«fashion- menejment va marketing»




Download 0.96 Mb.
bet9/94
Sana10.04.2017
Hajmi0.96 Mb.
#3782
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Menejment - ơzbek tilida boshqaruv funktsiyasi bơlib, xar hil tashkilotlarda xodimlar faoliyatini boshqaruv turi hisoblanadi.

Menejment - bu insoniyatning bilim doirasi hisoblanib, yuqorida kơrsatilgan funksiyalarni amalga oshirishga yordam beradi.

Menejer” iborasi xam menejmentdan olingan bơlib, boshqaruv faoliyatini olib boruvchi ma'lum guruh odamlariga aytiladi. Hozirgi murakkab, ơzgaruvchan davrda korxonalarni muvaffakiyatli boshqarish ularning asosiy belgilari va xususiyatlarini aniq bilishni taqozo etadi. Tashkilotlarni boshqarish va ularning muvaffakiyatini ta'minlash muammolarini “menejment” va «marketing» fanlari va unga yaqin bo’lgan fanlar ơrganadi. Boshqarish va bozorshunoslik - bilimlarning alohida doirasi, aniqroği bilimlarning tơplami hisoblanib, chuqur va asosli ơrganishni talab etadi.

Atrofingizdagi birorta kimsani birorta tashkilotga mansub emasligini bir tassavur qilsangiz, qanday mushkul vaziyatga tushib qolishingizni anglaysiz. Chunki har bir inson bir yoki bir necha tashkilot a'zosi hisoblanadi. Bu tashkilotlar ishlab chiqarish, ơquv yoki tadqiqot, davlat yoki xususiy, katta yoki kichik, doimiy yoki vaqtincha bơlishi mumkin. Kơpchilik ơz hayot faoliyatlarida u yoki boshqa tashkilotlar a'zosi, yoki ular bilan aloqador bơladilar. Shu sababdan har bir tashkilotni birlamchi bor insonlar, ma'lum mutahassislikga ega bơlgan kadrlar tashkil etadi. Ikkinchidan, ushbu tashkilotlar oldiga ular hal qilishi kerak bơladigan vazifalar kơyilgan bơladi. Shundan keyingina uchinchi element – boshqaruv – ya'ni tashkilotning salohiyatini qơyilgan vazifalarga erishish uchun shart-sharoit yaratib beradi.

Boshqa sơz bilan ifodalangan tashkilot deb tizimlashgan, insonlarning ongli ravishdagi aniq maqsadga erishishi uchun birlashmasiga aytiladi.

Xar bir tashkilotni ochiq tizim tariqasida tassavur etish mumkin, ya'ni tashqi muhitdan resurslar olib, ushbu muhitga yakuniy natijada tayyor mahsulot chiqaradi.

Shu sababdan har bir tashkilotning hayotiy faoliyati uchta asosiy jarayondan iborat:



Download 0.96 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Download 0.96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



«fashion- menejment va marketing»

Download 0.96 Mb.