Guruh talabasi Muhammadaliyeva Iroda laboratoriya ishi №3




Download 265.89 Kb.
bet1/2
Sana10.02.2022
Hajmi265.89 Kb.
#17331
  1   2
Bog'liq
3 labaratoriya ishi
umumiy fizika mustaqil ishi, Irodaxon, BMI-3, Tashqi taqriz1, falsafa 11, ramazonovjõrabek3-lhi, 1. Ishlab , ENG 34, chizma edit, 2 5233716116043347621, 1-10 mevalar, Aholi turmush darajasi statistikasi., AMALIY1, 2 sinf olimoiada

18.10 guruh talabasi Muhammadaliyeva Iroda

LABORATORIYA ISHI № 3


Bajarish muddati: Bajarilish muddatiga dars jadvali asosida laboratoriya o'tkazilgan sana qo'yiladi
Mashg’ulot uchun ajratilgan soat: 2 soat.
Laboratoriya jihozlari: Kompyuter, Dreamweaver dasturi.
Mavzu: Dreamweaver dasturi va uning interfeysi. Dreamweaver dasturi yordamida web-sahifa yaratish.
I. Ishning maqsadi: Dreamweaver dasturi yordamida web sahifalar yaratish bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish.
II. Nazariy qism: Interfeys deganda informatikada dasturdagi turli komponentlar va foydalanuvchi o’rtasidagi o’zaro aloqani taminlovchi vositalar va qoidalar yig’indisi tushuniladi. Dreamweaver paketi taklif etadigan muomala usuli zamonaviy foydalanuvchi uchun odatiy bo’lib qolgan grafik oynali interfeys printsiplariga asoslanadi. Dreamweaver paketi o’sha sinfdagi boshqa dasturlar bilan taqqoslaganda ancha aniq, moslashuvchan va shu bilan bir paytda kuchli interfeys hisoblanadi. Palitralar, ko’p sonli klaviatura kombinatsiyalari va menyu qatori uning asosiy «tashuvchi loyihalari» hisoblanadi. Barcha operatsiyalar to’xtatilgach ekranda qoladigan oynalarni palitralari (Palette) yoki panellar (panel) deb atash qabul qilingan. Ekranning maxsus ajratilgan pozitsiyalarida emas, balki ixtiyoriy joyida joylasha oladigan oynalar ko’chib yuruvchi palitralar (floating plette) deb ataladi. Dreamweaver dasturi muloqot oynalarining ko’pchiligi ko’chib yuruvchi palitralar ko’rinishida ishlaydi. Palitralar va panellar orasidagi kichik farqlar dasturni tavsiflash uchun sezilarli ahamiyatga ega emas. SHuning uchun kelgusida bu atamalarni sinonimlar sifatida qo’llaymiz. Deyarli barcha palitralar birlashish xususiyatiga ega. Bu har xil palitralarni bitta muloqot oynasida joylashtirish mumkinligini bildiradi. Birlashtirish amali turli mavzu yoki buyruqlarga tegishli boshqaruv vositalariga ega bo’lgan ko’p funktsiyali terma palitralarni olish imkoniyatini beradi. Birlashish xususiyatiga ega bo’lgan palitralarni (ular dasturda ko’pchilikni tashqil etadi) modulli (dockable) palitralar deb ataymiz. Bir necha alohida modullardan iborat murakkab palitralar terma (tabbed) palitralar deb ataladi. 1-rasmda
to’rtta ochiq muloqot oynali dasturning tashqi ko’rinishi ko’rsatilgan. Boshqaruvning eng talab qilinuvchi vositasi so’zsiz, Ptopetties inspectot (xossalar inspektori) palitrasi hisoblanadi. Uning yordamida HTML 25 sahifalarida obektlarni formatlash va HTML sahifasidagi obektlarni tahrirlash bo’yicha ko’plab amallar bajariladi. Behavietos (rejimlar) palitrasi – bu moduli ko’chib yuruvchi palitraga misol bo’ladi. Dreamweaver dasturi turli loyiha masalalarini hal qilishga mo’ljallangan unga yaqin shunga o’xshash obektlarga ega. Dastur oynasining tashqi ko’rinishi Rasmda ikkita oddiy modulli Layets va Histoty palitralardan iborat bo’lgan terma palitraga misol keltirilgan. Objekts palitrasi tashqi obektlar: rasmlar, jadvallar, qatlamlar freymlar va boshqa obektlarni qo’yish uchun mo’ljallangan. Rasmda ko’rsatilgan boshqa barcha boshqaruv elementlari hujjat oynasining ajralmas tashkil etuvchi qismi hisoblanadi. Texnik tizimlarning ishonchli ishlashi, dasturiy mahsulotlari interfeyslarining qulayligi asosida to’g’ri tashkil qilingan. Dteamweavet paketi formatlash va tahrirlashning deyarli barcha asosiy buyruqlari uchun amalga oshirishning bir necha xil usullarini taklif etadi. Keng formatli ekranlarning omadli egalari ularni palitralar va panellar yordamida bajarishlari mumkin. Bundan mahrum foydalanuvchilarga esa dastur menyu qatori buyruqlarini va klaviatura tugmalari kombinatsiyalaridan foydalaniladi.


Download 265.89 Kb.
  1   2




Download 265.89 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Guruh talabasi Muhammadaliyeva Iroda laboratoriya ishi №3

Download 265.89 Kb.