-mavzu:Yong‘inni о‘chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari




Download 46.35 Kb.
bet7/12
Sana12.05.2022
Hajmi46.35 Kb.
#20979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-mavzu Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy tushunchal
bOSHQARUV TIZIZMLARI, (material xususiyati va fakturasi), yoriqnoma, kop portli kompyuterlar yordamida texnologik jarayonlarni boshqarish tizimini loyihalash, 252.5320900 TIKUVCHILIK SANOATIDA AXBOROT TENOLOGIYALARINI QO\'LLASH, 2-Maruza, Klaviaturaga qaramay matn terishni organamiz 2 @kompyuter akademiyasi, BSKM, Rus tili fani, 2 MA\'RUZA KUZATILADIGAN TABIIY OFATLAR VA ULARNING OQIBATLARI, 2021 12.2, АМАЛЁТ баённома (2) (7) (4) (3), Elektr mashinalari va transformatorlarni tamirlash oraliq savollari, орфологический
8-mavzu:Yong‘inni о‘chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari.

  1. Yong`inga qarshi ishlatiladigan texnik qurilmalarning vazifasi nimalardan iborat?

  2. Signal vositalari deganda nimani tushunasiz?

  3. Suv bilan o`chirish deganda nimani tushunasiz?

  4. Bug` yordamida o`chirish deganda nimani tushunasiz?

  5. Ko`pik bilan o`t o`chirish deganda nimani tushunasiz?

  6. Avtomatik o`t o`chirish vositalari deganda nimani tushunasiz?

Javoblar:
1. Eng keng tarqalgan o‘t o‘chirish moddalariga suv, suv bug‘i, uglekislota, namlagichlar, kimyoviy vahavo-mexanik ko‘piklar, galloid tarkibli uglevodorodlar, kukun tarkibli aralashmalar, uglerod ikki oksidi, brometil birikmalar, inert gazlar va boshqa mexanik vositalar (qum, tuproq, brezent va h.k) kiradi.
2. Yong`inga qarshi kurashning asosiy omillaridan biri uni o`z vaqtida aniqlash va yong`in kuchayib ketmasdan unga qarshi kurash chora tadbirlarini amalga oshirishdir. Bunga aloqa vositalari va signalizatsiyalardan foydalanish yaxshi natija beradi. Shu sababli korxonalarda aloqaning eng ishonchli vositasi hisoblangan umumshahar telefon aloqasi to`g`ridan –to`g`ri o`t o`chirish komandalari bilan bog`langan bo`ladi. Avtomat telefon stantsiyalarida o`t o`chirish komandasi 01 telefon nomerini terib chaqiriladi.
3. Suv eng ko`p tarqalgan va deyarli hamma erda mavjud bo`lgan o`t o`chirish vositasi bo`lib, uning o`chirishdagi asosiy xususiyati ko`p miqdorda issiqlik yutishiga asoslangan. U yonayotgan maskanni haroratini keskin pasaytirib, yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 20oS dan qaynash haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning bug`ga aylanishi uchun esa 2260 kJ issiq ketadi. Bundan tashqari 1 litr suvning 1700 litr bug`ga aylanishini hisobga olganda, bug` yonayotgan chegaradagi (zonadagi) kislorodni siqib chiqarib, alanganing o`chishini ta`minlaydi. Ishlab chiqarish korxonalarida o`t o`chirishga kerak bo`ladigan suv miqdori yong`in toifasi va binoning o`tga chidamlilik darajasiga va uning umumiy hajmiga qarab, 10 l(s dan 40 l s) belgilanadi. Korxonalardagi mavjud suv saqlovchi qurilmalardan yong`in vaqtida olinadigan suvning maksimal miqdori 3 soatga etadigan bo`lishi shart. Yong`inga qarshi gidrantlar korxona maydonida bir – biridan 100 m dan ortiq bo`lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga va ko`chalar kesishgan joylarga 5 m dan kam bo`lmasligi kerak. Bino ichkarisiga o`rnatilgan yong`in kranlari pol yuzasidan 1,35 m balandlikka o`rnatiladi.
4. Sanoat korxonalarida texnologik jarayonlar uchun ko`p miqdorda bug` iste`mol qilinadi va bunday korxonalarda yong`inni o`chirishda, bug`dan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binolarga yuborilgan bug` kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o`rnini egallaydi. Bug`ning o`t o`chirish samaradorligi uning ma`lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog`liq bo`ladi. Bug` yonayotgan xonani butunlay qoplab, u erdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan qismida, xonaning yong`in va yuborilgan bug` hisobiga 85 oS dan ortiq isib ketganligi sababli kislorod miqdorini 31% qisqartiradi va xonadagi kislorod miqdori 15 – 16% kamayadi.
5. Ishqor bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaktsiyasi yoki suv bilan ko`pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish asosida ko`pik hosil qilinadi. Kimyoviy ko`pik 80% karbonat angidrid gazi, 19% suv va 0,3% ko`pik hosil qiluvchi moddalar tashkil topgan. Mexanik ko`pik esa 90% havo 9,6% suv 0,44% ko`pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo`ladi. Ko`pik bilan o`chirishning asosiy xususiyati, engil alangalanuvchi suyuqlik yoki qattiq jismlar yuzasini yupqa ko`pik qavati bilan qoplab, yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o`rtasida to`siq hosil qiladi. Ko`pik tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha engil bo`lganligi sababli uning yuzasida muhofaza qobig`i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug`lari hosil bo`lishiga to`sqinlik qiladi, shuningdek kislorodni kiritmaydi.
6. Avtomatik o`t o`chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi.
Sprinklerlar asosan yong`in xavfi yuqori bo`lgan korxonalarga o`rnatiladi. Sprinkler qurilmalari o`rnatiladigan xonalarga bosim ostida suv o`tkazuvchi quvurlar o`tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari o`rnatiladi. Yong`in sodir bo`lganda, issiqlik ta`sirida sprinkler ishga tushadi, ya`ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi va har bir sprinkler boshchasi 6 – 9 m2 maydonga suv sachratib, o`t o`chirishni ta`minlaydi. Bunday qurilmalar o`rnatilgan korxonalarda sodir bo`lgan yong`inlarning 90% shu qurilmalar o`t o`chiruvchilari kelgunga qadar o`chirishga ulgurgani aniqlangan.



Download 46.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 46.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu:Yong‘inni о‘chirishning asosiy vositalarini hisoblash usullari

Download 46.35 Kb.