• MAVZU: Ijtimoiy-infratuzilma xaritalarini loyihalash va tuzish.
  • Amaliy ishning maqsadi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Ijtimoiy iqtisodiy kartografiya




    Download 0.87 Mb.
    Sana19.01.2023
    Hajmi0.87 Mb.
    #38698
    Bog'liq
    2 ijt - jumayev
    15 -мактаб електрон Хокимга, Лаборатория №3, Лаборатория №7, 5-klass matematika bolshekler, 7-lab 1 qism, Elektron hamyon, 2-3 sinf uchun olimpiada savollari2, Shaxsiy kompyuterlarga xizmat ko\'rsatish (Sirtqi)1, Doc1, Katta hajmdagi hujjatlar bilan ishlash 22.09.23, Adabiyotlar, 26-maktab Нуронийлар рўйхат, 5 а -sinf ro\'yhati 2, Anolitik kimyo vazifasi sifat analiz usullari

    O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
    GEODEZIYA KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO‘NALISHI 4-BOSQICH SIRTQI
    IJTIMOIY - IQTISODIY KARTOGRAFIYA
    FANIDAN
    2-AMALIY ISHI

    MAVZU: Ijtimoiy-infratuzilma xaritalarini loyihalash va tuzish. Аholi xaritalarini loyihalashtirish va tuzish. Sanoat xaritalarini loyihalashtirish va tuzish.


    Bajardi:Jumayev V.
    Qabul qildi:Uvrayimov S.

    Toshkent-2022
    Amaliy ishning maqsadi – ijtimoiy-iqtisodiy mavzudagi xaritalar bilan mukammal tanishish, tahlil qilish va ulardan foydalanishni
    oʼrganishdir.Аmaliy ish turli xil atlaslarda (oʼquv, oʼquv-oʼlkashunoslik, oʼquv maʼlumotnoma, ilmiy-maʼlumotnoma va boshqa)
    berilgan ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar asosida bajariladi. Sanoatni kartografiyalash tarmoq kartografiyalashning nihoyatda muhim sohasi
    boʼlib hisoblanadi. Oʼzbekistonda mazkur yoʼnalish ilmiy-maʼlumotnomali “Oʼzbekiston atlasi” ning II-qismida oʼz ifodasini topgan.
    Unda sanoatning 10 turkumdan iborat kartalari, shu jumladan, elektroenergetika, gidroenergetika resurslari, yoqilgʼi sanoati, qora va
    rangli metallurgiya, kimyo va mikrobiologiya sanoati, mashinasozlik va metallsozlik, toʼqimachilik sanoati, yengil, mebel, oyna va
    chinni-sopol, yogʼ-moy, konserva, vinochilik, baliqni qayta ishlash, paxta tozalash, oziq-ovqat va un sanoatlari tasvirlangan.Аtlasdagi
    sanoat kartalarida mamlakat va uning regionlari doirasida sanoatni oʼsha vaqtdagi iqtisodiy xolatini toʼliq aks ettirilgan emas. Hozirgi
    vaqtda Oʼzbekiston sanoati kartalarida sanoatning yangi tarmoqlari, shu jumladan,avtomobil, neftni qayta ishlash, neftokimyo va
    boshqalar oʼz aksini topishi lozim. Oʼzbekiston anoatining tarmoq kartalari avvalambor hududlarning sanoatga ixtisoslanganligini
    koʼrsatishi hamda istiqbolli sanoat majmualarining, xususan, agrosanoat, paxtachilik, donchilik, meva-sabzavot va b. majmualarning
    shakillanishi jarayonlarini yoritish lozim. Bunda majmualarining joylashishi bilan bir qatorda yalpi mahsulot qiymati, boshqarish va
    mulkchilikning yangi shakillari, shu jumladan, xususiy vaqoʼshma korxonalar, firmalar, xissadorlik jamiyatlari,
    assotsiatsiyalar, ijara korxonalari va b. lar doirasida koʼrsatish muhim hisoblanadi.Sanoatning tarmoqlariga joylashganligi, xom-ashyo,
    yoqilgʼi-energetika, suv resurslari, transport aloalari va boshqa omillar taʼsirkoʼrsatadi.Boshqarish tashkilotlari uchun quyidagi
    koʼrsatkichlar guruhi aks ettirilgan iqtisodiy kartalar zarurdir:xom-ashyo, yoqilgʼi-energetika, suv, mehnat va tumandagi boshqa
    resurslarni tavsiflovchi (konlarning zahiralari, oʼrganilganlik darajasi, qazib olish xajmi, xom-ashyo sifati va b.);mavjud va istiqbolli
    sanoat obʼektlarining texnik koʼrsatkichlarini (quvvat, korxona tipi, xom-ashyo turi, qayta ishlash usuli va b.) ifodalovchi;sanoat
    obʼektlarining iqtisodiy koʼrsatkichlari boʼyicha (mahsulotning asosiy turlarini natural, yoki pul hisobida ishlab chiqarish xajmini,asosiy
    fondlar qiymatini, ishchilarning oʼrtacha yillik sonini, kapital mablagʼlar xajmini va b.); sanoat korxonalari samaradorligini
    koʼrsatkichlarini tasvirlaydigan (kapital mablagʼlar xajmi, xom ashyoni, materiallarni, mahsulot tannarxi,fondlarning samaradorligi,
    rentabelligi, mehnat unumdorligi, jami ishlab chiqarish xarajatlari va b.);sanoat obʼektlarining artof-muhitga boʼlgan taʼsiri bilan bogʼliq
    koʼrsatkichlarni oʼzida namoyon etadigan (suv manbaalarining ifloslanishi, sanoat tashlama suvlarining miqdori, radiatsiya darajasi,
    ifloslantiruvchi obʼektlarning turlari, tozalagich qurilmalar tizimi va b.)Yuqoridagi keltirilgan kartalar guruxiga muvofiq ravishda
    1995 yilda masshtabi 1:1000 000 boʼlgan “Oʼzbekistonning yoqilgʼi-energetika kartasi” tayyorlangan. Unda neft, tabiiy gaz va
    gaz kondensati konlari (quvvati toʼrtta gradatsiyada), elektrostantsiyalar, qayta ishlovchi korxonalar,
    uzatgichlar tizimi belgilar bilan aks ettirilgan. Belgilar usuli kartografik tasvirlashning boshqa usullari-areallar, kartodiagrammalar,
    chiziqli belgilar bilan muvofiqlashtirilgan. Shunday belgilar bilan gaz quvurlari (gaz bosimining quvvati koʼrsatilgan holda),
    elektr oʼtkazgichlari tizimi(quvvati aks ettirilgan holda) koʼrsatilgan;kartodiagramma yordamida respublika doirasidagi daryolarning
    havzalari boʼyicha gidroenergiya salohiyati(har 1 kv.km ga toʼgʼri keluvchi energiya, kVt) va b. koʼrsatilgan.









    XULOSA
    Amaliy topshiriqda ijtimoiy-infratuzilma, aholi va sanoat mavzusidagi xaritalarni o’lkashunoslik atlaslaridan foydalanib dastur asosida loyihalab , chizib chiqdik va qo`shimcha ma`lumotlar bilan xaritaning mazmunini yanada boyitdik. Bunda Surxandaryo viloyati statistik ma`lumotlardan foydalanildi.

    Foydalanilgan adabiyotlar:


    1. Asomov M., Mirzaliyev T. Topografiya asoslari va kartografiya. -T.:
    "O’qituvchi", 1985, 99-106 b.
    2. Mirzaliyev T., Musaev I. Kartografiya. T.: “Ilmziyo", 2007, 160 b.
    3. Egamberdiyev A. Kartografiya. -T.: 2000, 29-35 b.
    Download 0.87 Mb.




    Download 0.87 Mb.