• Respublikasining
  • Qashqadaryo viloyati
  • Surxondaryo viloyati
  • Orol dengizi
  • Geografiya fanidan o‘quv dasturi (7-sinf) uqtirish xati




    Download 33.92 Kb.
    Sana31.12.2019
    Hajmi33.92 Kb.
    #6719
    GEOGRAFIYA FANIDAN O‘QUV DASTURI (7-SINF) UQTIRISH XATI Tabiiyot va geografiya fanini hozirgi zamon talablari asosida o‘qitishda insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadigan zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi, ularning ishlab chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o‘rni, fan-texnika taraqqiyoti bilan bog‘lashga olib keladigan geografiyaning tadqiqot yutuqlarini ko‘rsatish.

    Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch.

    Tabiiyot va geografiya ta’limida o‘rganiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar va tushunchalar, qonuniyatlarni o‘quvchilarga tushunarli holda umumiy o‘rta ta’lim maktablari darsliklarida sodda va aniq bayon etish, bunda asosiy e’tiborni o‘quvchilarning yosh psixologik xususiyatlarini va o‘quvchilarning bilim olish va o‘quv materialini tushunish hamda puxta va mukammal o‘zlashtirish imkoniyatiga e’tibor qaratishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarda tayanch hamda tabiiyot va geografiya o‘quv faniga oid umumiy kompetensiyalarni shakllantirish; geografik obyektlar, jarayon va hodisalar, Yer yuzining tabiiy manzarasi, aholisi va uning xo’jaligi, jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi, tabiatdan oqilona foydalanish, Yer yuzidagi global muammolar haqida fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish, tabiatni qadrlash va muhofaza qilish, olgan nazariy bilimlarini amalda qo‘llash mahoratini shakllantirish;

    Aholi - Yer yuzida yoki uning muayyan hududi, qitʼa, mamlakat, tuman, shaharida istiqomat qiluvchi odam (inson) lar majmui. Aholini tadqiq etish bilan maxsus fan - Demografiya shugʻullanadi.aholi oʻrtasida sodir boʻlayotgan jarayonlar biologik, geografik, ijtimoiy-iqtisodiy omillar taʼsirining natijasidir.

    o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, geografik bilimlarni hayotga tatbiq eta olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat. Umumiy o‘rta ta’limda tabiiyot va geografiya fanini o‘qitishning asosiy vazifalari: o‘quvchilarda atrofimizdagi olamga, o‘z Vataniga muhabbat hissini uyg‘otish, tabiatni asrash va muhofaza qilish, nazariy bilimlarini amalda qo‘llash malakalarini shakllantirish, tabiatni kuzatish, tahlil qilish, ularda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayot va ta’lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo‘lgan bilimlarni egallashi, hozirgi zamon talablari, ta’lim sohasidagi jahon andozalari va milliy rivojlanish manfaatlariga mos keladigan tafakkur va bilimlarni egallashi, shu bilan birga ulardan kundalik hayotlarida foydalana olishga o‘rgatishdan iborat.

    Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi.

    Tabiiyot va geografiya o‘quv fanini o‘rganishda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganilgan matematika, fizika, botanika, kimyo, iqtisodiy bilim asoslari fanlaridan olingan bilimlar umumlashtirilib, geografiyani o‘rganishning birinchi davri 1- va 2-sinflarda Yer, Quyosh, ob-havo, fasllar, Yer yuzasining tuzilishi, tabiatni muhofaza qilish, shahar, qishloq, ulardagi kishilar hayoti, mehnati haqida, 3-4 sinflarda tabiat, tabiat hodisalari, mamlakatimiz geografiyasi haqida boshlang‘ich ma’lumotlar beriladi. Geografiyani o‘rganishning ikkinchi davri – umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-9-sinflari bo‘lib, geografiya kurslarida o‘rganilgan o‘quv materiallarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlari geografiya ta’limida takrorlanmasligi e’tiborga olingan. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar bilan birgalikda tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Tabiiyot va geografiya fanlarini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalar shakllantirilib boriladi. O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A2 o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘z fikrlarini guruhlarda ijodiy tarzda ifoda eta olish.

    Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.

    A2 mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda liderlik qila olish, geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda ayta olish va yoza olish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: A2 turli geografik adabiyotlardan, xarita va atlaslardan samarali foydalanib, ular asosida axborotlarni tayyorlash, Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topib, ularni tahlil qilish, kundalik ma’lumotlardan jumladan, jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarning mohiyatini anglay olish, mediamadaniyatga rioya qilish.

    Xarita (yun. chartes - varaq yoki xat yoziladigan papirus), karta - Yer yuzasi, boshqa osmon jismlari yoki kosmik fazoning matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri. Qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan obʼyektlar koʻrsatiladi (q. Geografik xaritalar, Xaritagrafiya)

    A2 Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlar asosida jahon va mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalarda, geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish, iqtisodiy, siyosiy, madaniy, ekologik dunyoqarash va tafakkurini mustaqil ravishda o‘stirib borish.

    Siyosat (arab. سياسة (siyasa) - ot tarbiyalash, ot boqish) - davlatni boshqarish sanʼati. Siyosat biror guruh, jamiyatni boshqarish jarayonidir. Ushbu jarayonda tegishli guruh vakillari ham qatnashishadi.

    A2 maktabda, mahallada siyosiy, madaniy, ekologiya mavzularida bo‘ladigan tadbirlarda ishtirok etish va o‘z fikrini ayta olish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 dolzarb global, regional va mahalliy muammolarni tahlil qila olish, ularning yechimiga oid ijodiy takliflarni bera olish, zamon va jamiyat talabidagi iqtisodiy, siyosiy va ekologik faollikka intilish, tabiat va jamiyatning barqaror rivojlanishi uchun shaxsiy mas’uliyatni his qila olish. A2 dolzarb global, regional va mahalliy muammolarda o‘z fikri bilan qatnashish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish. A2 Vatani, oilasi, mahallasining tarixini bilish va bugungi kun bilan taqqoslay olish; tarixiy, ma’naviy va madaniy merosini avaylab-asrash, jamiyatda o‘rnatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 statistik ko‘rsatkichlar asosida jadval, diagramma va grafiklarni tuza olish, kompyuter texnologiyalari, geografik axborot tizimlari haqidagi tasavvurga ega bo‘lish va ayta olish.

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.

    Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.

    A2 fan-texnika yutuqlari muhimligini tushunib yetish va tahlil qila olish, aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy rejalarini tuza olish. Tabiiyot va geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi. Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. Ushbu fanga oid umumiy kompetensiyalar o‘quv dasturlarining 5-sinfida yil oxirida va 6-9 sinflarda o‘quv yilining birinchi va ikkinchi yarim yilliklarida keltirildi. O‘quv dasturida “Hayot xavfsizligi asoslari”, “Tejamkorlik saboqlari” va “Iqtisodiy bilim asoslari” kurslarining mavzulari singdirildi. Shuningdek, o‘quv dasturida nazorat ishlari ham berildi. Mazkur nazorat ishlari mavzular kesimida joylashtirilgan. Me’yoriy hujjatlarni yuritishda tayanch va fanga oid kompetensiyalar quyidagicha yozilishi tavsiya qilinadi: I. TK-tayanch kompetensiyalar TK1-kommunikativ kompetensiya; TK2-axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; TK3-o‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi; TK4-ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; TK5-milliy va umummadaniy kompetensiya; TK6-matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi. II. FK-fanga oid kompetensiyalar FK1-tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi; FK2- geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi; FK3-globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi; FK4-tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi. 7- SINF GEOGRAFIYA (O‘rta Osiyo va O‘zbekiston tabiiy geografiyasi) (68 soat, haftasiga 1 soat, A2 : 102 soat, haftasiga 3 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari: Kommunikativ kompetensiya: A2 mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, o‘zining mustaqil fikrini og‘zaki va yozma tarzda ifoda eta olish, guruhlarda ijodiy tarzda ishlay olish, loyihalarni tuzish va himoya qila olish.

    Osiyo (yun. Asia, ehtimol ossuriycha asu - sharq) - Yer sharidagi eng katta qitʼa (butun quruqlik maydonining 30 % chasini egallagan). Yevrosiyo materigining bir qismi..

    A2 mavzuga doir geografik atama va tayanch so‘zlarni xorijiy tilda aytilishi va yozilishini bilish. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: : A2 geografik adabiyotlardan samarali foydalana olish, ular asosida mavzuli axborotlarni tayyorlay olish, ommaviy axborot vositalari hamda Internet-saytlardan geografik mazmunga ega bo‘lgan ma’lumotlarni topa olish. A2 Internet-saytlardan ob-havo bashorati, mamlakat ichidagi yangiliklar haqidagi lavhalarni topa olish va ularni tahlil qila bilish. O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: A2 muntazam ravishda o‘z bilimini oshirishda geografik manbalar bilan mustaqil tarzda ishlay olish. A2 atrofidagi tabiat manzaralari va madaniy landshaftlarni estetik his etish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: A2 maktab, mahallasida olib borilayotgan tadbirlarda maqsad yo‘lida faol ishtirok etish, muomala madaniyatga ega bo‘lish. A2 o‘z o‘lkasining noyob tabiat obyektlarini muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tadbirlarida o‘z fikrlarini bayon eta oladi.

    Mahalla - Oʻzbekistonda maʼmuriyhududiy birlik; oʻzini oʻzi boshqarishning xalqimiz anʼanalari va qadri-yatlariga xos boʻlgan usuli. M. tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Tarixiy manbalarda qayd etilishicha, jez davrining yodgorligi boʻlgan Sopollitepapya 8 ta oila yashagan.

    Milliy va umummadaniy kompetensiya: A2 umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, geografik dunyoqarash va tafakkur asosida atrofimizdagi olamni obyektiv holda, sabab-oqibat bog‘liqliklari orqali yaxlitligini va ayni paytda xilma-xilligini anglash. A2 geografik sayohat va kashfiyotlar tarixi insoniyat tarixining ajralmas qismi ekanligini, o‘z o‘lkasining qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligini anglash. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi: A2 tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish. A2 mavzuga doir tabiiy hodisalarni (harorat, yog‘inlar) aks ettiradigan jadval, diagramma va grafiklarni tuzish va ularning mazmunini tahlil qila olish. I BO‘LIM O‘RTA OSIYO TABIIY GEOGRAFIYASI 1-BOB. O‘RTA OSIYONING GEOGRAFIK O‘RNI, CHEGARALARI VA TABIIY GEOGRAFIK O‘LKA SIFATIDA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI (4 soat, A2 : 6 soat) 1-mavzu: O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi haqida tushuncha. (1 soat, A2 : 2 soat) Kursning mazmuni. Kursni o‘rganishning ilmiy, ma’naviy va amaliy ahamiyati. O‘rta Osiyo Yevrosiyoning tabiiy o‘lkalaridan biri ekanligi. O‘lka hududining ekvatorga, boshlang‘ich meridianga, okeanlarga nisbatan geografik joylashuvi. Tabiiy geografik chegaralar o‘tkazish prinsiplari. Shimoli-g‘arbiy va shimoliy chegaralarning xususiyatlari. O‘lkaning sharqiy va janubiy chegarasining tog‘larning suvayirg‘ichlaridan, g‘arbiy chegarasining dengiz qirg‘og‘idan o‘tkazilishi. 2-mavzu: Tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari. (1 soat, A2 : 1 soat) Tabiiy geografik o‘lka sifatida o‘ziga xos xususiyatlari: okeanlardan uzoqda, eng katta materik o‘rtasida, mo‘tadil va subtropik kengliklarda joylashganligi, undan kelib chiqadigan oqibatlar, ekologik sharoiti jihatdan ham berk havza ekani, relyefining o‘ziga xosligi va uning tabiiy geografik oqibatlari, O‘rta Osiyoning jahon fani va ma’naviyatiga hissa qo‘shgan buyuk allomalar vatani ekanligi.

    Berk havza - suvi okean va dengizlarga oqib chiqmaydigan daryo yoki kul havzalari (q. Berk oʻlka).

    3-mavzu:O‘rta Osiyoning geografik o‘rganilish tarixi. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘rta Osiyo juda qadimiy madaniyat markazlaridan biri ekanligi. O‘lkani geografik o‘rganish tarixi bosqichlari: “Buyuk ipak yo‘li” tashkil bo‘lguncha, “Buyuk ipak yo‘li” davri, Rossiyaning O‘rta Osiyoni istilo qilgan va istilodan keyingi davrlar, sovet davri va hozirgi davr.

    Rossiya (ruscha. Россия), Rossiya Federatsiyasi (ruscha. Российская Федерация) - Yevropaning sharqida, Osiyoning shimolida joylashgan mamlakat. Maydoni jihatidan dunyoda eng katta mamlakat. Quruqlikdagi chegarasi 22125,3 km, dengiz chegarasi 38807,5 km. R.

    Uning qisqacha tahlili. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonni geografik o‘rganishda Xitoy, arab tadqiqotchilari, mahaliy olimlar: Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Qoshg‘ariy va boshqa olimlarning xizmatlari. Rus harbiylari va olimlarining geografik ishlari. Geograf olimlar – N.A. Kogay, L.N. Babushkin, K. Zokirov, M. Qoriev, N. Dolimov, H. Hasanov, Z. Akromov, A. Rafiqov va boshqalarning ishlari. Hozirgi davrdagi geografik tadqiqotlar. 4-mavzu: O‘rta Osiyo aholisi va siyosiy xaritasi. (1 soat, A2 : 2 soat) Aholisining ko‘p millatli: o‘zbek, qozoq, turkman, qirg‘iz, uyg‘ur, tojik, afg‘on, fors, rus, ukrain, koreyslar va boshqalar yashashi.

    Koreyslar (oʻzlarini Choson saram - Choson mamlakati odamlari deb atashadi) - Koreyaning asosiy aholisi. KXDR da (22,5 mln. kishi), Koreya Respublikasida (44 mln. kishi), RF da (107 ming kishi), Xitoyda (1,86 mln. kishi)

    Aholining soni (davlatlar bo‘yicha) va zichligi. O‘rta Osiyoda aholining hududiy joylashishida o‘ziga xos xususiyatlar. O‘rta Osiyo siyosiy-ma’muriy xaritasi, o‘lka hududida butunligicha va qisman joylashgan davlatlar. 2-BOB. GEOGRAFIK XARITALAR. VAQT HISOBI (6 soat. Geografik nomlar A2 : 10 soat) 5-mavzu: Geografik xaritalar. Xarita andozalari (proeksiyalar) haqida tushuncha. (1 soat, A2 : 1 soat) Xaritalardagi xatoliklar va kartografik andozalar (proeksiyalar). Xaritalardagi xatoliklar va kartografik andozalar (proeksiyalar) haqida umumiy tushuncha. Azimutal, konusli, silindrli, turli andozalardagi xatoliklar. 6-mavzu: Geografik xaritalar va ularning shartli belgilari. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik xaritalar, aero va kosmik fotosuratlar, joy plani, ular orasidagi farqlar. Kartografik tasvirlash usullari. 7-mavzu: Xaritalarning turlari, ulardan foydalanish. (1 soat, A2 : 1 soat) Xaritalardan ilmiy ishlarda foydalanish. Xaritalar yordamida geografik kesmalar tuzish. Atlaslar va ularning turlari. 8-mavzu: Topografik xaritalar. (1 soat, A2 : 1 soat) Topografik xaritalar. Topografik xaritalar haqida tushuncha, ularning geografik xaritalardan farqi. Topografik xaritalarning gradusli va kilometrli to‘rlari, shartli belgilari. Topografik xaritalarda relyefni tasvirlash usullari, gorizontallarni o‘qish, ular yordamida relyef shakllari va elementlarini aniqlash. 9-mavzu: Topografik xaritalar bilan ishlash. Nazorat ishi. (1 soat, A2 :2 soat) Topografik xaritalarning amaliy ahamiyati. Topografik xaritalar yordamida orientirlash, azimutlarni aniqlash tartibi, geografik (haqiqiy) va magnit azimutlar haqida tushuncha. 10-mavzu: Vaqt o‘lchovi, soat mintaqalari, taqvimlar.

    Mintaqa - Yer yuzasining tabiiy geografik kenglik zonalligining eng yuqori bosqichi. Yer pusti yoki geografik qobiqning biror jihatdan oʻxshash boʻlgan, kenglik boʻylab choʻzilgan nisbatan kambar qismi. M.

    (1 soat, A2 : 2 soat) Mahalliy vaqt. Dunyoning soat mintaqalariga bo‘linishi. Mintaqa vaqti va uning farqlanishi. Taqvim. Grigoriy taqvimi. Hijriy taqvim. 11-mavzu: Amaliy mashg‘ulot. (1 soat, A2 : 1 soat) 1. Xaritalardagi masofalarning haqiqiy, ya’ni joydagi qiymatlarini masshtab yordamida aniqlash. 2. Joydagi masofalarning nisbatini hisoblab, xarita masshtabini aniqlash. 3. Soat mintaqalari orasidagi vaqt farqini aniqlash. Geografik nomlar (A2 : 4 soat) Toponimika va geografiya. Toponimik atama va tushunchalar. (A2 : 2 soat) Geografik nomlarning paydo bo‘lishi. (A2 : 1 soat) Geografik nomlarning turlari. (A2 : 1 soat) 3-BOB. O‘RTA OSIYONING GEOLOGIK TUZILISHI, FOYDALI QAZILMALARI VA RELYEFI (3 soat, A2 : 4 soat) 12-mavzu: Geologik vaqt hisobi.

    Geologiya (geo... va ...logiya) - Yer poʻsti va Yerning tuzilishi, tarkibi, harakatlari va rivojlanish tarixi haqidagi fanlar majmui. G.ning dastlabki davri uzoq oʻtmishdan boshlanib togʻ jinslari, minerallar, rudalar haqidagi maʼlumotlar bilan bogʻliq. G.

    (1 soat, A2 : 1 soat) Geologik vaqt hisobi. Geologik sana. Tog‘ jinslarining nisbiy yoshi, tog‘ jinslarining mutlaq yoshi. Geoxronologik jadval. 13-mavzu: O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va geologik tuzilishi. Foydali qazilmalari. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyo hududining rivojlanish tarixi va geologik tuzilishi. Turli eralarda sodir bo‘lgan tektonik jarayonlar, dengiz bosishi va chekinishlari. Ularning ta’sirida vujudga kelgan tog‘lar, platolar, tekisliklar. Geologik tuzilishi. Zilzilalar. Foydali qazilmalar, ularning turlari va joylashish qonuniyatlari. Eng muhim foydali qazilma konlari. 14-mavzu: Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari. (1 soat, A2 : 1 soat) Yer yuzasi tuzilishining asosiy xususiyatlari. Sharqiy va janubiy qismlarining tog‘li, g‘arbiy va shimoliy qismlarining tekislik ekanligi. Kaledon, gersin, alp burmalanishlarida hosil bo‘lgan tog‘lar, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, yirik tekisliklar, qirlar, tog‘ oralig‘idagi vodiylar. Inson xo‘jalik faoliyatining Yer yuzasi tuzilishiga bog‘liqligi. Insonning relyefga ta’siri. Amaliy topshiriq: Yozuvsiz xaritaga O‘rta Osiyodagi eng muhim tog‘lar, platolar, botiqlar, tekisliklar, cho‘llar va yirik foydali qazilma konlarini tushirish. 4-BOB. O‘RTA OSIYO IQLIMI (5 soat, A2 : 8 soat) 15-mavzu: O‘rta Osiyo iqlimi.

    Qir - atrofidagi yerlardan bir oz koʻtarilib turgan, yassi yoki salgina gumbazsimon balandlik, tepalik, platolar. Pasttekisliklarga nisbat qilib, mutlaq baland. 200 m dan 500 m gacha deb qabul qilingan.

    Iqlim tushunchasi oʻz ichiga muayyan hududda uzoq vaqt davomida yigʻilgan harorat, namlik, atmosfera bosimi, shamol, yogʻin va boshqa meteorologik parametrlar statistikalarini oladi. Ushbu parametrlarning uzoq vaqt emas, balki muayyan vaqtdagi holatlariga ob-havo deyiladi.

    Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. O‘lkaning geografik o‘rni va quyosh radiatsiyasi taqsimlanishining O‘rta Osiyo iqlimi hosil bo‘lishidagi ahamiyati. To‘g‘ri, yalpi va tarqoq radiatsiya. 16-mavzu: Havo massalari, siklon va antisiklonlar. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) Havo massalari, siklon va antisiklonlar. O‘rta Osiyo hududida atmosfera sirkulyatsiyasi, havo massalari, atmosfera frontlari, siklon va antisiklonlar. Siklon va antisiklonlarda ob-havo. 17-mavzu: O‘rta Osiyo iqlimining tavsifi. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘rta Osiyo iqlimining umumiy xususiyatlari. Tekisliklar iqlimi va uning umumiy tavsifi. Turli fasllardagi ob-havo. Havo harorati, mutlaq haroratlar, yog‘inlar. 18-mavzu: O‘rta Osiyodagi tog‘larining iqlimi. (1 soat, A2 : 1 soat) Relyef va yer usti tuzilishining o‘lka iqlimiga ta’siri. Yassitog‘lar va baland tog‘lar, tog‘ oraliq botiqlarining iqlimga ta’siri. Quruqlik, suvlik, qumli, tosh-shag‘alli, gipsli yuzalarning iqlimga ta’siri. 19- mavzu: O‘rta Osiyodagi iqlimiy tafovutlar. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyoning iqlimiy mintaqalanishi. Turon va Qozog‘iston iqlimlari ta’rifi. Ularning o‘ziga xos xususiyatlari. O‘rta Osiyo tog‘larining iqlimi. Amaliy topshiriq: 1. Geografik o‘quv atlasi yordamida O‘rta Osiyoning turli joylari uchun tarqoq va yalpi radiatsiya miqdorini aniqlang va daftaringizga yozing. 2. O‘qituvchingiz bergan ma’lumotlar asosida O‘rta Osiyodagi 2 ta shaharning yillik o‘rtacha harorati va amplitudasini aniqlang. 5-BOB. O‘RTA OSIYONING SUVLARI (4 soat, A2 : 7 soat) 20-mavzu: O‘rta Osiyo suvlari haqida umumiy tushuncha. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyoning bir butun geografik, gidrogeologik havza ekanligi. Yer usti suvlarining iqlimga bog‘liq ravishda kamsuvliligi va siyrakligi, hududda juda notekis tarqalganligi.

    Suv, vodorod oksid, H2O - vodorod (11,19%) va kislorod (88,81%)dan iborat eng sodda kimyoviy birikma. S. rangsiz, hidsiz suyuqlik (qalin qatlamda zangori rangli). Mol. m. 18,0160. Yerning geologik tuzilishi tarixi va unda xayotning paydo boʻlishi, fizik va kimyoviy muhit, iqlim va obxavoning shakllanishida S.

    Yer osti suvlari, xususan, artezian suvlarining yirik havzalar hosil qilib joylashganligi, o‘lkaning quyi kengliklarda va qurg‘oqchil mintaqada joylashganiga qaramasdan tog‘larda yirik muzliklarning mavjudligi. 21-mavzu: O‘rta Osiyo daryolari. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘lka daryolari. O‘rta Osiyodagi daryolarning to‘yinishi turlari va gidrologik rejimi, to‘yinish va rejim orasidagi bog‘liqlik, ularning daryo havzasining o‘rtacha balandiligiga bog‘liqligi. Daryolarning ishi. Amudaryo, Sirdaryo, Ili daryolari.

    Amudaryo - Oʻrta Osiyo hududidagi eng uzun daryo. Yunonlar Oks deb ataganlar. Mahalliy xalq orasida daryo Jayhun nomi bilan mashhur. Daryo uzunligi 2400 km, daryo deltasi 534 739 km². Amudaryo hozirgi Tojikistonning Pomir togʻi etaklaridagi Panj va Vaxsh daryolarining birlashuvidan boshlanib Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Turkmaniston hududlaridan oʻtadi va tobora qurib borayotgan Orol dengiziga quyiladi.

    22-mavzu: Ko‘llari va suv omborlari. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyo ko‘llari va yer osti suvlari. Ko‘llarning hududiy taqsimlanishida o‘ziga xos xususiyatlar. Ko‘llarning hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari. Ko‘llardan xalq xo‘jaligida foydalanish. Ko‘llarda ro‘y berayotgan antropogen o‘zgarishlar. Orol muammosi. Balxash, Olako‘l, Issiqko‘l, Aydarko‘l, Qorako‘l, Sarichelak. O‘lkamizdagi suv omborlari va kanallar. Ularning xo‘jalik maqsadlariga ko‘ra turlari. Atrof-muhit ekologik holatga ta’siri. Eng yirik suv omborlari va kanallar tavsifi. Boshqa sug‘orish inshootlari, sardobalar. 23-mavzu: O‘rta Osiyo yer osti suvlari. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyo yer osti suvlari. Yer osti suvlarining tarkib topish sharoiti. Grunt suvlari, bosimli suvlar, artezian suv havzalari. Yer osti suvlarini gidrokimyoviy xususiyatlari. Mineral, termal, shifobaxsh suvlar, grunt suvlarining atrof-muhit ekologik holatiga ta’siri. 6-BOB. O‘RTA OSIYO TUPROQLARI, O‘SIMLIKLARI, HAYVONOT DUNYOSI, TABIAT ZONALARI (7 soat, A2 : 9 soat) 24-mavzu: Tuproqlar haqida tushuncha. (1 soat, A2 : 1 soat) Tuproq hosil qiluvchi omillar, tuproqning tuzilishi, mexanik tarkibi, unumdorligi. Tuproq kesmasi. Tuproqning tarkibiy qismlari. Ona jinsi, organik tarkibi, chirindi, tuproq eritmasi. Tabiiy va madaniy tuproqlar. 25-mavzu: O‘rta Osiyo tuproqlari. (1 soat, A2 : 1 soat) Tuproq zonalari. Dasht, chalacho‘l, cho‘l, adir, tog‘, yaylov tuproqlari. Ularning xususiyatlari, turlari. Tuproqlardan foydalanish. Tuproq meliorativ holatini yaxshilash. O‘z joyining tuproqlari va ulardan foydalanish holati. 26-mavzu: O‘rta Osiyo o‘simliklari. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘rta Osiyo o‘simliklari haqida umumiy tushuncha. O‘rta Osiyo o‘simliklarining tarkib topishi. Tubjoy o‘simliklari, boshqa joylardan kelgan o‘simliklar. Dasht, chala-cho‘l o‘simliklari. 27-mavzu: Cho‘l o‘simliklari. (1 soat, A2 : 1 soat) Cho‘l o‘simliklari. Qumli cho‘l, sho‘rxok, efemer cho‘l, to‘qay o‘simliklari. Ayrim o‘simliklar - qum akatsiyasi, yulg‘un, saksovul. 28-mavzu: Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari. (1 soat, A2 : 1 soat) Adir, tog‘ va yaylov o‘simliklari. Chinor, archa, o‘tlardan yantoq, kavil, butalardan na’matak, qoraqand ta’rifi. Dorivor o‘simliklar. “Qizil kitob” ga kiritilgan o‘simliklar. O‘simliklarni muhofaza qilish. 29-mavzu: Hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyo hayvonot dunyosi haqida umumiy ma’lumotlar. Hayvonot dunyosining tabiiy sharoitga moslashganligi. Dasht, cho‘l va chalacho‘llar, adir, tog‘, yaylov hayvonot dunyosi. Hayvonlarning inson uchun ahamiyati. Insonning hayvonot dunyosiga ta’siri. “Qizil kitob” ga kiritilgan hayvonlar. Iqlimlashtirilgan hayvonlar. 30-mavzu: O‘rta Osiyo tabiat zonalari. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘rta Osiyoda tekislik tabiat komplekslarining geografik kenglikka qarab o‘zgarishi. O‘rta Osiyo tekislik qismining tabiat zonalari: dasht, chala cho‘l, cho‘l – Qozog‘iston va Turon cho‘llari. Balandlik mintaqalari. Amaliy topshiriq: 1. O‘quv atlasidan O‘rta Osiyo hududida tarqalgan asosiy tuproq turlarini aniqlash. 2. O‘rta Osiyo cho‘llarining turlari va ularga xos o‘simliklarni alohida jadval tarzida ifodalash. 3. O‘rta Osiyo tog‘ mintaqasiga xos bo‘lgan asosiy o‘simlik turlarini aniqlab, nomlarini daftarga yozish. 4. O‘rta Osiyo tabiat zonalari va balandlik mintaqalarida uchraydigan hayvonlarni aniqlab, nomlarini daftarga yozish. 7-BOB. O‘RTA OSIYONING HUDUDIY TAVSIFI (3 soat, A2 :5 soat) 31-mavzu: Tabiiy geografik rayonlashtirish haqida tushuncha. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) Tabiiy geografik rayonlashtirishning ahamiyati, prinsiplari, tasnifiy birliklari. Turon va Qozog‘iston kichik o‘lkalari, ularning chegaralari va landshaft jihatidan farqlanishi.

    Landshaft (nem. Land - yer, schaft - manzara) - 1) tipologik tabiiy komplekslarni umumlashtiruvchi tushuncha: geologik zamini, relyefi, iqlimi, tuproqlari, oʻsimlik turkumi, hayvonot dunyosi, gidrologik rejimining bir xilligi bilan ajralib turadigan va tabiiy chegaraga ega boʻlgan hudud.

    32-mavzu: O‘rta Osiyo kichik o‘lkalari va tabiiy rayonlari. (1 soat, A2 : 2 soat) Turon tabiiy geografik kichik o‘lkasi. Kichik o‘lka tabiatiga qisqacha ta’rif. Kichik o‘lka hududida mavjud bo‘lgan umumiylik va tafovutlar. Ana shu tabiiy tafovutlar asosida kichik o‘lka doirasida ikkita tabiiy geografik rayonlar guruhlarning ajratilishi. Tog‘li tabiiy geografik rayonlar guruhi va tekislik tabiiy geografik rayonlar guruhi. Tabiiy rayonlar guruhi tarkibidagi hududlar. Qozog‘iston tabiiy geografik kichik o‘lkasi, uning geografik o‘rni va chegaralari. Tarkibiga kiruvchi tabiiy geografik rayonlar, ularning ikki guruhga ajratilishi. Kichik o‘lka tabiatidagi umumiy xususiyatlar va turli qismlardagi tafovutlar. Kichik o‘lka doirasida o‘lkalar guruhining ajratilishi hamda buni asoslash. Amaliy topshiriq: 1. O‘rta Osiyoning yozuvsiz xaritasiga O‘rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasi, Qozog‘iston, Turon tabiiy geografik kichik o‘lkalari chegaralarini atlasdan foydalanib tushirish. O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2 O‘rta Osiyo o‘lkasining joylashgan o‘rni, chegaralari va tabiatining xususiyatlarini, tabiatini o‘rganilish tarixi, aholisi, siyosiy-ma’muriy tuzilishini tushunadi va tushuntirib bera oladi. Yer yuzida vaqt o‘lchovi va soat mintaqalari unga doir topshiriqlarni bajara oladi. Geologik vaqt hisobi, o‘lkaning yer yuzasi tuzilishi, seysmikligi, foydali qazilmalari haqida biladi va mohiyatini tushunadi. O‘lka iqlimini hosil qiluvchi omillarni, iqlim elementlarining hudud bo‘yicha taqsimlanishi, O‘rta Osiyoda Qozog‘iston va Turon tipidagi iqlim shakllanishi va uning sabablarini tushunadi. Daryo va ko‘llarini, daryolarning to‘yinish manbalarini, ko‘llarning hosil bo‘lishiga ko‘ra turlari, daryo va ko‘llarning xo‘jalikdagi ahamiyatini tushunadi va tushuntira oladi. Tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi. A2 O‘z o‘lkasining tuproq, o‘simlik qoplami va hayvonot olamining geografik tarqalishini, tabiat komplekslarining vujudga kelish qonuniyatlarini, tabiiy geografik rayonlashtirishning mohiyatini tushunadi va o‘lkada bo‘ladigan tabiiy jarayon va hodisalarni kuzatadi va tushuntira oladi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A2 O‘rta Osiyo davlatlari, ularning poytaxtlari nomlarini to‘g‘ri ayta va yoza oladi.

    Poytaxt - davlatning bosh shahri, mamlakatning maʼmuriy-siyosiy mar-kazi. P., odatda, markaziy (umummilliy) xukumat, parlament va sud muassasalari qarorgohi hisoblanadi. Odatda, P. aloxdsa boshqaruv tartibi boʻlgan mustaqil maʼmuriy birlikka ajratiladi.

    Foydali qazilma konlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. O‘lka iqlimiga ta’sir etuvchi siklon va antisiklonlarning, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A2 o‘zi yashaydigan (viloyat (shahar), tuman, qishloq, mahallasi)dagi joy nomlarini toponimini ayta oladi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A2 Globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘rta Osiyo geografik o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini davlat chegaralarini va poytaxtlarini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Kartografik andozalar turlarini biladi va farqlay oladi. Xaritalarning tasniflanishi tushunadi va tushuntira oladi; topografik xaritalarning mazmuni, ularda relyefni tasvirlash usullari, ular yordamida orientirlash tartibi haqida biladi va ularni tushuntira oladi. Atlas va xarita masshtablaridan foydalanib, geografik obyektlar orasidagi masofani, iqlim (joylardagi havo harorati, yog‘inlarni taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik va zoogeografik xaritalarining mazmun-mohiyatini tushunadi, aniqlaydi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. xaritalarining mazmun-mohiyatini tushunadi, ularni yozuvsiz xaritalarda aks ettira oladi. A2 o‘z hududini (joylardagi havo harorati, yog‘inlarning taqsimlanishini), tuproq, o‘simlik qoplamini aiqlay oladi va tahlil qiladi. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2 insonning relyefga va joyning seysmikligiga (joylardagi zilzilalar misolida) antropogen zilzilalarning kelib chiqish omillarini anglaydi. Insonning suvdan to‘g‘ri foydalanmaslik oqibatida kelib chiqayotgan salbiy oqibatlarni, jumladan, Orol fojiasining kelib chiqish sabablarini, suv tanqisligi va uning aholi turmush tarziga ta’sirini anglab yetadi va o‘z fikrini ayta oladi. A2 insonning suv, o‘simlik va hayvonot olamiga ko‘rsatadigan ta’sirining salbiy oqibatlarini va uni oldini olish maqsadida olib borilayotgan tabiatni muhofaza qilish va ekologik tadbirlarida ishtirok eta oladi. 33-mavzu: O‘rta Osiyoning ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish. (1 soat, A2 : 1 soat) Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar inson hayotining manbai ekani. O‘rta Osiyoda tabiiy muhitni ifloslantiruvchi antropogen omillar, sanoat ta’sirida buzilgan yerlar. Tabiat ifloslanishining aholi va xo‘jalik uchun salbiy oqibatlari. O‘lkada suvni muhofaza qilishning zarurligi. Orol fojeasi. O‘rta Osiyo hududi tabiiy geografik jihatdan bir butunligining tabiatdan foydalanish va muhofaza qilishdagi ahamiyati. Kamayib ketayotgan o‘simlik va hayvonlar, turi va soni, ularni hamda noyob tabiat yodgorliklarini saqlab qolishda O‘rta Osiyodagi qo‘riqxona, milliy bog‘ va buyurtmaxonalarning ahamiyati. Ayrim qo‘riqxonalar haqida ma’lumot, ulardagi organik dunyo va landshaftlarning noyobligi. 34-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A2 : 1 soat) II BO‘LIM. O‘ZBEKISTON TABIIY GEOGRAFIYASI 8-BOB. O‘ZBEKISTON TABIATINING UMUMIY TAVSIFI (10 soat, A2 : 15 soat) 35-mavzu: O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni va chegaralari.

    Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.

    (1 soat, A2 : 2 soat) O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, maydoni, aholisi, ma’muriy-hududiy bo‘linishi.

    Maydon - ochiq, meʼmoriy jihatdan tartibga keltirilgan, atrofi bino, inshootlar yoki daraxtlar bilan toʻsilgan keng satq. Toʻrtburchakli, temperaturapetsiyasimon. doirasimon, tuxumsimon (oval) va boshqa shakllarda yopiq yoki ochiq holda boʻladi.

    36-mavzu: O‘zbekiston yer yuzasi tuzilishi. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘zbekiston relyefi va orografiyasi. Relyefining asosiy xususiyatlari. Tekisliklar, tog‘lar, tog‘ oraliq botiqlari. 37-mavzu: O‘zbekiston geologik tuzilishi. Foydali qazilmalari. (1 soat, A2 : 1 soat) Geologik tuzilishi, seysmikligi va foydali qazilmalari. Tyanshan orogeni, Turon plitasi, tog‘ hosil bo‘lish bosqichlari, dengiz suvi bosishi va chekinishlari. Tektonik harakatlar, seysmik faol hududlar, zilzilalar. Asosiy foydali qazilmalar, ularning hosil bo‘lishi va yirik konlarining tarqalishi. 38-mavzu: O‘zbekiston iqlimi. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘zbekiston iqlimining umumiy tavsifi. Iqlim hosil qiluvchi omillar, haroratning taqsimlanishi, yog‘inlarning taqsimlanishi, shamollar. 39-mavzu: Yil fasllari. Iqlim resurslari. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) Yil fasllari va ularning tavsifi. Iqlim elementlarining aholi yashash sharoiti, qishloq xo‘jaligi, rekreatsiya sohasiga ta’siri. 40-mavzu: O‘zbekistonning ichki suvlari va suv resurslari. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘zbekistonning ichki suvlari va suv resurslari. Daryolari, ularning tarqalishi, to‘yinishi, ayrim yirik daryolarning tavsifi. Suv resurslari, ularning daryo havzalari bo‘yicha taqsimlanishi. 41-mavzu: O‘zbekistonning ko‘llari va yer osti suvlari. (1 soat, A2 : 1 soat) Ko‘llari, ularning turlari va tarqalishi. Yer osti suvlari, ularning tarqalishi, turlari va xususiyatlari. 42-mavzu: O‘zbekistonning suv boyliklaridan foydalanish va muhofaza qilish. (1 soat, A2 : 2 soat) Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilish. Suvlardan qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish. Kanallar, kollektor-zovur suvlari. Suv omborlari. 43-mavzu: O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami. (1 soat, A2 : 1 soat) O‘zbekiston tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishi. Cho‘l, adir, tog‘ va yaylov balandik mintaqalarining tuproqlari, o‘simlik va hayvonot olami. 44-mavzu: O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilish. Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar shakllari - milliy tabiat bog‘i, qo‘riqxona, buyurtmaxona, biosfera rezervati, parvarishxonalar. O‘zbekistonda muhofaza etiladigan tabiiy hududlar. O‘zbekiston “Qizil kitob”i. 9-BOB. O‘ZBEKISTONNING TABIIY GEOGRAFIK OKRUGLARI TAVSIFI (24 soat, A2 : 36 soat) 45-mavzu: O‘zbekistonning tabiiy geografik rayonlashtirilishi (1 soat, A2 : 1 soat) O‘zbekiston hududining yer yuzasi tuzilishi, iqlim va tabiatining boshqa xususiyatiga ko‘ra, avvalo, yirik tabiiy geografik kompleks hisoblangan tekislik va tog‘oldi-tog‘ kichik provinsiyalariga bo‘linishi. Ularning ham, o‘z navbatida, tabiiy geografik okruglarga bo‘linishi. Tekislik tabiiy geografik kichik provinsiyasi Ustyurt, Quyi Amudaryo, Orol, Qizilqum va Quyi Zarafshon tabiiy geografik okruglariga;

    Qizilqum - Oʻrta Osiyodagi qumli choʻl. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻida (Oʻzbekiston, Qozogʻiston, qisman Turkmaniston hududida) joylashgan. Shim.gʻarbdan Orol dengizi, sharqda Tyanshan va PomirOlay togʻ tizmalari bilan chegaradosh.

    Tog‘oldi-tog‘ kichik provinsiyasi esa, Chirchiq-Ohangaron, Farg‘ona, O‘rta Zarafshon, Mirzacho‘l, Qashqadaryo, Surxondaryo tabiiy geografik okruglariga bo‘linishi. Amaliy topshiriq: O‘zbekistonning tabiiy geografik provinsiya va kichik provinsiyalari hamda ular tarkibidagi tabiiy geografik okruglarini yozuvsiz xaritaga chegaralari bilan tushirib, nomlarini yozib qo‘yish. 46-mavzu: Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni, chegaralari va umumiy tavsifi. Yer yuzasining tuzilishi, geologik taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Gersin va alp burmalanishida hosil bo‘lgan relyef shakllari. Hududini dengiz bosishi va chekinganligi. Zilzilalar. Foydali qazilmalari. 47-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Harorat va issiqlikning taqsimlanishi, shamollari.

    Harorat (Temperatura) (lot. temperatura - kerakli aralashma, o'rtacha holat) - moddaning holatini issiq-sovuqligini tavsiflaydigan fizik kattalik.

    Ichki suvlari, daryolar, ularning to‘yinish manbalari. Suv omborlari va kanalari, suv resurslaridan foydalanish. Yer osti suvlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari, Chotqol biosfera qo‘riqxonasi va Ugom-Chotqol Davlat tabiat Milliy bog‘i. Amaliy topshiriq: Chirchiq-Ohangaron tabiiy geografik o‘lkasidagi tog‘lar, platolar, daryolar, suv omborlari, kanallarning ro‘yxatini tuzish. 48-mavzu: Farg‘ona tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni, chegaralari va umumiy tavsifi. Geologik tuzilishining asosiy xususiyatlari. Vodiy va uni o‘rab olgan tog‘larning gersin burmalanishida ko‘tarilishi, so‘ngra peneplenlashishi, alp bosqichida qayta ko‘tarilishi va adirlarning vujudga kelishi.

    Vodiy - relefning uzunasiga choʻzilgan botiq shakli. Hosil boʻlishiga koʻra erozion va tektonik V. boʻladi. V.larning dastlabki shakli, asosan eroziya natijasida, vaqtincha oqar suvlar hosil qilgan jarliklardir.

    Zilzilalar. Asosiy foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi. Okrugdagi vodiy, uning atrofidagi adir va tog‘larning asosiy relyef shakllari. 49-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 3 soat) Iqlimining o‘ziga xosligi va iqlim hosil qiluvchi omillar. Bekobod va Qo‘qon shamollarning vujudga kelish sabablari.

    Bekobod - Toshkent viloyatidagi shahar (1954 y.dan). Toshkentdan 189 km jan.da, Dalvarzin choʻlining jan.sharqida. Tojikiston Respublikasi chegarasi yaqinida. Bekobod stansiyasi. Sirdaryoning har ikkala sohilida, shim.

    Asosiy daryo va soylari, ularning to‘yinish manbalari. Yer osti suvlari. Suv omborlari va kanallari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi, ularning balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari. Amaliy topshiriq: O‘zbekistonning relyef, iqlim, tuproq va o‘simlik xaritalari yordamida okrugning biror qismini kompleks tabiiy geografik profilini tuzish. 50-mavzu: Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. O‘lka janubidagi tog‘larning gersin burmalanishida ko‘tarilib, so‘ngra pasayib qolganligi, alp bosqichida qayta ko‘tarilganligi. Mirzacho‘l tekislik qismidan dengiz suvi neogenda chekinganligi. Foydali qazilmalari. Yer usti tuzilishi, uning shimol va shimoli-g‘arbdan janub va janubi-sharq tomon ko‘tarilib borishi. Tekislik qismining yer usti tuzilishi. Janubdagi tog‘lar, ular relyefining asosiy xususiyatlari. 51-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 1 soat) Iqlimining o‘ziga xos tomonlari va uning shakllanishida yer usti tuzilishining o‘rni. Hudud bo‘yicha issiqlik va yog‘inlarning taqsimlanishi. Shamollari. Daryo va soylari hamda yer osti suvlari. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarining sho‘rlanishi sabablari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatini muhofaza qilishda Zomin tog‘-o‘rmon va Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalarining hamda Zomin Davlat tabiat Milliy bog‘ining ahamiyati.

    Nurota - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi shahar (1976 yildan). Oqtogʻning etagida, 524 m balandlikda joylashgan. Tuman markazi. Yaqin temir yoʻl stansiyasi - Tinchlik (85 km). N. viloyat markazi (Navoiy shahri)dan 85 km.

    Amaliy topshiriq: Zomin tog‘-o‘rmon va Nurota tog‘-yong‘oqzor qo‘riqxonalarining hamda Zomin Davlat tabiat Milliy bog‘ida muhofazaga olingan o‘simlik va hayvonlar ro‘yxatini tuzish. 52-mavzu: O‘rta Zarafshon tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. Zarafshon vodiysini o‘rab turgan tog‘lar hosil bo‘lishining asosiy bosqichlari. Zarafshon vodiysining antropogen davrdagi tarixi. Zilzilalari. Foydali qazilma boyliklari. Zarafshon vodiysi va uni o‘rab turgan tog‘larning yer usti tuzilishi. Zarafshon tog‘ oraliq botig‘ining yer usti tuzilishi va relyefi. 53-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 1 soat) Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlimiga okrugni shimol tomondan o‘rab olgan Turkiston-Nurota-Oqtog‘larning ta’siri. Issiqlik va namlikning g‘arbdan sharq tomon, pastdan yuqoriga ko‘tarilgan sari o‘zgarishi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Vodiy atrofidagi tog‘lardan boshlanuvchi daryo va soylar. Yer osti suvlari va suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tuproqlarning eroziyaga uchrashi, jarlanish. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatini muhofaza qilish. Zarafshon vodiy-to‘qay davlat qo‘riqxonasi. Amaliy topshiriq: O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritalarining shartli belgilari yordamida Zarafshon vodiysida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini tahlil qilish. 54-mavzu: Qashqadaryo tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni, chegaralari. Geologik tuzilishi. Tog‘ tizmalari rivojlanishining asosiy bosqichlari. Tekislik qismini sharqdan va shimoldan o‘rab olgan tog‘lari. Ularning relyef shakllari. Okrug adirlari va ularning Farg‘ona adirlaridan farqi. Tekislik qismi yer yuzasining tuzilishi. Qarshi cho‘li.

    Qarshi (1926 37 yillarda Behbudiy) - Qashqadaryo viloyatidagi shahar (1926 yildan), viloyat markazi (1943 yildan). Qashqadaryo vohasining markazida, Qashqadaryo boʻyida, xalqaro t. yil va avtomobil yoʻllari kesishgan joyda.

    55-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimining asosiy xususiyatlari. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy tafovutlari. Daryolari, soylari, kanallari va suv omborlari. Cho‘l, adir, tog‘, yaylov mintaqalari va ularning tuproq-o‘simlik qoplami hamda hayvonot dunyosi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari. Tabiatini muhofaza qilish. Kitob geologik va Hisor tog‘-o‘rmon qo‘riqxonalari, Kitob kenglik stansiyasi, Maydanak observatoriyasi. Amaliy topshiriq: Qashqadaryo viloyati tabiiy xaritasi yordamida tabiiy geografik okrugdagi tog‘larning orografik sxemasini mustaqil ravishda tuzish.

    Qashqadaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1924 yil 1 noyab.da tashkil etilgan. 1927 yil 17 fev.dan 1938 yil 15 yanv. gacha Qashqadaryo okrugi maqomida. 1938 yil 15 yanv. da Buxoro viloyatiga qoʻshib yuborildi.

    56-mavzu: Surxondaryo tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Yer yuzasining geologik tuzilishi va rivojlanish bosqichlari. Zilzilalar. Qazilma boyliklari. Tog‘ tizimlari va ularga tavsif. Surxon-Sherobod botig‘i, u yerdagi tepaliklar, qumliklar, relyefning boshqa shakllari. 57-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 3 soat) Okrug O‘zbekistonning eng janubida joylashganligi, atrofini sovuq havo oqimidan to‘sib turuvchi tog‘lar tufayli quruq subtropik iqlimning vujudga kelganligi. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy tafovutlari. Afg‘on shamoli va uning vujudga kelish sabablari. Asosiy daryolari, ularning to‘yinishi va suv rejimi. Yer osti suvlari, suv omborlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining balandlik mintaqalanishi. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik muammolari, Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi ekologik vaziyat. Surxon davlat qo‘riqxonasi va Denov o‘simliklar stansiyasi. Amaliy topshiriq: Surxondaryo viloyati tabiiy xaritasi va darslikdan foydalanib, o‘lka tabiatining o‘ziga xos xususiyatlarini daftarga mustaqil ravishda yozib kelish.

    Surxondaryo viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. 1941 y. 6 martda tashkil etilgan (1925 y. 29 iyundan Surxondaryo okruti boʻlgan). 1960 y. 25 yanv.da Qashqadaryo viloyati bilan qoʻshilgan. 1964 y. fev.

    58-mavzu: Quyi Zarafshon tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Geologik tuzilishi. O‘lkaning kaynozoy erasidagi rivojlanishi, antropogen davrdagi paleogeografiyasi. Zilzilalari. Foydali qazilmalari. O‘lkaning yer usti tuzilishi. Buxoro va Qorako‘l vohalari relyefi.

    Voha - 1) choʻl va chala choʻllarda obod qilingan yer. Vohada namgarchilik qoʻshni rayonlarga nisbatan koʻp. Yer osti suvlari yuza boʻlib, buloqlar chiqib yotadi, daryolar vaqt-vaqti bilan toshib turadi.

    Iqlimi 59-mavzu: Suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlim elementlarining hududiy o‘zgarishi. Qumli, toshloqli cho‘llar va vohalar iqlimi. Zarafshon daryosi va uning gidrologik xususiyatlari. Undan boshlanuvchi kanallar. Amu-Buxoro magistral kanali. Suv omborlari. Yer osti suvlari. Tuproqlari, o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari, Buxoro, Qorako‘l vohalarida tuproqlarning sho‘rlanish sabablari. To‘qay o‘simlik va hayvonlari, ularni muhofaza qilish. “Jayron” Respublika ekomarkazi. Amaliy topshiriq: O‘zbekiston tuproq va o‘simlik xaritalarining shartli belgilari yordamida okrugda qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini, Buxoro hamda Qorako‘l vohasi tuproqlarining sho‘rlanganligi sababini tahlil qilish. 60-mavzu: Qizilqum tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Relyefining taraqqiyot tarixi. Yer usti tuzilishining o‘ziga xos tomonlari. Eng muhim relyef shakllari: qoldiq tog‘lari, botiqlari, qum rel’ef shakllari. Foydali qazilmalari. 61-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. Iqlim elementlarining xususiyatlari va hududiy farqlanishi. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi. O‘simlik va hayvonot dunyosining iqlimiy sharoitga moslashuvi. Qum va to‘qay landshafti. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari va tabiatni muhofaza qilish tadbirlari. O‘simlik va hayvonlarning muhofazasida Qizilqum qo‘riqxonasining ahamiyati. Amaliy topshiriq: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan va darslikdan foydalanib, Qizilqumdagi qoldiq tog‘lar, botiqlar va qumliklar ro‘yxatini tuzish. 62-mavzu: Quyi Amudaryo tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Amudaryoning ko‘hna (eski) va yangi delta tekisliklarining vujudga kelishi. Okrugning yer usti tuzilishi. 63-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 2 soat) Iqlimi va uning shakllanishida yer usti tuzilishining (shimolning ochiqligi tufayli sovuq havo massalarining to‘siqsiz va o‘zgarishsiz kirishligi) holati. Iqlim elementlarining xususiyatlari va ularning hududiy tarqalishi. Orol suv sathi pasayishining okrug iqlimiga ta’siri. Amudaryo, uning eski va yangi o‘zanlari, asosiy kanallari. Eng muhim ko‘llari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. To‘qay o‘simlik va hayvonlari. Tabiiy va antropogen landshaftlari. Ekologik muammolari, havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. To‘qay landshaftlari va u yerdagi o‘simlik va hayvonlarni muhofaza qilish, Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati. Okrugdagi buyurtmaxonalar. Amaliy topshiriq: Darslik tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib, Quyi Amudaryo okrugida qanday tuproq va o‘simlik turlari mavjudligini, ularning Qizilqum okrugi tuproq va o‘simliklaridan farqini aniqlash. 64-mavzu: Orol tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. Orol va Orolbo‘yini tabiiy geografik o‘rganilish tarixi. Orol dengizi suvi sathining pasayishi hamda Orol va Orolbo‘yi muammosining yuzaga kelishi va rivojlanishi.

    Orol dengizi - Oʻrta Osiyodagi eng katta berk shoʻr koʻl. Maʼmuriy jihatdan Orol dengizining yarmidan koʻproq jan.-gʻarbiy qismi Oʻzbekiston (Qoraqalpogʻiston), shim.-sharqiy qismi Qozogʻiston hududida joylashgan.

    Okrugning yer usti tuzilishi. Iqlimi. Iqlim elementlarining xususiyatlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosining o‘ziga xos xususiyatlari. Landshaftlari. Havoning chang-to‘zon va tuzlar bilan ifloslanishi, tuproqlarning sho‘rlanishi. Orol tabiiy geografik okrugi hududidan foydalanish istiqbollari va tabiatini muhofaza qilish muammolari. Amaliy topshiriq: Darslik, o‘quv atlasidagi ichki suvlar, tuproq va o‘simlik xaritalaridan foydalanib, Orol tabiiy geografik okrugining chegarasini aniqlash. 65-mavzu: Ustyurt tabiiy geografik okrugi. (1 soat, A2 : 1 soat) Geografik o‘rni va chegaralari. O‘lka relyefining shakllanish tarixi. Yer yuzasi relyefi: qirlar, tekisliklar, botiqlar va chinklar. Foydali qazilmalari. 66-mavzu: Iqlimi va suvlari. Tuproqlari, o‘simliklari va hayvonot dunyosi. (1 soat, A2 : 1 soat) Iqlimining o‘ziga xos xususiyatlari. O‘zbekistonning qishi eng sovuq, yozi eng issiq hudud ekanligi. Yer osti suvlari. Tuproq-o‘simlik qoplami va hayvonot dunyosi. Muhofazaga olingan va “O‘zbekiston Qizil kitobi”ga kiritilgan hayvon turlari. “Sayg‘oqli” kompleks landshaft buyurtmaxonasi. Amaliy topshiriq: O‘zbekiston tabiiy xaritasidan foydalanib, okrugdagi qirlar, sho‘rxok, botiqlarning ro‘yxatini tuzish. 67-mavzu: Amaliy mashg‘ulot. Nazorat ishi. (1 soat, A2 : 2 soat) Tabiiy geografik okruglarga qiyosiy-geografik tavsif berish. 68-mavzu: Takrorlash. (1 soat, A2 : 1 soat) Mavzularni o’rganish uchun – (64 soat, А2 : 88 soat) Amaliy mashg’ulotlar uchin – (2 soat, А2 : 4 soat) Nazorat ishi uchun- (A2 :8 soat) Takrorlash uchun – (2 soat, А2 : 2 soat) O‘quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar: Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: A2 O‘zbekiston Respublikasining geografik o‘rni, chegaralari, ma’muriy-hududiy tuzilishini tushunadi va tavsiflab bera oladi. Yer yuzasi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari, iqlimining o‘ziga xos xususiyatlarini, ichki suvlari, daryolarining to‘yinishi va rejimi, suv resurslaridan qishloq xo‘jaligida va sanoatda, gidroelektrostansiyalarda foydalanish ahamiyatini; tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini; tabiiy geografik okruglarga bo‘linishini va ularning geografik o‘rni, tabiatining muhim xususiyatlarini kuzatadi, tushunadi va aytib bera oladi. A2 o‘z mamlakatini tuproq, o‘simlik va hayvonot olamining balandlik mintaqalari bo‘yicha tarqalishini tahlil qila oladi. Geografik obyektlar, joy nomlarini to‘g‘ri qo‘llay olish kompetensiyasi: A2 O‘zbekistondagi geografik obyektlar, relief shakllari, foydali qazilma konlari, daryolar, ko‘llar, kanal va suv omborlarining nomlarini to‘g‘ri qo‘llay oladi. A2 o‘z mamlakatidagi joy nomlari kelib chiqishini va lug’aviy ma’nosini aytib bera oladi. Globus, geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi: A2 globus va tabiiy, siyosiy-ma’muriy xaritalardan foydalanib, O‘zbekistonning geografik o‘rni, chekka nuqtalari va ularning geografik koordinatalarini, davlat chegaralarini va poytaxtlarini aniqlaydi va ko‘rsata oladi. Mamlakatning ma’muriy-hududiy bo‘linishini yozuvsiz xaritaga tushira oladi. A2 xaritalardan foydalanib, o‘z o‘lkasining iqlimiga, suv resurslariga, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosini tavsif bera oladi va yozuvsiz xaritaga tushira oladi. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi: A2 O‘rta Osiyo va O‘zbekiston hududida ro‘y berayotgan ekologik-geografik jarayonlar, ularning aholi va xo‘jalikka ko‘rsatadigan ta’sirini kuzatadi va tushuntira oladi. O‘zbekiston tabiiy geografik okruglarining dolzarb ekologik muammolari, alohida muhofaza etiladigan hududlari haqida, Orol va Orolbo‘yi ekologik muammosining mazmun-mohiyatini tushunadi. A2 o‘zi yashaydigan joy tabiatini muhofaza qilish haqida anglab yetadi va tabiatni muhofaza qilish va ekologiya mavzulariga doir tadbirlarida ishtirok eta oladi.

    Download 33.92 Kb.




    Download 33.92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Geografiya fanidan o‘quv dasturi (7-sinf) uqtirish xati

    Download 33.92 Kb.