Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor




Download 2.71 Mb.
bet1/18
Sana27.12.2019
Hajmi2.71 Mb.
#5512
TuriРеферат
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT FARMASEVTIKA INSTIUTI

Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

Tasdiqlayman”

O’quv ishlari bo’yicha prorektor

f.f.n., S.U.Aliyev

_______ _________________

___” _________2016 yil


5510600-Sanoat farmasiyasi (turlari bo’yicha)

METROLOGIYA” fanidan



O’QUV USLUBIY MAJMUA

Toshkent – 2016
Tuzuvchi:

S.Y.Inog’omov - “Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi

dotsenti, t.f.d.

O’quv uslubiy majmua kafedraning

2016 yil “___” _______________ dagi ____ -sonli majlisida muhokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.

Fizika, matematika va axborot

texnologiyalari kafedrasining

dotsenti, t.f.d. K.K. Shodmonov

O’quv uslubiy majmua MUKda ko’rib chiqildi va tasdiqlandi.

“___” _______________ 2016 yil ____ - sonli bayonnomasi.


МУНДАРИЖА

Ўқув дастури ............................................. …. 0

Ишчи дастур ................................................... 5

Тестлар ............................................................. 25

Назорат учун саволлар (ЖН, ОН ва ЯН) ....... 42

Умумий саволлар ............................................ 44

Глоссарий ........................................................... 47

Реферат мавзулари ......................................... 49

Адабиётлар рўйхати ....................................... 50

Ўқув материаллари

(маъруза матни, ўқув қўлланма) .................. 51

Ҳорижий манбалар ......................................... 231

Муаллифлар ҳақида маълумот ..................... 234

Меъёрий хужжатлар ......................................... 235

Баҳолаш меъзони .............................................. 236

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA

O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

Ro’yxatga olindi: Oliy va o’rta maxsus ta’lim

№ __________ vazirligining 2016 yil

2016 yil “____” ____ “___” ____ “____” - sonli

buyrug’i bilan tasdiqlangan
metrologiya VA STANDARTIZASIYA
fanining
O’QUV DASTURI

Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoyi ta’minot

Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash

Ta’lim yo’nalishi 5510600 Sanoat farmatsiyasi (Dori vositalari)

5510600 Sanoat farmatsiyasi (osmesevtika)

Toshkent – 2016

Fanning o’quv dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv-uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashining 2016 yil “___“ _______ dagi “____“ – sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan.

Fanning o’quv dasturi Toshkent farmasevtika institutida ishlab chiqildi.



Tuzuvchilar:

S.Yo.Inog’omov - Fizika, matematika va AT kafedrasi mudiri, dotsent.


Taqrizchilar:
S.Amirov - TIKXMMI Elektrotexnika asoslari kafedrasining

mudiri, t.f.d., prof.


F.X. To’xtaev - Toshkent farmasevtika instituti Biotexnologiya kafedrasining dosenti, f. f. n..

Fanning o’quv dasturi Toshkent farmasevtika instituti Ilmiy –uslubiy Kengashida ko’rib chiqilgan va tavsiya qilingan. (2016 y «____» dagi - sonli bayonnoma).




KIRISH
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi sanoat farmasiyasi yo’nalishi bo’yicha faoliyat yuritadigan muhandis – texnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.
Fanni maqsadi va uning vazifalari
Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan talablar
Metrologiya va standartizasiya fanni o’zlashtirish jarayonida bakalavr:

- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak.

- metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart.

- o’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soqalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak.

- asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak.

- har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.


Bular bilan bir qatorda bakalavr:

- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish;

- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish;

- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilishi kerak.

- metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish

- baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.

- elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash

- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish malakalariga ega bo’lishi kerak


Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi
Metrologiya fani o’lchashlarning nazariy asoslarini o’rganadigan fan bo’lib, umumiy fizika kursida o’rganilgan parametr va kattaliklarni sanoat va ishlab chiqarishga tatbiq qilgan holda ko’rib chiqiladi. Metrologiya fani fizik – kimyoviy parametrlarni o’lchashni, universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarning nazariy asoslarini hamda elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlashni o’rganishni umumiy fizika, matematika, elektrotexnika asoslari va mutaxassislik fanlari bilan bog’langan holda olib boradi.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni

Metrologik jarayonlarni o’lchash va o’lchash texnikasini ishlab chiqarishga keng joriy etish uchun har bir injener – texnik hodim metrologiya asoslaridan texnologik o’lchash usullari va vositalaridan, hisoblash texnikasidan o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirishda foydalanish imkoniyatlaridan xabardor bo’lishi zarur. O’lchash vositalari, ularni texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni bilish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga va mahsulot sifatini yuqori darajaga ko’tarishga xizmat qiladigan asosiy omil hisoblanadi.

Shuning uchun “Metrologiya asoslari” fani dorishunoslik yo’nalishi bo’yicha injener-texnik xodimlar uchun asosiy ixtisoslik fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

Metrologiya fani ilmiy- texnika taraqqiyotida yetakchi rol o’ynaydi. Shuning uchun talabalar bu fanni chuqur o’zlashtirishlari uchun amaliy ish mashg’ulotlarini muntazam ravishda o’tkazish rejalashtiriladi. Talabalar fanning nazariy qismidan olgan bilimlarini amalda qo’llashlari va o’z mahoratlarini to’la namoyish qilishlari uchun amaliy ishlarni shunday tashkil qilish kerakki, unda asbob-uskunalardan, ko’rgazma qurollaridan, plakatlardan, slaydlardan, diafilmlardan, videofilm va kompyuterdan foydalangan holda olib boriladi. Bu esa talabalarda o’lchash sxemalarini mustaqil tuzish uchun hamda o’lchov asboblarini ishlab chiqarishga tatbiq qilish uchun nazariy, hamda amaliy zamin bo’ladi.



ASOSIY QISM
Fanga kirish
Metrologiya fanining predmet va vazifalari. Fanning asosiy maqsadi va uning ishlab chiqarishdagi roli.
O’lchashlar haqida umumiy ma’lumotlar

O’lchash xatoliklari va ularni baholash
O’lchashlar. O’lchash turlari. O’lchash vositalari, ularning elementlari va parametrlari.

Xatoliklarning statistik xarakteristikasi. O’lchov vositalari strukturasi. Texnik o’lchashlarda o’lchash sistemalari xatoliklarini baholash. O’lchov vositalarining statik va dinamik xarakteristikalari. O’lchov asboblarining ishonchliligi.



Temperaturani o’lchash
Temperatura va temperatura shkalalari haqida asosiy ma’lumotlar. Temperatura o’lchash asboblarining klassifikasiyasi. Kengayish termometrlari. Monometrik termometrlar. Termoelektr termometrlar.
Qarshilik va nurlanish termometrlari
Qarshilik termometrlari haqida umumiy ma’lumotlar. Qarshilik termometrlarining tuzilishi va ulanish usullari. Logometrlar. Nurlanish pirometrlari. Temperaturani maxsus o’lchash uchun termometrlar.
Suyuqliklarning zichligini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassiffikasiyasi. Qalqovichli zichlik o’lchash asboblari. Vaznli zichlik o’lchagichlar. Gidrostatik zichlik o’lchagichlar. Radioizotopli zichlik o’lchagichlar.
Bosimni o’lchash asboblari
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlikli bosim o’lchash asboblari. Deformasion, yukporshenli va elektr bosim o’lchash asboblari va ularni qo’llanilishi.

Suyuqlik va sochiluvchan moddalar sathining

balandligini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Ko’rsatish oynasi. Suyuqlik sathini o’lchashning usullari. Sochiluvchan moddalarning sathini o’lchash.


Modda miqdori va sarfini o’lchash
Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Suyuqlik va gazlar miqdorini o’lchash. Modda miqdori va sarfini o’lchashning usullari.
Suyuqliklarning tarkibini analiz qilish

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Eritmalarni analiz qilishning konduktometrik, potensiometrik, optik, avtomatik titrlash va radioizotop usullari va qo’llanilishi.



Suyuqliklarni qovushoqligini o’lchash

Asosiy ma’lumotlar va klassifikasiyasi. Kapillyar vizkozimetrlar. Sharikli vizkozimetrlar. Rotasion vizkozimetrlar. Tebranishli vizkozimetrlar.



Elektrik kattaliklarni o’lchash

O’lchash mexanizmlari va ko’rsatuvchi asboblar. Magnitoelektrik mexanizmlar va asboblar. Elektromagnit mexanizmlar va asboblar.Elektrodinamik mexanizmlar va asboblar. Elektrostatik asboblar.Vibrasion asboblar. Logometrlar.


Tok va kuchlanishni o’lchash

Qarshiliklarni o’lchash
O’lchash usullari. Galvanometrlar. Galvanometr-larning vazifasi va xarakteristikalari. Quvvatni o’lchash.Elektr energiyasini hisobga olish.

Qarshiliklarni o’lchashning har xil usullari. Ommetr va AVOmetr. Induktivlik va sig’imni o’lchash.


Solishtirish asboblari

Qayd qiluvchi asboblar

Yakka o’zgarmas tok ko’priklari. Qo’shaloq o’zgarmas tok ko’priklari. O’zgarmas tok potensiometrlari. O’zgaruvchan tok potensiometrlari. Yarim avtomat va avtomat ko’priklar va potensiometrlar.

Vazifasi vaklassifikasiyasi. O’zi yozar asboblar. Elektromexanik ossiglograflar. Elektron ossillograflar.
Elektr o’lchash asboblarini tekshirish

Rostlanuvchi qarshiliklar. Nagruzka transformatorlari va avtotransformatorlar. Faza ko’rsatkichlar va faza rostlagichlari. Ta’minlash manbalari. Tekshirish ustanovkalari. Izolyasiyani sinash ustanovkasi.



Elektr o’lchash asboblarini tekshirish jihozlari
Tekshirishning tartibi va vazifasi. Tekshirish usullari va qoidalari. Ampermetr,voltmetr, vatmetr, ommetr va megommetrlarni tekshirish. Ko’priklar, potensiometrlar va qarshilik magazinlarini tekshirish.

Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar
Fan bo’yicha amaliy mashg’ulotlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.
Laboratoriya mashg’ulotlarini taxminiy ro’yxati
1. O’lchov asboblarining aniqlik darajasini tekshirish

2. Ampermetrning aniqlik darajasini tekshirish

3. Voltmetrning aniqlik darajasini tekshirish

4. Quvvatni vattmetr bilan o’lchash.

5. Qarshiliklarni ommetr bilan o’lchash.

6. Galvanik elementlarning elektr yurituvchi kuchini kompensasіya

usuli bilan aniqlash.

7. Elektron ossillografning ishlashini o’rganish.

8. Termopara doimiyligini aniqlash.

9. O’tkazgich va yarimo’tkazgichlar qarshiligini temperaturaga

bog’liqligini o’rganish

10. Bir fazali schyotchikni tekshirish.

11. Bir fazali transformatorni nagruzkada tekshirib ko’rish.

12. Galvanometrning bo’lim qiymati va ichki qarshiligi-ni

aniqlash.

13. Kondensator sig’imini davriy zaryadlash va razryadlash usuli

bilan aniqlash.

14. O’zgarmas tok zanjirida elektr qarshiliklarni o’lchash.

15. O’zgarmas tok zanjirida quvvatni o’lchash.

16. AVOmetr yordamida tok kuchini, kuchlanishni va qarshilikni

o’lchash.

17. Avtomatik o’lchash ko’prigi va potensiometr yordamida haroratni

o’lchash.

18. Transformatorning foydali ish koeffisientini aniqlash.

19. Bir fazali transformatorning quvvatini aniqlash.

20. O’lchov asboblari va o’zgaruvchan tok ko’priklari yordamida sig’im,

induktivlik va o’zaro induktivliklarni o’lchash
Kurs ishini tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar

Fan bo’yicha kurs ishlari namunaviy o’quv rejada ko’zda tutilmagan.


Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talabaning mustaqil ishi o’rganilayotgan mavzu yuzasidan kengaytirilgan ma’lumotlar yig’ish, buning uchun axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan keng foydalanib, referat, slayd, tahlil natijalarining jadvallari, mavzular bo’yicha informasion vositalardan olingan adabiyotlar ro’yxati, me’yoriy texnik hujjatlarning nusxalari ko’rinishida bo’lishi mumkin. Mustaqil ishga mo’ljallangan mavzular va topshiriqlar talabaning mustaqil ishini tashkil etish bo’yicha kafedrada ishlab chiqilgan va muntazam yangilanib boradigan uslubiy qo’llanmalarda keng yoritilgan.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari
1. O’lchovshunoslik fanining sanoat, xalq xo’jaligi va dorishunoslik uchun ahamiyati.

2. O’lchov vositalari bo’yicha davlat va tarmoq standarti talablari bilan tanishish.

3. Kontakt temperatura o’lchov asboblari bilan tanishish.

4. Distantsion temperatura o’lchov asboblari

5. Suyuqlik tarkibini analiz qilish qurilmalarini dori ishlab chiqarish texnologiyalarida qo’llanilishi.

6. Suyuqlik tarkibini analiz qilish qurilmalarini dori vositalari sifatini nazorat qilishda qo’llanilishi.

7. Suyuqlik zichligini aniqlash o’lchov asboblarini dori vositalari sifatini nazorat qilishda qo’llanilishi.

8. Elektrik kattaliklarni o’lchash asbobllari bilan tanishish.

9. Noelektrik kattaliklarni o’lchash asbobllari bilan tanishish.

10. Dori vositalarini qovushqoqligini aniqlash bo’yicha ma’lumotlar.

11. Dori vositalarini qovushqoqligini aniqlash usullari bilan tanishish.

12. Kombinasion elektr o’lchov asboblarini tuzilishi va ishlatilishi bilan tanishish.

13. Elektr o’lchov – asboblarining dori tayyorlash texnologiyasida ishlatilishi.

14. Solishtirish asboblarini dori texnologiyasida qo’llanilishi.


Dasturning informasion - metodik ta’minoti
Ta’limning zamonaviy (xususan, interfaol) metodlari, pedagogik va axborot kommunikasiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentasion, elektron-didaktik) texnologiyalari ko’rinishida amalga oshiriladi.

Darsliklar, o’quv qo’llanmalari, ayrim mavzular bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar, ma’ruza matnlarining elektron versiyalari, elektron darsliklar, fanning talabalar tomonidan chuqur o’zlashtirilishi uchun keng imkoniyat yaratilgan. Tahlil natijalarining matematik xarakteristikasi va validasiyasi bo’yicha elektron dasturlardan ham foydalaniladi.

Fan bo’yicha ba’zi bir ma’ruzalar video tasmaga tushirilgan, dikslarda (CD, DVD,) yozilgan va bu choralarning barchasi talabalarning fanni mukammal o’zlashtirishlari uchun xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Asosiy adabiyotlar
1. Ismatullaev P.R. va boshqalar. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish. T. 2000 y.

2. Axrorov N. O’lchovshunoslik asoslari va elektr o’lchashlaridan amaliy ishlar: .T.: O’zbekiston 1994. – 222 b.

3. Muxamedov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarini o’lchash usullari va asboblari.- T. O’qituvchi. 1991y. –320 b.

4. Inog’omov S. Metrologiya va elektr o’lchashlar bo’yicha laboratoriya ishlari. T. 2007 y.



Qo’shimcha adabiyotlar
1. S.F. Amirov. Standartlash va metrologiya ma’ruzalar matnlari tuplami, Toshkent 2000 y.

2. Ismatullaev P.R, Abdullaev A.X , Kodirova Sh.A, A’zamov A.A, Miralieva A.K, «Metrologiya standartlashtirish va sertifi- katlashtirish fanidan ma’ruza matnlari tuplami» Toshkent -1999.

3. Ismatullaev P.R va boshkalar. Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishga mukaddima. Ukuv kullanmasi. Konstruktor IGB Toshkent 1995y.

4. Ismatullaev P.R., Abdullaev A.X., Turg’unboev A., A’zamov A.A. O’lchashlarning fan va turmushdagi tutgan o’rni.Toshkent, 1995 y.

5. Qodirov A. va boshqalar. Metrologiya va elektr o’lchashlar. Laboratoriya ishlari uchun qo’llanma. T., 1995 y.

6. Osnovu metrologii, standartizasii i kontrolya kachestvom. I.F.Shishkin. Uchebnoe posobie. –M.”Izdatel’stvo standartov”, 1991 g.

7. Teoreticheskaya metrologiya. I.F.Shishkin. Uchebnik-M.Izdatel’stvo standartov , 1990 g.

Internet saytlari
1. http: //www. Pharmi.uz

2. http: //www. Ziyonet.uz

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI
TOShKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI
Ro’yxatga olindi “Tasdiqlayman”

№___________________ O’quv ishlari bo’yicha

2016 y. «___» ________ prorektor f.f.n.,

S.U.Aliyev

____________________“____” ______2016 yil
METROLOGIYА VA STANDARTIZASIYА ”
FANINING I Sh Ch I
O’QUV D A S T U R I
Bilim sohasi: 500000 Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot
Ta’lim sohasi: 510000 Sog’liqni saqlash
Ta’lim yo’nalishi: 5320500 Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya)

Toshkent – 2015

Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.


Tuzuvchi:

Inog’omov S Yo. Fizika, matematika va axborot texnologiyalari

kafedrasi dosenti, k.f.d.
Taqrizchilar:

S. Amirov – TTYMI Elektrotexnika asoslari

kafedrasining mudiri, t.f.d., prof

F.X. Tuxtaev - Biotexnologiya kafedrasining mudiri,

f. f. n., dosent.
Fanning ishchi o’quv dasturi Fizika,matematika va axborot texnologiyalari kafedrasining 2015 yil “------”---------------------dagi -------- - sonli yig’ilishida muxokamadan o’tgan va fakultet kengashida muhokama qilish uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri _______________ S.Yo.Inog’omov

Sanoat farmatsiyasi ilmiy kengashi 2016 yil “---------------------------dagi -------- - sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlash uchun tavsiya etildi.


Sanoat farmatsiya fakulteti ilmiy

kengashi raisi dotsent X.Sh.Ilxomov


“___” _______ 2016yil
Ishchi dastur MUKning 2016 yil “---------------------------dagi -------- - sonli majlisida muxokama qilinib, tasdiqlandi.
MUK raisi f.f.n. S.U. Aliyev
“___” ___________2016 yil

KIRISh
Hozirgi zamon fani va texnikasining jadal rivojlanishi muhandis – biotexnolog hodimlarning nihoyatda yuksak bilim darajasiga ega bo’lshini talab qilmoqda. Bu esa oliy o’quv yurtlarida kadrlar tayyorlash usul-uslubini muttasil takomillashtirishni taqozo etmoqda. Bunda muhandis - biotexnologlar uchun o’qitiladigan metrologiya fanining ahamiyati juda katta. Metrologiya bu o’lchash, usul vositalar birligi ta’minoti va kerakli aniqlikka yetkazish imkoniyatini belgilovchi fan bo’lib, zamonaviy ilm sohalarida asosiy tarkibiy qismini tashkil etadi.

Bu ishchi dastur Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 13-noyabrdagi 430-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan o’quv dasturi asosida yozilgan.



Fanning maqsad va vazifalari

Metrologiya fanining maqsadi – injener - texnolog mutaxassisligi bo’yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun metrologik ta’minot, elektrik va noelektrik metrologik parametrlarni standartlashtirish asoslarini o’zlashtirish, o’lchov hamda ishlab chiqarishda qo’llaniladigan o’lchov- asboblarini ishlatishda chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo’lgan bakalavrlar tayyorlashdan hamda xalq xo’jaligining turli soxalarida, sanoatda, texnikada, iqtisodiyotda, dori vositalari ishlab chiqarishda nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo’lgan turli sohalarda me’yoriy xujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida yetarli bilim va malaka hosil qilishdan iboratdir.


Metrologiya va standartizasiya fanini bakalavrlarga o’qitishning asosiy maqsad va vazifalariga quyidagilar kiradi:

Talabalar “Metrologiya va standartizasiya” fanini o’rganish jarayonida quyidagilarni bajara olishi lozim:

- o’lchashning nazariy asoslari bo’lgan metrologiya fanini o’rganish.

- o’lchashlar va vositalar umumbirligi va talab etilgan aniqlikka erishish usullarini o’rganish.

- Universal o’lchash usuli bo’lgan elektr o’lchashlarni nazariy asoslarni o’rganish va mukammal bilib olish

- Metrologik ta’minotni me’yoriy huquqiy asosi bo’lgan standartni o’rganish

- Baholash usullari hamda vositalarini o’rganuvchi metrologiyani tarkibiy qismi haqida umumiy ma’lumotlarni bilish.

- Elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni amaliy o’lchash vositalarini tanlash

- o’lchov asboblarini tanlash sxemalarini yig’ish va xatoliklarini aniqlashni bilish

Talabalar fanni o’rganishi natijasida elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni egallashlari kerak.

Metrologiyada qonunshunoslik va standatlarning xuquqiy va me’yoriy nizomlarini, Davlat standartlari (DAST) ni, tarmoq standatlari (TAST) ni bilishlari shart.

O’lchash usullari, qurilmalari, elektr o’lchash asboblarining o’lchash sxemalari, texnik tavsiflari, qo’llanilish soќalari va o’lchash texnika xavfsizligi qoidalarini bilishlari kerak.

Asosiy fizik kattaliklar o’lchamlarini etalonlarini va tekshirish usullarini bilishlari kerak.

Har bir talaba o’lchash usulini, elektr, magnit va noelektrik kattaliklarni o’lchash uchun asboblarni tanlay olishlari, elektr o’lchash asboblarini ulashni va o’lchash xatoligini aniqlashni bilishlari kerak.



Download 2.71 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Download 2.71 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fizika, matematika va axborot texnologiyalari” kafedrasi “Tasdiqlayman” O’quv ishlari bo’yicha prorektor

Download 2.71 Mb.