XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI




Download 313 Kb.
bet2/14
Sana19.06.2021
Hajmi313 Kb.
#15132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Ma`lumki, zamonaviy mavzuda asar yozish yozuvchidan anchagina mehnat va mahorat bilan bir qatorda jur`at va jasoratni ham talab etadi. Chunki bunday asarda davr ijtimoiy voqeligi aks etishi barobarida bularga nisbatan yozuvchining munosabati ham ifoda qilingan bo`ladi. Qolaversa, bunday asarlar voqelikni real aks ettirishi, yozuvchi tomonidan badiiy matn ob`ekti ko`rib guvohi bo`lingan voqealarga tayanilgan holda yaratilganligi boisidan ham davr va ijtimoiy muhit haqidagi aniq xulosa va to`xtamlarga kelish uchun yordam beradi.

Shuningdek, zamonaviy mavzudagi asarlarning odatda ko`pincha qissa janrida yozilishini ham ma`lum sabablar bilan izohlash mumkin. Bunga birinchi sabab bo`lib, avvalo, qissalarning kompozitsion tuzilishi, ularga xos soddalik va murakkab bo`lmagan tarkibiy qurilish, qolaversa hajm, umuman olganda, ushbu epik shakldagi asarning janriy xususiyatlaridir.

Shu boisdan ham qissa janrining kompozitsion qurilishi hamda ularda ijtimoiy hayotning badiiy ifodasi masalasi bugungi o`zbek adabiyotshunosligida dolzarb muammolardan biri bo`lib hisoblanadi. Qolaversa, ishda XX asrning so`nggi choragida yaratilgan qissalarini mazkur muammo yuzasidan tahlil qilish ham davrning dolzarb masalalaridandir. Chunki XX asrning so`nggi choragidagi adabiy jarayonni, undagi qissalarni ilmiy-nazariy tadqiq etish, tadqiqot natijasida kelib chiqadigan xulosalarni keng targ`ib qilish milliy mustaqillik mafkurasining asosiy talablari va vazifalariga g`oyatda uyg`undir.



Download 313 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 313 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

Download 313 Kb.