• “Geoaxborot tizimi” atamasi
  • Geoaxborot tizimi




    Download 175 Kb.
    bet1/5
    Sana30.11.2022
    Hajmi175 Kb.
    #32577
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Самадов Санжар (1) (2), YOZMA VA OG\'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH, Mamatov Murodilla, 1-amaliy ish SALIMOVA HUSNIYA, elementaryadverbsoffrequencyanswers, 5350100 ТТ учун тест, USMONOVA MOXIGUL, KPI, Magistrlar stajirovkalari

    Geoaxborot tizimi hamda uning rivojlanish tarixi haqida umumiy ma’lumot

    Reja:
    1.“Geoaxborot tizimi” atamasi
    2.Geoaxborot tizimi tomonidan hal qilinishi mumkin bo‘lgan muammolar spektri
    3.Geoaxborot tizimi rivojlanishining tarixiy bosqichlari
    4.Zamonaviy sharoitda geoaxborot tizimini qo‘llash


    “Geoaxborot tizimi” atamasi


    Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi - GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20 yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
    Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi.
    Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash, taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda yoki etarli darajada tasvir xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jarayonlarni bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi.
    Hozirgi paytda foydalanish sohalarining kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish, geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiyot, ekologiya va boshqa sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas.

    Download 175 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 175 Kb.