• Kalit so’zlar
  • Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi




    Download 413.08 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana07.01.2023
    Hajmi413.08 Kb.
    #37697
      1   2   3
    Bog'liq
    gaz-bilan-ishlaydigan-avtomobillarning-ta-minlash-tizimi
    innovation medic, TA`LIM TO`G`RISIDAGI QONUN YANGI TAHRIRDA 2020., Курс иши Абдураззоқов С , 7-8-9-10 amaliy mashg\'ulotlar, Kredit modul tizimiga ma\'lumotlar, 2-var, Raqamli texnologiylar va ularning rivojlanish tendensiyalari. Ra-kompy.info, Abdullayev Z pedagogik ish, tarmoq xavfsizligi 111, Mavzu Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechi, 6 Hududlar kesimida qishloq, ormon va baliqchilik xojaligi hajmi-Объем продукции (услуг) сельского, MM, Gidrometralogiya.pdf 9, t8csice3-pub-description


    Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi 
    Sultonali Hoshimjon o’g’li Fozilov 
    Abduqaxxor Isaqovich Mamatov 
    Ne’matillo Ubaydullo o’g’li Karimov 
    FarPI xuzuridagi Toshloq texnik xizmat ko’rsatish texnikumi 
    B.Siddiqov 
    FarPI 

    Annotatsiya: Gaz bilan ishlaydigan dvigatellar zamonaviy shahar transport 
    vositalarida keng qo’llanilmoqda. Bunda siqilgan yoki suyultirilgan holatdagi tabiiy, 
    sanoat va sintetik gazlardan foydalaniladi. Siqilgan va suyultirilgan gazlar maxsus 
    ballonlarda saqlanadi, shuning uchun ham transport vositalarini gaz ballonli deyiladi. 
    Kalit so’zlar: dvigatel, gaz, jihoz, gazsimon yonilg’i, dizel, gazballon.
    Gas supply system of gas engine automobiles 
    Sultanali Hashimjon oglu Fozilov 
    Abdukakhor Isakovich Mamatov 
    Nematillo Ubaydullo oglu Karimov 
    Tashlak Maintenance College under FarPI 
    B.Siddiqov 
    FarPI 
    Abstract: Gas engines are widely used in modern urban vehicles. It uses 
    natural, industrial and synthetic gases in compressed or liquefied state. Compressed 
    and liquefied gases are stored in special cylinders, so vehicles are also called gas 
    cylinders. 
    Keywords: engine, gas, equipment, gaseous fuel, diesel, gas cylinder. 
    Odatda, gaz bilan ishlaydigan dvigatellarning suyuq yonilg’ida ishlaydigan 
    seriyada chiqarilayotgan dvigatellar bazasida yaratiladi. Seriyada chiqarilayotgan 
    dvigatelni gazsimon yonilg’i bilan ishlashga o’tkazishda, uning asosiy qism va 
    uzellari o’zgarmagan holda qoladi. Gaz bilan ishlaydigan modifikatsiyasini asosiy 
    farqi yonilg’i uzatish tizimi, yonuvchi aralashmaning alangalanishi va tartibga 
    solishlikdadir. Dizel dvigatellarini gazsimon yonilg’iga o’tkazish ham ikki usulda 
    amalga oshiriladi. Birinchi usul dizelni uchqun bilan alangalanadigan gaz dvigateliga 
    qayta jihozlash (aylantirish). Buning uchun silindrlardagi siqish darajasi 8-9 gacha 
    "Science and Education" Scientific Journal
    July 2021 / Volume 2 Issue 7
    www.openscience.uz
    249


    kamaytirilib, o’t oldirish tizimi va gazballon qurilmalari o’rnatiladi. Ikkinchi usul 
    dvigatelni ayni bir vaqtda dizel yonilg’isi va gaz bilan ishlashini ko’zda tutadi. 
    Gazsimon yonilg’i uzatish uchun dvigatel gaz ballon qurilmasi bilan jihozlanadi. Gaz 
    aralashtirgich orqali kiritish quvuriga uzatiladi va havo bilan aralashgan holda 
    silindrlarga so’riladi. Siqish taktini oxirida silindrlarga o’t oldirish uchquni rolini 
    bajaruvchi dizel yonilg’isi purkaladi. Uning miqdori odatdagi dizel jarayonida 
    sarflanadigan miqdorni 20 foizini tashkil qiladi. Bu usulda dvigatel konstruksiyasiga 
    tub o’zgartirish kiritilishi talab qilinmaydi. Avtomobil dvigatellari uchun gaz dizel 
    usuli keng tarqalgan. Ikkala usul ham aksariyat statsionar dvigatellari uchun 
    qo’llaniladi. Gaz bilan ishlaydigan dvigatelning ish sikli benzinli dvigatelning ish 
    siklidan deyarli farq qilmaydi. Dvigatelni gazsimon yonilg’ida ishlashi uchun 
    avtomobilga o’rnatiladigan asbob-anjomlar komplektini gaz ballonli qurilmalar 
    deyiladi. Gaz ballonli qurilmalar asosan ikki xil turga ajratiladi: siqilgan va 
    suyultirilgan gazlar uchun. Gaz ballonli qurilmani o’ziga xosligi shundan iboratki, 
    gaz har qanday holatda ballonlarda katta bosim ostida oqib chiqadi. Shuning uchun 
    tizimga gaz bosimini kamaytirish imkoniyatini yaratuvchi reduktor kiritiladi. Siqilgan 
    gaz bilan ishlaydigan gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi
    1.1-rasm. Gaz ballonli uskunalarning prinsipial sxemasi 
    1-ballonlar; 2-biriktiruvchi armatura; 3-po’lat naychalar; 4-sarflash jo’mragi;5-
    to’ldirish jo’mragi; 6-isitgich; 7-ishlatilgan gazlarni chiqarish tizimining quvuri;8-
    dozalovchi shayba; 9- magistral jo’mrak; 10-filtr; 11-reduktor; 12-quvur bilan 
    ulovchi naycha;13-kiritish quvuri; 14- drossel zaslonkasi; 15-taglik; 16-purkagich; 
    17-dizel aralashtirgich;18-forsunka; 19-salt ishlash naychasi; 20-past bosim 
    manometri; 21-yuqori bosim manometri. 
    20 MPa bosimgacha siqilgan gaz ikki guruhga (I va II) ajratilgan har biri 50 l 
    xajmli yuk platformaning ostiga o’rnatilgan beshta po’lat ballonlarda 1 saqlanadi. 
    Ballonlar bir-biri bilan o’zaro ulovchi armatura 2 va naychalar 3 bilan tutashtirilgan. 
    Avtomobil ramasining differensiyalanishi natijasida naychalalr 3 sinib ketmaslilgi 
    uchun ular kompensatorlar bilan ta’minlangan. Gaz ballonlardan 1 sarflash ventili 4 
    isitgich 6 orqali magistral ventilga 9 undan so’ng filtrda 10 tozalanib, reduktorga 11 
    "Science and Education" Scientific Journal
    July 2021 / Volume 2 Issue 7
    www.openscience.uz
    250


    o’tadi. Reduktorda 11 gazning bosimi atmosfera bosimigacha kamaytiriladi. Gaz 
    uskunalarining avtomobilda joylashuvi sxemasi 1-ventilyasiya quvuri; 2-germetik 
    quti; 3-armatura; 4, 11-troyniklar; 5-aralashtirgich; 6-dozator; 7-boshqarish bloki; 8-
    elektromagnit gaz klapani filtr bilan;9 - reduktor 21-bog’latgich; 10-elektromagnit 
    benzin klapani; 12 -salonni isitgich;13-isitgich jumragi; 14-yuqori bosim quvuri; 15-
    dyuralyumin ballon; 16-ejektorlar;17-o’tish quvurchasi; 18-quyish qurilmasi. 
    Gazning bosimi keskin pasayishi (kengayishi) sababli, agarda uning tarkibida nam 
    bo’lsa, muzlab qolib tizimni meyoriy ishlashini buzilishiga olib kelishi mumkin. 
    Shuning uchun gaz isitgich 6 orqali uzatiladi. Gazni isitish uchun ishlatilgan 
    gazlarning issiqligidan 7,8 foydalaniladi. Dvigatel ishlamay turganda reduktor gaz 
    magistralini berkitib qoyadi. Ishlayotgan dvigatelda esa hosil bo’lgan siyraklanish 
    evaziga gaz forsunka 18 orqali Dizel-aralashtirgichga 17 o’tadi va havo bilan 
    aralashib, gaz-havo aralashmasi tayyorlanadi. Salt ishlash rejimida gaz bevosita 
    naycha 19 orqali drossel ostki qismiga kiritiladi. Yuqori bosim manometri 21 
    yordamida ballonlardagi gaz bosimi va unga proporsional ravishda miqdori nazorat 
    qilinadi. Past bosim manometri 20 yordamida esa reduktorning ishlashi nazorat 
    qilinadi. Ikkala manometr ham avtomobil kabinasidagi asboblar taxtachasiga 
    o’rnatilgan. Ballonlar gaz bilan ventil (jo’mrak) 5 orqali to’ldiriladi. Rasmda 
    keltirilgan qurilma universal bo’lib, rezervdagi benzin yonilg’i tizimi tufayli, ehtiyot 
    bo’lganda benzinda ham meyoriy ishlashlik imkoniyatini beradi. Suyultirilgan gaz 
    bilan ishlaydigan qurilmalarda gazni bug’simon holatga o’tishi maxsus issiqlik 
    almashtirgichda, ya’ni bug’latgichda sodir bo’ladi. Suyultirilgan gaz qurilmasning 
    o’ziga hosligi, undagi ish bosimi ballondagi gaz miqdoriga bog’liq bo’lmay, balki 
    gaz, siqilgan gaz qurilmasidan farqli ravishda, ballondagi suyultirilgan gaz miqdorini 
    aniqlash uchun aralashmasining komponent tarkibi va atrof-muhit haroratiga 
    bog’liqligidadir. Suyultirilgan gaz qurilmasida maxsus sath ko’rsatkich o’rnatilishi 
    lozim bo’ladi. Suyultirilgan gaz platforma ostida o’rnatilgan va ramaning chap tomon 
    lonjeroniga qotirilgan xajmi 225 litrli ballonda 20 saqlanadi. Ballonning old devoriga 
    sarflash ventillari o’rnatilgan bo’lib, ular orqali gaz ballon o’lchagichidan 
    (troynigidan) 19 tezlik klapaniga 18 o’tadi. Gaz yuqorida o’rnatilgan sarflash 
    ventilidan esa suyuq fazadan olinadi.
    "Science and Education" Scientific Journal
    July 2021 / Volume 2 Issue 7
    www.openscience.uz
    251


    1.2-sxema. Gazga konvertatsiya qilingan avtomobil. 
    1-dvigatel; 2-elektromagnit klapan; 3,10-elektr boshqaruv klapanlari; 4-mikser; 5-gaz 
    havo qapqog’i; 6-gaz havosi qabul qiluvchi filtr bilan; 7-gaz qopqog’i; 8-past bosimli 
    reduktor; 9-taqsimlagich; 11-filtrni tozalash vositasi; 12-yuqori bosimli gaz reduktori; 
    13-suyuq isitish; 14,17,18-bosim o’lchagichlari; 15-asosiy kran; 16-silindr qism; 19-
    to’ldirish krani 
    Avtomobilning suyultirilgan gazli ta’minlash tizimining sxemasi: 1-kiritish 
    kollektori; 2-reduktordan salt ishlash tizimi aralashtirgichi; 3-reduktor vа 
    aralashtirgich orasidagi naycha; 4-reduktordan kiritish quvuri orasidagi shlang; 5-
    reduktordan ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani orasidagi naycha; 6-
    bug’latkichdan reduktor orasidagi naycha; 7-gaz aralashtirgichi; 8-gaz reduktori; 9-
    gaz reduktorining filtri; 10-ishga tushirish tizimining elektromagnit klapani; 11-ishga 
    tushirish tizimi klapanidan aralashtirgich orasidagi naycha; 12-elektromagnit 
    klapanidan bug’latgich orasidagi yuqori bosim shlangi; 13-bug’latgich; 14-rezerv 
    tizim; 15-elektromagnitli klapani; 16,17-naychalar; 18-tezlik klapani; 19-ballon 
    uchligi (troynigi). Uchlikdan (troynikdan) 19 gaz naychalar 16, 17 orqali 
    elektromagnit klapaniga 15 o’tadi. O’t oldirish ulanganda gaz yuqori bosimli shlang 
    orqali 12 dvigatelning kiritish kollektoriga 1 o’rnatilgan bug’latkichga 13 uzatiladi. 
    Bug’latgichdan 13 gaz ikki pog’onali reduktorga 8 kiradi va bosimini kamaytiradi. 
    Reduktorning birinchi pog’onasidan oldin filtr 9 o’rnatilgan, reduktorning ikkinchi 
    pog’ona bo’shlig’idan gaz dozalovchi-ekonomayzer qurilmasiga o’tadi va undan 
    dvigatelning ish rejimiga mos ravishda kerakli miqdordagi gaz aralashtirgichga 7 
    yuboriladi. Dvigatelning ishga tushirish tizimi dozalovchi jiklerli elektromagnit ishga 
    tushirish klapani 10, naychalar va klapanni o’chirgichlarini o’z ichiga oladi. Sovuq 
    dvigatelni o’t oldirishda ishga tushirish klapani ulangandan so’ng, gaz reduktorni 
    "Science and Education" Scientific Journal
    July 2021 / Volume 2 Issue 7
    www.openscience.uz
    252


    birinchi pog’onasidan bosim ostida naycha 2 orqali aralashtirgichni salt ishlash 
    tizimiga o’tadi. 23 ta’minlash tizimining ishlashi haydovchi kabinasiga o’rnatilgan 
    manometr orqali nazorat qilinadi. Reduktorning birinchi pog’onasidan so’ng gaz 
    bosimi 0,15 mpa bo’lishi lozim. Gaz reduktorining vazifasi ballondan dvigatelga 
    kirayotgan (o’tayotgan) gaz bosimini kamaytirish, dvigatelni ish rejimlariga mos 
    ravishda aralashtirgichga uzatilayotgan gaz miqdorini avtomatik rostlash 
    (o’zgartirish) hamda dvigatel ishlashdan to’xtaganda gaz magistralini bir lahzada uzib 
    qo’yishdan ibort.

    Download 413.08 Kb.
      1   2   3




    Download 413.08 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gaz bilan ishlaydigan avtomobillarning ta’minlash tizimi

    Download 413.08 Kb.
    Pdf ko'rish