IV.  MUROJAATLARNI KO‘RMAY QOLDIRISH




Download 63.83 Kb.
bet6/9
Sana16.03.2017
Hajmi63.83 Kb.
#177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
IV.  MUROJAATLARNI KO‘RMAY QOLDIRISH

42. Quyidagi murojaatlar ko‘rib chiqilmaydi:

anonim murojaatlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar, ularning vakolatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda;
qonunda belgilangan boshqa talablarga muvofiq bo‘lmagan murojaatlar.

43. Murojaatni anonim deb e‘tirof etish murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim yoki tarkibiy bo‘linmalar tomonidan amalga oshiriladi.

Murojaat anonim deb e‘tirof etilganda, bu haqda 
xulosa tuziladi. Xulosada murojaatni anonim deb e‘tirof etish uchun asoslar ko‘rsatiladi. Murojaatni anonim deb e‘tirof etish to‘g‘risidagi xulosa murojaatlar bilan ishlovchi mas‘ul xodim yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Vazirlikning "ishonch telefonlari"ga tushgan murojaatlar Qonunda va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda anonim deb e‘tirof etilishi mumkin.

Anonim deb e‘tirof etilgan murojaatlar xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab nazoratdan yoki ijrodan olinadi.

44. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari orqali berilgan murojaatlar kelib tushganda, murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim yoki tarkibiy bo‘linmalar ularning vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjudligini tekshiradi.

Agar murojaatda jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, bu haqda murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim yoki tarkibiy bo‘linma rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xulosa tuziladi.

Jismoniy va yuridik shaxs vakilining vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosa tasdiqlangan paytdan boshlab ushbu murojaat ko‘rib chiqilmaydi, bu haqda murojaat qiluvchi yozma ravishda xabardor qilinadi.


V. JISMONIY ShAXSLARNI VA YuRIDIK ShAXSLARNING
VAKILLARINI QABUL QILIShNI TAShKIL ETISh

45. Moliya vazirligi va uning tarkibiy bo‘linmalarida belgilangan kunlarda va soatlarda jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish tashkil etiladi.


Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning yuridik vakillarini qabul qilish vazir, uning o‘rinbosarlari yoxud vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladi.

46. Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratiladi va vazir tomonidan tasdiqlangan jadvalga asosan qabul amalga oshiriladi.

47. Qabul qilish jadvallari va uni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek qabul qilish tartibi vazirlikning rasmiy veb-saytlarida e‘lon qilish, shuningdek ularning ma‘muriy binosida hamma kirishi mumkin bo‘lgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar e‘tiboriga yetkaziladi.

Jismoniy shaxs og‘zaki murojaat etayotganda o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa - o‘z vakolatlarini tasdiqlaydigan hujjatni, shuningdek o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatishi kerak.

48. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim qabulga kelgan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni va qabul bilan bog‘liq ishlarni tashkil etadi.

49. Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalarida jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilish vazirlikning murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodimi yoki ularning vakillari ishtirokida amalga oshiriladi.

50. Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish jarayoniga vazir yoki uning o‘rinbosarlari ko‘rsatmasi bilan vazirlikning boshqa xodimlari ham jalb etilishi mumkin.

51. Agar jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish vazirlikning vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.

52. Vazir yoki uning o‘rinbosarlari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar ham tashkil etilishi mumkin.

53. Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha mas‘ul xodim va vazirlikning boshqa mas‘ul xodimlari ishtirok etishlari mumkin.

54. Sayyor shaxsiy qabullar vazir tomonidan tasdiqlanadigan jadvalga muvofiq o‘tkaziladi.

Zarur hollarda jadvalda nazarda tutilmagan sayyor shaxsiy qabullar o‘tkazilishi mumkin.

55. Sayyor shaxsiy qabullarni o‘tkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish tartibi to‘g‘risidagi axborot ushbu Nizomning 47-bandida belgilangan tartibda manfaatdor shaxslar e‘tiboriga yetkaziladi, shuningdek mahalliy ommaviy axborot vositalarida 
e‘lon qilinadi.

56. Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsiy qabullar vaqtida berilgan og‘zaki murojaatlari ushbu Nizomning 16-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va ro‘yxatga olinadi hamda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.





Download 63.83 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 63.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



IV.  MUROJAATLARNI KO‘RMAY QOLDIRISH

Download 63.83 Kb.