• Buyuk Britaniya
  • Fransiya va Ispaniyaga
  • To`la e`tiqod va Ishonch me`yorlari
  • Nikoh Aktini Himoyalash (Defense of Mariage Act - DOMA
  • To`la e`tiqod va Ishonch me`yorlari (Full Faith and Credit Clause
  • Braziliya va Olmoniya
  • Daniya , Yaponiya
  • Florida Coastal School of Law The U. S. Constitution in the Uzbek Language with Interpretative Notes by Khaydarali Yunusov




    Download 308.44 Kb.
    bet4/5
    Sana24.03.2017
    Hajmi308.44 Kb.
    1   2   3   4   5
    hukumat muassasalarida mehnat qiladigan barcha xizmatchilar tayinlanadigan lavozimlar tushiniladi.
    Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
    Ba`zan no-hukumat muassasalaridagi ish lavozimlari ham ushbu toifaga kiritiladi. Gohida esa, noharbiy lavozimlarning barchasi fuqaroviy degan umumiy nom bilan ataladi.

    AQSh qonunchiligi ushbu atamaga deyarli to`la va ravshan ta`rif beradi. Qo`shma shtatlar kodeksiga ko`ra, “Qo`shma shtatlar hukumatining qonunchilik, ijroiy va sud hokimiyati tarmoqlaridagi tayinlanish yo`li bilan ta`minlanadigan barcha lavozimlar” fuqaroviy lavozimlar yoki xizmatlar deb ataladi (AQSh kodeksi, 5-Bo`lim, 2101-paragraf). Fuqaroviy lavozimlarga qabul qilish yoki tayinlash tartiblari 1883 yilda qabul qilingan “Fuqaroviy xizmatni isloh qilishga oid Pendleton Hujjati” (Pendleton Civil Service Reform Act) bilan belgilangan. Harbiy xizmat va harbiy lavozimlar Fuqaroviy lavozim hisoblanmaydi.




    10 O`rta asrlar davomida yangi suv yo`llarining ochilishi bilan kemasozlik, kemachilik va umuman dengizchilik juda taraqqiy etib bordi. Shu bilan birga harbiy dengiz floti ham rivojlanib bordi va yollanma dengizchilar – kema kapitanlari va dengizchi askarlar toifasi shakllandi. Bu toifa o`rta asrlar o`zbek-ajam tilida darbonlar deb atalardi. Demak, mazkur askarlar ma`lum mamlakat tomonidan yollangach, ulardan turli harbiy maqsadlarda foydalanilgan. Hujumga uchragan davlat tomonidan o`ch olish maqsadidagi yoki mana shunday bahona bilan boshqa davlatga urush ochayotgan davlat yollanma askar va dengizchilarga maxsus Nishon Yorliqlari topshirar edi. Mazkur urush odati to XX asrlarga qadar davom etdi va ayni shu davrdan boshlab Xalqaro Urush (yoki Gumanitar) huquqi me`yorlari bilan tartibga solina boshladi.


    11 Bu erda gap Vashington Kolumbiya Okrugi ustida ketmoqda. Ma`lumki, 1788-1790 yillar davomida federal hukumat Nyu York shahrida joylashgan edi. 1790 yil poytaxt Pensilvaniyaning Filadelfiya shahriga ko`chirildi.
    Poytaxt - davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi.
    1800 yildan esa Kolumbiya Okrugi mamlakat poytaxti sifatida e`tirof etildi.

    Kolumbiya Okrugi ushbu moddada ko`rsatilganidek, tegishli shtatlar ya`ni Merilend, Virjiniya va G`arbiy Virjiniya shtatlarining hududlaridan “qirqib” olingan tarzda ta`sis etildi. Keyinchalik Virjiniya o`z hududlarining ma`lum qismini qaytarib olgach, poytaxt asosan Merilend shtatining sobiq hududlari doirasida qoldi.

    Poytaxtni aynan Pitomak daryosi bo`yida joylashtirish g`oyasi Jorj Vashingtonga tegishlidir. Bugungi kunda 260 kv/km maydonga ega bo`lgan Okrugda 563 ming aholi istiqomat qiladi. Agar shtatlarga qiyoslansa, u Vayomi shtatidangina ko`proq aholi soniga ega bo`lib, shtatlar orasida 50-o`rinni egallaydi.

    Kolumbiya Okrugi mustaqil hududiy birlik sifatida Senatda vakilga ega emas. Vakillar palatasida esa o`z vakilligiga ega bo`lsada, biroq ovoz berish huquqidan mosuvodir.

    1961 yil 29 Martda ratifikatsiya qilingan AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan XXIII O`zgartirishga asosan, Okrug Prezident va Vitse-Prezident uchun saylovlarda ovoz berish huquqini qo`lga kiritdi. Endilikda u Saylovchilar kollejiga uchta vakil saylash huquqiga yoki uchta ovozga ega bo`ldi.


    12 Habeas Corpus (habeas corpus ad subjiciendum) yuridik ma`noda ayblanayotgan shaxsning haqiqatda aybdor yoki aybsiz ekanligini isbotlash uchun uni sudda hozir bo`lishini ta`minlashga qaratilgan sud qaroridir. Kengroq ma`noda, hech bir shaxs asoslari ko`rsatilmagan holda qamoqqa olinishi yoki hibsda saqlab turilishi mumkin emas. Agar muayyan bir shaxs hibsga yoki qamoqqa olinsa, sud tegishli mahkamalardan o`sha shaxs nima uchun bandi yoki tutqin qilinganligini talab qilishi ya`ni Habeas Corpus chiqarishi lozim. Buning uchun o`sha shaxs sudga talabnoma (habeas corpus petition) bilan murojaat qilishi zarur bo`ladi. Agar sud unga javoban tegishli mahkamalardan asosli javob olmagan taqdirda bandi yoki tutqin qilingan shaxsni ozod deb e`lon qiladi.

    Habeas Corpus amaliyoti Jamoa huquqi (Common Law) hukm surgan va surayotgan barcha mamlakatlarda amal qiladi. Uning tarixi XII asrlarga borib taqaladi va shu davrlardan e`tiboran Angliyada keng qo`llanila boshlangan. Rasmiy manbalar 1305 yilda Eduard I qirolligi davrida ushbu amaliyot urf bo`lganligidan dalolat beradi. Keyinchalik ushbu amaliyot 1679 yilda qabul qilingan “Habeas Corpus to`g`risida hujjat” (Habeas Corpus Act) bilan mutlaq qonuniylashdi.

    Mustaqillikka erishgach AQSh huquqiy tizimi ham boshqa mustamlakalar kabi Buyuk Britaniya Jamoa huquqi asosida shakllandi va uning ko`plab unsurlarini o`zida saqlab qoldi.

    Buyuk Britaniya, Britaniya, (ingl. Great Britain) Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi (ingl. United Kingdom of Great Britain and Northern Ireland) - Shimoli-Gʻarbiy Yevropadagi davlat.
    Eng ahamiyatli jihatlardan biri shuki, Habeas Corpus AQSh konstitutsiyasi qabul qilinayotgan davrda konstitutsiyaga kiritilgan yagona asosiy huquq va erkinliklar jumlasiga kiruvchi me`yor edi. Ma`lumki, Insonning huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi me`yorlar konstitutsiyaga keyinchalik Inson huquqlari Bili (Bill of Rights) nomi bilan kiritilgan dastlabki 10 ta O`zgartirishda o`z aksini topdi.

    Hozirgi kunga qadar Habeas Corpus amaliyoti huquqning barcha sohalarida istifoda etiladi. Ayniqsa, sud hukmi e`lon qilingandan keyingi appelyatsiya jarayonida undan keng foydalaniladi. Oliy jazoga hukm qilinganlargina bundan istisno etiladi.

    Qo`shma Shtatlar kodeksining 28-Bob, 2254-paragrafiga asosan, Federal sudlar Habeas Corpus bo`yicha qaror chiqarishga vakolatlidir.




    13 Og`ir jinoyatlar uchun o`lim jazosiga hukm qilingan yoki qonundan tashqari deb e`lon qilingan ya`ni jamoadan quvib chiqarilgan shaxslarga nisbatan qo`shimcha jazo sifatida ularning mol-mulkini tortib olish nazarda tutilmoqda. Mazkur amaliyot o`rta asrlarda Britaniya qirolligi xazinasini boyitish manbai sifatida ko`rilgan va qattiq tanqid ostiga olingan edi. Shu tufayli u AQSh mustaqillikka erishgach, konstitutsiyaviy tarzda bekor qilingan.


    14 Aslzodalik unvonlari o`rta asrlar Buyuk Britaniya imperiyasida keng tarqalgan hodisa edi. Ba`zi ma`lumotlarga qaraganda, uning tarixi anglo-sakson davrlarga (eramizning V-XI asrlari) borib taqaladi. Aslzodalik unvonlari asosan Qirol va uning oilasi tomonidan qirol saltanatiga sodiq odamlar uchun tortiq qilinar va avloddan avlodga meros bo`lib qolardi. Qirol, qirolicha, shahzoda, malika kabi oliy unvonlardan tashqari yana Dyuk (duke), markes (marquess), o`rl (earl), viskaunt (viscount) va baron (baron) kabi unvonlar mavjud bo`lgan. Aslzodalik unvonlariga ega kishilar oliy tabaqalar hisoblanishgan va bir qator imtiyozlarga ega bo`lishgan. Chunonchi, ular daxlsizlik huquqidan foydalanishgan. Davlatga xiyonat va boshqa og`ir jinoyatlar uchun faqat aslzodalar hay`ati tomonidangina sud qilingan.

    Duk lotincha “dux” so`zidan olingan va “yo`lboshchi” degan ma`noni anglatgan. Markes olmon tilidagi “mark” – “chegara” ma`nosini anglatadi va tarixan Angliya bilan Shotlandiya yoki Uels qirolligi chegarasini nazarda tutadi. O`rl “jarl” so`zidan olinib “botir jangchi yoki kishi degan ma`nolarni anglatadi. Viskaunt ham aynan shu ma`nolarni anglatadi va ko`proq kontinental Evropada tarqalgan. Baron esa qadimgi olmon tilidagi “Baro” ya`ni “ozod, erkin kishi” degan so`zdan olingan.

    AQSh ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha jabhalarida mustaqillikka intilar ekan, Britaniya imperiyasining siyosiy ta`siriga to`la barham berish uchun mazkur Aslzodalik unvonlarini konstitutsiyaviy tarzda taqiqladi. Biroq, ushbu unvonlar Buyuk Britaniyada XX asrga qadar saqlanib qoldi.


    15 Ijroiy hokimiyatni amalga oshirish uchun prezident mustaqil holda o`z hukumatini tuzadi. Federal hukumat departamentlari (vazirliklari, ularning soni taхminan 16 ta) davlat sekretarlari (davlat kotiblari) tomonidan boshqariladi. Ular davlat хizmatchilari va хususiy tarmoq kishilari - tadbirkorlar, biznesmenlar, erkin kasb egalari bo`lishi mumkin. Hatto, kongress a`zolari ham Davlat kotibi lavozimiga taklif etilishi mumkin. Masalan, 1976 yili prezident J.Karter transport va qishloq хo`jaligi departamenti kotibi etib vakillar palatasining ikki a`zosini tayin etgan edi.

    Vitse-prezident prezidentning asosiy yordamchisi va hamkori hisoblanadi. Ko`pincha, u prezident tomonidan o`z partiyasi a`zolari orasidan tanlanadi. Ayni paytda, prezident saylovlarda o`zi uchun raqib bo`lgan nomzodni ham vitse-prezidentlikka tavsiya etishi mumkin. 1980 yil prezidentlik saylovlarida g`olib chiqqan R.Reygan o`z raqibi, respublikachi J.Bushni mazkur lavozimga loyiq ko`rgan edi.

    Ikkinchi jahon urushidan so`ng Amerika hayotida vitse-prezidentning roli ortib bormoqda. U hukumatning barcha ishlarida prezident bilan teng mas`uliyatda faoliyat ko`rsatadi. Vitse-prezidentning asosiy vazifalaridan yana biri - davlat rahbari prezident o`z vazifasini bajara olmay qolgan sharoitda, vafot qilganida yoki iste`foga chiqqanda, uning mandatini davom ettiradi. G.Trumen 1945-1948, L.Jonson 1963-1964, J.Ford 1974-1976 yillar davomida ana shunday vazifani ado etgan edilar.

    Prezidentning o`z vakolatlarini amalga oshirishida prezidentning shaхsiy maslahatchilari muhim rol o`ynaydi. Ularning soni 500 ta atrofida bo`lib, maslahatchilar korpusini (brain-trust) tashkil etadi. Siyosiy hayotda ularning ta`siri kuchli hisoblanadi, chunki ular prezident bilan to`g`ridan-to`g`ri aloqada bo`ladilar hamda prezident bilan yonma-yon turib va prezident uchun ishlaydilar.

    Bundan tashqari, Ijroiy mahkama (Executive office) deb ataladigan prezident devonining bosh kotibiyatida 5000 dan ziyod mutaхassislar хizmat qiladi. Prezidentning federal ma`muriyatida (spoils system) esa jami 3 miliondan ortiq хizmatchi ishlaydi va Milliy хavfsizlik kengashi, Atom energiyasi komissiyasi, Fazo va aeronavtika markazi (NASA) kabi muhim tashkilotlarning doimiy vakillari faoliyat ko`rsatadi.


    16 Amerika tariхi - bu prezidentlar tariхidir. Haqiqatan ham, har bir prezident o`z хalqi uchun buyuk хizmat ko`rsatib ketgan. Mamlakat tariхida u yoki bu hodisa, albatta qaysidir prezident nomi bilan bog`liqdir.

    Bugungi kunga qadar 43 nafar prezident nomi tariх sahifalariga darj qilingan. Ularning har biri ijtimoiy kelib chiqishi, ma`lumoti, siyosiy qarashlari, diniy va etnik mansubligiga ko`ra o`ziga хosliklarni namoyon etadi. Mamlakat siyosiy hayotida ikki partiya - Respublikachilar va Demokratlar partiyasi etakchi rol o`ynashini hisobga olsak, Prezidentlik kursi ham aynan shu ikki partiya orasida qo`ldan qo`lga o`tadi.

    Hozirga qadar 19 nafar prezident Respublikachilar partiyasidan (Avraam Linkoln (1861-1865), Endryu Jonson (1865-1869), Uilss S. Grant (1869-1877), Rozerford Хeys (1877-1881), Jeyms Garfild (1881), Chester A.Artur (1881-1885), Benjamin Harrison (1889-1893), Uilyam Mak-Kinli (1897-1901), Teodor Ruzvelt (1901-1909), Uilyam N. Taft (1909-1913), Uorren J. Garding (1921-1923), Kelvin Kulij (1923-1929), Xerbert K. Huver (1929-1933), Duayt Eyzenхauer (1953-1961), Richard Nikson (1969-1974), Jerald Ford (1974-1977), Ronald Reygan (1981-1989), Jorj Bush (1989-1993), Jorj Volker Bush (2001 yildan)), 15 nafari Demok­ratlar partiyasidan (Endryu Jekson (1829-1837), Martin Buren (1837-1841), Jon Tayler (1841-1845), Jeyms K. Polk (1845-1849), Franklin Pirs (1853-1857), Jeyms Byukenen (1857-1861), Grover Klivlend (1885-1889 va 1893-1897), Vudro Vilson (1913-1921), Franklin D. Ruzvelt (1933-1945), Harri S. Trumen (1945-1953), Jon F. Kennedi (1961-1963), Lindon B. Jonson (1963-1969), Jeyms Karter (1977-1981), Uilyam B. Klinton (1993-2001)), 4 tasi Respublikachi-demokratlardan (Tomas Jeferson (1801-1809), Jeyms Medison (1809-1817), Jeyms Monro (1817-1825), Jon Kvinsi Adams (1825-1829)) bo`lgani holda, 3 tasi Viglar partiyasidan (Uilyam G. Harrison (1841), Z.Teylor (1849-1950), Milard Filmor (1850-1853)), 2 tasi (Jorj Vashington (1789-1797), Jon Adams (1797-1801)) esa Federalchilar partiyasidan chiqqan.

    Mahalliy kelib chiqishiga qarab, prezidentlarning qariyb 8 tasi Virjiniyalik bo`lib, ularning aksariyati demokratlardir. Unga qo`shni bo`lgan Ohayo shtatida esa 7 nafar prezident kamol topgan. Massachusets, Nyu-Jersi, Nyu-York, Teхas shtatlarida 2-3 nafardan davlat rahbari tug`ilib o`sgan.

    New York (talaffuzi: Nyu York) - AQShning eng katta sanoat, moliya, savdo-transport hamda siyosiy va madaniy markazi, dunyodagi eng yirik shaharlardan biri. Atlantika okeani sohilida, Gudzon daryosining quyilish joyida.
    Amaldagi prezident J.V.Bush ham Teхaslikdir. Umuman olib aytganda, hozirgacha 50 shtatdan 19 tasi o`z vakilini prezidentlikka saylay olgan, хolos.

    Amerika tariхida U.Harrison (1841 y.), Z.Teylor (1849-1850), M.Filmor (1850-1853), J.Garfild (1881 y.), U.Garding (1921-1923), F.D. Ruzvelt (1945) o`z mandatlari oхiriga etmay kasallik tufayli vafot etganlar. A.Linkoln (1861-1865) va J.Kennedi (1961-1963) esa qurolli suiqasd qurboni bo`lib, o`z vakolatlarini davom ettira olmagan. AQSh prezidentlaridan yana ikkitasi “impichment balosi”ga duchor bo`lgan. AQShning 17-prezidenti A.Jonson (1868) va AQShning 42-prezidenti B.Klinton “Monikageyt” (1998-1999) ishi bilan bog`liq mojaro tufayli хavf solib turgan impichment tig`idan arang omon qoldi. “Uotergeyt” ishi bo`yicha Demokratlarning markaziy binosiga eshitish moslamalarini noqonuniy va хufiyona o`rnatishda ayblangan Respublikachi rahbar R.Nikson Kongress impichmentini kutib o`tirishga bardoshi etmay 1974 yili 8 Avgustda o`z ixtiyori bilan iste`fo bergan.

    Prezident saylovlarida eng ko`p ovoz olgan prezident demokratlar partiyasining nomzodi L.B. Jonson bo`lib, u 1964 yili 61,1% (foiz) ovoz yig`ishga muvaffaq bo`lgan. Undan keyingi o`rinni shubhasiz F.D. Ruzvelt 60,8% (1936), R.Nikson 60,7% (1972), U.Garding 60,4% (1920) va R.Reygan 58,8% (1984) ovoz bilan egallaydi.

    AQSh prezidentlari tariхida sulolaviy prezidentlik ham uchrab turadi. Buning birinchi misoli XX asr boshlarida voqe bo`lgandi. Davlatning ikkinchi prezidenti J.Adamsning (1797-1801) o`g`li J.K.Adams 1825 yili 6-prezidentlikka munosib, deb topilgan. Ikkinchi yorqin misol esa Bushlar oilasi bo`lib, 1993-97 yillar prezidentlik qilgan J.Bush ishini uning o`g`li kichik Jorj Volker Bush davom ettirishga bel bog`lagan.


    17 AQSHda prеzidеntlik saylоvi instituti o`ziga хоs tizimga ega. Shu kunga qadar mamlakatda 59 marta prеzidеntlik saylоvlari bo`lib o`tdi. Yillar o`tishi bilan saylоv tizimi ham takоmillashib bоravеrdi. Hоzirda prеzidеnt saylоvlari ikki bоsqichda, birоz murakkab tartibda bo`lib o`tadi. Saylоv jarayoni dеyarli bir yil - Fеvraldan Nоyabrgacha davоm etadi. Partiyalar tоmоnidan ilgari surilgan nоmzоdlar birinchi bоsqichda milliy kоnvеntsiya (quriltoy) tоmоnidan ko`rib chiqiladi. Nоmzоdlikka оdatda har ikki partiyadan (rеspublikachilar va dеmоkratlar partiyasidan) bittadan yoki bir nеcha vakil qo`yiladi. Munоsib dеb tоpilgan vakillar оrasidan bo`lg`usi prеzidеnt umumiy va to`g`ridan-to`g`ri оvоz bеrish asоsida aniqlanadi. Birоq, prеzidеnt saylоvlari shu bilan yakun tоpmaydi. Fuqarоlar ayni paytda ikkinchi bоsqichda prеzidеnt nоmzоdi uchun оvоz bеradigan saylоvchilar kоllеjlarini ham saylaydilar. Birinchi bоsqichda eng ko`p оvоz оlgan ikki nоmzоdning kеyingi taqdiri ana shu saylangan saylоvchilar irоdasiga bоg`liq bo`lib qоladi. Mazkur saylоvchilar kоllеji (guruhi) shtatlar bo`yicha har хil miqdоriy tarkibda tashkil tоpadi. Aniqrоg`i, saylоvchi guruhlarning a`zоlari sоni muayyan shtatlardagi sеnatоrlar va vakillar palatalarining a`zоlari sоniga tеng miqdоrda bo`lishi shart. Birоq, shtatlardagi sеnatоrlar va dеputatlarning o`zi mazkur saylоvda ishtirоk etmaydilar. Har bir shtatdagi sеnatоrlar sоni o`zgarmas (har bir shtatdan ikkitadan sеnatоr saylanadi) bo`lgani hоlda, vakillar palatasi a`zоlari sоni ahоlining miqdоriga qarab o`zgarishini inоbatga оlsak, ikkinchi bоsqich saylоvlarida sanоatlashgan yirik shtatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi ma`lum bo`ladi. Masalan, оvоzlar Vеrmоnt shtatida 3 ta (2 ta sеnatоr 1 ta vakil), Kalifоrniya shtatida esa 50 ta (2 sеnatоr 48 vakil), Nyu Yоrk shtatida 33 ta, Tехasda 32 ta, Flоridada 25 ta, Pеnsilvaniyada 23 ta, Illinоys shtatida 22 ta va shu tarzda shtatlar bo`yicha nоtеng taqsimlangan. Saylоvchi guruh a`zоlari sоni jami 538 nafarni (100 sеnatоr, 435 vakil va Kоlumbiya оkrugining 3 vakili soni yig`indisiga tеng) tashkil etadi va prеzidеnt bo`lib saylanish uchun 270 ta оvоzni qo`lga kiritish kеrak bo`ladi. Shunday qilib, umumхalq saylоvining birinchi bоsqichida g`оlib chiqqan nоmzоdlar ikkinchi marta shtatlar vakilligi tasdig`idan o`tishiga to`g`ri kеladi.

    Охirgi saylоvlar Noyabr оyining birinchi Dushanbasidan kеyin kеlayotgan Sеshanba kuni bo`lib o`tadi. Saylоv natijalari bir оy ichida ma`lum qilinadi. Yangi saylangan prеzidеnt o`z vazifasini kеlasi yilning 20 Yanvaridan bajarishga kirishadi.




    18 Vaqtincha yoki butunlay bo`shab qolgan Prezident o`rnini to`ldirib turish to`g`risidagi dastlabki qonun 1792 yildayoq qabul qilingan edi. “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) konstitutsiyaning II Modda 1-Bo`limining 6-paragrafani to`ldirish maqsadida qabul qilingan edi. Federalistlar va aksil-Federalistlar o`rtasida uzoq tortishuvlardan keyin qabul qilingan mazkur qonunga asosan prezident o`rni bo`shab qolgan taqdirda quyidagi mulozimlar ketma-ketlik tartibda uning vazifasini bajarib turishi ko`zda tutilgan edi: Vitse-prezident, Senatning Pro tempore Raisi, Vakillar palatasining Spikeri. Mazkur mulozimlar Prezident o`z layoqatini tiklab olgunga qadar yoki navbatdagi prezidentlik saylovlariga qadar Prezident sifatida faoliyat ko`rsatishi lozim edi. Agar mana shunday holat, ya`ni prezident o`rni bo`shab qolishi Oktyabr oyining birinchi Chorshanbasidan oldin sodir bo`lsa, kelayotgan Noyabr oyida (birinchi Dushanbadan keyin kelayotgan Seshanba kunida) yangi saylov bo`lib o`tadi. Aksincha holatda, Prezidentlik saylovi keyingi yilga qoldiriladi. Yangi saylangan Prezident 4 yil davomida o`z vazifasini ado etar edi.

    1947 yil Prezident Harri Truman imzosi bilan yangi “Prezidentlik vorisligi to`g`risida hujjat” deb atalgan qonun (The Presidential Succession Act) qabul qilindi. Hozirda uning me`yorlari AQSh kodeksining III Bob 19-Bo`limidan joy olgan (3 USC 19). Unga asosan quyidagi tartibdagi vorislik joriy etildi: (1) Vitse-Prezident, (2) Vakillar palatasining Spikeri, (3) Senatning Pro Tempore Raisi, (4) Davlat Kotibi (Tashqi Ishlar vaziri), (5) Moliya (G`azna) vaziri, (6) Mudofa vaziri, (7) Bosh Prokuror, (8) Ichki ishlar vaziri, (9) Qishloq xo`jaligi vaziri, (10) Savdo vaziri, (11) Mehnat vaziri, (12) Sog`liqni saqlash va ta`minot vaziri, (13) Uy-joy va Shaharsozlik vaziri, (14) Transport vaziri, (15) Energiya ta`minoti vaziri, (16) Ta`lim vaziri, (17) Veteranlar ishlari bo`yicha vazir.

    Ko`rinib turibdiki, vorislar ro`yxati uzun ketma-ketlikni tashkil etadi. Mazkur ro`yxatga 2002 yilda tashkil etilgan yangi, biroq allaqachon salmoqli o`rinni egallab ulgirgan Milliy xavfsizlik vazirligi kirmagan.

    Bo`shab qolgan Prezident lavozimini Vitse-Prezident tomonidan ta`minlanishi ilk bora 1841 yil 4 Aprelda AQShning to`qqizinchi prezidenti 67 yoshli Uilyam Henri Harrisonning vafot etishi bilan sodir bo`ldi.

    Aprel (lot. Aprilis) - Grigoriy taqvimida yilning toʻrtinchi oyi. 30 kundan iborat.
    Bunday fursatda biroz ikkilanishdan so`ng Vitse-Prezident Jon Tayler Prezidentlik lavozimini bajarishga kirishdi. Ayni shu davrdan hozirgi kunga qadar 9 ta Vitse-Prezident bo`shab qolgan Prezident vazifasini ta`minlab keldi: Jon Tayler (1841), Milord Filmor (1850), Endryu Jonson (1865), Chester Artur (1881), Teodor Ruzvelt (1901), Kalvin Kulij (1923), Harri Truman (1945), Lindon Jonson (1963), Herald Ford (1974).

    1933 yilda qabul qilingan XX O`zgartirishning 3 paragrafi Vitse-Prezident tomonidan Prezidentlikni ta`minlash borasida bir qator aniqliklar kiritdi. 1967 yilda ratifikatsiya qilingan XXV O`zgartirish esa Vitse-Prezident tomonidan “Prezident vazifasini ijrochisi” sifatida faoliyat ko`rsatish asoslarini qonuniylashtirdi.



    19 …“boshqa Og`ir jinoyatlar va Jinoiy hatti-harakatlar” borasida gap borar ekan, “boshqa” so`zi bilan qanday og`ir jinoyatlarga ishora qilinayotgani haqida etarlicha sud amaliyoti mavjud emas. Boshqacha aytganda, AQSh Oliy sudi bu masalaga hozirga qadar hech qanday aniqlik kiritmagan. Mutaxasislar fikriga kelganda, ularda turlicha yondashuv bor va bir-biridan farq qiluvchi izohlarni uchratish mumkin. Prezident B. Klintonni Impichment ostida sud amaliyotiga tortilishi bahonasida ushbu mavzu borasida qizg`in baxslar ko`tarilgan edi. Biroq, bu baxsu-musohabalar yakdil fikrning qaror topishiga emas balki, yanada ular orasidagi tafovutning kengayishiga olib keldi.

    Gap shundaki, mazkur jinoyat va jinoiy hatti-harakatlar Impichment jarayoni bilan bog`lanar ekan, Oliy sud buni huquqiy bo`lmagan siyosiy masala sifatida qaraydi. II Modda 4-Bo`lim mazmunidan anglab olish mumkinki, og`ir jinoyatlar “og`irlik” darajasiga qarab yuqoridan pastga tartibda joylashtirilgan, ya`ni avval “davlatga xiyonat”, keyin “poraxo`rlik”, so`ng “boshqa og`ir jinoyatlar va jinoiy hatti-harakatlar” keladi.

    Jinoiy hatti-harakatlar deyilganda esa, u qadar og`ir ko`rinishda bo`lmagan jinoiy hatti-harakatlar tushuniladi. Masalan, mayda o`g`irlik, fohishalik, mushtlashish, ma`n qilingan hududga yoki birovning uyiga ruxsatsiz kirish, vandalizm kabilar va hatto yo`l harakati qoidasini qo`pol va surinkasiga buzish shular jumlasidandir. Sodir etilgan jinoiy hatti-harakatlar uchun u qadar og`ir va uzoq muddatli jazolar belgilanmaydi. Shtatlarning qonunchiligi o`zaro tafovutlanadi. Ba`zi shtatlarda, aybdorni sirtqi qamoq jazolariga hukm qilish holatlari uchraydi. Ayrim shtatlarda esa aybdor shaxslar majburiy mehnatga jalb qilinadi.


    20 AQShda sud hokimiyati hokimiyatning boshqa tarmoqlari kabi o`zining aniq-ravshan konstitutsiyaviy asoslariga ega. Asosiy qonunning III Moddasiga asosan, sud hokimiyati Qo`shma shtatlar Oliy sudi va Kongress tomonidan tashkil etiladigan quyi pog`ona sudlardan iborat.

    AQSh Oliy sudi umrbod muddatga Prezident tomonidan tayinlanadigan va Senat tomonidan tasdiqlanadigan 9 ta hakamdan iborat (1869 yilga qadar 6 ta edi). U Konstitutsiyani sharhlash borasida yagona ustivor vakolatga ega. Shuningdek, Kongress va Ijroiy hokimiyat chiqaradigan barcha huquqiy hujjatlarning konstitutsiyaviyligini nazorat qilib boradi. Boshqa biror shtatning konstitutsiyasi yoki gubernatori tomonidan chiqarilgan biror istalgan hujjatning ham konstitutsiyaga zid emasligini savol ostiga olishi mumkin.

    Shtatlarning Oliy sudlari federal (viloyat) appelyatsiya sudlariga nisbatan appelyatsiya maqomiga ega.

    Qo`shma shtatlarda 13 ta Appelyatsiya sudlari va 94 ta okrug sudlari va 2 ta maxsus yurisdiksiyaga ega sudlar mavjud bo`lib ular AQSh Oliy sudi bilan birgalikda mamlakat federal sud tizimini tashkil qiladi. Kongress federal sudlar sonini ko`paytirishi yoki qisqartirishi, shuningdek, hakamlar sonini ham belgilab berishi mumkin, biroq Federal Oliy sud uning ta`siridan butunlay holidir. Qizig`i shundaki, ba`zi holatlarda Oliy sudning o`zi ham ba`zi bir ishlarni ko`rib chiqishi mumkin.

    Okrug sudlarida jinoiy va fuqaroviy ishlar ko`rib chiqiladi. Shuningdek, Bankrotlik va Soliq bo`yicha alohida yurisdiksiyaga ega sudlar ham bo`lib, garchi ular okrug sudlarining tarmogi bo`lsada, lekin III Modda me`yorlaridan tashqarida tashkil etilgan.

    Hokimiyat tarmoqlari orasidagi muvozanat tamoyiliga asosan, Federal Oliy sud Kongress qonunlari va hukumat qarorlarini nazorat qilish bilan, ularning hokimiyatini jilovlab turadi. Mashhur “Marbury v. Madison” sud ishida (1803 yil) Oliy sud Kongress tomonidan chiqarilgan qonunni konstitutsiyaga zid deb topish bilan uni bekor qilgan edi. “United States v. Peters” sud ishida esa sud Federal hukumatning shtatlarga nisbatan ustivor vakolatlarini ta`kidlaydi.

    Jamoa huquqi tizimida bo`lgani kabi, AQSh huquqiy tizimida ham sudlar Kongress bilan bir qatorda huquqiy me`yorlar yaratuvchi asosiy manba va sub`ekt hisoblanadi.


    21 Xalq vakillarining Hay`at sudlari (Jury) AQSh va boshqa Jamoa huquqi tizimiga asoslangan mamlakatlardagi asosiy sud hokimiyati bo`g`inidir. Sud jarayoni nihoyasida sud hukmi Xalq vakillari Hay`at sudi tomonidan chiqariladi. Jinoiy va Fuqaroviy ishlar ko`rilayotgan barcha holatlar mazkur sud hay`ati tomonidan ko`rib chiqiladi. Alohida ahamiyatga ega murakkab ishlargina ixtisoslashgan sudlar tomonidan ko`rib chiqilishi mumkin.

    Xalq vakillari Hay`at sudi oddiy fuqarolardan tashkil topadi. Sud a`zolari soni 6-16 ta atrofida bo`lishi mumkin. Saylov huquqiga ega barcha fuqarolar yoshi, jinsi, kasbi, ma`lumoti yoki irqi qanday bo`lishidan qat`iy nazar sud Hay`ati a`zosi bo`lishi mumkin.




    22 1776 yil 4 Iyulda Buyuk Britaniyaning sobiq mustamlakalari Mustaqillik Deklaratsiyasini e`lon qilish bilan o`z mustaqilligini e`lon qilar ekanlar, ayni paytda o`zaro qandaydir ittifoqqa birlashish yo`llarini ham izlay boshladilar.
    Iyul (lot. mensis Julius) - Grigoriy taqvimida yilning yettinchi oyi. 31 kundan iborat. Shu oyda tugʻilgan Yuliy Sezar sharafiga nomlangan.
    Shu maqsadda 1777 yil 15 Noyabrda “Konfederatsiya me`yorlari” deb atalgan hujjatni imzoladilar va mazkur hujjatning 1781 yil 1 Martda kuchga kirishi bilan ular Konfederatsiyaga birlashdilar.

    Yagona federativ davlat qurilmasini taklif etgan 1787 yil 17 Sentyabrda qabul qilingan AQSh konstitutsiyasi 1789 yil 4 Martda kuchga kirdi va u tez orada barcha 13 ta shtat tomonidan ratifikatsiya qilindi.

    O`sha paytda mazkur 13 shtatdan iborat Ittifoqda 4 millionga yaqin aholi istiqomat qilar va ularning umumiy hududi taxminan 1.5 million kv/km ni tashkil etardi.

    AQShning Fransiya va Ispaniyaga qarshi olib borgan muvaffaqiyatli harbiy va diplomatik faoliyati natijasi o`laroq, uning hududi muttasil kengayib bordi.

    Fransiya (France), Fransiya Respublikasi (République Française) - Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va shim. da Atlantika okeani hamda LaMansh boʻgʻozi, jan.da Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming km².
    Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) - Yevropaning jan.gʻarbida, Pireney ya.o.da joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar o.lari, Afrikaning shim.

    1803 yilda Fransiyadan Luizina mustamlaka hududini 15 million dollarga (hozirgi qiymatda 193 mln. dollar) sotib olinishi misli ko`rilmagan hodisa bo`ldi. Shu tufayli, AQSh hududi 2.144.476 kv/km ga kengaydi. Sotib olingan yangi hududda keyinchalik 13 ta yangi shtatlar qad rostladi.

    Oradan ko`p o`tmay 1819 yilda Florida hududi Ispaniyadan atigi 5 mln. dollarga xarid qilindi. 1845 yil Texas hududi AQShga qo`shib olindi. Ayni shu yili, yana bir katta hudud – Meksikaning uchdan bir qismi 15 million dollar evaziga AQSh ixtiyoriga o`tkazildi. Mazkur hududlarda keyinchalik Kaliforniya, Utah, Nevada, Kolorado, Yangi Meksika shtatlari vujudga keldi.

    Nihoyat, 1867 yil 30 Martda Alyaska 7.2 million dollarga (hozirgi qiymatda 86.7 million dollar) Rossiyadan sotib olinishi bilan uning hududi 1.

    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.
    6 million kv/km ga ko`paydi.

    Yangi hududlarning zabt etilishi yoki sotib olinishi oqibatida ittifoqni tashkil etuvchi shtatlar soni ham oshib bordi. AQSh tashkil topgandan so`ngi birinchi 25 yillik davr ichida (1789-1814) ittifoqqa 5 ta yangi shtat qo`shildi: Vermont (1791), Kontekki (1792), Tennesi (1796), Ohayo (1803), Luiziana (1812).

    Ikkinchi 25 yillik davr mobaynida esa yana 8 ta yangi shtat ittifoqdan joy oldi: Indiana (1816), Missisipi (1817), Illinoys (1818), Alabama (1819), Meyn (1820), Missuri (1821), Arkanzas (1836), Michigan (1837). Shunday qilib jami shtatlar soni 26 taga etdi. Ayni paytda, o`sha davrda mazkur shtatlarda istiqomat qilayotgan aholi soni 17 millionni tashkil etdi.

    1845 yilda ittifoq hududining Florida va Texas hisobiga kengayishi barobarida aholi soni ham salkam ikki barobar o`sdi va 31 millionga etdi. 1900 yilga kelib shtatlar soni 45 ta, aholi soni esa 75 millionni tashkil qildi.

    Oxirgi yuz yillikda ittifoqqa yana beshta shtat qabul qilindi: Oklahoma (1907), Nyu Meksika (1912), Arizona (1912), Alyaska (1952), Havayi (1952).

    Bugungi kunda AQSh ma`muriy nuqtai nazardan 50 ta shtat, alohida maqomga ega bitta okrug (Kolumbiya okrugi) va beshta tashqi hududiy birlikdan (Puerto Riko, Samoa, Guam, Shimoliy Mariana orollari, Virjin orollari) tashkil torgan. Bu tashqi hududiy birliklar alohida huquqiy maqomga ega. Senatda vakil va ovozga ega bo`lmasada, Vakillar palatasida ovoz berish huquqisiz o`z vakillariga ega.

    Har bir shtat o`zining mustaqil qonunchilik va boshqaruv organlariga ega. Faqat Nebraska shtati parlamenti bir palatali, qolgan shtatlarda ikki palatali parlament faoliyat ko`rsatadi. Gubernatorlar shtatlardagi ijroiy hokimiyat boshlig`i hisoblanadi.


    23 To`la e`tiqod va Ishonch me`yorlari shtatlarning sudlari orasida o`zaro tushunish va muvofiqlikni ta`minlashga qaratilgandir. Aslida, konstitutsiyada bunday me`yorning joy olishi AQSh tashkil topgan paytdagi federal hokimiyatning va shtatlar orasidagi hali mustahkamlanib ulgurmagan ishonchning zaifligi bilan izohlanishi mumkin. Mazkur me`yor mamlakatda yaxlit huquqiy tizimning shakllanishida muhim rol o`ynadi, shu bilan birga bir qator muammolarni yuzaga kelishiga ham sabab bo`lmoqda. Ayni jinsdagi kishilar orasidagi nikohning Massachusets Oliy sudi tomonidan qonuniy deb e`lon qilinishi buning yaqqol misolidir. Gap shundaki, 1996 yil 21 Sentyabrda Prezident Bill Klinton tomonidan imzolangan va Kongress tomonidan tasdiqlangan Nikoh Aktini Himoyalash (Defense of Mariage Act - DOMA) AQShning federal qonuni har bir shtatga Ayni jinsdagi nikoh (AJN)ni qonuniy tarzda tan olish yoki ta`qiqlash borasida erkinlikni beradi. Ya`ni, har bir shtat bu masalani mustaqil hal etish huquqiga ega. Shu bilan birga, mazkur qonun nikohni “bitta erkak va bitta ayol o`rtasidagi er va xotin ko`rinishidagi qonuniy juftlik” deb e`lon qiladi. Turmush yo`ldosh deganda esa, mazkur atama “faqat xoh ayol, xoh erkak bo`lsin qarshi jinsdagi insonni nazarda tutishini” qayd etadi. Ayrim mutaxassislarning fikricha, mazkur qonun AQSh Konstitusiyasining To`la e`tiqod va Ishonch me`yorlari (Full Faith and Credit Clause) ga zid bo`lib, shtatlarning oliy sudlarini ayni jinsdagi nikohni qonuniy deb e`lon qilgan Oliy sudlarning qarorini boshqa shtatlarga tatbiq etishdan cheklanishga undaydi.


    24 Shunga qaramay AQSh tarixida bir shtatning ikkinchi bir shtat bag`ridan ajralib chiqish holatlari bo`lgan. Meyn va G`arbiy Virjiniya shtatlari buning yaqqol misolidir.

    Meyn shtati o`zining hozirgi hududiy chegaralari bilan 1652 yilda Massachusets mustamlakasining tarkibiy qismiga aylangan edi. AQSh tashkil topgan paytda Meyn Massachusets hamjamiyati doirasida qoldi. Jug`rofiy hududiy jihatdan alohidaligi va aholisining qisqa muddat ichida tez oshib borishi uning mustaqil shtat bo`lib ajralib chiqishiga turtki berdi. 1820 yil 15 Martda u 23- alohida shtat sifatida ittifoqqa qo`shildi. 1832 yilda uning poytaxti Portlenddan Ogustaga ko`chirildi.

    G`arbiy Virjiniyaning Virjiniya shtatidan ajralib chiqishi AQSh Fuqarolar urushi bilan bevosita bog`langan. Biroq, unga qadar ham g`arbiy Virjiniyaliklar bilan sharqiy Virjiniyaliklar orasida talay kelishmovchiliklar ko`zga tashlanar edi. Fuqarolar urushining boshlanishi bo`linish jarayonini yanada tezlashtirdi. 1861 yil 27 Aprelda Virjiniyaning Ittifoqdan ajralib chiqishi Sharqiy Virjiniyaliklar orasida norozilik uyg`otdi va bu erda ittifoqparast yangi hukumatning paydo bo`lishiga olib keldi. Ayni paytda, bo`linish tarafdorlari ham o`z hukumatini ta`sis etdilar va shu tariqa keyinchalik G`arbiy Virjiniya deb nom olgan yangi Kanava (Kanawha) shtati paydo bo`ldi. 1863 yilda mazkur shtat Qo`shma shtatlar tarkibiga qabul qilindi.

    Uzoq vaqtga qadar endilikdagi o`zaro mustaqil ikki shtatni qayta birlashtirish g`oyasi so`nmadi. Biroq, oxir-oqibat G`arbiy Virjiniya mustaqil shtat sifatida qoldi va Virjiniyaga 12,393,929.50 dollar tovon to`ladi (1939).




    25 Turli mamlakatlarda Asosiy qonunni isloh qilish yoki unga muntazam o`zgartirishlar kiritish bilan uning hayotchanligini ta`minlab borish turli shaklda va turli yo`llar bilan amalga oshiriladi.

    Buyuk Britaniya, Isroil kabi davlatlarda konstitutsiya parlamentning oddiy qonuni bilan o`zgartirilishi mumkin va shuning uchun ham “yumshoq” konstitutsiyalar deb ataladi.

    Ba`zi davlatlarda parlament qonuni bilan Konstitutsiyaga o`zgartirish kiritish uchun parlament palatasi yoki palatalarining “malakali” yoki “maxsus”, yohud “salmoqli” ovozlari talab qilinadi. Masalan, Braziliya va Olmoniya ana shunday mamlakatlar sirasidandir.

    Isroil, rasman Isroil Davlati (ivr. יִשְׂרָאֵל‎ , arab. إسرائيل‎) - Yaqin Sharq oʻlkasida, Osiyoning gʻarbiy qismida, Oʻrta dengizning janubisharqiy boʻyida joylashgan davlat. Asosiy va rasmiy maydoni 20 770 km2.
    Germaniya (nem. Deutschland), Germaniya Federativ Respublikasi (nem. Bundesrepublik Deutschland) - Markaziy Yevropadagi davlat. Shimoliy Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Maydoni 357 ming km2. Aholisi 81,084 million kishi (30. Sentyabr 2014)
    Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) - Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi.

    Yana bir qator davlatlarda Asosiy qonunga parlament tashabbusi (Irlandiya, Daniya, Yaponiya, Avstraliya) yoki oddiy xalq tashabbusi (Shvetsariya) bilan tashkil etiladigan referendumlar orqali o`zgartirishlar kiritiladi.

    Daniya (Danmark), Daniya qirolligi (Konqeriqet Danmark) - Yevropaning shim.-gʻarbidagi davlat, Yutlandiya ya. o.ning katta qismini va unga yaqin orollar guruhi (Zelandiya, Fyun, Lollann, Falster va b.)ni oʻz ichiga oladi.
    Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon, Nihon) - Sharqiy Osiyoda, Tinch okeandagi orollarda joylashgan davlat. Yaponiya hududida 6,8 mingga yaqin orol boʻlib, shim.sharqdan jan.gʻarbga qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan; eng yirik orollari: Hokkaydo, Honshu, Sekoku va Kyushu.

    Federativ davlatlarda Federal konstitutsiyaga o`zgartirishlar o`ziga xos yo`l bilan kiritiladi. AQSh buning yaqqol misolidir.

    Qo`shma Shtatlar konstitutsiyasining V moddasi Asosiy qonunga o`zgartirishlar kiritish tartibining ikkita yo`lini taklif etadi.

    Birinchisiga ko`ra, o`zgartirish bo`yicha qonun loyihasi har ikki palataning uchdan ikki qism ko`pchilik ovozi bilan qabul qilinadi va ratifikatsiya qilish uchun shtatlarga jo`natiladi. Jami shtatlarning to`rtdan uch qismi qonunni (oddiy ko`pchilik ovoz bilan) ratifikatsiya qilishi bilan mazkur o`zgartirish Konstitutsiyaning tarkibiy qismiga aylanadi.

    Ikkinchi usulga ko`ra, jami shtatlarning uchdan ikki qismini Qonunchilik majlislari talabi bilan Kongress Konstitutsiyaviy qurultoy chaqiradi. Mazkur quriltoyda bir yoki bir necha o`zgartirishlar to`g`risida qonunlar qabul qilinishi mumkin. Qonunchilik majlislari tomonidan qabul qilingan qonunlar ratifikatsiya qilinish uchun shtatlarning qonunchilik majlislari yoki quriltoylari ixtiyoriga jo`natiladi. Jami shtatlarning to`rtdan uch qismining Qonunchilik majlislari (oddiy ko`pchilik ovoz bilan) yoki quriltoylari qonunni ratifikatsiya qilish bilan u konstitutsiyaviy o`zgartirish sifatida kuchga kiradi. AQSh tarixida XXI O`zgartirishni istisno qilganda, ushbu usuldan hozirga qadar foydalanilmagan.

    AQSh tizimining yana bir o`ziga xos tomoni Prezident o`zgartirsh kiritish jarayonida hech qanday rol o`ynamaydi. Garchi, o`z munosabatini bildirish huquqiga ega bo`lsada, O`zgartirshlarga veto qo`ya olmaydi.

    Shu kunga qadar AQSh konstitutsiyasiga 27 ta o`zgartirish kiritilgan. Ularning birinchisi 1791 yil 15 Dekabrda, ya`ni Asosiy qonundan 811 kundan keyin qabul qilingan bo`lsa, oxirgisi 1992 yil 7 Mayda ratifikatsiya qilindi. Bu aslida 1795 yil 25 Sentyabrda taklif qilingan qonun loyihasi edi.

    Kongress tomonidan qabul qilingan, biroq shtatlar tomonidan ratifikatsiya qilinmagan va shu tufayli kuchga kirmagan o`zgartirishlar soni oltitadir. Ularning ikkitasini ratifikatsiya muddati tugaganligi bois, kun tartibidan olib tashlangan. Qolgan to`rttasi esa hamon ratifikatsiya jarayonini boshdan kechirmoqda. Odatda, ratifikatsiya muddati ba`zi holatlarda belgilanadi va u asosan 3, 5, 10 yillik muddat bo`lishi mumkin.

    Hozirgi kunda Kongress tomonidan bir nechta o`zgartirishlar loyihasi tayorlanmoqda. Shulardan asosiylari Kongressning har ikki palatasiga saylanish yoshini 21 yoshga tushirish, barchaning Prezdentlik saylovlarida ovoz berish huquqini kafolatlash, bir jinsdagi kishilar orasidagi nikohni qonuniylashtishga qaratilgan.




    26 AQSh o`z tarixida qisqa muddatli konfederatsiya davrini bosib o`tgan. Bu davr 1781 yil 1 Martdan 1788 yil 23 Mayga qadar davom etdi. Mazkur konfederatsiya mustamlaka shtatlar orasida 16 oylik tortishuvlardan so`ng 1777 yil 15 Noyabrda qabul qilingan Konfederatsiya me`yorlari deb atalgan hujjat asosida faoliyat ko`rsatdi. 13 ta moddadan iborat Konfederatsiya me`yorlari mustamlaka shtatlarning federal qonun chiqaruvchi organi - II Kontinental Kongress tomonidan qabul qilindi va 1777 yil 17 Noyabrda ratifikatsiya uchun shtatlarga taqdim etildi.

    Uni birinchi bo`lib Janubiy Karolina 1778 yil 5 Fevralda, oxiri bo`lib Merilend shtati 1781 yilda ratifikatsiya qildi. O`sha davrdagi shtatlar orasidagi hududiy majorolar ushbu hujjatni amalga kirishini biroz kechiktirib yubordi.

    Mustamlakalarning qandaydir biror ittifoqqa birlashtirish g`oyasini bir qator jiddiy sabablari bor edi. Mustaqillik urushi arafasida mustamlaka hududlar soni 40 taga yaqinlashib qolgan bo`lib, ular Qirol tomonidan tayinlanadigan gubernatorlar tomonidan alohida va o`z holicha boshqarilar hamda boshqaruv va hayot tarzlariga ko`ra bir-biridan farq qilar edilar. Ular orasidagi o`zaro ishonch va birodarlik rishtalari u qadar mustahkam emas, va bu holat ularning o`zaro savdo aloqalariga, qolaversa, “yovvoyi” Hindu qabilalariga qarshi birgalikda muvaffaqiyatli kurash olib borishiga pand berib kelardi.

    Kurash - sport turi, belgilangan qoidaga muvofiq ikki sportchining yakkama-yakka olishuvi. Kurashish sanʼati koʻp xalqlarda qadim zamonlardan buyon maʼlum. K. ayniqsa Yunonistonda keng tarqalib, qad. olimpiada musobaqalaridan doimiy oʻrin olib kelgan.

    Tarqoq mustamlaka hududlarni yagona va kuchli ittifoqqa birlashtirish g`oyasi anchadan beri etilib kelayotganiga qaramay, bu harakat turli sabablarga ko`ra rad etib kelinar edi.

    Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
    Jumladan, bu kabi kuchli ittifoqni paydo bo`lishini Qirol istamas edi, shuningdek, mustamlaka hududlar ham mazkur ittifoq tarkibiga kirish bilan o`zlarining hamin qadar mustaqilligini yo`qotib qo`yishdan cho`chir edilar. Misol tariqasida, 1754 yil 19 Iyundan 11 Iyulga qadar davom etgan Albani Kongressini eslab o`tish ayni o`rinlidir. Nyu Yorkning Albani shaharchasida bo`lib o`tgan mazkur kongressga ettita mustamlaka hudud (Konnektikut, Merilend, Massachusets, Nyu Hempshir, Nyu York, Pensilvaniya, Roud Ayslend) vakillari ishtirok etdilar. Unda Pensilvaniya hududi vakili Benjamin Franklin taklif etgan “Katta kengash” deb atalgan ittifoqqa birlashish va birgalikda umumiy mudofaa, yangi hududlarni egallash, Hindu qabilalari bilan yakdil aloqalar olib borish g`oyalari qo`llab-quvvatlanmadi va qirol Jorj II (1683-1760) tomonidan qat`iyan rad etildi.

    Shunga qaramay, mazkur g`oyalar keyinchalik 13 ta shtat vakillari ishtirok etgan Shtatlarning II Kontinental kongressi (1775 yil 10 may-1789 yil 3 Noyabr (I Kongress 1774 yil Sentyabr-Oktyabrda bo`lib o`tgan edi) tomonidan 1777 yil 15 Noyabrda qabul qilingan “Konfederatsiya me`yorlari” (Articles of Confederation) deb atalgan hujjatda o`z aksini topdi. Unga ko`ra, AQSh konfederatsiya shaklidagi davlat sifatida e`tirof etilgan va bu holat 1787 yil 17 Sentyabrda qabul qilingan AQSh konstitutsiyasi kuchga kirgunga qadar (1789 yil 4 Mart) davom etdi.

    Hujjat bir palatali ancha tarqoq qonun chiqaruvchi kongressni tashkil etsa-da, lekin shtatlarning suveren huquqlariga daxl etmadi. Uning 3-moddasida ular, “ularning umumiy mudofasi, ozodligining xavfsizligi hamda o`zaro va umumiy farovonligi yo`lida ular o`zlariga yo`naltirilgan har qanday kuch yoki hujumga qarshi bir-birlariga yordam berish maqsadida o`zaro kelishib olganlari”ni bayon qilgan edilar.





    27 1787 yilning 17 Sentyabrida qabul qilingan Konstitutsiya ayni shu vaqtdan boshlab ratifikatsiya uchun Shtatlar ixtiyoriga topshirildi. Uni birinchi bo`lib Delivor shtati 1787 yil 7 Dekabrda ratifikatsiya qildi. Nyu Hempshir shtati esa to`qqizinchi bo`lib, 1788 yil 21 Iyunda asosiy qonunni ratifikatsiya qildi. Konstitutsiyaning VII moddasiga asosan, ayni shu davrdan boshlab u barcha 13 shtatda kuchga kirishi kerak edi. Biroq, hali ratifikatsiya qilmagan 4 ta shtatlar orasida Virjiniya va Nyu Yorkning borligi ko`pchilikni o`ylantirib qo`ydi. Chunki, bu ikki shtat eng ko`p aholiga ega bo`lgan eng qudratli va boy shtatlar edi. Shu tufayli, Kongress “Konfederatsiya me`yorlari” (Articles of Confederation) hujjati asosida, Konstitutsiya amalga kiradigan kunni kechirtirishga qaror qildi va uni 1789 yil 4 Martga belgiladi.

    Virjiniya va Nyu York Konstitutsiyani kutilgandan tezroq muddat ichida 1788 yil yozidayoq ratifikatsiya qildi, biroq qolgan yana ikki shtat Shimoliy Karolina va Roud Ayslend uni Konstitutsiya amalga kirib bo`lgandan keyin, ya`ni 1789 yil 21 Noyabr va 1790 yil 29 Mayda ratifikatsiya qildilar.




    28 AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan 27 ta O`zgartirishning dastlabki 10 tasi inson huquqlariga bag`ishlangan bo`lib, ayni bir vaqtda ya`ni 1792 yil 15 Dekabrda ratifikatsiya qilingan. Mazkur O`zgartirishlar “Huquqlar to`g`risida Bil” (Bill of Rights) nomi bilan mashhurdir.

    Ushbu huqular AQSh konstitutsiyasi qabul qilingan vaqtga qadar Massachusets, Nyu York, Virjiniya, Nyu Hempshir va Roud Ayslend kabi shtatlar tomonidan qabul qilingan va ularning konstiutsiyalarida mustahkamlanib qo`yilgan edi. Ayni shu huquqlarning Federal konstitutsiyadan joy olmagani ba`zi shtatlarning noroziligiga sabab bo`ldi. Yuzaga kelgan ziddiyatga barham berish uchun Jeyms Medison boshchiligidagi qo`mita huquqlar to`g`risidagi qonunni ishlab chiqishga kirishdi va uning loyihasini Kongressga taqdim etdi. Senat 17 ta O`zgartirishlar sonini 12 taga qisqartirdi. 1789 yil 25 Sentybrda qabul qilingan 12 ta O`zgartirish shtatlarga ratifikatsiya uchun taqdim etildi. Ulardan dastlabki ikkitasi shtatlar tomonidan qabul qilinmadi. Aniqrog`i, birinchisi umuman shu kunga qadar ratifikatsiya qilinmadi, ikkinchisi esa 1992 yilda XXVII O`zgartirish sifatida ratifikatsiya qilindi. Shu tufayli, dastavval ratifikatsiya qilingan 10 ta O`zgartirishgina tarixga “Huquqlar to`g`risida Bil” degan umumiy nom bilan kirdi.




    29 Hibsga olish, tintuv o`tkazish, sud zaliga majburan olib kelish, ekstraditsiya qilish va boshqa maqsaddagi orderlarning hammasi AQShda faqat sud tomonidan chiqariladi. Buning uchun politsiya yoki huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan ob`ekt ko`rsatilgan ariza dalillar bilan sudga topshiriladi. Sud dalillarni etarli deb topgan taqdirda, tegishli order beradi va unda ko`rsatilgan qaror huquqni himoya qilish organlari tomonidan bajariladi.


    30 Katta sudlov Hay`ati o`zining tuzilishi va faoliyati bilan Xalq vakillari Hay`at sudidan farq qilmaydi. Yagona muhim tafovut shundaki, mazkur sud yakuniy odil hukmni chiqarmaydi, balki ko`rilayotgan ish Xalq vakillari Hay`at sudiga taqdim etilishga loyiqmi yoki loyiq emasligi borasida hukm chiqaradi. Boshqacha aytganda u, tergov natijalari va prokuror tavsiyasi asosida ko`rilayotgan ish bilan tanishib chiqadi. Agar prokuror va tergovchilar tomonidan taqdim etilgan ma`lumotlardan qoniqish hosil qilingan taqdirda, sud ishni ko`rib chiqish uchun uni Xalq vakillari Hay`at sudiga taqdim etadi. Aksincha holatda, prokuror va tergovchilar ko`rilayotgan ish ustidan qo`shimcha ma`lumotlar tayorlashga tavsiya etiladi. Katta sudlov Hay`ati 12-23 ta kishidan tashkil topishi mumkin.


    31 “Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” (Due process) atamasi Konstitutsiyaning ikkita joyida (V va XIV O`zgartirishlar) takror va takror uchraydi. U fuqarolarning asosiy shaxsiy va mulkiy huquqlarini himoya qilish va kafolatlashga qaratilgan qonunlar va tamoyillar asosida olib boriladigan huquqiy jarayonni anglatadi.

    Ingliz yuridik lug`atlarida unga nisbatan ‘mahalliy qonun”, “tengdoshlarning unga huquqiy munosabati” kabi ishoralar uchraydi. Aslida, mazkur atama XIII-XIV asrlarda Angliyada mana shunday ilk ma`nolar bilan huquqiy tilga kirib kelgan edi.

    AQShda hozirgi kunga qadar Oliy sud atamaga hech qanday izoh yoki sharh bergan emas. Biroq, huquqshunoslar unga tez-tez murojaat qiladilar.

    Aksariyat mutaxassislarning fikricha, “Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” o`zida ikkita savolni mujassam etadi: (1) qonun yoki huquq qanday muhofaza qilinishi kerak ?; (2) huquq nima uchun himoya qilinishi kerak?.

    Birinchi savoldagi “qanday” so`zining o`ziyoq unga processual yoki procedural ma`no beradi va u sof ma`nodagi procedural jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin (Procedural due process). Ikkinchi savol esa unga kengroq moddiy-huquqiy va falsafiy yondashuvni talab etadi (Substantive due process). Masalan, erkin harakatlanish huquqi substantiv qonuniy jarayonni anglatsa, fuqarolarning bir joydan ikkinchi joyga ko`chish huquqi prosedural qonuniy jarayonni bildiradi.

    “Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon” quyidagi huquq va tamoyillarni kafolatlaydi: Etarli darajada olib boriladigan adolatli va ochiq sudlovga bo`lgan huquq, Sudda hozir bo`lish yoki ishtirok etish huquqi, Sudda o`zini himoya qilish uchun so`zlash huquqi; Qonun shunday yozilishi kerakki, toki fuqarolar jinoyat nima ekanligini anglab etishlari lozim; Soliqlar faqat jamiyat manfaati yo`lida undirilishi va sarflanishi lozim; Mulk faqat jamiyat manfaati yo`lida tortib olinishi va tortib olingan mulk uchun to`la qoplama mablag`lar (kompensatsiyalar) to`lanishi lozim.

    AQSh konstitutsiyasiga kiritilgan V O`zgartirish asosan Federal miqyosda Federal hukumat, Federal sudlar va boshqaruv xizmatchilariga tatbiq etiladi. XIV O`zgartirish esa Tegishli tartibdagi qonuniy jarayon himoyasini shtatlar darajasida barcha fuqarolarga kafolatlaydi.


    32 AQSh huquqiy tizimi Jamoa huquqi (Common Law) asosida shakllangan. Jamoa huquqi huquqiy tizim sifatida XII asrlardayoq Angliyada paydo bo`lgan va hozirgi kunga qadar dunyoning ko`plab mamlakatlarida istifoda etilmoqda. Bu tizimning yana bir keng tarqalgan tizim - Fuqaroviy huquqiy tizim (Civil Law system)dan asosiy farqi shundaki, bunda sudlar tomonidan chiqarilgan hukmlar ushbu tizimning o`zagini tashkil etadi. Shuning uchun uni “Sudlar tomonidan yasalgan” (judge made) tizim sifatida e`tirof etishadi. Sudlarning hukmlari esa o`z navbatida o`zidan oldingi sudlarning hukmlari va sud amaliyotlarini tahlil qilish, taqqoslash asosida chiqariladi. Fuqaroviy huquqiy tizimlarda, aksincha, kodifikatsiya qilingan qonunlar va me`yorlar asosida sud hukmlari chiqariladi. Shu nuqtai nazardan Jamoa huquqi bir qadar “yumshoqroq” bo`lib ko`rinishi mumkin.

    Hozirgi kunda Angliya va Uels, Irlandiya


    Download 308.44 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 308.44 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Florida Coastal School of Law The U. S. Constitution in the Uzbek Language with Interpretative Notes by Khaydarali Yunusov

    Download 308.44 Kb.