– ilova Umumiy sug‘urta qilish sohasi tarkibidaga klasslar




Download 0.85 Mb.
bet8/46
Sana21.03.2017
Hajmi0.85 Mb.
#793
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46
II. ALOQA OPERATORLARI VA INTERNET PROVAYDERLARI FAOLIYATIDA SUG‘URTA MUNOSABATLARINING HOZIRGI HOLATI TAHLILI

2.1. Milliy sug‘urta bozorining hozirgi holati tahlili

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiyotga, moliyaga, pul muomalasiga ta’sir ko‘rsatdi, iqtisodiy qarashlarda ijobiy fikrlarning shakllanishi sabab bo‘ldi. Endilikda har bir xo‘jalik ob’ektining tashkilotchisi o‘z ixtiyoridagi mol – mulkdan samarali foydalanish uchun fidokorona harakat qilish bilan cheklanib qolmay, favqulodda va tasodifiy zararlarni natijasida yetkazilishi mumkin bo‘lgan kamomadlarni tiklash, ularning oldini olish tadbirlarini ko‘rishga ham intilmoqda. Sug‘urtaga bo‘lgan talab bozorda raqobatbardoshliligini oshiradi va sug‘urta korxonalarining o‘rnini belgilaydi. Bozorda sug‘urta korxonalari ularning to‘lov qobilyatlari, moliyaviy barqarorligi va samaradorlik ko‘rsatkichlariga qarab mavqei belgilanadi. Bu ko‘rsatkichlarda sug‘urta to‘lovlari, mukofotlari, sug‘urta polislari hajmi, sug‘urta sig‘imi kabi iqtisodiy kategoriyalar orasidagi munosabat o‘z aksini topadi. Ushbu bobda biz bir qator sug‘urta atamalaridan foydalanamiz.

Sug‘urta to‘lovi – sug‘urta tarifi asosida hisoblangan sug‘urta badali hisoblanadi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urtalangan mol – mulkning xususiyati va egaligiga qarab bir yoki necha ob’ekt bo‘yicha hisoblanishi mumkin.

Sug‘urta mukofoti (badali) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovidir. Bu to‘lov sug‘urtalanuvchi tomonidan to‘lanib, sug‘urta fondini shakllantirishga yordam beradi. Sug‘urta mukofotlari va sug‘urta to‘lovlari sug‘urta bozorinig eng muhim indikatorlari hisoblanadi. Shu bois mazkur ko‘rsatkichlar dinamikasi ko‘p jihatdan mamlakatda sug‘urta sohasi ahvoli va rivojlanishini yaqqol namoyish etishi mumkin.

O‘zbekiston milliy sug‘urta bozorida 2012 yil 1 yanvar holati bo‘yicha 37 ta sug‘urta kompaniyalari, 959 ta sug‘urta kompaniyalar filiallari, 7862 ta sug‘urta agentlari, 3 ta sug‘urta brokerlari, 4 ta assistant, 14 adjaster va syurveyerlar, 2 ta aktuarlar mavjud. Shulardan 4 tasi (“Hamkor sug‘urta” MCHJ, “Xalq sug‘urta” MCHJ, “DD General Insurance” MCHJ, “Gross Insurance” MCHJ) sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olgan yangi tashkil etilgan sug‘urta kompaniyalaridir.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida sug‘urtaning ahamiyati ortib bormoqda. Sug‘urta kompaniyalari tomonidan yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari miqdori yilgan – yilga kengaymoqda va sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta fondi shakllanmoqda. Sug‘urta xizmatlari bozorida sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari yildan – yilga ko‘payib bormoqda (2.1.1 – rasm).





Download 0.85 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   46




Download 0.85 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– ilova Umumiy sug‘urta qilish sohasi tarkibidaga klasslar

Download 0.85 Mb.