Iii. Atrof-muhit muhofazasi




Download 19,44 Kb.
Sana24.06.2024
Hajmi19,44 Kb.
#265390
Bog'liq
ЭКОЛОГ-ЭГАМБЕРДЫЕВ


III. ATROF-MUHIT MUHOFAZASI

Tabiat atrof-muhitining ekologiyasiga salbiy ta’sir kо‘rsatuvchi asosiy manbalardan biri yoqilg‘i energetika majmuasi (YOEM) hisoblanadi. YOEMlarining sohalaridan energetika eng kо‘p tp’sir kо‘rsatadi. Energetikada atrof-muhitni eng kо‘p ifloslaydigan manbalardan biri-issiqlik elektr stansiyasilaridir. Issiqlik energetikasining atrof-muhit ekologiyasiga salbiy ta’sirini samarali kamaytirish bо‘yicha takliflarni ishlab chiqish uchun salbiy ta’sir etayotgan manbani yaxshi bilish zarur.


Organik yoqilg‘ining ishchi massasi uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt, namlik va kullikdan iborat. Yoqilg‘ini tо‘liq yonishi natijasida karbonat angdid gazi, suv bug‘lari, oltingugurt oksidalari (oltingugurtli gaz) va kul hosil bо‘ladi. Sanab о‘tilgan tashkil etuvchilardan zararlilariga oltingugurt oksidlari va kulni kiritish mumkin. Yuqori haroratlarda katta quvvatli qozonlarning о‘txona kamerasiining mash’ala yadrosida havo azotining qisman oksidlanishi va azot oksidli yoqilg‘i hosil bо‘ladi.
О‘txonada yoqilg‘ini chala yonishi natijasida uglerod oksidi SO, uglevodorodlar SN4, S2N6 va xokazolar hosil bо‘lishi mumkin. Chala yonish mahsulotlari juda zaharli, ammo yoqishning zamonaviy texnologiyasi bо‘yicha ularni hosil bо‘lishini kamaytirish yoki minimum darajagacha tushirish mumkin.
Kullilik darajasi eng yuqori bо‘lgan yoqilg‘ilarga yonuvchi slanetslar va qо‘ng‘ir kо‘mirni, shuningdek tosh kо‘mirning bir necha turlari (masalan ekibastuzis). Suyuq yoqilg‘ida kullilik darajasi kam bо‘lib, tabiiy gaz kulsiz yoqilg‘i hisoblanadi. Zamonaviy kul tutgichlarning hisobiga kullarni yuqori darajagacha tutib olish mumkin, bu esa kul chiqindilarini anchagina kamaytiradi va ularni juda kichik qiymatlarga tushiradi.
Hozirgi vaqtda pzot oksidlarini kamaytirish uchun qattiq yoqilg‘ilarni past haroratda yoqish loyihalari ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan. Yoqilg‘ilarni past haroratda yoqishning xususiyatlaridan biri dioksinlarni hosil bо‘lish imkoniyatini beradi.
Sо‘nggi yillarda yoqilg‘i tо‘la yonmasligi natijasida hosil bо‘ladigan kanserogen (rak kasalligini yuzaga keltiruvchi modda) moddalarni о‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Bunday turdagi kо‘pgina kimyoviy moddalardan keng tarqalgani va ta’sir etish jadalligi bilan ajralib turuvchilarga yarim siklli aromatik uglevodorodlar va ularning ichidan eng faoli benzapirenlarni kiritish mumkin. Benzapirenning maksimal miqdori 700-800­­­0S haroratda va yoqilg‘ini tо‘la yoqish uchun havo yetmaslik sharoitida hosil bо‘ladi.
IESning tutun quvurlaridan atmosferaga tashlab yuborilayotgan zaharli moddalar tirik tpbiatning butun mpjmuasiga, ya’ni biosefraga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Biosfera о‘z ichiga yer yuzini zrab turgan atmosfera qatlamini, yerning yuqori qatlamini va suv havzalarining yuqori qatlamini о‘z ichiga oladi.
Atmosferaga nafaqat chiqindilar chiqariladi, balki boshqa sanoat korxonalaridan, transport vositalaridan va inosn faoliyati bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa chiqindilarni kiritish mumkin. Bunday barcha chiqidilarni tabiiy, ya’ni tabiat chiqindilaridan farqli ravishda antropogen chiqiindilar deb nomlash mumkin.
Tutun quvurlari baland bо‘lgan IESdan atrof-muhitga chiqarib yuborilayotgan chiqindilar maydonini diametri 20-50 km aylana sifatida belgilash mumkin. Tutun gazlari tarkibidagi zaharli moddalar о‘simlik, hayvonlar va insolar dunyosiga, shuningdek, qurilish konstruksiyalariga, binolarga va inshoatlarga ta’siri katta bо‘ladi.
О‘simliklar SO2 ta’siriga juda sezuvchanlir. SO­­­2 ning zararli ta’siri о‘simlik barglarini zararlash bilan bog‘liq. Bargli о‘simliklar SO2 ning kichik ta’siri natijasida har yili barglarini tukishadi. Ignabargli о‘simliklar esa teskari, ular zararli moddalar ta’sirida kuchli zararlanadi.
Atmosfera havosida ignabargli о‘simliklarning holatiga SO2 ning ta’sirini о‘tganish bо‘ycha о‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatdiki, oltingugurtli gazning havodagi konsentratsiyasi 0,23 dan 0,32 mg/m3 gacha bо‘lsa, fotosintez va ignabarglarning havo olishi buzilar ekan, ya’ni daraxtlarning qurushi boshlanadi, masalan sosna daraxti 2-3 yilda quriydi. Oltingugurtli gazning havodagi konsentratsiyasi 0,08 dan 0,23 mg/m3 gacha bо‘lsa, ignabarglraning nafas olish jadalligi kamaymasdan fotosintez jadalligini kamayishi boshlanadi, bu esa deraxtlarni sekin qurishiga olib keladi. Bargli daraxtlarning assimilyatsiyasidagi о‘zgarish SO2 ning miqdori 0,5-1 mg/m3 dan oshganda boshlanadi.
Shuningdek bu moddalarni hosil bо‘lishi va atmosferani ifloslantirishi insonlarga ham yoqimsiz ta’sir qiladi. Zararlangan atmosferani insoniyatga salbiy ta’sir etishi mumkin bо‘lgan ta’sirlaridan biri zararli tumanlar hisolanadi. Ular atmosferani ifloslantiruvchilarni konsentratsiyasini tezlik bilan oshishi va yoqimsiz meteorolegik sharoitlar hisoblanadi.
Atmosferani zararlovchi zararli moddalarning ta’siri surunkali noma’lum bо‘gan kasalliklarni keltirib chiqaradi. Ushbu kasalliklarning ichida eng ahamiyatlisi ateloskleroz (yurak va qon tomirlari sklerozi, arteriosklerozning eng kо‘p uchraydigan turi) bо‘lib, u yurak qon tomirlari va noma’lum kasalliklar bilan bog‘liqdir, shuningdek surunkali bronxit emfezima, bronxial astma va boshqa kasalliklar hisoblanadi.
Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkilotining ekspertlari komiteti о‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida atmosfera havosining zararlashnish darajasi va ularning insonlarga ta’siri о‘rtasidagi о‘zaro bog‘liqlikni hal etishdir.
Agar SO2 ning yoki aralashmali zarrachalarning (havo tarkibidagi) yillik konsentratsiyasi 0,08-0,10 mg/m3 ni tashkil etsa, u holda kо‘rinish yomonlashadi, shinamlik buziladi, nafas olish buziladi: agar SO2 va aralashmali zarrachalarni konsentratsiyasi sutkasiga 0,25-0,5 mg/m3 ni tashkil etsa, u holda kasalliklar ortadi va insonlarni shifoxonalarga murojaatlari oshib, о‘lim kо‘payadi.
Atrof-muhitga chiqarib tashlanuvchi ifloslantirgichlar safiga azot oksidlarini kiritish mumkin. Ular inson uchun xavfli bо‘lib, tez ta’sir etish xususiyatiga ega, ayniqsa kо‘z pardasi uchun xavflidir. Azot oksidlari suyuq muhitlar bilan yomon aralashadi va nafas olganda yengil yutiladi, bu esa bronchlarni zararlanishiga olib keladi. Tajriba natijalari va kuzatuvchilarning guvohlik berishiga azot oksidlari biologik juda faol hisoblanadi.
Turli mamlaktlarda о‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadi, azot oksidi bilan zararlangan tumanlardagi aholida nafas olish funksiyasi qisqaradi, resperatorli kasalliklar ortib boradi, qon harakat tizimi о‘zgaradi.
Azot ikki oksidining 4-6 mg/m3 konsntratsiyasi о‘simliklarni о‘tkir shikastlanishiga olib keladi. Konsentratsiyasi 2 mg/m3 ga yaqin bо‘lgan NO2 ning uzoq ta’siiri natijasida о‘simliklarni kasallashuviga olib keladi. Juda kichik konsentratsiyasi deyarli ta’sir kо‘rsatmaydi. Azot oksidlari tabiiy radiatsiyani, ya’ni ultrabinafsha va spektr shaklidagi radiatsiyalarni yutadi, atmosferaning shaffofligini kamaytiradi va fotokimyoviy tumani hosil bо‘ladi.
Atmosferaning ifloslanishi va tabiiy aralashmalar juda qiyin jarayonlar natijasida sodir bо‘ladi. Ushbu jarayonlar aralashmagan bо‘lakchalar va gazsimon aralashmalar uchun turlichadir. Atmosferada aralashmagan bо‘lakchalarni topish vaqti ularning fizik-kimyoviy xususiyatlariga, meteorologik parametrlarga, chiqindi zarrachalarning atmosferadagi balandligiga va uning о‘lchamiga va boshqa omillarga bog‘liq.
О‘tkazilgan tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, oltingugurtli gaz SO2 asta-sekin oksidlanadi va SO3 ga о‘tadi, u nam havo bilan о‘zaro birikib sulfat kislotani hosil qiladi. Oksidlanish jarayonining tezligiga quyosh nurlari va oksidlash jarayonini katalitik tezlashtirgichlarga bog‘liq. SO2 va SO3 ga aylanishida eng faol jarayon tо‘lqin uzunligi 220-250 nm bо‘lgan nur hisobiga amalga oshadi.
Download 19,44 Kb.




Download 19,44 Kb.