• Odilxo‘ja Raimxo‘jaevich Parpiev
  • Hurmatli yarmarka ishtirokchilari!
  • Hurmatli yarmarka ishtirokchilari! Aziz mehmonlar!
  • Hurmatli yarmarka ishtirokchilari!




    Download 35.5 Kb.
    bet1/5
    Sana01.08.2021
    Hajmi35.5 Kb.
    #16724
      1   2   3   4   5

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida VII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining hududiy taqdimotida Vazirlar Kengashining Raisi B.Yangibaevning bayonati



    Hurmatli yarmarka ishtirokchilari! 

     

    Bugun Respublikamizda g‘oyatda tantanali, muhim va esda qolarlik voqea bo‘lib o‘tmoqda. Bugungi yarmarkamizda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi ilmiy tadqiqot markazlari, xo‘jalik birlashmalari, ishlab-chiqarish tashkilotlari va oliy ta’lim muassasalari tadqiqotchilari o‘z ishlanmalari, innovatsion g‘oyalari, loyihalari va yangi ishlab chiqilgan texnologiyalari bilan ishtirok etmoqdalar.



    Bundan tashqari, Yarmarkamizda – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish Qo‘mita apparat rahbari Odilxo‘ja Raimxo‘jaevich Parpiev va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari Botir Shukurullaevich Usmonov hamda O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti va Toshkent Avtomobil yo‘llari instituti tadqiqotchilari va boshqada ilmiy-tadqiqot muassasalarining xodimlari o‘zlarining innovatsion g‘oyalari va ilmiy ishlanmalari bilan ishtirok etmoqdalar.

    Shuningdek, yarmarkamizda respublikamizning ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etmoqdalar

         

    Hurmatli yarmarka ishtirokchilari!

    O‘zbekiston Respublikasi VII innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy taqdimotini ochiq deb e’lon qilamiz.

     

    Hurmatli Yarmarkamiz ishtirokchilari!

    Aziz mehmonlar!

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan mazkur Innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi tobora an’anaga aylanib bormoqda.

    Albatta, mazkur tadbirlar ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlab, ixtiro etilgan yangi texnologiyalar va ishlanmalarni amaliyotga tadbiq etilishi bilan Respublikamizning iqtisodiy jihatdan rivojlanishida muhim rol o‘ynashi, so‘zsiz.

    Prezidentimiz tabirlari bilan aytganda, Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni yuksaltirish va undan yanada samarali foydalanishni tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omillaridan biridir. XXI asrda mamlakat iqtisodining o‘sishi ilmiy-texnika taraqqiyotining yetakchi roli intellektual faoliyat natijalarini qo‘llash asosida ta’minlanadi.

    Yurtimizning har tomonlama rivojlanish yo‘lining o‘ziga xosligining asosiy omili – ishlab chiqarishning texnologik darajasi va raqobatbardoshligini yuksaltirish, innovatsion mahsulotning ichki hamda tashqi bozorlarga chiqishini ta’minlash, ichki bozorda import qilinadigan mahsulotlarni o‘zimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlar bilan almashtirish, eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyot tuzilmasini shakllantirish hisoblanadi.

    Shu tariqa, iqtisodiy sohada innovatsion faoliyatning mazmunini ishlab chiqarish sohasida biron-bir yangilikni yaratish hamda uni amaliyotga joriy etishda ifodalanadi.

    Aytib o‘tish joizki, ushbu yo‘nalishda respublikamizda amalga oshirilgan va oshirilayotgan amaliy va innovatsiya loyiha ishlari uchun ajratilayotgan davlat grantlari, bugungi kunda o‘zining ijobiy samarasini yaqqol namoyon etmoqda.

    Bunga misol tariqasida, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari muvaffaqiyatli olib borilayotganligini ko‘rsatib o‘tsak bo‘ladi.

    Ushbu ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari sifatida bugungi yarmarkada tadqiqotchi-olimlarimiz tomonidan 150 ga yaqin ilmiy-innovatsion ishlanmalar taqdim etilgan.

    Mazkur ishlanmalar bo‘yicha yarmarka davomida bajaruvchilar va buyurtmachilar orasida taxminan 500 mln. so‘m mablag‘ qiymatiga ega bo‘lgan  sharnomalar tuzish mo‘ljallanmoqda.

     

    Hurmatli yarmarka ishtirokchilari!

    Aziz mehmonlar!

    Yarmarkamizda ishtirok etayotgan olimlarimizning tadqiqot ishlariga qisqacha to‘talib o‘tadigan bo‘lsak, xalqimizning turmush sharoitida kerakli bo‘lgan, og‘ir mehnat shakllarini yengillashtiradigan, kam mablag‘ sarflash evaziga ko‘p foyda va daromad olishga yo‘naltirilganligini aytib o‘tishimiz maqsadga muvofiq deb o‘ylayman.





    Download 35.5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 35.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hurmatli yarmarka ishtirokchilari!

    Download 35.5 Kb.