I kirish internet [lot inter aro va net (work) tarmoq] katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butun jahon kompyuter tizimi




Download 268.86 Kb.
bet1/17
Sana20.04.2024
Hajmi268.86 Kb.
#202843
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Internet www
Bo’r geologik davri. Glossary (Автосохраненный), O\'rgumchaklar sinfi, 1652625430, МАЪНАВИЯТ СОАТЛАРИ МАВЗУЛАРИ ЯНГИСИ 1 КУРС, 28-мактаб 11.08.2023, Internet www, Interfaol ta’lim metodlari, Html sahifa shabloni, Xo\'sh, fayl formatlari qanday


I. KIRISH

Internet [lot. inter — aro va net (work) — tarmoq] — katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butun jahon kompyuter tizimi. Unda geografik oʻrni, zamon va makondan qatʼiy nazar, ayrim kompyuter va mayda tarmoqlar oʻzaro hamkorlikda global informatsiya infratuzilmasini tashkil etadi.


Tadqiqotlar shuni ko’rsatmoqdaki, internet ildizi 50-yillarga borib taqaladi. Xammasi 1949-yilda sobiq ittifoq atom bombasini sinovdan o’tkazilganida boshlangandi. 1969 yil bo’lajak internetning ilk ko’rinishi ARPANET vujudga keladi. Natijada har bir Amerikalik o’quvchi internet bu: “Pentagon jahonga taqdim etgan XX-asrning ajoyib ixtirosi” ekanligi haqida xabar topgandi. Xullas, birlashgan internet tarmog’i 1980-yildan boshlab vujudga kelib internet texnologiyasiga o’tish 1983-yilning yanvar oyida o’z nihoyasiga yetadi. Shu vaqtning o’zida muhofaza kommunikatsiya agentligi ARPANETni ikki mustaqil tarmoqqa bo’lib yuboradi. Ularning biri keyingi tadqiqotlar uchun ikkinchisi esa harbiy aloqalar uchun edi. Tadqiqot tarmog’ining nomi ARPANET bo’lib qoladi.
Bugungi kunda internetsiz hayotni tasavvur etib bо‘lmaydi. Har kuni dunyoning turli sodir bо‘layotgan yangiliklar va turli xabarlarni bizga beminnat yetkazib turgan va buning uchun bizdan faqatgina e’tibor talab qilayotgan internet О‘zbekistonga kirib kelganiga 17 yildan oshdi. О‘tgan yilgi ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda internetdan foydalanuvchilar soni 3 milliardga yetgan. О‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining ma’lumotiga kо‘ra, hozirgi kunda mamlakatimizda esa internet foydalanuvchilari soni 8 milliondan ortgan. Internet – XXI asr texnologiyasi. XXI asrni “kompyuter asri” deb ham atasa bо‘ladi. Tanganing ikki tomoni bо‘lgani kabi internetning ham ijobiy ham salbiy jihatlari mavjud. Ammo shuni ham unutmasligimiz lozimki, tanganing u yoki bu tomonini ochish insonlarning, ya’ni bizning qо‘limizda. Shunday ekan, nima uchun endi biz internetni salbiy deya baholashimiz kerak? Axir inson qay maqsadda undan foydalansa, shunga yarasha javob oladi-da
Close up of hand with laptop and social media network icons
2005- yil Vashington universiteti professori Fredrik Zimmerman 4 yoshdan 11 yoshgacha bо‘lgan 1266 ta bolalar о‘rtasida tadqiqot о‘tkazib shunday xulosaga keldi: Aslida bolakaydagi jizzakilik, jaxldorlik, betkachoparlik holati vaxshiy televideo, kompyuter о‘yinlari ta’sirida emas, ota-onaning beparvoligi sababli kelib chiqar ekan. Bola о‘ziga shu tarzda e’tibor tortishga urinadi. Ota- onasidan topa olmagan mehrni u albatta, mitti qalb – “temir quti” lardan izlaydi. Shunday ekan, bu “temir quti” ning salbiy emas, ijobiy tomonidan kо‘proq foydalanish, tanqid ostiga olishdan kо‘ra salbiylikka qarshi immunitet hosil qilish lozim. Chunki, immunitet qanchalik mustahkam bо‘lsa, zararlanish ham shuncha kam kuzatiladi. Keling, internetning ijobiy tomonlari haqida fikr yuritamiz. Birinchidan, internet orqali turli bepul kurslarga a’zo bо‘lish, masofaviy ta’lim imkoni mavjud. Ikkinchidan, uyda turib istagan narsangizga buyurtma berish imkoni mavjud. Yana eng muhimlaridan biri, qaynoq yangiliklardan boxabar bо‘lib turish. Umuman olganda, tо‘g‘ri foydalanilsa internet yoshlar ongini buzishdan kо‘ra, uni shakllantirishga xizmat qilmoqda. Hand with credit card and a small shopping cart coming from laptop screen isolated in white Hozirgi kunda keng tarqalgan insonlarga foyda keltirayotgan saytlardan biri internet magazinlardir.
Mamlakatimizda doimo internetdan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda ,shuning uchun ham zamonaviy dunyoda ,korxonalar muvafaqiyati uchun hozirgi vaqtda savdo-sotiqni tarmoq orqali amalga oshirishni ma’qul ko’rmoqdalar.Internet –magazinlar korxona sarf-xarajatlarini kamytiradi, masalan odatdagi magazinlarga qarab chiqadigan bo’lsak xaridorlarning xarid uchun to’lovni amalga oshirishda bitta sotuvchiga to’lash ancha qiyinchilik tug’diradi internet magazinlarda esa bitta konsultantning o’zi yetarli. Shunday ekan,elektron tarzdagi savdo –sotiq korxonalarning samarador ishlashini ta’minlaydi. Internet –magazin odatiy magazinlarga qaraganda quyidagi imkoniyatlarni beradi:
-Internet-magazinlar kecha-kunduz va har kuni, tushlikda tanaffuzsiz ,dam olish kunlarsiz va bayram kunlarida ham ishlaydi;
-xohlagan xaridor ,yerning xohlagan joyida turib magazindagi mahsulotlarni xarid qilish imkoniyatiga ega;
– internet-magazin sotuvchi-konsultant ijarga olish kerak emas,xaridor mahsulot haqida batafsil ma’lumot olish huquqiga ega.
-Internet-magazin maydon bilan chegaralanmaydi.Uni ko’p miqdordagi mahsulot va ko’p miqdorda gi xizmatlar bilan kengaytirish mumkin;
-Internet-magazin yaratish odatdagi magazinlardan ko’ra oz muddat va kam sarmoya sarflanadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, tо‘g‘ri internetning salbiy jihatlarini ham inkor eta olmaymiz. U istalgan daqiqada о‘z ta’sirini kо‘rsatishi mumkin. Ammo “butun dunyo о‘rgimchak tо‘ri” dan yaxshilik maqsadida foydalanilsa, undagi salbiylik о‘z-о‘zidan bartaraf etiladi.




Download 268.86 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 268.86 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I kirish internet [lot inter aro va net (work) tarmoq] katta (global) va kichik (lokal) kompyuter tarmoqlarini oʻzaro bogʻlovchi butun jahon kompyuter tizimi

Download 268.86 Kb.