• II. Xulosa IV. Foydalanilgan adabiyotlar I. Kirish
  • Glitsin. I. Kirish II. Asosiy qism




    Download 2.94 Mb.
    bet1/10
    Sana18.10.2022
    Hajmi2.94 Mb.
    #27454
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Glitsin
    1, arifmetik (1)

    Glitsin.


    I. Kirish
    II. Asosiy qism
    2.1. Glitsin va uning tuzilishi. Xususiyatlari
    2.2. Glitsin olinishi
    2.3. Glitsin xossalari va biologik ahamiyati
    2.4. Glitsin asosida sintez qilingan mahsulotlarning fizik- kimyoviy xossalarini o’rganish
    2.5. Glitsin hosilalarining olinishi va xossalari
    II. Xulosa
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar

    I. Kirish
    Mustaqillik yillarida Respublikada amalga oshirilgan islohotlar doirasida uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida faoliyat olib borayotgan ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or texnologiyani tadbiq etish, o’qitish jarayonida zamonaviy texnik vositalar xizmatidan foydalanishga erishish, ta’lim oluvchilar tomonidan o’zlashtirilayotgan bilim, shuningdek, kasbiy ko’nikma va malakalar darajasini jahon ta’limi standartlari darajasiga ko’tarishga erishish, barkamol shaxs va malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo’naltirilgan ijtimoiy-pedagogik faoliyatning mavjud ko’rsatkichi bugungi kun talablariga to’la muvofiq kelishi yo’lida muayyan harakatlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.Mamlakatimizda mustaqillikdan keyin kimyo sanoatiga ham katta e’tibor qaratildi. Yangi, zamonaviy texnologiyalarga asoslangan kimyo ishlab chiqarish zavodlari barpo qilindi. Shu sababli biz o’zimiz tanlagan sohaning yetuk mutaxasisi sifatida shakllanib yurtimiz rivojiga o’z hissamizni qo’shishga ahd qildik.
    Hozirgi kunda dunyo aholisining soni kеskin ortib borayapti. Buning natijasida dunyo miqyosida oziq- ovqat, dori- darmon va shunga o’xshgan vositalarga nisbatan talab ham ortib bormoqda. Ayrim kimyoviy moddalar fiziologik faol bo’lib o’simliklarning o’sishini, hosildorligini, turli kasalliklarga chidamliligini oshirib bеradi. Shu tufayli qishloq xo’jaligida ishlatiladigan fiziologik moddalarga bo’lgan talab yuqori sanaladi. Fiziologik moddalarga talab faqat qishloq xo’jaligida emas, balki tibbiyot sohasida ham yuqori hisoblanadi. Shuning uchun ham yangi fiziologik moddalar sintеz qilish hozirgi kundagi dunyo miqyosidagi dolzarb muammolardan biridir.
    Glitsin- (aminosirka kislota yoki aminoetan kislota) Shirin ta’mli rangsiz kristall modda .Nomi yunoncha so’zdan olingan bo’lib glykos – shirin va kolla - yelim yoki glikokol so’zlaridan olingan. Glitsin aminokislotasi oqsillar tarkibida boshqa aminokislotalarga nisbatan eng ko’p uchraydi. Masalan ipak oqsili (fibroin) gidrolizlanganda juda ko’p miqdorda ( dastlabki modda massasining 36% gacha ) glitsin olinadi. Ochiq zanjirli alifatik aminokislotalar qatoriga kiradi.Oqsillar hosi bo’lishida muhim ahamiyatga ega.Ushbu aminokislotada optik izomerlar kuzatilmaydi.Glitsin tibbiyotda sifatli nootrop davolovchi vosita hisoblanadi.Glitsinning hosilasidan fotografiyada ham ishlatiladi. Masalan: paraoksifenilglitsin yoki p- gidroksifenilaminosirka kislotasi fotografiyada plyonkani yuvuvchi vosita sifatida ishlatiladi.
    Glitsin asosan oqsillarni gidroliz qilish orqali olinadi.Oqsillarning suvli eritmadagi gidrolizidan asosan α- aminokislotalar aralashmasi hosil bo’ladi.Lekin bundan tashqari kimyoviy usullar bilan ham olsa bo’ladi. α- aminokislotalarni kimyoviy yo’l bilan olish uchun α- galogenkarbon kislotalardan, aldegidlardan, galogenuglevodorodlardan foydalaniladi



    Download 2.94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 2.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glitsin. I. Kirish II. Asosiy qism

    Download 2.94 Mb.