• Foydalanadigan adabiyotlar
  • 11-Maruza Mavzu: Rang marketingi va rang psixosemantikasi. Reja: 1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologi
  • 4.Magazin intererida ranglarni qơllanishi. 1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologi ya siga tasiri.
  • 2.Ranglarning insonga tasir e tishiga qarab ajratilishi.
  • 3.Ranglar xarakteristikasi. Oq rang.
  • 4.Magazin inter’erida ranglarni qo’llanishi.
  • 12-Maruza Mavzu: Savdo dơkoni intererining dizaynini yaratish. Reja: 1.Savdo dơkonining savdo zali zonalari .
  • 2.Savdo dơkoni vitrinalari dizaynini yaratish. Dơkon vitrinasi bu merchandayzingni birinchi tasir kơrsatuvchi quroli hisoblanadi. Vitrina
  • Vitrinalar “yopiq” va “ochiq” bơladi. Yopiq vitrinalar
  • «fashion- menejment va marketing»




    Download 454.52 Kb.
    bet7/9
    Sana10.04.2017
    Hajmi454.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9

    Nazorat savollari:

    1.Merchandayzingda psixologiyaning tutgan ơrni va ta'siri qanday?

    2.Psixografiya tushunchasi va uning tarkibiy qismlari tơğrisida qanday ma'lumotlarga ega bơldingiz?

    3.Iste'molchilarni psixoturlarini aniqlash qaysi jarayon uchun muhimdir?

    4.Iste'molchilar asosan qanday psixoturlarga ajratiladi?

    5.Magazin xodimlarining har bir iste'molchilar psixoturiga qiladigan munosabati qanday bơlishi kerak?



    Foydalanadigan adabiyotlar:

    1.Наталия Гузелевич.Фокусы мерчандайзинга.изд.Питер.2010.

    2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.

    3.А. Пименов. Хочу- Вижу,изд. Омега,Москва.2010.



    11-Ma'ruza

    Mavzu: Rang marketingi va rang psixosemantikasi.

    Reja:

    1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri.

    2.Ranglarning insonga ta'sir etishiga qarab ajratilishi.

    3.Ranglar xarakteristikasi.

    4.Magazin intererida ranglarni qơllanishi.
    1. Merchandayzingda rang marketingi. Ranglarning inson psixologiyasiga ta'siri.

    Rang psixologiyasi tơğrisida gapirilganda quyidagi aforizmni esga olamiz: Ranglar insonni aks ettiradi, inson esa ranglarni. Boshqacha qilib aytganda, insonlarni har biri qaysidir rang bilan boğliqdir. Shu birikmalarni ơrganish va sistemalarga solish bilan rang psixosemantikasi shuğullanadi.

    Merchandayzerlar ham rang psixosemantikasiga oid bilimlarga yetarli ega bơlishlari lozim.Chunki bu bilimlar ularga quyidagilarda zarur bơladi:

    1) vitrinalarni kompozitsiyasini tuzishda;

    2)magazin intereri dizaynini tuzish uchun;

    3)savdo zallarida kollektsiyalarni rang birikmalari yordamida joylashtirish uchun;

    4)reklama materiallarini tayyorlash uchun ;

    5)magazin dizaynini tuzish uchun;

    6) xaridorlarga ranglar orqali psixologik ta'sir etish uchun;

    Insonlar qaysi rangni kơproq yoqtirishlariga qarab bir necha psixoturlarga ajratiladi. Insonlarga yoqtiradigan ranglariga qarab quyidagi xarakteristikani berishimiz mumkin.

    Ranglarni odam psixologiyasiga ta'siri. Ranglar ơzini tutishiga juda katta ta'sir etadi. Ranglar bizning kayfiyatimizni kơtarishi yoki uning aksi tushirishi ham mumkin. Rangning bunday xususiyatlaridan foydalanib biz xar hil hayotiy hodisalarni ơzimizning foydamizga ơzgartirishimiz mumkin. 1750yilda 1200rang birikmalari mavjud bơlgan hozirgi vaqtga kelib ular soni 10mln. yetdi.

    Rang-bu yoruğlik degan fizik, matematik olim Isaak Nyuton. Rang bu fizik fenomen bơlib, u yoiruğlik tơlqinlarini buyumdan qaytishini bildiradi. Rang tabiiy fizik jarayon bơlsa ham, uning bizning emotsional hayotimizga ta'siri juda katta. Ranglar atrofimizdagi va ichki olamimizni tơldiradi va boyitadi. Hech kim ranglarga befarq munosabatda bơlaolmaydi. Rangni kơrgandayoq bizda har hil his-tuyğular paydo bơladi: yoqtirish yoki yomon kơrish; rangni qabul qilish yoki qabul qilmaslik, havotirga tushish yoki tinchlanish. Inson tuyğulariga ta'sir etib inson kayfiyatini kơtarishi yoki tushirishi ham mumkin, insonning hati-harakatiga va xulqiga ham ta'sir etishi mumkin. Rangning bu xususiyatlari genetik xotirasiga asoslangan. Rangning qabul qilish birdaniga paydo bơlmagan, balki qadimgi zamondan ajdodlarimizning hayotiy tajribalaridan shakllangan. Ranglar odamlar tasavvurida tabiat bilan boğlangan: kơk rang - kunduzgi va tundagi osmon rangi, suv rangi; qizil rang- olov rangi, qon va havf-hatar rangi, ishonch rangi; yashil rang- atrofimizdagi tabiat rangi, hayot rangi, yaxshilik va ossudalik rangi; qora rang- tun va sir-sinoat rangi. Ranglarning qadimgi odamlar hayotida katta rolini bayroqlar va gerblarni har- hil ranglar bilan bezatilganini kuzatish mumkin.



    2.Ranglarning insonga ta'sir etishiga qarab ajratilishi.

    Psixologiyada ham ranglarga alohida e'tibor qaratiladi.

    Psixologiyada ranglar 2hil guruhga bơlinadi: birinchisi iliq ranglar (qizil, sariq, olov rang va oq rang); ikkinchi guruhga sovuq ranglar kiradi( kơk, qora va binafsharang) yashil rang ikkala guruhga ham kirishi mumkin.Har bir rangning alohida ramziy ma'nosi bor.

    Hindistonda har bir tabaqaning ơzining rang ramzlari bor edi : braxmanlar-oq, asket-gadoylari - olov rang kiyim kiyishar edi. Bu rang jinoyatchilar kiyimining rangi hisoblanadi.

    Xitoyda ranglarni dunyoning xar hil tomonlari bilan boğlashadi: sharq- yashil, janub-qizil, ğarb - oq, shimol - qora, beshinchi tomoni yerning markaziga sariq rang- quyosh rangi tơğri kelgan. Sariq rang Xitoyda alohida ơringa ega, u yuqori tabaqani bildiradi.

    Xitoy, Xitoy Xalq Respublikasi (xitoycha 中華人民共和國 - 中华人民共和国 - Zhōnghuá Rénmín Gònghéguó), XXR - Markaziy va Sharqiy Osiyoda joylashgan davlat. Dunyoda aholisi eng kup va maydoni jihatidan eng yirik davlatlardan biri.

    Ğarbda qora rang ơlim rangi, motam va qayğu rangi hisoblanadi.

    Qora rang Sharqda kuch va qudratni ramzi edi. Oq va qora ranglar birgalikda kelganda oq - ijobiyni, qora - salbiyni anglatgan.

    Yevreylarda sariq, olov rang - gunoh ramzi edi. Shuning uchun dinida ham qurbonlik uchun tơq sariq rang bơtaloqni taqdim qilishgan. Ranglarning emotsial yoki psixologik ta'sirini oson analiz qilish qiyinroq. Kơpchilik odamlar bitta rangni tanlashadi va shu rangni ularning kayfiyatini kơtaradi deb hisoblashadi. Ranglari tơğri tanlanmagan xonalarda yashash va ishlash qiyin deb hisoblanadi. Ranglar kuchli va kuchsiz, tinchlantiradigan va havotirga soladigan, oğir va yengil turlarga bơlinadi. Ranglarni yakka holda yoki birikmalar holida bơlishi ham odamlarga har hil ta'sir kơrsatadi. Tadqiqotchilar tajriba ơtkazayotgan odamlarga qanday ranglar birikmalarini yoqtirishlarini sơraganda shuni guvohi bơlishdiki: kơpchilik juda kontrast ranglarni tanlagan yoki yorqin va tơqroq ranglar birikmalarini tanlaganlar. Kơpchilik davlatlar va millatlarda ranglarning har hil ramzlari bơlsa ham, tadqiqotlar shuni kơrsatdiki dunyoning barcha mamlakatlaridagi odamlarning rang tơğrisidagi fikrlari juda ơxshash.

    Qizil, sariq, yashil va kơk ranglar insoniyat «fokus» ranglari hisoblanadi. Shu ranglarni, yosh bolalar hali gapirishni bilmasalar ham yoqtiradilar. Har bir millat tilida ham ranglarni ơziga xos nomlari bor. Odamlar ranglarni quyidagi ketma ketlikda joylashtirishadi: qora va oq; qizil; sariq va yashil; kơk; jigarrang; qirmizi rang; pushti; olov rang va kulrang.

    3.Ranglar xarakteristikasi.

    Oq rang.

    Oq rang - toza rang, tozalikni belgisi, oq bulutlar, osmondagi eruğlik va ruhan poklik rangi.Tarixni qaraydigan bơlsak oq rang qadimdan ilohiy rang bơlib xudoning rangi deb atalgan.Qadimiy Rimda ngi yilning birinchi kuni konsul oq kiyimda oq otda Kapitoliyga chiqish qilgan.Rimliklar xshi kunlarini kalendarda oq mel bilan belgilashgan,emon kunlarini qora mel bilan.

    Oq rang inter erda ham tozalik ramzi sifatida keng qơllanadi.

    Lekin ơtkazilgan kơp tajribalar shuni kơrsatadiki,oq rang kơzni toliqtirishi mumkin va shuning natijasida inson bosh oğriğini sezar kan.Oq rang inter erga tozalik bilan birga sovuqlik hissini olib keladi.Shu xususi tlarni inobatga olgan holda inter erda oq rang boshqa iliq ranglar bilan qơshilgan holda ishlatiladi.Ochroq oq rang magazinda ishlatilganda u potoloklarni baland va joyni kattaroq kơrsatishi mumkin. Shuningdek boshqa iliq ranglarni oq rangli inter erga qơshish tavsi qilinadi,chunki magazinga kelgan haridorlar ơzlarini xshi his qilishlari juda muhimdir.



    Ko’k rang

    Kơk rang doimiylik va xaqiqat rangi,osmon va dengiz rangi.Kơk rang osmon rangi bơlgani uchun, bu rangni juda uzoqdagi kosmos bilan boğlaymiz.Bu rang tinchlik va osuddalik ramzi hisoblanadi.Kơk rangni kơpchilik eqtiradi chunki u insonlarga tiniq osmon va okeannning sirli tublari tơğrisida slatadi.Kơk rang qadimdan kơp halqlarda jodu kuchlaridan himo lovchi rang hisoblanganInter erda kơk rang juda keng qơllanib kelmoqda. Ochroq kơk rang kichkina oynasiz xonalarni potoloklariga ishlatilsa, u xona kattaroq kơrinadi.Bolalar xonasida, etoqxonalarda ham havo rang keng qơllanadi.Lekin kơk rang sovuq shabbodani slatadi, shuning uchun uni ishlatganda ozgina iliq ranglarni qơshish tavsi tiladi.Tadqiqotlar shuni kơrsatadiki,kơp dune dizaynerlari kơk, havo ranglarni juda sevib ishlatadilar.Idish tovoqlar ishlab chiqarishda ham,parf meri sanoatida ham kơk rang keng qơllanadi.Kơproq kơk kơzli insonlar kơk rangni xshi kơrishar kan.Suv bơyida shashni orzu qilgan insonlar ham kơk rangni eqtiradilar.Kơk rangni tanlagan insonlar tinchlikga intiladigan,sabrli,sadoqatli insonlar hisoblanadi.Ular bir qarorni qabul qilishdan avval ikki marotaba ơylaydilar.Bunday insonlar ơzlariga talabchang, mshoq va xshi dơst bơladilar.



    Yashil rang

    8 -10 mln.ranglar ichidan inson kơzi kơproq shil rangni kơrar kan. shil rang erda birinchilardan paydo bơlgan.Insonning atrofini ơrab turgan ơsimliklar asosan shil rangda bơlgan.

    shil rang ranglar spektrida kơk va sariq rang orasida turadi.Tabiatda shil rangni xar hil turlari mavjud masalan:daraxt barglari,maysalar,archa,kơkatlar ranglari ơziga xos shil rangda..Kơk rangni shil bilan aralashmasi dengiz rangini slatadi(bir za).Bu ranglar salqin okean, suvni slatadi.Psixologlar tadqiqotlar shuni kơrsatdiki shil rang insonni asab tizimini tinchlantirib odamni bơshashtirish xususi tiga ga.Qizil va shil rangni ta'sirini tekshirganda qizil rang odamda ngi ğo larni vujudga kelishiga ta'sir tsa, shil rang uni rơebga chiqarishga erdam berar kan. shil rangli chiroqlar odamni tinchlantiradi va depressi ni davolashda ishlatiladi. shil rang kayfi tni ham kơtaradi. shil rang salqinlik va issiqlikni uyğunlashganini bildiradi.

    4.Magazin inter’erida ranglarni qo’llanishi.

    Interer qaysi rangda bơlganligi shu intererning kayfiyatini va muhitini yaratadi.



    Issiq ranglar(qizil rang tuslari,olov rang va sariq ranglar) quvvat bağishlaydi va shuning uchun bu ranglarni magazinda xaridorlarni issitib jonlantirish uchun qơllashadi,kompaniyalar ofislarida esa ish unumdorligini oshirish maqsadida qơllanadi.

    Sovuq ranglar (havorang,kơk va binafsha ranglar )ta'sirida

    xaridorlar harakati sustlashadi va ular tinchlanadilar.Bunday ranglarni magazinlarda qơllansa xaridorlar asabiylashmaydilar va magazinda kơproq vaqt qolib ketishlari mumkin.



    Qizil rang issiq ranglar gammasida eng kuchli ta'sir kuchiga ega rang hisoblanadi .Bu rang ta'sirida insonning nafas olish tezlashadi, mushaklari tortishadi va yurak urishi tezlashadi.

    Magazin intererida qizil rang faqatgina ozroq miqdorda qơllanishi tavsiya etiladi. Qizil rang qơshimchalari savdoni oshiradi, rejalashtirilmagan tovarni sotilishiga yordam beradi.

    Shuningdek bu rang ishtahani ochadi va hazm qilishni yaxshilaydi, kafe va restoranlarda kơproq qơllanadi. Kompaniya ofislarida hodimlarni harakatini tezlashtirsa ham, u agressiya va jahldorlik holatini kơpaytiradi. Shuning uchun bu rangni ofislar intererida qơllash maqsadga muvofiq emas.

    Olov rang (oranj) qizil rangga ơxshab quvvatni kơpaytiradi va ishtahani oshiradi. Lekin magazin intererida uni asosiy rang sifatida emas,balki yordamchi qơshimcha rang sifatida ishlatish yaxshi samara beradi. Olov rangni kơpligi xaridorlarni jiğiga tegishi mumkin.Olov rangni havorang bilan qơshib ishlatilishi insonlarda ozodlik va hotirjamlik hissini ơyğotadi.Bunday ranglar uyğunligi sport uslubidagi magazinlarda kơproq ishlatiladi.Olov rangini ochroq tuslari soğlik va gơzallikni aks ettiradi. Bunday ranglar ayollar uchun mơljallangan magazinlarda va gơzallik salonlarida keng qơllanadi.

    Sariq rang ranglar orasida inson kơziga birinchi bơlib tashlanadi va seziladi.U insonga yaxshi ta'sir etib, boshqa ranglarga nisbatan kơproq e'tiborni tortadi. Yorqin va issiq ranglarni ơrta hol insonlar kơproq yoqtirishadi. Sariq bilan qizil rangni qơshilgani pastroq baholar bilan baholanadi va bunday rang uyğunligi arzonroq mahsulotlar sotiladigan magazinlarda kơproq ishlatiladi. Sariq rang tasavvurni kengaytiradi va jonlantiradi,uni yashil va kơk ranglar bilan qơshilgan holda ishlatilsa yaxshi samara beradi. Sariq rang dizaynerlar va reklama hodimlari ofislarida kơp miqdorda ishlatiladi, chunki sariq rangni yana bir jihati u insonda optimizm ya'ni kelajakka ishonchini ơyğotadi. Faqat sariq rangni kơp miqdorda bơlishi yaxshi samara bermaydi.

    Issiq ranglar sovuq ranglarga nisbatan xonani 3- 5 gradusga issiqroq qilib kơrsatadi va bu magazinda ishlatilsa sovuq paytda raqobatchilar oldida qơl kelishi mumkin.

    Yorqin ranglar 7 yoshgacha bơlgan bolalarga ham yoqadi. Ular kơproq qizil, sariq, olov rangni yaxshi kơrishadi va tanlashadi.7 yoshdan keyin bolalar boshqa ranglarga ham e'tibor berishadi. Shuning uchun bolalar uchun mơljallangan magazinlarda yorqin ranglar kơproq qơllanishi maqsadga muvofiqdir.

    Nazorat savollari:

    1.Merchandayzingda rang marketingi roli qanday?

    2.Ranglar psixologiyada qaysi guruhlarga bơlinadi?

    3.Ranglar xarakteristikasini aytib bering.

    4.Magazin intererini tuzishda ranglarni qơllanishini tushuntirib bering.

    5.Ơzingiz magazin intererini tuzsangiz qaysi ranglardan foydalangan bơlasiz?

    6.Sovuq ranglar savdo dơkoni intererida qanday ishlatilishi mumkin?

    7.Issiq ranglar savdo dơkoni intererida qanday va qancha miqdorda ishlatilishi maqsadga muvofiq bơladi?



    Foydalanadigan adabiyotlar:

    1.Наталия Гузелевич.Фокусы мерчандайзинга.изд.Питер.2010.

    2.Хелен Говорек. Закупки в сфере моды. Пер.с англ.Гревцов Паблишер. Минск.2009.

    3.А. Пименов. Хочу- Вижу,изд. Омега,Москва.2010.




    12-Ma'ruza
    Mavzu: Savdo dơkoni intererining dizaynini yaratish.

    Reja:

    1.Savdo dơkonining savdo zali zonalari .

    2.Savdo dơkoni vitrinalari dizaynini yaratish.
    1.Savdo dơkonining savdo zali zonalari .

    Dơkon egasining eng katta xohishi bu savdo maydonlaridan kam mablağ sarflab unumli foydalanishdir.

    Magazindagi riteylerlarda shunday tushuncha borki, magazin zonasini 2ta zonaga bơlish mumkin: sovuq va issiq zonalarga.

    Sovuq zonalar (ơlik zona) xaridorlarni e'tiborini kam tortadigan joylar.

    Issiq zonalar xaridorlarni e'tiborini kơproq tortadigan joylar.

    Sovuq zonalarga magazindagi quyidagi zonalar kiradi:

    Kirish zonasida xaridorning chap orqa tomonida qoladigan zona;

    Magazin ichki burchaklari;

    Ichki qatorlar orasidagi tor yơlaklar va tupiklar;

    Stellaj yoki polkalarni boshi va ohirgi qismlari;

    Issiq zonalarga magazindagi quyidagi zonalar kiradi:

    Kirish zonasining ơng tomonidagi harakat qilish yơli;

    Savdo zalining perimetri bơylab qơyilgan stellajlar;

    Polka va stellajning xaridorning kơzi tushadigan polkalari;

    Kassa zonasi.

    Statistikadan ma'lumki:

    40% - 50% xaridorlar magazinni ichki qatorlarini aylanishadi.

    80% - 90% xaridorlar magazinni perimetri bơylab aylanadilar.

    Tovarlarni tơğri joylashtirish savdo hajmini 12- 18% oshishiga hizmat qiladi.

    Bizga ma'lumki, iste'molchining magazin tơğrisida tasavvuri magazin eshigidan boshlanadi. Agar kirish eshiklari tor,oynalari kir, oyoq tagidagi gilamchalar iflos bơlsa, bunday holatda magazin ơz jozibasini yơqotadi. Ideal holatda kirishda zinalar yơq bơlgani maqsadga muvofiq. Magazin eshigida har xil mazmundagi e'lonlarni yozilganligi va qorovulni qovoq solib kutib olishi ham iste'molchilarga yoqmaydi. Bunday holatlar iste'molchilarni magazinga kirmasligiga sabab bơladi.

    Magazinda savdo maydonini, joyini rejalashtirganda shuni unutmaslik kerakki, magazinga keladigan iste'molchilarning aksariyati ơng tarafga harakat qilishadi ( soat strelkasiga qarshi tomonga).

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.
    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.
    Shuning uchun magazinga kirish ơrtada yoki ơng tomonda joylashtirilishi kerak. Kassani joylashtirishda ham ơziga xos jihatlari mavjud. Agar kassa kirish zonasini rơparasida joylashtirilsa bu holat iste'molchilarni qơrqitib borishi mumkin.Kassa zonasida tovarlarni kơp miqdorda bơlishi ham maqsadga muvofiq emas, chunki kơpchilik kassa zonasini eng issiq zona deb tovarlarni kơp joylashtirishadi, bu esa odamlarga noqulaylik olib kelmasligi kerak. U erdagi tovar assortimenti faslga mos bơlishi kerak.

    Tovarlarni xaridorgir bơlishiga kơproq tovarlarni qaysi tartibda joylashtirilgani ahamiyatga ega ekan.Tovarlar magazinda faslni hisobga olingan holda joylashtiriladi. Bir birini yaxshi tơldirib turgan tovarlar xaridni oshiradi.

    Masalan: makaron oldida sous, ketchuplarni joylashtirish; kiyim magazinida pal tolar bilan birga sharf va shapkalar joylashtiriladi. Yana shuni ta'kidlash kerakki, tovarlarni joylashtirishda magazinga keladigan xaridorlarni qiziqishlarini inobatga olish kerak.

    Ayollar va erkaklar savdo jarayoniga har xil munosabatda bơladilar.

    Masalan: erkaklarga kiyim sotib olishda uni yengil topish va qulay sotib olish muhimdir.Ayollar uchun bu holat ơzgacha, ular vaqtini maroqli ơtkazib ơziga yangicha narsani sotib olishni ma'qul kơrishadi. Shuning uchun kiyim magazinlarida erkaklar bơlimini magazinning ơng tomonidagi eng qulay joylarida joylashtirish ma'qul, ayollar va bolalar bơlimlarini esa magazinni ichkari zonalarida joylashtirish mumkin.Ayollar va bolalar uchun bơlimlarda bir tovar guruhini ranglar bơyicha joylashtirish yaxshi natija beradi. Faqat tovarlarni ranglar bơyicha joylashtirganda kontrast ranglarni yonma- yon ketma ketlikda joylashtirish mumkin emas, balki ranglar palitrasidan foydalanib ranglar bơyicha joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Rang palitrasi asosida joylashtirish qizil, olov rang, sariq , shil, havorang, kơk, binafsharanglardir, shular ichidan xaridor ơziga kerakli rangli tovarni topadi.

    Yangi kollektsiyalarni va narhi qimmatroq kiyimlarni kơrinadigan joylarda joylashtirish yaxshi samara beradi, mahsus taklifdagi tovarlarni (bularga arzonlashtirilgan, kollektsiyalar qoldiqlari kiradi) chiqish zonasiga yaqinda joylashtirish yaxshi samara beradi.

    Agar magazin oziq- ovqat mahsulotlari sotadigan magazin bơlsa, arzonlashtirilgan mahsulotlarni kirish zonasida joylashtirish yaxshi samara beradi. Kiyim magazinlarida mahsus taklifdagi tovarlarni “ơlik zonalar”da joylashtirish mumkin,lekin bunday zonalarni ham “issiq zonalar”ga aylantirish mumkin.Bunday usullardan biri bu xaridorni aynan bir tovar sotib olish uchun magazinga kelishini hisobga olgan holda, aynan shunday tovarlarni ushbu zonalarda joylashtirish.Ơlik zonalarda mahsus reklama plakatlarini osish ,manekenlarni kơproq joylashtirish,har hil chiroqlar yordamida ham magazin burchaklarini kơzga tashlanishini ta'minlash mumkin.Savdo zallarida rejalashtirilgan holda tovarlarni joylashtirish xarid hajmini 25- 30% oshishiga sabab bơladi.
    2.Savdo dơkoni vitrinalari dizaynini yaratish.
    Dơkon vitrinasi bu merchandayzingni birinchi ta'sir kơrsatuvchi quroli hisoblanadi.

    Vitrina- bu dơkonni vizit kartochkasi hisoblanadi va magazinga xaridorlarni jalb qilish uchun ishlatiladi. Savodli va did bilan ishlangan vitrina savdo markasi tơğrisida ahborot beradi, xaridor uchun kiyim uslubi tơğrisida va magazin ichidagi tovarni narhi tơğrisida ham ma'lumot beradi.Agar savdo markazida yurganingizda qarasangiz qaysidir vitrinalar yoqadi, ayrimlari esa yoqmasligi mumkin.Bunday bơlishiga sabab ayrim magazinlarda marketing konseptsiyasi tơğri ishlatilgan bơladi.Bu konseptsiya AIDA (attention- e'tibor,Interest-qiziqish, desire- xoxish, action-harakat)ni bildiradi. Har bir vitrinaning maqsadi- bu xaridorni e'tiborini qaratish, uni qiziqtirish, magazin ichiga kirishga xohish ơyğotish va xaridorni tovarni olish uchun harakat qilishga undash. Vitrinalarni bezatishda juda kơp kompozitsiya vositalaridan foydalanish mumkin, bularga har hil rangli reklama vositalari,chiroqlarni ơrnatish va manekenlardan kơp miqdorda foydalanish kiradi.

    Vitrinalarda chiroqlarni ơrnatish uchun 3ta asosiy tavsiyalar mavjud:

    1)Chiroqlarni vitrinada shunday joylashtirish kerakki bu yoruğlik odamlar vitrinaga qaraganda kơziga tushmasligi kerak. Buning uchun lampalarni oynaga yaqin qơyib ichkariga yơnaltiriladi. Bunda svetilnik va projektorlardan vitrina potoloklarida va polida foydalaniladi. Metallogalogen lampalar keng qơllanadi, uning quvvati 70-150V. tashkil etadi.Vitrinaning umumiy yoruğligi 3000- 5000l ksni tashkil etadi. Bunday vitrinalar yoshlar kiyimlari sotiladigan va sport uslubidagi magazinlarda yaxshi ishlatiladi.

    2)Vitrina kompozitsiyasida ayrim elementini kơrsatish, alohida e'tibor qaratish maqsadida badiiy chiroqlardan keng foydalanish mumkin.Bu chiroqlar soni bitta manekenga 3-7 tagacha bơlishi mumkin.

    3) Texnologiya rivojlanishi bilan chiroqlarning yangicha turlari paydo bơlmoqda: yoruğ panellar,neon konstruktsiyalar va hokazo...

    Lekin shuni unutmaslik kerakki, magazin merchandayzerlari vitrina bezagi uchun mablağni tejashi maqsadga muvofiq bơlmaydi, chunki iste'molchini magazinga jalb qilish, magazin ichiga kirishiga sabab- vitrinaning qanday darajada bezatilganligi bơladi.

    Vitrinalar modaning yangiliklarini va ơziga hos elementlarini xaridorlarga birinchi bơlib kơrsatishga hizmat qiladi. Manekenlarga aynan yangi kollektsiyadagi kiyimlarni kiydirish tavsiya etiladi, bu holat xaridorlarga kiyinishni ham ơrgatishi mumkin.Manekenda kiyim chiroyli turganini kơrgan xaridor, shu kollektsiyadagi kiyimlarni kơproq sotib olishga harakat qiladi. Vitrinalarni bezatish, ơziga xos dizaynini yaratish bu katta san'atdir va qơl ishini talab etuvchi katta mehnatdir.

    Dơkon vitrinasini bezatish bilan vitrinachilar shuğullanishadi.

    Vitrinachilar - dekoratsiyalar postanovkachisi, chiroq ustasi, bir vaqtda direktor va prodyusser bơlishi mumkin.Vitrinachilar magazinda tovarlarni joylashtirish bilan shuğullanmaydilar, lekin akssesuarlarga javob berishadi. Vitrinachilar -talantli, keng tasavvurga va bilimga ega bơlgan insonlar bơlishi kerak. Shundagina ular noyob kompozitsiyalardan iborat bơlgan, insonlarni hayratga soluvchi vitrinalarni yaratishi mumkin.
    Vitrinalar “yopiq” va “ochiq” bơladi.

    Yopiq vitrinalar orqa devori bor va savdo zalidan alohida ajralib turadi, yonlari va old qismi katta vitrina oynalari bilan yopilgan bơladi. Yopiq vitrinalar har hil ekspozitsiyalar tuzishga juda qulay hisoblanadi,chunki u yerdagi manekenlar ơzgacha dunyoda bơlganga ơxshaydi.Hozirgi kunda yopiq vitrinalar juda kam ishlatilyapti.Shunga qaramasdan yopiq vitrinalar ơziga hos shou maydoni, magazin intererining bir tomoshasi bơlib qoladi.

    Ochiq vitrinalar yopiq vitrinadan farqi shundaki ularning orqa devori yơq bơladi va savdo zali kơrinib turadi.Ochiq vitrinalarni bezatish alohida e'tiborni talab etadi, chunki magazindagi tovarlarni qanday joylashtirilgani kơrinib turadi. Bunday vitrinalarda yoruğlik tarqatilishi ham magazin ichidagi yoruğlik bilan uyğunlashgan bơlishi kerak. Ochiq vitrinalarni bezatishda rang marketingidan keng foydalanish mumkin (masalan: agar magazinda qizil rangli kiyimlar sotilayotgan bơlsa unda vitrinadagi manekenlar ham hammasi shu rangli kiyimda bơlishi mumkin.) Butiklar ochiq vitrinalari dơkon dizaynini yanada chiroyli kơrsatish uchun hizmat qiladi.

    Yopiq, ochiq vitrinalardan tashqari kơtarilgan va chuqurlashgan vitrinalar qơllanadi.




    Download 454.52 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 454.52 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «fashion- menejment va marketing»

    Download 454.52 Kb.