-jadval Buxgalteriya balansining soddalashtirilgan ko‘rinishi




Download 0.56 Mb.
bet5/164
Sana10.04.2017
Hajmi0.56 Mb.
#3899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164
Tadqiqotlardan ko‘rinib turibdiki, haqiqattan ham inqiroz deganda bir hayotiylik tizimida rivojlanib borayotgan obyekt yoki subyektni taraqqiyotidagi orqaga ketishi tushuniladi. Inqirozda harakatlanayotgan jism o‘zini tiklay olmasa yo‘q bo‘lib ketishi muqarrar. Inqiroz faoliyat va jarayonning har bir bosqichida to‘satdan yoki ma’lum va noma’lum sabablarga ko‘ra paydo bo‘lishi va uni harakatlanib ketayotgan yo‘lidan bir turtki bilan chiqarib yuborishi mumkin. SHu xususiyati bilan ham u xatarlarning manbaasidir.

Har qanday iqtisodiy tizim inqirozlarsiz bo‘lmaydi. Buni e’tiborga olgan holda, inqirozga qarshi doimiy ravishda qo‘shimcha tadbirlar ishlab chiqish talab qilinadi.

Iqtisodiy sikl bo‘yicha inqirozga baho berilganda, u siklning har bir fazasida, ya’ni jonlanish, ko‘tarilish yoki turg‘unlik davrida paydo bo‘lishi mumkin. O‘z mohiyatidan kelib chiqib inqiroz har bir grafikda pasayish tarzida aks etadi.

Ushbu fan nuqtai nazaridan qaraganda, inqirozga yondosh tushunchalar qatoriga bankrotlik, iqtisodiy nochorlik, zarar ko‘rib ishlash kabi tushunchalar ham qo‘llaniladi.

Inqirozga qarshi boshqaruv jarayoniga iqtisodiy tomondan baho berilganda – avvalambor, iqtisodiy nochor va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni moliyaviy-iqtisodiy tomondan sog‘lomlashtirish bo‘lib, boshqaruvning bu usulini harakatga keltiruvchi omil iqtisodiy nochorlik belgilari va zarar ko‘rib ishlash hisoblanadi. Respublikamiz qonunchiligida iqtisodiy nochorlik bankrotlik tushunchasi bilan bir xil atama sifatida qo‘llaniladi.

Buni «Bankrotlik to‘g‘risida»gi qonun 3-moddasining birinchi qismida berilgan ta’rifdan ko‘rish mumkin: bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) - xo‘jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatini to‘la hajmda bajarishga qodir emasligi.

Boshqa MDH mamlakatlarida, jumladan Rossiya Federatsiyasida ham bu tushunchalar o‘zaro sinonimdir1.

O‘tkazilgan tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, bankrotlik – amaliyotda ikki xil ma’noda qo‘llaniladi. Bir tomondan iqtisodiy nochor korxonalarni sog‘lomlashtirish yoki tugatish bilan bog‘liq taomillar kompleksiga nisbatan ishlatilsa, ikkinchi tomondan, istiqbolsiz korxonalarni tugatish davridagi holatiga baho berishda foydalaniladi. Bankrotlik atamasi taomillar tizimi hamda istiqbolsiz korxonaning holatini anglatadi.

Bir qator olimlar “nochorlik” va “bankrotlik” atamalarini jinoiy huquq bilan bog‘liq bo‘lmagan holda, bir-biridan farqlash kerakligi haqida aytiladi.

O. Bulko va L. SHefchuklar1 nochorlik va bankrotlik tushunchalarini to‘lovsizlik alomati bo‘yicha differensiallash kerak deb hisoblaydilar.

Le Xoaning2 fikricha, nochorlik va bankrotlikni sinonim sifatida tushunmaslik lozim. Nochorlik – bu to‘lovga qobiliyatsizlik, ya’ni, qarzdor o‘z vaqtida o‘ziga qarashli majburiyatlarni to‘lay olmaslik holatidir. Doimiy va davom etuvchi nochorlik mutloq to‘lovga noqodirlikka olib keladi. U holda qarzdor o‘z moliyaviy holatini tiklay olmaydi, uni faoliyatini davom ettirish mumkin bo‘lmay qoladi va maqsadli emas. Bunday nochor tashkilot bankrot bo‘ladi. Shunday ekan, Le Xoaning fikricha, bankrot – qarzdor tomonidan likvidatsiya bo‘lish haqida qaror qabul qilish holatidir.

B. Klob3 nochorlik va bankrotlik tushunchalarini quyidagicha shakllanishini taklif qiladi: “Nochorlik arbitraj sudi tomonidan tan olinishi yoki kreditorlarning pul majburiyati bo‘yicha talablarini to‘la hajmda qondira olmaslik va (yoki) uning to‘lov qobiliyatini tiklash maqsadida qarzdorga nisbatan tashqi boshqaruv taomilini qo‘llagan holda, majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni to‘lashni amalga oshirish.

Bankrotlik – arbitraj sud tomonidan tan olinishi yohud pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini to‘la hajmda qondira olmasligi haqida qarzdor tomonidan e’lon qilinishi va (yoki) qarzdorning mavjud aktivlari doirasida kreditorlar talablarini qondirish maqsadida qarzdorga nisbatan tanlovli ishlab chiqarish taomilini qo‘llab majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish”. Shunday ekan, ko‘rib chiqilgan mualliflar guruhi nochorlikni oddiy to‘lovga to‘lovga qobiliyatsizlik, bankrotlikni esa – xo‘jalik sudi tomonidan tan olingan to‘lovga qobiliyatsizlik deb ataganlar.

Shunday ekan, keltirib o‘tilgan mualliflar jamoasi, nochorlikni to‘lovga qobiliyatsizlik (majburiyatlarni bajara olmaslik), bankrotlik esa – sud tomonidan tan olinishi deb hisoblashni taklif etdilar. Bizning fikrimizcha, bunday nuqtai nazar bahsli, modomiki, bu huquqiy maqsadlardan ko‘ra iqtisodiy maqsadlardan kelib chiqadi.

Korxonada bankrotlik alomatlarining4 vujudga kelishi natijasida dastlab sudgacha sanatsiya qilishga ehtiyoj tug‘iladi.

Iqtisodiy nochorlik – korxonaning moliyaviy natijalari, iqtisodiy ahvoli va to‘lov qobiliyatini pasayishi bo‘lib, o‘z majburiyatini belgilangan muddatda bajara olmagan sharoitlarda vujudga keladi. Aslida, to‘lovga qobiliyatsizlik iqtisodiy nochorlikni keltirib chiqaradi. Amaliyotda ham to‘lovga qobiliyati yo‘qolgandan so‘ng iqtisodiy nochor korxona, deb yuritiladi, lekin bir paytda bankrot atamasi ham qo‘llanib ketaveradi. Shu sababli, bankrotlik kategoriyasiga nisbatan iqtisodiy nochorlik kategoriyasi yuzaga kelish davri va mazmuni jihatidan farq qilishi bo‘yicha aniq mezonlarni ishlab chiqish zarur.

Nochorlik va bankrotlik kategoriyalarini ajratib turuvchi xususiyatlari quyidagilardan iborat:


  • Jonlantiruvchi taomillarni qo‘llagandan so‘ng, korxonani to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati bo‘lmagan holda, bankrotlik alomatlari mavjudligi haqida arbitraj sudning ajrimi;

  • Barcha to‘lov qobiliyatini tiklash imkoniyati yo‘qotildi deb, korxonaning moliyaviy holati tavsiflanganda fuqarolik huquqiy me’yori bo‘yicha arbitraj sudning ajrimi.

To‘lovga qobiliyatsizlik keyinchalik iqtisodiy nochorlik, moliyaviy nobarqarorlik, korxona resurslarining nomutanosibligini yuzaga keltiradi. Agar korxona shu holga tushib, uni sog‘lomlashtirishning iloji bo‘lmasa, tugatishga doir ish yuritish taomili qo‘llaniladi. Buni quyidagi rasm orqali ham ko‘rish mumkin (1.1-rasm).




Download 0.56 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   164




Download 0.56 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-jadval Buxgalteriya balansining soddalashtirilgan ko‘rinishi

Download 0.56 Mb.