Fizika hamma uchun kerak




Download 1.45 Mb.
bet1/13
Sana15.06.2022
Hajmi1.45 Mb.
#23745
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Fizik kecha
blankresume, Ovqat hazm qilish, Baxtiyarova Sevinchoy, Referat haqida toliq malumot Yuqumli kasalliklar haqida tushunc, Nutq madaniyati va adabiy til me’yorlari reja, OLiy matematika, иктисод 2 3, 2.Ф-26 анкета, Academic-Data-389191100347, Google Form va Google presentation haqida, Elektron pochta xizmatidan foydalanish, dars almashtirish sentabr, Kiberxavfsizlik, 285-292



FIZIKADAN KECHALAR

“FIZIKA HAMMA UCHUN KERAK”


Kechaning rejasi:
1. Ma’ruza. Mavzu: “Fizika hayotda, turmushda va texnikada:
2. Sahnalashtirilgan Arximed afsonasi. 3. Viktorina qismi.
4. Multimediya darslikdan ko’rsatish. “Qiziqarli tajribalar.”
“Fizika” she’ri
Assalomu alaykum hurmatli va aziz o’quvchilar. “Fizika hamma uchun kerak” degan mavzuda o’tkaziladigan kechamizni ochiq deb e’lon qilamiz.
Ma’ruzaning mazmuni:
Reja:
1. So’z boshi.
2. Fizika va tabiat.
3. Fizika turmushga hammaga kerak.
4. Fizika-texnika yutuqlaridan medisinada foydalanishi.
5. Xulosa.
(Ma’ruzani jihozlash: Kompyuter. CD disk. chizmalar, termometr, pichoq, qon bosimini o’lchagich(tanometr), knopka.)
Havo, suv, yer, osmon jismlari, o’simliklar, havonlar, ya’ni bizni o’rab olgan hamma narsalar tabiat deyiladi. Tabiat har doim mavjud bo’lgan. Tabiat abadiy, doimo bo’lgan va doimo bo’ladi. Ammo yerdagi ko’p narsani inson, uning mehnati va aqli yaratgan. Inson shahar va qishloqlar yaratdi, fabrika va zavodlar qurdi. Tabiatni bilishga va undan o’z maqsadlarida foydalanishga imkon beruvchi fanni ham inson yaratdi. Tabiat haqidagi fanlarning maqsadi tabiat qonunlarini ochish, o’rganish va ulardan inson ehtiyojlari uchun foydalanishdan iborat. Shunday fanlardan biri fizika fanidir. Fizika so’zi “Fyuzis” so’zidan olingan bo’lib “tabiat” ma’nosini bildiradi.
Fizikada bizni o’rab olgan jismlarning xossalari ham o’rganiladi. Tabiatni o’rganadigan boshqafanlar ham bor, falakkiyot, biologiya, ximiya, jug’rofiya. Fizika eng qadimiy fanlardan biridir. Bizning eramizdan bir necha yuz yillar avval yashagan yunon olimlari birinchi fiziklar edilar. Bu olimlar birinchi bo’lib tabiatdan kuzatiladigan hodisalarni tushuntirishga urinib ko’rdilar. Fizikada kashf etilgan va o’rganilgan hamma hodisalar olimlarning zo’r mehnat natijasidir. Buxorolik faylasuflardan Ahmad Donish, Abu Ali ibn Sino, Xorazmlik Abu Rayhon Beruniyning fizika fanini rivojlantirishdagi mehnatlari katta. XX asrning ikkinchi yarmi, ya’ni bizning davrimiz ilmiy texnikaviy revolyusiya davri deb ataladi. Bu davr uchun fizika, riyoziyot, kimyo, biologiya, jug’rofiya va tabiat hamda jamiyat haqidagi boshqa fanlarda qilingan ilmiy kashfiyotlarning texnikaga, sanoatga va insonning kundalik hayotiga keng va tezda tatbiq qilinishi xarakterlidir. Fizika hozirgi zamon texnikasining asosidir. Bu turli texnikaviy, qurilmalarning fizikada kashf qilingan va o’rganilgan tabiat hodisalari, qonunlarining qo’llanilishiga asoslanganligini bildiradi. Masalan avtomobillar, traktorlar, teplovozlar, tanklar, daryo va dengiz kemalarini harakatga keltiruvchi ichki yonuv dvigatellari gaz xossalari va ko’pgina issiqlik hodisalarini o’rganishi natijasida yaratiladi.
Elektr haqidagi bizning eramizgacha bir necha asr oldin bilishgan edi, ammo uning amaliy tadbiqi ko’pgina elektr hodisalari va qonunlari kashf qilingandan keyin, taxminan, 19 asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Hozirgi vaqtda elektr bilan yoritish, elektr isitish asboblari telegraf, radio va televedeniya kundalik hayotimizda mustahkam o’rin olgan. Elektr dvigatellar turli mexanizmlarni harakatga keltiradi.
Biz siz bilan atrofimizga qarar ekanmiz, hamma joyda fizika fani yutuqlaridan foydalayotganini ko’ramiz. Uyimizdagi xohlagan biror narsa fizik tushunchaga asosan mavjuddir. Kechalari radio eshitamiz, televizor ko’ramiz, turli uy-ro’zg’or asboblaridan muzlatgich, pilesos, dazmol, kipitilnik, gaz plitkasi, elektr britvasi, kondinsioner kir yuvish mashinalaridan unumli foydalanamiz.
Uyimizda uy-ro’zg’or ishlarini bajarayotganda ko’plab fizik hodisalarga duch kelamiz va bizda turli savollar paydo bo’ladi.
Nima uchun o’tkir pichoq o’tmas pichoqga qaraganda turli mahsulotlarni oson kesadi? Nima uchun piyoladagi choyni sovitishda puflanadi?
Nima uchun issiq ovqat suzishga sopol idish qo’lni kuydirmaydiyu, ammo shu ovqat mis idishga suzilsa, u qo’lni kuydiradi:
Bu savollarning barchasi fizika kursida javob topish mumkin: Hozirgi zamon medisinasi barcha fanlarning yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birga fizika fani yutuqlaridan ham. Agar medisina kabinetlariga e’tibor bersabgiz, y yerda yuzlab fizika qonunlariga asosan ishlovchi asboblarga ko’zingiz tushadi. Masalan, terapevt kabinetida kasal kishini fonendoskop asbobi bilan ichki organlari eshitiladi. Qon bosimini o’lchashda. Fonokoordiograf asbobi orqali kishining ichki organlarining rasmi olinadi. Xullas, fizika fani hozirgi zamonda juda muhim fanlardan biri bo’lib, uni hamma bilishi kerak.
Hozir sahnalashtirilgan “Arximed afsonasini” namoyish qilamiz, tamosha qiling. Rollarda: Giyeron, vazir, malika, Arximed, hamombon, qorovul, zargar.

Download 1.45 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 1.45 Mb.