Fayzulloeva dilnora tojiddin qizining zamonaviy qissalarda kompozitsiya va ijtimoiy hayot




Download 313 Kb.
bet4/14
Sana19.06.2021
Hajmi313 Kb.
#15132
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ishning ilmiy yangiligi Dastlabki qarashda qissachilikka doir deyarli barcha muammolar o`rganib bo`lingandek taassurot tug`iladi. Ammo janr – tarixiy kategoriya. Har qanday janr o`zini barqaror tutib turuvchi xususiyatlarini saqlab qolgan holda, birinchi navbatda, adabiy tur va janr qonuniyatining spetsifik fanlariga ko`ra; ikkinchidan esa ijtimoiy-tarixiy muhit va adabiy jarayon bilan chambarchas bog`liq ravishda ichdan yangilanib, o`zgarib boradi. Janr har bir tarixiy davrda, har bir yozuvchi ijodida, shu janrning har bir namunasida yangi - yangi xususiyatlarni namoyon etadi. Shuning uchun ham muayyan bir janr namunalarini – xoh ma`lum bir muammolar doirasida bo`lsin, xoh tarixiy taraqqiyotning turli bosqichlari qiyosida bo`lsin, xoh uslubiy nuqtai nazardan bo`lsin – o`rganish adabiyotshunoslikning dolzarb muammosi bo`lib qolaveradi, ayni paytda bunday tadqiqotlar yangi-yangi xulosalar beraveradi.

Mazkur ishda tahlilga tortilgan qissalar bir-biridan tubdan farq qiluvchi ikki davr – sobiq sho`ro tuzumi va milliy mustaqillikning ilk o`n yilligida yaratilgan. Tabiiyki, voqelik va insonni badiiy tasvirlash borasida ular o`rtasida jiddiy farqlar mavjud. Sobiq ittifoq davrida o`zbek adabiyotidagi boshqa janr namunalari qatorida qissachilikda ham mafkura tomonidan belgilab berilgan «dolzarb g`oya, mavzu»lar asosida ijod qilish, qahramonlarning mafkuradan holi ichki-ma`naviy olamidagi qator murakkabliklar, ziddiyatlar, talab, intilishlar chetlab o`tish, asosiy e`tiborni shaxsning ijtimoiy faoliyatiga qaratish singari nuqsonlar mavjud edi. Shunga qaramay, janrning tabiiy taraqqiyoti, adabiy jarayonga xos badiiy-poetik printsiplar, so`z san`atining etakchi tamoyillari mana shu ikki davrda yaratilgan o`rta epik janr namunalariga xos mushtarak jihatlarni yuzaga keltirganini ta`kidlagan holda, konkret asarlarda – g`oya, ideal, qahramon, milliylik, tarixga munosabat Vatan, insonni tasvirlash printsiplari va uslub singari masalalar ular aro jiddiy farq kuzatilishini e`tirof etish lozim.

Xullas, ishda XX asrning so`nggi choragida yaratilgan qissalarning kompozitsiya va ijtimoiy hayot muammosi yuzasidan tahlil qilinishi mavzuning ilmiy jihatdan yangi bo`lgan masala tadqiqiga bag`ishlanganligini ko`rsatadi.



Download 313 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 313 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fayzulloeva dilnora tojiddin qizining zamonaviy qissalarda kompozitsiya va ijtimoiy hayot

Download 313 Kb.