Fazo va vaqt yoki Makon va zamon




Download 137.38 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.05.2023
Hajmi137.38 Kb.
#63307
Bog'liq
Fazo va vaqt - Vikipediya
Максадли далолатнома, Elektrostatika. Kulon qonuni, Scratch, windovs, ИЛМИЙ ИШ АСОСЛАРИ ЯНГИ МАЪРУЗА, GLOSSARIY, курс иши корхона 2019янги, РАМКА, GDI1, 3 1-&, Moddaning magnit xususiyatlari Reja. Magnit xususiyatlari bo\'y-fayllar.org (1), Kurs ishi mavzu Yalpi talab va yalpi taklif. Uning hajmiga ta’s-fayllar.org, 3-mavzu, Antenna yakuniy shpargalka


Fazo va vaqt
Fazo va vaqt yoki Makon va zamon —
borliqning umumiy yashash shakllari;
fazo dunyoni tashkil etuvchi obʼyektlar va
ulardagi tarkibiy nuqtalarning oʻzaro
joylashish tartibi, koʻlami va miqyosini
ifoda etsa, vaqt dunyoda sodir boʻluvchi
hodisa va jarayonlarning ketma-ket roʻy
berishi va davomiyligini ifodalaydi. Fazo
va vaqtning tabiati hamda mohiyati
Ushbu maqolani Fazo-vaqt (https://uz.wikipedia.org/wiki/Fazo-vaqt)  bilan birlashtirish taklif etiladi.
Ko‘proq o‘rganish


haqida qadimdan faylasuflar xilma-xil
nuqtai nazarni ilgari surgan.
Ularni umumlashtirib 2 ga: 
substansial
va
relyatsion konsepsiyaga
ajratish mumkin.
Substansial konsepsiyada fazo va
vaqtning mutlaq jihatlari, relyatsion
konsepsiyada esa ularning nisbiy jihatlari
mutlaqlashtiriladi.
Substansial yondashuv tarafdorlari
(Demokrit, Platon, Eronshaxriy, Zakariyo
ar-Roziy, Beruniy, Patritsiy, Kampanella,
Gassendi, Nyuton, Eyler va
boshqalar)ning fikricha, fazo-materiya va
moddiy aloqadorliklardan tashqarida,
ularga bogʻliq boʻlmagan holda mavjud


boʻlgan mustaqil 
substansiyadir
; u
moddiy obʼyektlarning joylashish makoni,
fazo mutlaqdir. Vaqt esa borliqqa, fazo
va harakatga jiddiy taʼsir koʻrsatadi; vaqt
munosabatlari hamda hisob
sistemalarida bir xilda oʻtadi. Fazo va
vaqtni mustaqil substansiya deb
hisoblaganliklari uchun ularning
yondashuvi fanga substansial
konsepsiya nomi bilan kirgan.
Relyatsion yondashuv vakillari (Aristotel,
Avgustin, al-Kindiy, Ibn Sino, Nosir Xisrav,
Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Dekart,
Leybnits, Toland, Yum, Fixte, Kant,
Gegel)ning fikricha, fazo — 
moddiy
dunyoning
 tarkibiy tuzilishi tartibining


namoyon boʻlishi, jismlarning oʻzaro
joylashish oʻrni va moddiy narsalarning
mavjudligi tartibini ifodalaydi. Fazo juzʼiy
holda ham, umumiy holda ham moddiy
dunyoning holatiga bogʻliq; materiya
fazoning mavjudligi uchun asosiy
vositadir, vaqt esa materiyaning atributi
(ajralmas xususiyati), u materiyadan
tashqarida mavjud boʻlishi mumkin emas,
u nisbiydir.
Fanda uzoq davr mobaynida fazoni
vaqtdan ajratib tushunish hukmronlik qilib
keldi. Shu jixatdan vaqtga nisbatan
dinamik va statistik qarashlar ham
mavjud. Dinamik qarash boʻyicha,
vaqtning faqat hozirgi zamonigina real


mavjud, 
oʻtmish
 oʻtib ketgan, 
kelajak
esa
hali yoʻq. Statistik qarash vakillarining
fikricha, vaqtning barcha lahzalari bir
yoʻla, yaxlit holda, bir vaqtda mavjuddir,
vaqtning lahzalarini har bir subʼyekt oʻz
boshidan kechiradi va unga goʻyoki vaqt
oqib oʻtayotgandek tuyiladi.
20-asr boshlarida A. Eynshteyn
tomonidan 
nisbiylik nazariyasining
yaratilishi fazo va vaqtning oʻzaro
chambarchas bogʻlikligi, fazo va vaqt
sistemaning harakat tezligi bilan, vaqt-
fazo strukturasining modda zichligi bilan
bogʻlikligi haqidagi fikrlar tabiiy-ilmiy va
nazariy isbotini topdi.


Bundan ilgariroq yaratilgan 
noyevklid
geometriyasi
 tamoyillari bilan dunyo
elektrodinamik manzarasining bogʻlanishi
fazoning strukturasi haqidagi tabiiy-ilmiy
tasavvurlarni yanada kengaytirdi. Fan
yutuqlari fazo va vaqtning xususiyatlari
mikro, makro va megadunyolarda bir-
biridan farq qilinishini isbotladi. Hozirgi
zamon fanlari aniqlab bergan fazo va
vaqtning xususiyatlarini 2 turga ajratish
mumkin. 1-turga tegishli 
oʻlchov
asboblari
 (lineyka, ruletka, soat kabilar)
bilan oʻlchash mumkin boʻladigan, turli
hisob sistemalarida turlicha namoyon
boʻladigan nisbiy xususiyatlari kiradi va
ular 
metrik xususiyatlar
 deb ataladi.
Bunday xususiyatlarga fazoning koʻlami,


bir jinsliligi, izotropliligi, egilganligi,
vaqtning bir jinsliligi, bir xilligi, davomiyligi,
anizotropligi va boshqa kiradi. 2-turdagi
xususiyatlari fazo va vaqtning tub
mohiyatiga aloqador boʻlgan, barcha
hisob sistemalarida bir xilda namoyon
boʻladigan, oʻzgarmas, fundamental
xususiyatlardir. Ular 
topologik
xususiyatlar
 deb atalib, fazoning
uzluksizligi (yoki diskretligi), oʻlchamliligi,
tartiblanganligi, kompaktligida, vaqtning
esa uzluksizligi, bir oʻlchovliligi, orqaga
qaytmasligi, chiziqli bogʻlanganligida va
boshqada namoyon boʻladi.
Fazo va vaqtning metrik xususiyatlari
borliqning miqdoriy munosabatlarini


ifoda etsa, topologik xususiyatlari esa
tub sifat jihatlarini aks ettiradi. Shu
sababli falsafada fazo va vaqtning metrik
xususiyatlari — miqdoriy xususiyatlar,
topologik xususiyatlari esa sifatiy
xususiyatlar deb ataladi. Fazo va
vaqtning metrik xususiyatlari oʻzgarganda
voqeliqda jiddiy strukturaviy oʻzgarishlar
roʻy bermasligi mumkin, topologik
xususiyatlarning oʻzgarishi esa voqelikni,
albatta, tubdan strukturaviy oʻzgartiradi.
Fazo va vaqtni anglashda real, perseptual
va konseptual fazo va vaqtlarni bir-
biridan ajrata olish lozim. Obyektiv
Fazo va vaqt turlari


voqelikdagi real, jismoniy, fizik obʼyektlar,
narsa va hodisalarning oʻziga xos fazo va
vaqt aloqadorliklari real fazo va vaqt
deyiladi. Real fazo va vaqtning inson
tasavvurida idrok etilishi — perseptual
fazo va vaqt boshqa boʻlsa, real fazo va
vaqtning matematik tenglama va hisob-
kitoblarda modellashtirilishi —
konseptual fazo va vaqtdir. Perseptual va
konseptual fazo va vaqt real fazo va
vaqtning 
inʼikosi
ekanligini hisobga olish
lozim, ularni aynanlashtirish kishini
chalgʻitishi mumkin.
Hozirgi Davrda borliqning turli tashkiliy
struktura darajalariga aloqador fizik,
kimyoviy, geologik, biologik, fiziologik,


ijtimoiy (sotsiologik), psixologik fazo va
vaqt haqidagi konsepsiyalar ham
yaratilmoqda. Ularda olamning tuzilish
jihatdan xilma-xilligi va birligi, koʻp
qirraliligi va cheksizligi, murakkabligi va
nihoyasizligi asoslanmoqda. 20-asrning
oxiri — 21-asrning boshlarida 
nazariy
fizika

topologiya

chiziqli algebra

kvant
fizikasi

relyativistik kosmologiya
 kabi
fanlarning rivojlanishi fazo va vaqt
haqidagi tasavvurlarni jiddiy oʻzgartirdi,
fazo va vaqtning turli-tuman modellarini
tadqiq qilishga keng yoʻl ochildi. Bu
tadqiqotlar olamdagi yagona eng
umumiy, universal va fundamental
aloqadorlik — fazo va vaqt


aloqadorligidir, deb xulosa chiqarishga
asos berdi.
[1]
Sovremennaya nauka o stroyenii i
evolyutsii materialnogo mira, v kn.
Osnovi filosofii, T., 2004;
Toʻrayev B. O., Vaqt muammolari, T.,
1986;
Toʻrayev B. O., Prostranstvo. Vremya.
Razvitiye, T., 1992.
1. OʻzME, Baxtiyor Toʻrayev.
Adabiyot
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 2-Yanvar 2023, 20:55 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Fazo_va_vaqt&oldid=3532192

dan olindi

Download 137.38 Kb.




Download 137.38 Kb.
Pdf ko'rish