdim va boshqa turdagi chang tozalash qurilmalariga qoʻyiladigan talablar xaqida xam yetarlicha maʼlumotga ega boʻldim.
    Download 0.83 Mb.




    Download 0.83 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Farg‘ona politexnika instituti

    Download 0.83 Mb.