Gidravlik turbina, gidroturbina suyuklik




Download 240.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana02.04.2023
Hajmi240.7 Kb.
#48241
Bog'liq
Gidravlik turbina - Vikipediya
15-MARUZA, umidjon, Lectures Boosters Kobelev2020


Gidravlik turbina
Gidravlik turbina, gidroturbina — suyuklik
oqimi (mas, dare suvi) yordamida
ishlaydigan turbina. Ishlash tarziga
qarab, G. t. faol turbina (suv oʻz tabiiy
okimi bilan taʼsir qiladi) va reaktiv turbina
(suv bosim ostida beriladi)ga; tuzilishi
boʻyicha vertikal va gorizontal xillarga
boʻlinadi. Faol G.- t. lar ichida kovsh
(choʻmich)li turbinalar keng tarqalgan.
Reaktiv G. t. lar suv oqimi yoʻnalishi
boʻyicha oʻqaviy va radial-oʻqaviy


turbinalarga boʻlinadi. Yirik G. t. ish
gʻildiragining diametri 10 m ga yetadi,
quvvati 500 MVt dan oshadi. G. t. dan
gidroelektr st-yalarda generatorlarni
harakatlantirish uchun foydalaniladi.
5 - suv kiradi


Gidroturbina, suv turbinasi —suvning
mexanik energiyasi hisobiga valga
aylanma harakat beradigan parrakli
gidravlik dvigatel. Asosan GES larda
elektr generatorlarki harakatga keltirish
uchun qoʻllaniladi. Ishlash tarziga kura G.
faol (aktiv) va (reaktiv) xillarga, ish
gʻildiragi valining joylashtirilishiga koʻra,
vertikal, gorizontal va qiya oʻrnatiladigan
xillarga boʻlinadi. G.ning asosiy ish organi
ish gʻildiragi. Faol G.da suv erkin oqimda
ish gʻildiragiga soplo orqali, reaktiv G.da
esa suv bosim ostida yoʻnaltiruvchi
apparat orqali beriladi. Faol G.da ish
gʻildiragiga keladigan va undan
Gidroturbina


chiqadigan suv bosimi bir xilda
(atmosfera bosimiga teng) boʻladi.
Reaktiv G.da ish gʻildiragiga beriladigan
suv bosimi atmosfera bosimidan ortiq,
undan chiqadigan suvning bosimi esa
atmosfera bosimidan ortiq yoki kam
boʻlishi mumkin. Suv oqimining ish
gʻildiragiga taʼsiri yoʻnalishi boʻyicha
reaktiv G. oʻqaviy va radial-oʻqaviy
xillarga, quvvatni rostlash usuli boʻyicha
bir marta rostlanadigan va ikki marta
rostlanadigan xillarga boʻlinadi. Faol G.
koʻpincha kovshli qilib tayyorlanadi. Ular
parsial va noparsial xillarga boʻlinadi.
Parsial G.da suv ish gʻildiragiga bir yoki
bir necha soplolar orqali keltiriladi va
unda bir vaktning oʻzida ish gʻildiragining


bir yoki bir necha parragi ishlaydi.
Noparsial G.da suv bitta halqasimon
oqimda beriladi va ish gʻildiragining
barcha parraklari bir vaqtda ishlaydi. Yirik
G.lar tezlikni avtomatik rostlash
qurilmalari bilan jihozlanadi.
Gidroakkumulyatsiya elektr stansiyalari
va koʻtarilish suv elektr stansiyalarida
nasos rejimida ham, turbina rejimida ham
ishlaydigan nasos-turbina hamda
dvigatel rejimida ham, generator rejimida
ham ishlaydigan dvigatel-generatordan
tashkil topgan gidroagregatlar
qoʻllaniladi. Yangi G.ni yaratishdagi
asosiy omillar: quvvatni oshirish, G.ni
takomillashtirish, sifatini yaxshilash,


uskunalarning puxtaligi va koʻpga
chidamliligini oshirish va b.
Gidruturbina turlari
Pelton turbinasi
Suv energiyasini (kinetik va potentsial
suv energiyasini) mexanik energiyaga
aylantiradigan impuls turbinasi.
Keyinchalik bu mexanik energiya elektr
alternator yordamida elektr energiyasiga
aylantirilishi mumkin. Ushbu turdagi
turbina 1880-yilda Lester Pelton
tomonidan yaratilgan. U ancha sodda
dizaynga ega. Katta aylana disk, g'ildirak
atrofida teng ravishda joylashgan
chelaklar deb nomlanuvchi chashka


shaklidagi pichoqlar o'rnatilgan. Odatda,
chelaklar disk atrofida juft bo'lib
joylashtirilgan bo'ladi.
Kaplan turbinasi
Bu bir necha o'n metrgacha bo'lgan kichik
suv sathlari uchun ishlatiladigan gidravlik
reaktiv turbinadir. Oqim har doim
bo'lagnligi uchun ko'proq energiya olish
mumkin. U 1913-yilda avstriyalik
professor Viktor Kaplan tomonidan ixtiro
qilingan.
Frensis turbinasi
Gidroelektr energiyasini ishlab chiqarish
uchun dunyoda eng ko'p ishlatiladigan


elementlardan biri. U Jeyms B. Frensis
tomonidan ishlab chiqarilgan va
reaktsiya va aralash oqim orqali
ishlaydigan turbo mashinadir. Ular turli xil
sakrash va oqimlarni berishga qodir va
ikki metrdan bir necha yuz metrgacha
bo'lgan nishablarda ishlaydigan gidravlik
turbinalardir.
Gidrogenerator
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Yana q.
Adabiyotlar


Bu sahifa oxirgi marta 3-Sentabr 2022, 19:33 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Gidravlik_turbina&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Gidravlik_turbina&oldid=28
40156" dan olindi

Download 240.7 Kb.




Download 240.7 Kb.
Pdf ko'rish