Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha akt vazirligining Rasmiy Bayonoti




Download 17.86 Kb.
bet1/2
Sana29.03.2021
Hajmi17.86 Kb.
#13620
  1   2

Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha AKT vazirligining Rasmiy Bayonoti

03.09.2020

Bugungi kunda Ommaviy axborot vositalari va, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Axborot texnologiyalari sohasi bo‘yicha bir qator savollar va murojaatlar kelib tushmoqda.

Shundan kelib chiqib, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Matbuot kotibi Sherzod Axmatov bugun eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlarga javob berdi.

 Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1 oktyabrdan mobil telefon raqamini o‘zgarishsiz boshqa mobil kompaniyaga o‘tkazish mumkinligi to‘g‘risida o‘qidim! Ya’ni agar men UzMobile abonenti bo‘lsam telefon raqamimni o‘zgarishlarsiz aynan shu ko‘rinishda kodi bilan birga boshqa mobil operatori abonenti sifatida rasmiylashtirishim mumkinmi?

Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, haqiqatdan ham ijtimoiy tarmoqlarda joriy yil 1 oktyabrdan boshlab abonentlar boshqa uyali aloqa kompaniyasini tanlaganda ham telefon raqamini saqlab qolishi mumkin bo‘lishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Joriy yil 1oktyabrdan mobil telefon raqamini saqlagan xolda boshqa aloqa kompaniyasining xizmatlaridan foydalanilmaydi. Biroq shuni aytib o‘tishim mumkun bunday imkoniyat yaqin kelajakda paydo bo‘lishi kutilmoqda.
«Ijtimoiy tarmoqlarda bu kabi gap-so‘zlarning tarqalishiga “Telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani, hujjatga ko‘ra, mobil aloqa operatori o‘zgarganda raqamlari o‘zgarmay qolishi haqidagi xabarlar sabab bo‘lgan. Mazkur normativ hujjat joriy yil 30 iyun kuni qabul qilingan bo‘lsa-da, 1 oktyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ya’ni hujjat kuchga kirdi deganda, unda keltirilgan xizmatlar ham o‘sha zahoti kuchga kirishi ko‘rsatilmagan.
Ushbu hujjat Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan hamda vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Bir kompaniyadan boshqa kompaniyaga o‘z mobil raqami bilan o‘tib, yangi abonent sifatida o‘sha kompaniya xizmatlaridan foydalanish dunyo tajribasida bor.

Qabul qilingan hujjatga asosan, o‘zbekistonlik abonentlarga ham ana shunday imkoniyatini taqdim etish harakatlari boshlandi. Ya’ni shu paytgacha bu borada ishlarni boshlash uchun huquqiy asos yo‘q edi.

Joriy yil 1 oktyabrdan boshlab, aloqa operatorlari bilan birgalikda raqamni saqlagan holda mobil operatorni o‘zgartirish tartibi va shartlari ishlab chiqiladi. Bu jarayonda aholiga aloqa xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan mobil operatorlarning qonuniy huquq-manfaatlariga ustuvorlik beriladi.





Download 17.86 Kb.
  1   2




Download 17.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Fuqarolarimiz tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollar va murojaatlar bo‘yicha akt vazirligining Rasmiy Bayonoti

Download 17.86 Kb.