Idul Fitri




Download 5.44 Kb.
Sana09.11.2022
Hajmi5.44 Kb.
#29620
Bog'liq
Idul Fitri
Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Atrof, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30, Neftning 250-300 fraksiyasidagi maxsulotlarida alifatik uglevodorodlarni ajratib olish, cmd buyruqlari english, mustaqili talim mavzulari, ABRORBEK 2

QUR'ONI KARIM
REJA
    • Qurʼoni Karim maʼlumotlari
    • Qurʼonning asosiy gʻoyasi
    • Qurʼonning boshqa ilmlarga taʼsiri

Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar.
Arab tilida;
Islom vujudga kelgan paytda Qur'on yozish uchun ishlatilgan til va alifbo Nabatey mintaqasida rivojlangan birinchi arab tili edi. Umaviylar xalifasi Abdulmalik davrida alifbo va uning oxirgi shaklini berish orqali shakllangan Qur'on haqida tadqiqotlar olib borildi va bu til davlatning rasmiy tiliga aylandi va tezda boshqa mintaqalarga tarqaldi.
Notiqlik uslubi
Qadimgi Yaman "musson yomg'irlari bilan oziqlangan" mintaqa bo'lgan va o'sha paytdagi texnologiyalar bilan ko'plab to'g'onlar qurilgan. Bu to'g'onlar vaqt o'tishi bilan qarish yoki urushlar natijasida vayron bo'lgan, va ular ta'mirlanmaganida, bu mintaqada yashovchi odamlar uchun xavf tug'dirgan. Marib (Arim) to'g'onidagi kabi, to'g'onlardan biri qulab tushdi. Va bu qulash ba'zi afsonalarni ishlab chiqarishga olib keldi.
Bu mavzu uchun Qur'onda ma'qulroq ifoda uslubi quyidagicha; "Sheba diyorida bir belgi bor edi: o'ngda va chapda ikkita bog '. Parvardigoringizning rizqidan yeng va Unga shukr qiling. Go'zal joy va mag'firatli Rabbiy! Ular yuz o'girishdi. Bas, Biz ularga Arim toshqinini yubordik". (34:15-16)
Qurʼonning asosiy gʻoyasi — Alloh toʻgʻrisidagi taʼlimotdir. Uning mavzusi va mohiyati insonlar tafakkurida koʻpxudolikka barham berish, yakkaxudolikni targʻib qilish va islom dinini qaror toptirishdir. Shu bilan bogʻliq ravishda unda paygʻambarlar, oxirat, taqdir va boshqalar haqidagi aqidalar bayon etiladi. Alloh Qurʼonda oʻzining Odamato, Nuh, Ibrohim, Ismoil, Ishoq, Yaʼqub, Muso, Dovud, Iso, Muhammad va boshqa paygʻambarlarini zikr etadi. Ularga yuborilgan din — islom ekani, Tavrot, Zabur, Injil va Qurʼon oʻzi nozil qilgan ilohiy kitoblar ekani, yahudiylar, nasroniylar va musulmonlarni „ahli kitob“ deb atab, ularning eʼtiqodlari vahdoniyat ekanini Qurʼon oyatlarida qayta-qayta uqtiradi. Qurʼonda asosiy ibodat talablari (namoz, roʻza, zakot va boshqalar) belgilab berilgan. Undagi axloqiy va huquqiy normalar keyinchalik shakllangan shariatga asos qilib olingan.
Qurʼonning boshqa ilmlarga taʼsiri
Diniy ilmlar
Dunyoviy ilmlar
Dunyoviy ilmlar Arab tili grammatikasi va adabiyotining rivojlanishida Qurʼonning oʻrni beqiyos. Qurʼon uslubi (qofiyalashtirilgan sheʼriy proza — sajʼda yozilgan) keyingi arab adabiyotiga, umuman sharq adabiyotiga katta taʼsir koʻrsatdi. Qurʼon ilmlari rivojlanishi jarayonida aniq grammatik qoidalarga nisbatan paydo boʻlgan ehtiyoj bu sohaning taraqqiy etishiga turtki boʻldi. Qurʼon faqat arab tilida emas, balki islom tarqalgan mamlakatlar xalqlarining tillarida yaratilgan asarlarda ham oʻz aksini topdi. Xususan, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi adabiyot namoyandalari asarlarida Qurʼondan olingan iqtibos, ibora, hikoyat, zarbulmasallarni uchratish mumkin.
Qurʼon kalom ilmining shakllanishi va rivojlanishida birinchi manba boʻldi. Abu Hanifa „al-Fiqh al-akbar“, Abu Mansur Moturidiy „Kitob at-tavhid“, Abu Hafs Nasafiy „Aqoid an-Nasafiy“ asarida olgʻa surilgan islom taʼlimotiga oid oʻz fikrlariga dalil sifatida Qurʼon oyatlarini keltiradilar. Qurʼon fiqhiy hukmlarni qabul qilishda asosiy va birinchi manba hisoblanadi. Undan keyin esa sunnat, ijmo, qiyos turadi. Qurʼonda kelgan hukm shariatda farz sifatida qabul qilinadi.
Download 5.44 Kb.




Download 5.44 Kb.