• Maruzachi: TDPU “Fizika va uni o‘qitish metodikasi” p.f.n. X.X. Tajiboeva
  • Fizika “Mahorat maktabi”




    Download 4.78 Mb.
    bet1/35
    Sana24.03.2017
    Hajmi4.78 Mb.
    #1571
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35

    Fizika

    Mahorat maktabi”



    2014-2015 o‘quv yili materiallari

    Mavzu: Fizika darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlarni samarali tashkil etish metodikasi

    (6-9 sinflar misolida)
    Ma'ruzachi: TDPU “Fizika va uni o‘qitish metodikasi”

    p.f.n. X.X. Tajiboeva
    So‘zboshi
    Mustaqillik tufayli yosh avlodni savodxon, har tomonlama yetuk madaniyatli, savodxon qilib tarbiyalash, ijodiy ishga o‘rgatish har bir fan o‘qituvchisining burchi hisoblanadi. Bugungi yoshlarni erkin fikrlash, mustaqil ishlash ko‘nikmasini hosil qilishda ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlarni samarali tashkil etish asosiy o‘rin tutadi.

    O‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, ijodiy ishlashga o‘rgatishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan to‘garak, konferensiya, kechalar tadbirlarning o‘rni beqiyosdir.

    Darsdan tashqari tashkil etiladigan tadbirlar bevosita o‘qituvchini rahbarligida, reja asosida ma’lum maqsadni ko‘zlab, o‘quvchilarni hohishlarini hisobga olib uyushtiriladigan mashg‘ulot turi hisoblanadi.

    Darsdan tashqari tashqari tashkil etiladigan tadbirlarning maqsad va vazifalari:

    1.O‘quvchilarni bilim darajasini, ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish;

    2.O‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish;

    3.Uning mehnat faoliyatidagi o‘ziga xos xususiyatlari;

    4. O‘quvchilarni shaxsiy qobiliyatini rivojlantirish;

    5. O‘quvchilarda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish;

    6. O‘quvchi qobiliyatiga qarab kasbga yo‘naltirish.


    Ma’ruzani olib borish texnologiyasi




    Mashg‘ulot shakli

    Mavzu bo‘yicha ma'ruza

    Ma’ruza rejasi

    a) Fizikadan o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlar turlari.

    b) Fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari.

    v) Fizikadan to‘garak, konferensiya, kechalar o‘tkazish metodikasi.


    O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

    Fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari, fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari, fizikadan to‘garak, konferensiya, kechalar o‘tkazish metodikasi to‘g‘risida ma'lumot berish

    Tayanch tushuncha va iboralar

    Fizika kursi, sinfdan tashqari ishlar, to‘garak, kecha, konferensiya

    Pedagogik vazifalar:

    O‘quv faoliyati natijalari:

    Fizikadan o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy ishlashga yo‘naltiruvchi topshiriqlar turlari, fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari, fizikadan to‘garak, konferensiya, kechalar o‘tkazish metodikasi to‘g‘risida tushuncha berish.

    Fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning turlari, fizikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlarning shakllari, fizikadan to‘garak, konferensiya, kechalar o‘tkazish metodikasi to‘g‘risida ma'lumotga ega bo‘ladilar;

    O‘qitish vositalari

    Ma’ruza matni, tarqatma material, kompyuter slaydlari, doska

    O‘qitish usullari

    Ma’ruza, tushuntirish, instruksiya berish, namoyish, blis-so‘rov, “Aqliy hujum”, B.B.B (Bilaman. Bilmoqchiman. Bilib oldim. usuli

    O‘qitish shakllari

    frontal, kollektiv ish

    O‘qitish sharoiti

    kompyuter, multimedia proektor

    (yoki proektor va LD panel)










    Download 4.78 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




    Download 4.78 Mb.